PDA

View Full Version : Shahodatning shartlari


AbdurRahman
11-06-2007, 05:12 AM
al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:

Jannat va do'zax orasini, kufr va iymon o'rtasini, musulmon va kofir orasini ajratib turadigan kalimaning, ya'ni Shahodatning shartlari bilan tanishish uning ma'nosini yanada chuqur o'rganish hamda shunga yarasha amal qilishga yordam beradi.

Islom asosi shuki Alloh bu yagona Robb, yo'q narsadan bor qiluvchi - Al-Xoliq, hamda Allohdan o'zga ibodatga haqli zot yo'q va U go'zal Ism, komil Sifatlarida ham yagonadir. Alloh eng hikmatli Zot, eng adolatli Zot. U sizu bizni Ungagina ibodat qilish uchun yaratdi, bizni hidoyatsiz o'z holimizga tashlab qo'ymadi. Balkim bizga Rasullarni hidoyatga davat qilish uchun yubordi va Rasullar davat qilgan xabar bu faqat Allohgagina ibodat qilishdir.

Alloh taolo aytadiki: "Aniqki, Biz: "(Yagona) Allohga ibodat qilinglar va Tog'ut (barcha yolg'on ilohlar va hokazo, ya'ni Allohdan o'zga (Tog'ut)ga ibodat qilmang)dan yiroq bo'linglar, (degan vahiy bilan) har bir Ummatga rasul (payg'ambar) yuborganmiz" (16.Nahl: 36-oyat)

Mana shu narsa barcha rasullar xabari bo'lgan: Nuh, Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad sallallahu alayhi wasallam. Allohdan bo'lgan eng oxirgi vahiyda insonlar Laa ilaaha illa Allaah Muhammadur rasul Allaah - "Allohdan o'zga ibodatga haqli zot yo'q va Muhammad Uning Rasuli" ekanligiga guvohlik berishga chaqirilganlar. Mana shu shahodat bu Jannatga kalit. Ammo barcha kalitlarning tishchalari bo'ladi. Kimki kalitning to'g'ri tishchalari bilan eshikni ochsa u eshik ochiladi. Xo'sh shu kalimaning "to'g'ri tishchalari" yoki shartlari nima?

AbdurRahman
11-06-2007, 05:15 AM
Bular, ya'ni Shahodat SHARTlari quyidagilardir:

1. Ilm.
Alloh haqidagi ilm. (Alloh Kim? Uning Sifatlari nima?) Inson uchun foydali ilm bu uni Allohdan o'zgaga ibodat qilinuvchi barcha narsalardan butunlay yiroq bo'lishga o'rgatuvchi ilmdir. Alloh taolo aytadiki: "Bas, (ey, Muhammad,) Allohdan o'zga iloh yo'q ekanini biling va o'z gunohingiz uchun hamda mo'min va mo'minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur". (47.Muhammad: 19-oyat)

Demak, ushbu oyatda ILM kalom va amaldan oldin kelmoqda. Hamda Muhammad sallallahu alayhi va sallam aytganlarki,ma'nosi: "Kimki Laa ilaaha illa Allaah (Allohdan o'zga ibodatga haqli zot yo'q) ekanligini bilib to'liq va aniq bilib vafot etsa Jannatga kiradi!" (Sahih Muslim).

2. Al-Yaqiyn. (Shak-shubhaga ega bo'maslik)
Bu shahodat uning ma'nosi haqida hech qanday shubhaga ega bo'lmasdan guvohlik berilishi kerak. Alloh taolo aytadiki: "Haqiqiy mo'minlar faqat Alloh va Uning Payg'ambariga iymon keltirib, so'ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir". (49.Al-Hujurot: 15-oyat)

Hamda Muhammad sallallahu alayhi wa sallam dedilar: "Men guvohlik beramanki, Allohdan o'zga ibodatga haqli Zot Yo'q va Men Uning Rasuliman. Allohning bandasi shu kalimaga hech qanday shubhaga ega bo'lmasdan (qiyomatda)Uni (Allohni ) oldida tursa Jannatga kiradi" (Sahih Muslim)

AbdurRahman
11-06-2007, 05:15 AM
3. Al-Ixlas. (Ixlos)
Islomga kirishdan, unga amal qilishdan maqsad faqatgina Alloh uchun bo'lishi lozim. Niyat faqatgina Allohning Yuzini istab, Undan qo'rqib, umid hamda muhabbat bilan amal qilishi talab qilinadi. Alloh taolo aytadiki: "Ayting: "Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman." (39.Az-Zumar: 11-oyat)

Shahodatga guvohlik bergan banda faqatgina Alloh uchun qilishini unutmasligi zarur. Ixloslik bu Shirkning teskarisi. Kimki Allohdan o'zga uchun qilsa, demak u shirk hisoblanadi. Kimki shahodatga biror mol dunyo uchun, yoki shunga o'xshash sabab bilan guvohlik bersa u holda uning guvohligi qabul emas. Alloh taolo aytadiki: "Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman". (39.Az-Zumar: 14-oyat)

Muhammad sallallahu alayhi wa sallam dedilar: "Alloh faqatgina Uning Yuzini istab (izlab) Laa ilaaha illa Allaah degan banda uchun Do'zahni harom qildi" (Sahih Buxoriy va Muslim)

AbdurRahman
11-06-2007, 05:17 AM
4- As-Sidq. (Sodiqlik)
Sodiqlik shahodat kalimasini yanada to'g'riroq tushunishga yo'l ochadi. Sodiqlik bandani Alloh haqidagi Ilmni izlashga harakatini yanada kuchliroq qiladi. Munofiqlar shahodatni aytishadi, ammo ular qalblarida shahodatni rad qilishlarini yashirishadi. Alloh taolo ular haqida aytadiki: "Ular dillarida bo'lmagan narsani (yolg'onni) tillari bilan ayturlar" (48.Al-Fatx: 11-oyat)
Qalb bu xuddi shoh (podshoh) kabidir, til esa shohning askarlari kabidir.

Muhammad sallallahu alayhi wa sallam dedilar: "Badanda (jasadda) shunday bir qism borki agar u to'g'ri (sog') bo'lsa, butun badan (jasad) to'g'ri (sog') bo'ladi, agar u buzilsa (kasal bo'lsa), butun badan (jasad) ham buziladi (kasal bo'ladi). U narsa Qalbdir" (Sahih Buxoriy va Muslim).

Agar qalbni Allohga bo'lgan muhabbat, haqiqat to'ldirsa u holda u qalbni sodiqlik, to'g'ri so'zlik ham to'ldiradi. Ammo, agar shahvat qalbni to'ldirsa, u holda u qalbda buzg'unchilikka, munofiqlikka yo'l ochiladi, va natijada inson qalbida bo'lmagan narsani aytadigan bo'lib qoladi.

Sof, toza qalb quyidagi narsalardan pokdir:
a) shirk;
b) kibr;
c) hasad;
d) bu dunyoni yaxshi ko'rish;
e) hokim bo'lishga shoshilish;
f) shahvat;
g) bid'at.

Mana shu narsalardan pok qalbga Shahodat kalimasi va uning haqiqiy ma'nosi kiradi. Bunday qalb Qu'ronda "Al Qalb As Saliym" deb aytilgan. Alloh taolo aytadiki: "U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas, Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)". (26.Ash-Shuaro: 88-89-oyatlar).

"U kun"dan murod bu Qiyomat kunidir. Alloh barchamizga mana shunday qalbni nasib qilsin.

davomi-> http://forum.sofislom.com/index.php?topic=784.0

AbdurRahman
11-23-2007, 12:04 PM
e-kitob shaklida yuklab olish: http://www.sofislom.com/index.php?option=com_docman&task=doc_download&gid=214