PDA

View Full Version : Dil so'rog'i..


Forrest
12-02-2000, 04:24 PM
<font color="0000FF">
Yana nelar deging kelar,ayt,
Uyalma, aytaver demaslar besharm,
Bu ma`yuslik ortida ne jam,
Darding ayt, dilingda ne g'am..

Azoblanar ruhing, dilingda armon,
Yashirolmas ko'zlaring darding,
Nelarni o'ylaisan ruhimni qiynab,
Yana nelar deging kelar ayt..

Visoling armonim, vasling dunyoim,
So'roqlarim so'zsiz, cheksiz tug'yonim,
Yuragim urushi faqat sen uchun,
Borlig'im, olamim faqat sen jonim..
Ko'nglingni qiynagan, diling tirnagan,
Sevgimasmu u balo, aytgil ei yorim..
</font>

Forrest
12-03-2000, 06:46 AM
<font color="0000FF">Nima ham derdim, qiynama meni..

Ko'zlarimiz uchrashgan ondan,
Muhabbat sinovi boshlanmish zimdan,
Dilimda g'ul-g'ula, ko'zlarimda yosh,
bilmasman qai yo'sin bermoq ta'rifin..

Mardum yurak chidolmas, to'lar zardobim,
Taqdir aytmagan ekan bizga yor-yorin,
Dunyoning ishlari ko'p g'alat ekan,
Endi sen kimsan, men kimman jonim..
</font>

Adiba
12-04-2000, 01:58 PM
Bor dunyomni sizga berdim,dunyo sizni ayadi,
Sizni menga sevdirdiyu,uzgalarni siyladi.
Kuzingizni tigi netay, ishqla kuksim suyadi,
Oqayotgan qonim mening, uzingizsiz, uzingiz..

"LLM"
12-07-2000, 10:02 AM
Forrest!
nima bu man tushunmadim?
darrov javobini yozib quying. BIZ sizga ishonamiz!

omad!

Free_Uzbek
12-07-2000, 06:26 PM
Nima ...Adibaxonni yakkalab quymoqchisizlarmi?