Sayhun
11-29-2000, 01:35 PM
YUTADI
Betob yotib, icholmayin yutadi,
Bersang agar bir chelagin yutadi,
O'ylab ko'rsin imkoni bor hali ham
Ichmay qo'ysa umridan u yutadi.
OTADIR
Topganiga aroq olib otadir,
Bolalarin rizqin qiygan otadir,
Ularni biz oramizdan quvmasak,
Ko'p uylarda g'avg'o-la tong otadir.
YARIMTA
Aroqho'rning joni dili yarimta,
Sezmay o'zin oxir qilar yarimta,
Hamyonidan qochavergach baraka,
Oilada butun non ham yarimta.
KECHIKKAN VISOL
Tong chog'ida gulzorimni kezgan kim?
Balki sensan, talpinar dil qush misol.
Chiqsam shamol, netay yo'qsan, sevgilim,
Shirin bo'lar, mayli, kechikkan visol.
Eshigimni asta-asta chertgan kim?
Balki sensan, tortinyapsan ochgani.
Marhabo, deb huzuringga oshiqdim,
Yana senmas, bulutning suv sochgani.
Derazamdan yashirincha boqqan kim?
Balki sensan, qalbda g'ulu hayajon.
Ko'kda oyku, shunda sezdi yuragim,
Gullar terdim endi hammasi ayon.
Supurgandir kelar yo'lingni shamol,
Suvlar sepib bulut aylagan so'lim.
Nurdan solgan oppoq poyondoz hilol,
Dil yayratib kelgil so'lmasdan gulim.
SAYHUN
Betob yotib, icholmayin yutadi,
Bersang agar bir chelagin yutadi,
O'ylab ko'rsin imkoni bor hali ham
Ichmay qo'ysa umridan u yutadi.
OTADIR
Topganiga aroq olib otadir,
Bolalarin rizqin qiygan otadir,
Ularni biz oramizdan quvmasak,
Ko'p uylarda g'avg'o-la tong otadir.
YARIMTA
Aroqho'rning joni dili yarimta,
Sezmay o'zin oxir qilar yarimta,
Hamyonidan qochavergach baraka,
Oilada butun non ham yarimta.
KECHIKKAN VISOL
Tong chog'ida gulzorimni kezgan kim?
Balki sensan, talpinar dil qush misol.
Chiqsam shamol, netay yo'qsan, sevgilim,
Shirin bo'lar, mayli, kechikkan visol.
Eshigimni asta-asta chertgan kim?
Balki sensan, tortinyapsan ochgani.
Marhabo, deb huzuringga oshiqdim,
Yana senmas, bulutning suv sochgani.
Derazamdan yashirincha boqqan kim?
Balki sensan, qalbda g'ulu hayajon.
Ko'kda oyku, shunda sezdi yuragim,
Gullar terdim endi hammasi ayon.
Supurgandir kelar yo'lingni shamol,
Suvlar sepib bulut aylagan so'lim.
Nurdan solgan oppoq poyondoz hilol,
Dil yayratib kelgil so'lmasdan gulim.
SAYHUN