PDA

View Full Version : YULDUZ - Ayrilma


DJ-Ulibka
12-02-2000, 02:35 PM
Dil bilan bo'l, dil bergan dildoringdan ayrilma,
Bir shirin o'pich bergan, xushtoringdan ayrilma.
Bu olamda zo'rlarni, izlab ovora bo'lma,
Tepa sochi kam bo'lsa-da, o'z yoringdan ayrilma, ayrilma, ayrilma.

Ayrilma, ayrilma, ayrilma,
O'z yoringdan ayrilma.
Sevgani ko'p bo'lsa ham,
Sevganingdan ayrilma.

Erta turib qil toat, tila yoringga omad,
Yoring ketib qolsa gar, orqasidan ayrilma.
Qilma yorga xiyonat, sevgi bu bir sinoat,
Ey qizil gul, parivash, bulbulingdan ayrilma, ayrilma, ayrilma.

Ayrilma, ayrilma, ayrilma,
O'z yoringdan ayrilma.
Sevgani ko'p bo'lsa ham,
Sevganingdan ayrilma.

;) :) ;)