Noma'lum shoira
12-01-2000, 02:38 PM
Quyidagi she'r "Noma'lum shoira" tomonidan eski LBga 1999 yil, Oktabr oyining 4-kinida post qilingan
MEN ISTAMAGAN TUSH
Shoshmang, bir daqiqa kuting, ketmangiz,
Sizga aytar bo'lgan so'zlarim bordir!
Ustimdan kulsangiz kuling mayliga,
Sizga atab yozgan she'rlarim bordir!
Siz-chun she'r yozaman anchadan beri,
Gohida ma'noli, gohida sayoz.
Necha bor jo'natmoqchi bo'lganman, ammo,
Hadik she'rlarimni o'qigan halos.
Mana ko'ring, bunda hamma she'rim jam,
Sog'inch-u, talpinish bunda mujassam.
Siz uzoq shaharda bo'lgan yillar-chun,
O'rin olgan bundan hijron, o'kinch, g'am.
"Tanimadim" deysizmi? Nahot? Men o'sha,
Sizga ko'p marta mulzam edirgan qizcha.
Maktab. Sovuq qish. Qor bilan urgan kuningiz,
Uyingizga borib "chaqqan tirrancha".
Esimda, keyin ancha quvlab yurgansiz,
Gaplashmoqchi bo'lib men bilan boplab.
Ammo ustakorroq edim, eplolmay,
Bo'lgansiz meni deb "besh-battar" hunob.
Yillar o'tdi, endi sahna boshqacha,
Endi men quvlayman, siz esa ufqda.
Lek, qancha urinmay, qadam siljimas,
Oyoqlarim go'yo mihlangan puhta.
Nimalar deyapman?!!! To'htang! Uyg'onmoq
Istayman. Kechar bu hammasi tushda.
Sizga so'z qotmoqlik menga yo'l bo'lsin,
Siz juda balandda, "biz" esa pastda.
Copy/Paste by Puppy
MEN ISTAMAGAN TUSH
Shoshmang, bir daqiqa kuting, ketmangiz,
Sizga aytar bo'lgan so'zlarim bordir!
Ustimdan kulsangiz kuling mayliga,
Sizga atab yozgan she'rlarim bordir!
Siz-chun she'r yozaman anchadan beri,
Gohida ma'noli, gohida sayoz.
Necha bor jo'natmoqchi bo'lganman, ammo,
Hadik she'rlarimni o'qigan halos.
Mana ko'ring, bunda hamma she'rim jam,
Sog'inch-u, talpinish bunda mujassam.
Siz uzoq shaharda bo'lgan yillar-chun,
O'rin olgan bundan hijron, o'kinch, g'am.
"Tanimadim" deysizmi? Nahot? Men o'sha,
Sizga ko'p marta mulzam edirgan qizcha.
Maktab. Sovuq qish. Qor bilan urgan kuningiz,
Uyingizga borib "chaqqan tirrancha".
Esimda, keyin ancha quvlab yurgansiz,
Gaplashmoqchi bo'lib men bilan boplab.
Ammo ustakorroq edim, eplolmay,
Bo'lgansiz meni deb "besh-battar" hunob.
Yillar o'tdi, endi sahna boshqacha,
Endi men quvlayman, siz esa ufqda.
Lek, qancha urinmay, qadam siljimas,
Oyoqlarim go'yo mihlangan puhta.
Nimalar deyapman?!!! To'htang! Uyg'onmoq
Istayman. Kechar bu hammasi tushda.
Sizga so'z qotmoqlik menga yo'l bo'lsin,
Siz juda balandda, "biz" esa pastda.
Copy/Paste by Puppy