O'zbek
11-30-2000, 10:46 AM
Sevgi, qoyilman sening qudratingga. Shuncha olimu-fozilni, hofizu-shoirni o'zingga jalb qilgansan. Nafaqat jalb qilgansan, balki o'ylashga , sen haqingda juda shirin, juda ma'noli jumlalar topishga majbur qilgansan.
Lekin mening senga savolim: haqiqatdan bormisan?
Odamlar, odamlar yoshligidan sen haqingda eshitishadi, seni his qilishga doimo urinishadi. Sen gohida kimlargadir bu bahtni ato etasan, kimlargadir esa...
Sen shunchalar mavhumsanki, ba'zan seni ajratish qiyin.
Sen shunchalar kuchlisanki, ba'zan seni yengish qiyin.
Sen shunchalar mehribonsanki, mehringning cheki yo'qki: sening mehring tufayli buyuk Navoiy go'zal g'azallar, ulug' Qodiriy esa asarlar bitdi.
Lekin menga aytchi, haqiqatdan mavjudmisan?
Sening qudrating ko'plarni yig'latdi, ko'plarni esa lol qoldirdi. Seni men Otabek va Kumush, Anvar va Ra'no orasida yaqqol ko'rdim. Lekin, hayotda...
Hayotda hozircha ko'rmadim.Ko'rdim, boylik, mansab va aldov uchun "sevgi" degan iborani qo'llashdi. Lekin u sen emasding, ha, aminman, sen emasding.