View Full Version : Sababi hidoyatim...
olam sabablar uzra bino bo'ldi...
Har bir narsa bir sababga bog'liq, albatta istisnolar tashqarisida...
Shuningdek harbir mo'minning hidoyati ham bir yoxud birnecha sabablarga bog'liq mutlaqo...
odatda bunday sabablardan musulmonlar "sababi hidoyatim" yoki "sababi saodatim" deya gap ochishadi...
Hidoyat Allohdan lekin ishlarini sabablar ortiga yashirishi Allohu Taoloning ilohiy odatidir...
Sizdan sababi hidoyatingiz haqida so'ralsa agar,
bunga kim(lar) yoki nima(lar) deb javob bergan bo'lardingiz?
Uzbekistaniy
11-03-2007, 07:12 PM
Yaxshi mawzu ochibsiz, Allohim ajringizni ko'paytirsin..
Mening sababi hidoyatim awwalambor Alloh taoloning rahmati, undan so'ng Ota-Onam, Oppoqdodamlar wa Momomlarning islomiy tarbiya bilan katta bo'lishimga harakat qilishgani bo'lgan.
Ammo shunday bo'lsada "yoshlik beboshlik" deganlariday ko'pincha dangasalik wa yigitlik dawri bilan mag'rurlanib qolishlik menda ham bor edi, hozir ham mutlaqo yo'q deyolmayman... Biroq 12 yilcha oldin bir audio maw'izani tinglaganimni yaxshi eslayman, anashu maw'iza menga juda ham qattiq taasir qilgan edi, shundan keyin qalbni yumshatib, Alloh taologa doimo tawbai tazarru' qilib turishni eslatib turadigan maw'izalarni tinglashni boshlagan edim.
Buyuk ulamolarimizning maw'izalarini eshitgan paytlarim iymonim ziyoda bo'layotganini sezaman, Allohning (koinotdagi wa shari'atdagi) oyatlari haqida chuqur tafakkur qilishdan uzoqlashib qolgan waqtlarim iymonim zaiflashayotgani ham seziladi, Allohim O'zi iymon wa toat-ibodatlardan uzoqlashib qolishdan asrasin...
Har bir inson doimo nasihat wa eslatmalarga muhtoj bo'lar ekan.
{فذكر فإن الذكرى تنفع المؤمنين}
"Bas, eslating, chunki eslatmalar mu'minlarga manfaatlidir"
Wallohu a'lam.
Akhee-Abdullah
11-03-2007, 09:03 PM
Barakallahu feekum.
Ozimni hidoyatlanganlardanman desam, balkim, kibrdan bulib qolar deb, ozimni ahli jannatga nisbat berib qoyishdan qorqaman, yashirishning xojati yuq.
Shuning uchun, xop desaiz, HIDOYATLANGANIM/HIDOYATGA EGA BULISHIM HAQIDA EMAS,
Hidoyatga ergashishganlarga ergashishlikni orzu qilishim sababi haqida ikki oghiz aytsam...
Afsus Allohning amriga buysunib dinga birdaniga jiddiy qiziqmadim, Alloh towbamni qabul etkan bulsin...Hidoyatga Allohga nisbatan ishonchim paydo bulgandan song ancha waqti otqizdim, songra ergashdim...uzr gappi uzoqdan olvomman...qizighiyam shu...
Oddiy mantiqiy xulosa sabab bulgan edi...:
Sinfdoshim, N**** sariq kasaldan qazo qildi...hali 10 yoshda edim! Birinchi marta Olim sozi lughatimda ma'noga ega buldi. Titroqdan uxlolmadim, shu shu bu his mani hozirgacha kechalari uyqumdan bedor noxush, behush bulishimga aybdor...
Qabrga qoyib kelishdilar, ham qoshnimiz edi...kechqurun Enamdan soradim:
Ena, N**** qachon qaytib keladi, axiyr qabrning ichi qoronghi emasmi, sowuq emasmi? Bir ozi qorqmaydimi?
Enam, shunday dedilar:
- Oghlim, sinfdoshing endi osharda abadiy abad qoladi, qurs qumursqalarga em bulib ketadi
deb zukkolik bn sawolimga, lunda, qisqa, voqelikni yashirmasdan lunda qilib aytdi...Kuzlari yoshlandi...:
- Har biroving shu mashum dunyoning eng ayanchli haqiqatini olimni tushungan kuniz yighliman, bu xuddi mening birinchi marta shu haqiqatni tushunib yetkanimdagi holatni eslatadi...
dedilar.
Titrab ketdim, nahot, shu haqiqat bulsa, balkim judayam qorqinchli tush kurayotgandirman, balkim...bu...bu naqadar shafqatsizlik, zolimlik, adolatsizlik!!!
Nega men ota onamdan bir kuni kelib ajralishim kk, ekan, nega mening baxtli hayotim xotimasiga yetishi kk, nega men abadul abad yer qarida yotishim kk!!!' , degan oylar men qoyvormasdi...
Ha afsus, Ateist, Allohga kofir bulgan bir sharoitda kofir bulib usgan edim...Alloh desam kulgim kelardi, kuchada bolla bn urushib qolsam, "Kerak bulsa Xudongni op kel", "Xudoga dodingni etmaysanmi" deb kalaka qilardim...
Osha sinfdoshim 10 yoshda edi, hali SSSR tugamagan ham edi, ammo hanuz esliyman HIJOBDA edi!!! Mayus yuzlari haliyam esimdan chiqmaydi!!! Birga oynaganimizda, tez tez, Wollah (Wallahining buzilgan shakli) deb qoyardi, bu tughrisini etyapman, yolghon gap emas degani edi...
Kofirligimda dawom etovurdim...ammo biron kecha otmadiki, men olim haqida oylamadim...songra...bir ajib...fikr, xulosa xayolimdan otdi...:
- Oddiy filmning, boshi oxiri bor, unda motif bor, unda aktyor wa aktrisalar bor...ular rol oynaydilar,...film bu hayotdan kuchirilgan hikoya....hmm...aslida...hayotimiz...haqiqiy wa eng kotta komedia, tragedia, tomosha emasmi!!! Axiyr bizlarning hammamizning kamida 2-3 tadan rolimiz bor emasmi...Kuplarimiz, ham farzand, ham ota, ham ishchi, ham mudarris, ham mutolib darajasini bir waqtda otamaymizmi??? Demak...bizlar ham aktyorlar, aktrisalarmiz...aslida osha masxhur aktyorlar, aktrisalar, mana shu hayotda yashaydilar,,,,demak bu HAYOT deb nomlanuvchi DRAMA da bular boshqa rollardayam ijod qilarkan...Nahot, bu olamda yozilgan ENG Katta, ENG Kup Oqilgan, Eng Kup Sevilgan, Eng Kup Lanatlangan FOJIANING, DRAMANING, KOMEDIANING, Muallifi bulmasa???!!!
-Demak...bu hayotning motifi bor...demak bu hayotning rejissyori bor...bingo...
-ALLOHU AKBAR!!!. Allohim men Seni naqadar Sevaman, Kasal bulsang borib kuraman, qulim bn ovqat beraman, xuroz qandlar olib beraman!!! (bilaman bu gaplar Islom ta'limotiha ziddir, Allohga hich qachon unday murojaat qilinmaydi, Alloh har nuqsondan pok Zotdir!!! Endi johillikdan etkanmanda) Allohim Sen Hammadan Yaxshisan, Alloxim jonim Allohim Sen meni Otim bn bilasan, Sen meni shaxsan taniysan, Sen mening gaplarimni eshitib turibsan....Alloxim ota onamdan ajralishni istamayman...Allohim Sening vada bergan Jannatinga ishongim kevotti!!!
deb qalbimdan hayqirib yubordim kuzlarim yoshlandi!!! Ya Rabbim Senga Iymon keltigan kunim osha edi, balkim...Ammo Islom dinidan hazar qilardim, dinda sobit Muslimlardan qorqardim...mana shu Islomdan boshqa dinlar, ghoyalar bn chalghishimga sabab bulgandi...
Alhamdulillah...Allohning inoyati bn...1996 yilda Farhod degan brodar menga Islom haqida gapirib berdi...Islomga nisbatan iliqlashdim...ammo haliyam...qorqardim...Ammo osha nuqtadan ozimni Muslim hisoblardim...chunki qalbimda Allohga nisbatan ishonch lipillay boshlagan edi...
AQSHga oqishga kelib...Islom haqida kuproq ma'lumotlarga ega bulib, Ateizmdan butkul qutuldim...to 1999 yil Octyabrlarigacha hanuzam kofirlik alomatlari qalbimda bor edi...ba'zi oyatlarga shubha qilardim...masalan Odam alayhissalamning loydan yaratilishi, mening aqlimga zid kelardi...qanday qilib?? Darvin xato qilgan bulishi mumkin emasku, axiyr u fanga tayanib gapirgan, din esa SPEKULYATSIA/Taxminlar xolos degan fikrlar boshimdan otardi...1997 yilda namoz oqishni boshlagan bulsamda...tuliq Islomiy aqidani qabul qilmagan edim...da...
Hidoytga ergashishligimning Allah yaratgan boisi, sababi shu bulsa kk, Wallahu A'lam!!!
AbdurRahman
11-04-2007, 01:44 AM
Alloh rozi bo'lsin, Akhee-Abdullah.
Alloh taolo aytadiki:
“Bizning (yo'limiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!” Ankabut surasi (29:69)
Inson hidoyatni xohlasa, ixloslik bilan chil dildan xohlasa va uni topishga intilsa Alloh albatta u insonni hidoyat qiladi insha'Allaah.
Alloh barchamizga shu 5 kunlik dunyoda bu hayotdagi maqsadimizni aniq anglab, o'shanga yarasha Uning ko'rsatgan hidoyati bo'yicha yashashimizni va o'sha olatda bu dunyodan o'tishimizni nasib qilsin. ameen.
AbuMuslim
11-04-2007, 03:06 AM
хидоят маъносини куръон ва суннат асосида ва уни сахобалар (салафи солихлар) кандай тушунганлигини хам бу ерда келтириб ўтиш керак...
хидоятдаман деб, ахли суннадан ташкарида бўлган турли фиркаларда хам юрганлар кўп...
LIBRA
07-14-2008, 11:40 AM
=) aslida yozmoqchi emas edim, ammo men hurmat qiladigan bir opam iltimos qildilar, ularga yo'q deya olmadim...
------------------------------------------------------------------------------------------------------------
O'qib chiqqanlar uchun raxmat.
Sakeenah
07-14-2008, 12:40 PM
=) aslida yozmoqchi emas edim, ammo men hurmat qiladigan bir opam iltimos qildilar, ularga yo'q deya olmadim...
Alloh tushingizni hayrli qilsin.
Chindan Payg'ambarimiz salollahu alayhi vassalam, hammani ham tushiga kirmaydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Farzandlaringizga ismimni qo‘yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymangizlar! Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar».
InshaAlloh, tushingiz sabablik ko'p yahshiliklarga erishsangiz ajab emas. Payg'ambarimiz salollahu alayhi vassalamga yanayam yaqinroq bo'lishga harakat qiling...
P.S
Tushni tabir qilish qanday ekanini ochig'i aniq bilmayman. Bu haqida so'rab ko'raman inshaAlloh :)
Kamina
07-14-2008, 12:45 PM
кофирлар мусулмон булса хидоят топибди дейиш мумкин, аммо ла илаха иллахлахни айтгувчиларга бу сузни ишлатиш манимча бошкача булиши керак, яна китоблардан караш керак, хидоят сузини.
LIBRA
07-16-2008, 09:34 AM
Kamina ha albatta kitoblardan qarab aniq ma'lumot topish kerak ammo hamma joy to'la ''tilda muslumonlar'' kim bilar balki umrida kalima-i shahodat keltirmaganlar ham bordir. =) ana shu kabilar bir mo'jiza bo'lib ''hidoyat topdi'' desa bo'ladi. Yoki iymonimning quvvatlanishi desak ham bo'ladi...
satik
07-16-2008, 10:11 AM
=) aslida yozmoqchi emas edim, ammo men hurmat qiladigan bir opam iltimos qildilar, ularga yo'q deya olmadim...
Tush shunday edi:
Devorlari oq bo'lgan bir uy bor edi, oppoq, u devorga qimirlayotgan barglarni soyasi tushayotgan edi. Rasululloh S.A.V to'piqlarigacha uzun oq ko'ylay kiyib olgan edilar, ul zot-i azizni biroz uzoqdan kuzatayotgan ekanman, yuzlari aniq ko'rinmayapti, faqatgina deyarli yelkalariga tushgan sochlarini va ko'zlarini qoraligini ajrata oldim. Men tarafga qarab jilmayayotgan edilar. O'zlari gapirmadilar, faqat yuzlaridan tabassum arimayotgan edi. Uyni eshigini ochib qo'llari bilan ushlab turibdilar, ammo kirmayaptilar tashqarida men borman, menga qarab turibdilar, meni tashlab ketmadilar. Yuqoridan bir ovoz keldi ''Bu zot Rasululloh S.A.V, jannatga eng loyiq insondir, zero hamma ham jannatga loyiq emas'' dedi, bu gapni aniq eslay olmayapman, lekin eslaganim bo'yicha shu hulosani chiqardim. Uyg'ondim, qarabmanki tong otibdi. Qo'rqdim, u aytilgan so'z bilan menga biron narsa aytmoqchi bo'ldilarmi degan hayol aqlimdan chiqmadi. Ammo yuzimga qarab jilmayganlari hecham ko'z oldimdan ketmadi va sokinlashtirdi, bir necha kishidan yordam so'radim, tushimni ta'birlab berishlarini so'radim (shu jumladan Abu Muslim birodarimga ham takror minnatdorchiliklarimni bildiraman), hamma pozitiv javoblar berdi. ''Bunday tush hammaga ham ko'rinmaydi, Alloh muborak qilsin, hecham qo'rqmang'' deyishdi. Volidam esa ''Yuzlarini hecham esingdan chiqarma, har doim ko'z oldingda tursinlar, iymoning kuchayadi'' dedilar. Hullas o'sha kuni bir qancha mo'jiza ro'y bergandek bo'ldi. Tashqarida yurar ekanman hammani og'zidan, ''Muhammad, Payg'ambar, Alloh'' so'zlari eshitilgandek bo'ldi, kun juda issiq bo'lishiga qaramay meni mayin bir muzdaklik tark etmadi. Avtobus bekatida yonimda turgan ayol ''havoni issiqligini qarang-a? insonni naq o'ldiradi'' dedi ammo u vaqtni o'zida meni yuzimga mayin shaboda esayotgan edi.
Allohga beadad shukrlar bo'lsin, menga bu tush nasib qilganligiga o'zim ham 1 kun bo'yicha ishona olmadim... O'qib chiqqanlar uchun raxmat.
Ehhh qani endi shunqa yaxshi tush mengayam kirsa, shukronasiga yaxshi bir ehson qigan bo'laridim. Ajoyib tush !!!
Tush odobidan bilganimi aytib qo'ye, yomon tush bo'sa hech kimga aytilmaydi va yaxshilikka yo'yiladi. Yaxshi tush bo'sa, mazkur tush kabi, faqat o'zizga yaqin va sizi yaxshi ko'rgan insonga aytiladi. InshaAlloh bu forumdagilarni bir birlariga qalb iliqliklari bordir...
LIBRA
07-17-2008, 08:30 AM
satik tog'ri gapingiz =) bahoroy opamni hurmat qilganim sababli yozdim... Yaxshi niyat ila o'qiganlarga raxmat, yomon niyat ila o'qiganlarni gunohi o'ziga...
Kamina
07-17-2008, 09:08 AM
Yoki iymonimning quvvatlanishi desak ham bo'ladi... Iymon masalasida xam ktiobalrga qarash kerak, chunki iymon Imom Moturudiy aqidasi va Hanafiy mazhabiga kura, kamaymaydi xam kupaymaydi xam.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.