PDA

View Full Version : Sevgimiz o'ldimi?


ASAD
11-28-2000, 06:40 AM
Ushbu go'zal she'r ham Usmon Azim ijodiga mansub.

x x x x x x x x x

Sevgimiz o'ldimi? - Libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz begulxan, ko'zingiz becho'g'.
Bizdan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q,
Kelishsiz dunyoda beg'am, azizam,
Nega ko'zlaringiz benam, azizam.

O't yetdi - qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni.
Aqlimni, dilimni - bebaxtlarimni,
Borishsiz dunyoga otgan, azizam,
Olisda oy kabi botgan, azizam.

Ammo, siz sarg'aymang - gulli bog' bo'ling,
Yam-yashil ko'karing, mudom sog' bo'ling,
Bahorning bag'rida beadog' bo'ling -
Axir, qarg'aganim sizmas, azizam,
Ikki kuz dunyoga sig'mas, azizam.