PDA

View Full Version : Bibi Seshanba / Mushkul Kushod

Lady_G
11-03-2007, 04:40 PM
Ashu hozirgi ko'Rvotgan peredachada eshitdim. Boysunda ayollani qanaqadur "bayramimie", hullas siginarkanla ulaga. Chuntirvoringla bilganla, man chunmadim.

W.I.Z.A.R.D
11-03-2007, 04:53 PM
Ashu hozirgi ko'Rvotgan peredachada eshitdim. Boysunda ayollani qanaqadur "bayramimie", hullas siginarkanla ulaga. Chuntirvoringla bilganla, man chunmadim.

O`zi bu mushkullarni ochishga qaratilgan yoki mushkullarni yengishdan so`ng qilinadigan bir udumdir .

Unda vaziyatga qarab 40 kishidan tortib to 100 kishigacha qatnashishi mumkin .

Ayollar va erkaklar ajralgan holda o`tirishadi.
Spirtli ichimliklar quyilmaydi har hil honandalardan foydalanilmaydi.

Muysafid onahonu otahonlar tomonidan Qur`on o`qiladi .

Bu o`tirish ko`pi bilan 3 soat davom etishi mumkin .

Mushkuli kusho tojik tilidan tarjima qilinsa - mushkullarni yengish yoki mushkullarni ochish degan tarjima hosil bo`ladi .

Lady_G
11-03-2007, 04:58 PM
O`zi bu mushkullarni ochishga qaratilgan yoki mushkullarni yengishdan so`ng qilinadigan bir udumdir .

Unda vaziyatga qarab 40 kishidan tortib to 100 kishigacha qatnashishi mumkin .

Ayollar va erkaklar ajralgan holda o`tirishadi.
Spirtli ichimliklar quyilmaydi har hil honandalardan foydalanilmaydi.

Muysafid onahonu otahonlar tomonidan Qur`on o`qiladi .

Bu o`tirish ko`pi bilan 3 soat davom etishi mumkin .

Mushkuli kusho tojik tilidan tarjima qilinsa - mushkullarni yengish, degan tarjima hosil bo`ladi .Lekinchi kommentator buni hech islomga aloqasi yo'q dedi. Bibi Seshanbaga seshanba kuni Mushkul Kushodga esa chorshanba siginisharkan. SHuni chunmadim. Qattan kelib chiqqan?

Akhee-Abdullah
11-03-2007, 05:16 PM
Lekinchi kommentator buni hech islomga aloqasi yo'q dedi. Bibi Seshanbaga seshanba kuni Mushkul Kushodga esa chorshanba siginisharkan. SHuni chunmadim. Qattan kelib chiqqan?

Muxbir toghri, aytgan dinimizda bu amallar mavjud emas!!! Ammo kup johil Muslimonlar buni dindan deb adashadilar.

Obidxon qori domlaning "Urf odatlar" maruzasini eshitib boqing! Juda yaxshi jawoblar bor!!! www.islomovozi.com orqali shayx bn boghlanish mumkin.

n0xyl
11-03-2007, 07:46 PM
Bu odat otashparastlik davridan beri mavjud. Buni islomga aloqasi yo'q. BibiMushkul vaqtida olov yoqib insu-jinslardan yordam so'rashadi.

Patriot.Uz
11-05-2007, 12:31 AM
Muysafid onahonu otahonlar tomonidan Qur`on o`qiladi .

Bu amallar Islomda bo'lmaganligi sababli ularda Qur'oni Karimdan o'qilmaydi. Chunki odamlar aynan ulardan hojatlarini so'raydilar. Hojatlarni chiqaruvchi esa yakka-yu yolg'iz Alloh s.w.t dir. O'sha ma'rakalarda o'qiladigan maxsus kitoblar mavjud, o'sha kitoblarni o'qiydilar. Asosan ayollar o'qishadi. Yana dindan anchagina bilimi bor ayollar o'qishadi. Xayron qolasan kishi!

W.I.Z.A.R.D
11-05-2007, 07:47 AM

Buni men hammasini islomga aloqador deb yozganim emas.
Shunchaki thread avtorining savoliga javob yozdim .

Yuqorida yozilgan postimga yana bir qo`shimcha:
mushkuli kisho biyi seshanbe bu tadbirni o`tkazish oldidan bir kun qurbonlikga quy soyiladi va ertangi kunnig birinchi issiq taomi go`jaga o`xshash bo`lgan taom tayyorlanadi .
Halboi tar (o`zbekcha tarjimasini bilmadim, o`zbek tilida ham halboi tar bo`lsa kerak ) degan taom ham shu kuni tayyorlanadi.

Uyning biron bir honasida bir nechta sham ham yoqib qo`yiladi va bu shamlarni hech kim o`chirishga haqqi yuq .
Shamlar o`zi o`chganidan so`ng uni honadon egasi uni biron bir kimsasiz joyga ko`mib qo`yishi yoki katta bir ariqga oqizib yuborishi shart.

P.S
Qisqasi bir shingil islomdan bir shingil zardo`shtiylik dinidan hosil bo`lgan
tadbir.
Zardushtiylik dinidan bizga meros qolgan yana bir udum bu kelin va kuyovning
olov atrofida aylanishidir .

AbuMuslim
11-05-2007, 08:08 AM
Биби Сешанба -Сешанба она-диний-хурофий тасаввурларга кўра аёллар сиғинадиган авлиё, афсонавий шахс (она); чарх йигирувчи аёлларнинг ҳомийси, оила бахтининг ҳимоячиси. Қад. диний эътиқодларнинг исломга мослашиб сакланиб қолган кўринишларидан бири. Диндор аёллар Биби Сешанбага сиғиниб, сешанба кунлари унинг шарафига зиёфат берадилар. Соддадил аёллар Б.С.дан, мурувват, мадад тилайдилар, "мушкулларини осон қилиш"ни илтижо қиладилар. Б.С.га сиғиниш, унга атаб маросимлар ўтказиш ҳоз. вақтда жуда кам учрайди ва ширк амаллардан саналади.

http://islomqomusi.info/index.php?option=com_glossary&func=view&Itemid=27&catid=13&term=BIBI+SEShANBA

Биби Мушкулкушод - (форс. - мушкулни осон қиладиган аёл) - диний тасаввурларга кўра кишини қийинчиликлардан халос этадиган авлиё аёл образи. Биби Мушкулкушод ҳақидага ривоятлардан бирида ўтин йиғиб юрган чол ўроғини йўқотиб қўяди ва уни қидириб Биби Мушкулкушод яшайдиган ғорга кириб қолади. Биби Мушкулкушод чолга агар у хар ҳафтанинг чоршанбасида унга атаб зиёфат ўтказса, ўроғи топилишини ва ҳозиргисидан кўпроқ ўтин йиғиши мумкинлигани айтади. Чол бу талабни бажаради ва иши юришиб кетади. Чол эҳтиётсизлик қилиб бир сафар чоршанбани ўтказиб юборади ва яна оғир аҳволга тушиб қолади. Хатосини тузатгач, яна иши яхшиланиб кетади. Ривоятнинг мусулмонлаштирилган кўринишида Биби Мушкулкушод суфийлик тариқатларидан бирига асос солган Баҳовуддин Нақшбандийнинг холаси сифатида талқин қилинади. Асосан, диндор аёллар орасида кишининг мушкулини осон қилиш, ишини юргизиш мақсадида қилинадиган ирим-сиримлар Биби Мушкулкушод ривоятига бориб тақалади.
http://islomqomusi.info/index.php?option=com_glossary&func=view&Itemid=27&catid=13&term=BIBI+MUShKULKUShOD