PDA

View Full Version : Men seni sog'indim!!!!


ASAD
11-28-2000, 07:02 AM
Yuragimni bir paytlar kuydirgan sevgi tufayli bitilgan she'r.

x x x x x x x

Men seni o'ylayman, o'ylarim cheksiz,
Kunlarim fayzsiz o'tadi sensiz.
Vaqtingni sho'x-shodon o'tkazib, jonim,
Dunyoda salomat bormisan mensiz.

Bilaman, sen meni yodga olmaysan,
Tushingda bo'lmayman senga shahzoda.
Va lekin yuragim talpinar senga,
Nigohlaring mag'rur tutsang ham juda.

Gohida ko'ksimdan nido keladi,
Qalbginam ezilib yig'lab oladi.
Sira tinchimaydir bu telba yurak,
Sevganim qani deb bo'zlab qoladi.

Qalbing mag'rur bo'lmasaydi gar,
Ohlarim ketmasdi sira behuda.
Visoling ko'zimdan ketmaydi aslo,
Men seni sog'indim, sog'indim juda.

Kunduzi quyoshning rahmi keladi,
Kechasi mehr-la boqar hilola.
Men oshiq G'aribga Shohsanam bo'lib,
Rizo aylagaysan, qachon, Gullola.

Cute
11-28-2000, 08:07 AM
Gullola deng, hmm qiziq. ELBRUS bir hazil qiluvdiya tuzoqchiman deb, ehtiyot bo'ling. Shunaqa sherlarni yozishga majbur qilibdi ahir.
Sher esizda qolganiga qoyil. Manga juda yoqdi, keep going. ikkalasiniyam keep going. Bittasi ikkinchsisiz bo'lmaydi, to'g'rimi?

ASAD
11-28-2000, 08:14 AM
Aha, meni tuzoqda qoldirib, o'zi ham ota-onasining tuzog'iga tushgach mana bu she'rni aytgandim:


Afsus yigit boshimni,
Yerga egib ketdi u.
Men Toshkentda yurganimda,
Erga tegib ketdi u.

Mana shunaqa, ;)

Cute
11-28-2000, 08:44 AM
Bilasizmi, o'zbek adabiyotiga, "Turli tuzoqqa tushganlar uchun qo'llanma" degan asar kiritish kerak. Zero siz tushgan tuzoq har doim ham bor, lekin ikkinchi tuzoq faqat o'zbek halqiga mos...

betahallus
11-28-2000, 10:32 AM
Asadbek,
Sizin ushal armonla bitilmush misralarinizi uqidimu yurogimdagi otash uzra engil shabboda esib utganday buldi.

Na ajabki mening kibi ishq domig'a tushib, garib jonini hijron zindoninda kurmish daha bir ovvora bor erkan. Qalbingizdagi ul alamlar achchiq kuz yosh urniya buyla guzal misralar ila favvora uldigi naki mandain gamingizda hamrohlar, balki butun nafis nazm mushtariylarinada kup ma'qul ulmish. Kamina uchun ersa sizin nazmingizdagi har bir harfda majruh qalbimning qonly tomchilari kuringonday buldi.

Bul bittiklariniz, bilhusus sungi bittiginiz turtlik, kaminani uzgacha bir tasarrufga solgani sabab zamona ruknina hamohang kuyda bir turtlik bittim. Va oni sizday bul g'am aro hamrohima sadqa aylamaya jazm etdim:

Man' qilngan meva naqadar shirin!
Man' qilingan mavzu naqadar qizg’in!
Necha guzal giryon tegrimda lekin,
Man' qilingan sevgi tinch qoymas qalbim.

Tangridan siza toqatu sabot surab,
kaminadan bilgaysiz

ASAD
11-28-2000, 10:43 AM
Janob Betahallus! Cho'g' go'zal so'zlar bitibsizkim, qalbim erib, ko'zlarimga yosh quyilayozdi. Ming tashakkur bul go'zal fikrlaringiz uchun!
Shul o'rinda bir to'rtlik yodimga tushdi:


Qo'lim yetmas bir gulga manim,
Qo'lim yetmas, nimasin aytay.
Bir gapim bor bulbulga manim,
Uni yig'lab-yig'lab uyg'otay.