AbdurRahman
11-04-2007, 02:11 AM
Barcha hamdu sano Allohgadir. U Zotga hamd aytamiz, yordam berishini, gunohlarimizni kechirishni so’raymiz, nafslarimizning yovuzligidan, amallarimizning yomonligidan panoh tilaymiz.Alloh kimni hidoyat qilsa, uni hech kim adashtirolmas, kimni adashtirib qo’ysa, hech kim uni hidoyatga sololmas. Allohdan o’zga iloh yoq ekaniga guvohlik beraman, shuningdek yana guvohlik beramanki, Muhammad sallallahu ’alayhi vasallam uning bandasi va elchisidir.
Imom Bukhoriy va Imom Ahmadlar( Alloh ikkisini ham rahmatiga olsin) Abu Said Khudriyning bunday deganini rivoyat qilishgan: “Sizlar shunday amallarni qilyapsizlarki, ular nazaringizda qildan ham arzimas va maydadir. Holbuki, biz ularni Rasululloh(sallallahu ’alayhi vasallam) davrlarida halok qilguvchi amallardan hisoblardik”.
Ushbu hadisdan biz yashayotgan muhit naqadar xatarli ekani ma’lum bo’lmoqda. Chunki bugungi insonlar gunohlarni arzimas, kichgina sanamoqdalar yoki umuman e’tibor bermayaptilar. Ayrim kishilar, ming afsuski, gunohi kabiralarni ham yengil hisoblaydigan bo’lib qolganlar. Ba’zi birovlar esa, qilayotgan ishi gunoh ekanini bilmaydi, bilsa ham, vijdoni qiynalmaydi. Bu osiylar uchun eng katta ne’mat qilmishlariga nadomat chekishdir. Chunki u tavbaning eng asosiy shartlari va omillaridan biri sanaladi.
Darhaqiqat, Rasululloh(sallallahu ’alayhi va sallam), “Nadomat Tavbadir”, deya marhamat qilganlar. U osiylar gunoh ishlari bilan ulug’ fursatni qo’ldan chiqaryaptilar. Holbuki, bu fursat tavba qilish va kechirim so’rash fursatidir.
Loqaydlik va e’tiborsizlik insonni gunoh qilishga odatlantirib qo’yadi. Inson haromdan qaytish va afsus so’rash uchun berilgan ulkan fursatni gunoh ishlar bilan o’tkazib ham pinagini buzmaydigan bo’lib qoladi. Holbuki, Rasululloh(sallallahu ’alayhi va sallam) aytganlar:
“Chap tomon farishtasi xato qilgan musulmon bandadan qalamini olti soat ko’tarib turadi. Agar nadomat chekib, Allohdan gunohini kechirishini so’rasa yozmaydi”. (Tabaroniy rivoyati)
Shuning uchun musulmonga, agar xato qilsa, tuyaqushga o’xshab kallasini tuproqqa tiqib olmasdan, gunohini e’tirof etmog’i, nadomat chekmog’i vojib bo’ladi. Va u bilib turib qo’ysinki, gunohni kichik, arzimas deb sinash gunohkorga foyda bermaydi, uning jinoyatini engillatmaydi, aksincha ziyodalashtiradi, xolos. Chunki gunohni kichik sanash Alloh harom qilgan narsalarni pisand etmaslik, ularga engil qarashlikdir. Bu boradagi eng to’gri yo’l esa, nadomat va tavbadir. Toki, musulmon Alloh subhonahu va taoloning rahmatiga doxil bo’lsin, tog’ri yolga yollansin va nafsini do’zax azobidan qutqarsin.
Xo'sh tavbaning shartlari, hukmlari nimalar?? Ushbu mavzuda shu narsalar haqida eslab o'tsak.
Alloh tabaroka va taoloning go’zal ismlari, oliy sifatlari haqqi, tavbalarimizni qabul etmog’ini, ushbu eslatmalarni kamina va barcha musulmonlarga manfaatli qilmog’ini hamda uning ajrini farzand va molu dunyo foyda bermaydigan, faqat Alloh huzuriga sog’lom qalb bilan borgan kishigina najot topadigan kunda – Qiyomat kunida bermog’ini so’rayman.
Allohning bandasi va elchisi payg’ambarimiz Muhammadga salovot va salomlar bo’lsin. Oxirgi duoimiz – hamdu sano olamlar Parvardigori Allohgadir.
"Islom Sof Holida" jurnalinng 1-sonidan olindi.