PDA

View Full Version : Bugun nima o'rgandim? Yoxud Islomiy xayollar.


lost
11-08-2007, 12:30 PM
Assalomu alaykum akalar ukalar, opalar singillar,

Bu erda kundalik o'rgangan islomiy bilimlarimizni, xayollarimizga kelgan shar'iy o'ylarni baham ko'ramiz.



O'qishga oson bo'lishi uchun, ilojisi bo'lsa, ko'pi bilan 3-4 qatorda post qilinsa yaxshi bo'lardi.


Alloh barchamizni to'g'ri yo'ldan qaytarmasin : )

Abu-Bakr
11-08-2007, 03:45 PM
имом доримий ривоят қиладиларки, абдуллоҳ ибн аббос розияллоҳу анҳума: «ким сураи бақарадан ўн оятни – (яъни) аввалидан тўрт оят, оятул курсий ва ундан кейинги икки оят(255-257) ва охиридан уч оятни кечаси ўқиса, ўша уйга шу кечаси шайтон кирмайди», деганлар.

Borz_man
11-09-2007, 02:04 PM
Jum'a kunini tartiblik holatda Salaflar singari
o'tkazish kerakligini bilib,sizlargaham tavsiya qildim.

lyalyapo
11-15-2007, 03:44 AM
Scholars of religion said that the private parts of a youngster, a boy or a girl, are not prohibited to look at if he is four years old or younger. But if he or she is over four, hir or her private parts are the front and back private parts and the areas around them. If we make a young child accustomed to covering his body, this will be better.

lost
11-22-2007, 01:05 PM
http://www.welt.de/multimedia/archive/00438/Islamic_Fashion_kin_438551g.jpg




shunaqangi havasim keldi : )
nasib bo'lsa qizimgayam oberaman : )

Musofirbek
11-23-2007, 01:41 AM
Buni 3-4 kun oldin o'qigan edim islomnurida

Ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Қиёмат кунида Аллоҳ таолонинг аршнинг ўнг томонида ўтирувчи хос кишилари бўлади – Аллоҳнинг ҳар икки қўли ўнгдир-баракотлидир – улар нурдан бўлган минбарларда ўтирадилар, чеҳралари нуроний бўлади, улар на пайғамбарлар, на шаҳидлар ва на сиддиқлардир». «Ё Расулуллоҳ, улар кимлар?», деб сўралди. «Улар Аллоҳ таборака ва таоло учун бир-бирини яхши кўрган кишилардир», деб жавоб бердила

Fifi
11-23-2007, 08:05 AM
http://www.welt.de/multimedia/archive/00438/Islamic_Fashion_kin_438551g.jpg



shunaqangi havasim keldi : )
nasib bo'lsa qizimgayam oberaman : )

InshaAllah.

Niyatingizga yeting!

Borz_man
11-25-2007, 02:46 PM
Bugin bir oldingi (qaedimiy)qadrdon aka bilan ancha suhbat qurdik,ohirida ketvotkanlarida manga jazakallohu hoyron deb: balkim butun umrimga tegishlik bo'lgan muhim narsani olgandurman bu suhbatdan dedi.

Manga juda tasir qildi bu gap,bunchalik muhumligini etiborimgaham olmabman,albatta Islomga tegishlik gap har doim muhim,undanda muhim narsa hayotimizda yo'q.Ammo haqqoniy baho beradigan bo'lsak bundan ancha ko'p va foydalikroq qilib suhbat qurishga,Alloh uchun bilganimizni bundanda ko'p yetkazishga qodirmizku.

Hissadan hissa vaqtimizni qadrlaylik,fursatdan foydalanib tilimizni faqat Allohning roziligi uchun sarflaylik.Naqadar oz va kam muddat berilgan bizga.Gunohlarimiz ko'pligidan tovbaga ulgurarmikanmiz?Hayotimiz yetarmikan?Robbimizning huzuriga olib borayotkan amalimizga bir nazar solaylik......

Sirius_s
11-26-2007, 12:27 AM
Bugun shu hadisni o'qib qoldim.Shu rasmga joylashtirgan muslimalarni Alloh o'zining hayrli yo'lida bardavom qilsin!


http://sayyidulayyom.pochta.ru/1428Ramazon2.JPG

Sirius_s
11-26-2007, 12:43 AM
Allohning rahmatisiz jannatga arzimaymiz... Alloh o'z rahmatingga ol bizni!!! Allohim!!!

Qizaloq
11-26-2007, 07:12 AM
Toshkentdagi Qorasaroy ko`chasida "Hazrat Imom Jome Masjidi" qurildi....
TV da ko`rganimda bir kun boraman deya ko`nglimga tugib qo`ydim :)

Dugonam bilan o`sha masjidga bordik ...
Biram chirolyli me`morchilik obidasi bo`libdiki....
asrlar osha yashasin o`sha bino, farzandlarimizga ko`rish nasib etsin dedim.

ASR namozini dugonam bilan birga ado ettik , alhamdullillah.
Ayollar uchun alohida namoz o`qish joyi bor ekan, erkaklar uchun ajratilgan joydan to`sib qo`yilgan tahtalik chiroyli devor bilan.

Tavba .. namozdan so`ng Dugonamga qarab: Ibodatiz Olloh dargohida qabul bo`lsin,Dugonajon desam , kulib raxmat deydi uyalibgina,o`zizgaham deydi :).

Bunday vaziyatga tushmagan edim....

ko`chada yengil shaboda , ro`molimni hilpiratadi tinmay ....
yashagim keldi, takror va takror Ollohga shukronalar aytdim....

Qizaloq
11-28-2007, 10:54 PM
Ureeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee :)

Assalamu alaykum warahmatullohi wabarokatuh!

Salomatmisiz Ahli mo`min va mo`minalar !

Kattalardan eshitishimcha Islom ustunining 5 chisi Haj bo`lmish, qutlug` ziyoratga otlangan musulmon birodarlarga :
Meni nomimdan Muhammad SAV ga salom yetkazing deyish kerak ekan( albatta buni bilsa).
Hajga otlangan mo`min albatta o`sha insonning iltimosini, ya`ni Salomini Hajga borgach ,yetkazib qo`yishi kerak ekan.

Australiadan bir inson Hajga otlanibdi, qo`shnisi chiqib:
- birodarim -qo`shnijonim, avvalo safaringiz behatar bo`lsin, meni uyerga borib kelishimga imkonim yo`q, iltimos Hajga borsangiz Muhammad SAV ga meni nomimdan Salom yetkazib qo`ying debdi.
Qo`shni hop debdi.

Safardan so`ng haligi inson Hoji-ta bo`lib qaytib kelibdi, lekin ming afsuslarki qo`shinisining iltimosini bajarishni unutibdi :(
O`sha kecha hoji-ota tush ko`ribdi:
-Tushida unga bir ovoz kelib, attang sening ziyorating qabul bo`lmay, qo`shningni Salomi-ziyorat kabidek qabul bo`ldi ,debdi.

Mana shu forumda bir akahonim shu kunlarda HAJ ga yo`l oladilar.
Men ularga Muhammad SAV ga SALOM ayting deb iltimos qildim.

shoyad mening ham Kichkina yuragimdan berilgan Katta salomim yetkazilsa...:)

Safaringiz behatar bo`lsin!Olloh ziyoratingizni qabul aylab-duolaringizni mustajob qilsin!

Alhamdulloh... o`zingga shukur!

Abdug'ofur
11-29-2007, 06:55 AM
http://www.welt.de/multimedia/archive/00438/Islamic_Fashion_kin_438551g.jpg



shunaqangi havasim keldi : )
nasib bo'lsa qizimgayam oberaman : )

Qizcha indoneziyalik shekilli. :) Hayit kuni indoneziyaliklarning kichkina qizchalarini shunaqa yasantirib hijoblarda masjidga olib kelganini ko'rganman.

Sirius_s
11-29-2007, 03:30 PM
-Tushida unga vahiy kelib,

va alaykum assalam va rahmatullahi!
Muslima opam/singlim, hech bir odamga vahhiy tushmagay balkim payg'abarlargagina tushgay deyigan, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom vafotlaridan keyin vahiy keladigan osmon eshiklari yopilgan. Siz aytmoqchi bo'lgan narsa aniq yorqin tush bo'lsa kerak, aniq-yorqin chiroyli tush esa Allohdan deyilgan, balki shunday demoqchi bo'lgandursiz, iltimos payg'ambarlarga tegishli so'zlarda ehtiyot bo'laylik :)

Sirius_s
11-29-2007, 06:15 PM
15. ِAbdulloh ibn Abbos rodiyallohu anhu "Ahli Sunnat" toifasini sifatlar ekanlar, shunday degan ekanlar:
" النَّظَرُ إِلَى الرَّجُلِ مِنْ أَهْلِ السُّنَّةِ؛ يَدْعُو إِلَى السُّنَّةِ، وَيَنْهَى عَنِ الْبِدْعَةِ "


"Ahli Sunnatdan bo'lgan kishiga bir nazar tashlashlikning o'zi, sunnatga da'vat etib, bid'atdan qaytaradi" [ sahih rivoyat, Imom Lalakoiy o'zlarining "Sharh Usul E'tiqod Ahli Sunnat val Jamoa" kitoblarida rivoyat qilganlar]

islomyoli.comga kirganimda shu hadis SALAFLARNING DONO SO'ZLARIDAN degan click qilinadigan joyda yozilgan ekan, mashaAlloh,manga judayam yoqdi!
Allohga suyukli bo'lgan odamni ko'rsangiz, u sizga doimo Alloh eslatadi,uni ko'rishlik ham Allohni eslatadi, chunki u odamning yurishi ham, turishi ham, so'zi ham, sukuti ham islomdir!

Abdug'ofur
11-29-2007, 08:01 PM
Tushga Alloh tomonidan keladigan narsa ilhom deyiladi.

Qizaloq
11-29-2007, 08:55 PM
Assalamu alaykum warahmatullohi wabarokatuh!

Qalbida Iymon, Hulqi Islom, Dardi cheksiz, Qalbida keksiz, Robbisi Rahmon, Dasturi Qur`on, Vatani Jannat bo`lgan Muhammad SAV ning ummatlari sizlarni Sayyidul ayyom Juma bilan qutlayman!

Bugungi Jum`a namozida Qizaloq singlizni ham duo qilib turinglar :)

Abu Hurayra
11-30-2007, 12:56 AM
kishi qanchalik iymonini mustahkamlash ustida ishlasa, Shayton jahli chiqib unga undan ziyoda dushmanlikda davom etib , vasvasasini kuchaytirarkan, kishi qanchalik diniga e'tiborsiz bo'lsa Shayton shunchalik xursand bo'lib, "shar narsalarda davomli bo'l" deb ularni chiroyli qilib ko'rsatarkanva u kishi bilan ko'p kurashmasdan o'z yo'liga ketishi tarafdori ekan...


PS: Shaxsiy xayollarim edi...

Borz_man
11-30-2007, 03:17 AM
Juma tabrik sms si:

Qalbi feli torlikdan,shirin so'zga zorlikdan,ikki dunyo torlikdan Robbim seni asrasin!
Igvo,fitna tuhmatdan,giybat,turli kulfatdan,qalbi qora ulfatdan Robbim seni asrasin!
Gazab hamda qabul bo'lmas duodan,ogir kunda jazodan Robbim seni asrasin!!!

Etti kunning SULTONI JUMA AYYOMI muborak bo'lsin! Hurmat ila .......hoji.

Alhamdulillah shunaqa sms har juma kelganiga,ko'ngil ancha ko'tariladi.

P.S.Insonni hursand qilishlik qanchalik oson,hammamiz shu amalda bardavom bo'laylik..
P.P.S.Insonni hursand qilishlik Kitob va Sunna asosida bo'lsa dvaynoy ++...

Borz_man
11-30-2007, 02:50 PM
“Ulamolar sulhi” treadiga atiyin kirmay turgandim.Postlarni ko'rib,mavzuga qo'shilmaganimga oldiniga asfuslanmadim. ammo……:

Bu videoni ancha oldin ham ko'rgan edim, kelishuvni o'zi achinarlik holat.U kelishivda shart qo'yish nihoyatta o'rinsiz(yani hamma Hanafiy mazhabda yurishi kerak(imho)). Asl holat qanday bo'lsih kerak???Nahotki makon insonni fiqh yo’lini tallashiga sabab bo’lsa?Nahotki ihtilofni hal qilishda holislik bilan yondashib bo’lmasa? Bu inson Sunnatga ergashyapti,mana bu inson ham sunnatdan chetlanmayabti deb haqni aytib bo’lmasa.?!Ahir yer yuzida aksar davlatlarda fiqhiy tortishuvler ilim yo’li bilan hal qilingan.Musulmonlar boshqa o’lkalarda bir biroviga hurmat ila muomila qilishadi.Bunga sabab har-bir Mashab muqtadiynlari boshqa mashab egalarini hurmat ila Olimligini,Mujtahiydligini,har bir ijtihod taqvo va ilim bilan hosil bo'lganligini tan olishadi.


Musulmonlar birdam,birtan,birjon,aka-ukadirlar.Yer yuzidagi bir Muslimga aziyat yetsa har bir o’zini Muslim degan shahs qaygurishi kerak. Yer yuzudagi barcha Muslimlarga aziyat yetmasligi uchun ,shuni sababiga harakat qilish lozimdur. Asosiy maqsaddan chetlangandan keyin shunaqa mayda-chuyda vaqt ketkazishga arzimaydigan ishlarni sababi kelib chiqaveradi.

Holat aslida: har bir Musulmon shahs qibladoshini,hoh uning ko'rinishi to’nu maqsida ,hoh avrati yopilgan shortiyu kepkada bo’lsin o’zini akasi yoki ukasi degan fikrni o’ziga singdirvolishi kerak.Bunga Allohning inna mal mo’minuna ihfatun oyati dalildir.

وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ
Албатта, мўминлар биродардирлар, бас, икки биродарингиз ўртасини ислоҳ қилинг, Аллоҳга тақво қилинг, шоядки, раҳм қилинсангиз.
Ҳужурот 10


Ahuna fillahni singdirgandan keyin,akasi qaysi mashabda bo’ladi,qanday namoz o’qiydi,qay holatda fiqhiy maslaga yondashishlikga, qay olimni ehtiyor qilgan bo’lsa uni hurmat qilishi boshlaydi. Asosiy maqsad Allohni sinovidan O’zi rozi bo’lgan holda o’tishlik bo’lgandan keyin, albatta amal,dav'at,ilim,hayot kechirish holati shunga yarasha bo'lishi kerak. Ichki dushman shayton, tashqi dushman kufr,fosiq,munofiq.Yer yuzida faqat 2 ta millatni his qilgan inson,akasi-qibladoshini har-qanday hatosini, kamchiligini, qo’rsligini kechira olishi kerak.Amalida aybi bo’lsa o’ziga yetkazib,o’ziga ravo ko’rgan hidoyatni,taqvoni,ilimni Alloh uchun hikmat bilan suhbatdoshiga yetkazishi kerak.San-salar bilan hikmatga yetishib bo’lmaydi ahir.Hikmatni yetkazish niyyati ham Rahmonga bo’lgan muhabbat ila bo’lishi kerak,aks holda yani niyyat noto’gri bo’lib yengish uchun bo’lsa bu amalni egasi Alloh emas shayton bo’lib qoladi.Nauzu billahi min zalik.


Hozirgi kunda dunyodagi ummati Muhammad :saws: holati hammamizga ochiq-ayon bo'lib ko’rinib turibti.Maqsadimiz haqda birlashib Musulmonlar ustiga kelgan zulimni,tahqirni,taziqni va ummatning maglubiyatidan to’sadigan amallarni bajarishimiz kerak. Bu amallarni bajarish Quron va Sunnatga qaytishlik,yani unga to’liq amal qilishlik bilan bo’ladi. Buni Allohning Vajhi uchun qilishligimizga faqat o’zimiz muhtojdurmiz.

Hayotimizga nazar solsak: holislik bilan Rasululloh :saws: ni suyushlik zaruricha ham bo’lamayabti.Rasulullohni sevishlik sunnati mutohharolariga amal qilishlik bilan bo'ladi. Hulusiyatda noqislik,Sunnatiy amaliyotda kamomat bizni ko’p yutuqlardan to’sib qo’yyabti.Hayoti dunyoga muhabbatning mukkadan ketishlik holati aksariyatimizda ayon bo’lyapti. Ertangi mahsharni eslashlik holatimiz o’zgarmayabti.Ko’zimiz Alloh yo’lida din qaygusida yoshlanishiga lo’qmani ehtiyot qilaylik.Duo qilamizu qabul bo’lish sabablarini unutyabmiz.Islomda shart bo’lgan ilimlarni to’ldirmaymizu ammo tortishib qolsak tortinmay olimona gapla qilamiz..Fiqhning o’zimizda majburiy darajasini bilmasdan ,faqat olimlar aro ko’tariladigan masalalarga, bilmasakda hozir javobmiz.. Ertaga Alloh oldida har bir gapimiz,har-bir nafasimiz uchun so’rovni yoddan ko’taryabmiz.Gunohlar ko’pligidan o’limdan qo’rqib qolyapmiz.Alloh uchun molini,umrini va jonini tikkanlar ustidan bo’hton toshlarini yogdiramiz.Allohni sevgan,Rasullar orzu qilgan maqomda kimlar bo’lishi bilsakda,unga erishishlik mumkinligini harakatimiz va taqvoimiz sustligidan shu kunlarda ko'zimizga sarob bo'lib ko'rinyapti.


Qissadan hissa: Allahni mahshariga qarab ketayatgan har bir Mulsim bir-biroviga hamdard,ogirini yengillashtirishga harakat qilishi lozimdur. Musulmonlar ahil bo’lib, bir birovini Alloh uchun yahshi ko’rib,Alloh uchun moli,joni va obro’sini saqlashni vajib deb bilsa kelishuvga muhtojlik qolmaydi.Har birimiz Qu'roni Sunnatga amal qilsak oramizga hech qanday dushman yovuzlik qilolmaydi. Nafsimizni chetga surib Rasululloh :saws: ni yo'llaridan chetlanmasak ertangi kunda bizdan qolgan zurriyot,bizdan keyingi Ummati Muhammad :saws: ga faqat foyda bo'ladi. Soya yo'q bo'lgan kunda Allohning soyasini umud qilar ekanmiz, amalimiz, hayotimiz, dasturimiz shunga muvofiq bo'lishini O'zi hammamizga nasib qilsin.


P.S. Bu hamma nasihat avval o’zimga,hatosi bo’lsa noqisligim, siz azizlarga foydasi tegsa faqat Robbimning iltifoti va rahmati deb bilaman.

Musofirbek
12-01-2007, 07:07 PM
аиша (да будет доволен ею аллах) также рассказывала: «однажды посланник аллаха (да благословит его аллах и приветствует) спросил меня: «что это?» «мои куклы», - ответила я. «а что это посередине?» «лошадь», - ответила я. «а что это такое на ней?», - спросил он. «крылья», - ответила я. «лошадь с крыльями?», - спросил он. «разве ты не знаешь о том, что у соломона, сына давида, была лошадь с крыльями?», - спросила я. тогда пророк (да благословит его аллах и приветствует) так сильно рассмеялся, что я увидела его коренные зубы» (абу дауд).

Sirius_s
12-06-2007, 07:39 AM
Ayollarning hojatga chiqishlari haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Savda binti Zam’a tashqariga chiqdi. Hazrat Umar uni ko‘rib, tanidilar va unga: «Sen, xudo haqi, ey Savda, bizdan berkinolmaysan!» — dedilar. Savda ortiga qaytib, Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bo‘lgan gapni aytdi. Shunda ul zot mening hujramdagi kechki ovqatni tanovul qilayotgan bo‘lib, qo‘llaridagi sho‘rvaga bir qarab qo‘yib, so‘ng nigohlarini yuqoriga qaratdilar-da: «Olloh taolo sizlarga (ayollarga) hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqqa ijozat berdi», — dedilar».
(Sahihi Buhoriy, 3chi jild)

Borz_man
12-06-2007, 03:35 PM
"Курбонлик кунлари Одам боласи киладиган амаллар ичида кон окизишдан (жонлик сўйишдан) кўра Аллохга махбуброк амал йўкдир...". (Ибн Можжа ва Термизий ривоятлари, хасан хадис).
Пайгамбар алайхиссаломдан: "Курбонлик ўзи нима?", - деб сўрашганда: "У оталарингиз Иброхим алайхиссаломнинг суннатидир", - деб жавоб бердилар. "Ундан бизга кандай ажр бор?", - дейишганида эса, у зот: "Хар бир туки учун биттадан яхшилик берилур", - дедилар... (Ибн Можжа ва Термизий ривоятлари).
manba:www.islomnuri.com

Sirius_s
12-06-2007, 08:31 PM
Про обручальное кольцо

Слова шейха Ибн Усеймина про обручальное кольцо

SubhanAlloh!

http://salafportal.com/article/7

Glance
12-09-2007, 11:56 AM
I've been doing research on 'pictures-in-islam issue', and I thought that it would be useful to post those hadiths here.



Hadith - Bukhari 3:428, Narrated Said bin Abu Al-Hasan

While I was with Ibn 'Abbas a man came and said, "O father of 'Abbas! My sustenance is from my manual profession and I make these pictures." Ibn 'Abbas said, "I will tell you only what I heard from Allah's Apostle . I heard him saying, 'Whoever makes a picture will be punished by Allah till he puts life in it, and he will never be able to put life in it.' " Hearing this, that man heaved a sigh and his face turned pale. Ibn 'Abbas said to him, "What a pity! If you insist on making pictures I advise you to make pictures of trees and any other unanimated objects."


Hadith -Bukhari 4:47, Narrated 'Aisha

I stuffed for the Prophet a pillow decorated with pictures (of animals) which looked like a Namruqa (i.e. a small cushion). He came and stood among the people with excitement apparent on his face. I said, "O Allah's Apostle! What is wrong?" He said, "What is this pillow?" I said, "I have prepared this pillow for you, so that you may recline on it." He said, "Don't you know that angels do not enter a house wherein there are pictures; and whoever makes a picture will be punished on the Day of Resurrection and will be asked to give life to (what he has created)?"


Hadith - Bukhari 4:448, Narrated Abu Talha

I heard Allah's Apostle saying; "Angels (of Mercy) do not enter a house wherein there is a dog or a picture of a living creature (a human being or an animal)."


Hadith -Bukhari 5:338, Narrated Ibn Abbas

Abu Talha, a companion of Allah's Apostle and one of those who fought at Badr together with Allah's Apostle told me that Allah's Apostle said. "Angels do not enter a house in which there is a dog or a picture." He meant the images of creatures that have souls.


Hadith - Muslim, Narrated Ali ibn AbuTalib

AbulHayyaj al-Asadi told that Ali ibn AbuTalib said to him: Should I not send you on the same mission as Allah's Messenger sent me? Do not leave an image without obliterating it, or a high grave without levelling it. This hadith has been reported by Habib with the same chain of transmitters and he said: (do not leave) a picture without obliterating it.


Hadith - Muslim, narrated Maymunah

One morning Allah's Messenger was silent with grief. Maymunah said: Allah's Messenger, I find a change in your mood today. Allah's Messenger said: Gabriel had promised me that he would meet me last night, but he did not meet me. By Allah, he never broke his promises; and Allah's Messenger spent the day in this sad (mood). Then it occurred to him that there had been a puppy under their cot. He gave an order and it was turned out. He then took some water in his hand and sprinkled it on the place. When it was evening Gabriel met him and he said to him: You promised me that you would meet me the previous night. He said: Yes, but we do not enter a house in which there is a dog or a picture. So the very next morning he commanded the dogs to be killed. He announced that the dog kept for the orchards should also be killed, but he spared the dog used for the protection of extensive fields (or big gardens).


Hadith - Bukhari 8:151, Narrated 'Aisha

I used to play with the dolls in the presence of the Prophet , and my girl friends also used to play with me. When Allah's Apostle used to enter (my dwelling place) they used to hide themselves, but the Prophet would call them to join and play with me. (The playing with the dolls and similar images is forbidden, but it was allowed for 'Aisha at that time, as she was a little girl, not yet reached the age of puberty.) (Fateh-al-Bari page 143, Vol.13)


Hadith - Abu Dawud, Narrated Aisha, Ummul Mu'minin

When the Apostle of Allah arrived after the expedition to Tabuk or Khaybar (the narrator is doubtful), the draught raised an end of a curtain which was hung in front of her store-room, revealing some dolls which belonged to her. He asked: What is this? She replied: My dolls. Among them he saw a horse with wings made of rags, and asked: What is this I see among them? She replied: A horse. He asked: What is this that it has on it? She replied: Two wings. He asked: A horse with two wings? She replied: Have you not heard that Solomon had horses with wings? She said: Thereupon the Apostle of Allah laughed so heartily that I could see his molar teeth.


Hadith - Sahih Bukhari 2.425, Narrated Aisha, r.a.

When the Prophet became ill, some of his wives talked about a church which they had seen in Ethiopia and it was called Mariya. Um Salma and Um Habiba had been to Ethiopia, and both of them narrated its (the Church's) beauty and the pictures it contained. The Prophet raised his head and said, "Those are the people who, whenever a pious man dies amongst them, make a place of worship at his grave and then they make those pictures in it. Those are the worst creatures in the Sight of Allah."


Hadith - At-Tirmidhi

"On the Day of Resurrection a neck will stretch forth from Hell; it will have two eyes to see, two ears to hear, and a tongue to speak. It will say, "I have been appointed to take care of three types of people: every arrogant tyrant, every person who called on some deity other than Allaah (swt) and those who made pictures" [at-Tirmidhi stated that this hadith was saheeh - at-Takhweef min an-Naar, p.179, See also Jaami' al-Usool, 10/518, the editor said its isnaad is hasan]

lost
12-10-2007, 04:28 AM
Iyd muborak birodarlar

Black
12-10-2007, 06:35 AM
Iyd muborak birodarlar

Rahmat birodar. Lekin hali IYD ga ertayu?! : ) Yoki Zulhijjani kirgani bilan tabriklab qo'ymoqchimisiz?

Glance
12-10-2007, 08:26 AM
Zulhijja bugun kechqurun kiradi a? Ya'ni ro'za tutmoqchi bo'lsak ertaga saharlikka turish kerakmi?

lost
12-10-2007, 11:15 AM
Rahmat birodar. Lekin hali IYD ga ertayu?! : ) Yoki Zulhijjani kirgani bilan tabriklab qo'ymoqchimisiz?

kamputrim buzuq, o'sha kuni kirib tabriklab bilamanmi yoqmi deb, o'zimcha chaqqonlik qildimda : )

AbdulAziz
12-10-2007, 07:01 PM
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytiladiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch narsa najot bo‘luvchidir va uch narsa gunohlarga kafforatdir:

Najot bo‘luvchilar :
1. Ichda ham, tashda ham Allohdan qo‘rqish;
2. Boylikda ham, faqirlikda ham o‘rtacha yurish;
3. Mamnunlikda ham, g‘azab kelganda ham birday odil bo‘lish.

Halok qiluvchilar :
1. Haddan ortiq baxil bo‘lish;
2. Havoyi nafsga qul bo‘lib, uning buyurganini qilish;
3. O’ziga bino qo‘yib, o‘zini katta olish.

Darajot bo‘luvchilar :
1. Ochiq salom berish;
2. Bechora-miskinlarni taomlantirish;
3. Tunda odamlar uxlaganda nafl namoz o‘qish.

Gunohga kafforat bo‘luvchilar :
1. Qiyinchilikda tahoratni komil (mukammal) qilish;
2. Jamoat namozlariga borish;
3. Namozdan so‘ng navbatdagi namozni kutish.

AbdulAziz
12-10-2007, 07:03 PM
SHIJOAT VA GO’ZAL O'LIM

Bu kun shijoat va o'lim haqida o'ylanib qoldim.
Biz nechog'lik shijoatlimiz? Nechog'lik o'limga tayyormiz?

...Bir chumoli sahroda ketayotganida undan so'rashgan ekan:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachondan yetib borasan?
- Hech bo'lmasa, shu yo'lda o'lamanku...

Shijoatni ko’ring, maqsadni qarang, muhabbatni qarang. Biz kimmiz? Shu chumolichalik holimiz bormi? Robbimizga olib boruvchi buyuk maqsad bo'lida mana shu Allohning bir hasharotichalik yo'lga chiqa oldikmi? Boradigan yo'limiz qaysi? Qayerga olib chiqadi u? Loaqal oxirgi marta mana shu yo'l tadorigida biron yumushni bajardikmi?

Abdulloh ibni Ummi Maktum... Payg'ambarimiz SAVga tanbeh olib bergan Abdulloh... Ko'zlari ojiz bo'lsa-da, qalb ko'zi ochiq, shijoatli sahobiy...
...Umar r.a. zamonlarida Rumga qarshi g'azot boshlandi. Bu muqaddas urushda ishtirok etish maqsadida Abdulloh ham Umar r.a. huzuriga keldilar. Umar r.a. sahobaning ojizligini nazarda tutib, uni g'azotda qatnashmaslikka da'vat etdilar. Abdulloh har galgidek ko'nmadi.
- Yo amiral-mo'miniyn, menga Rasululloh SAVning tug'larini bering, uni baland tog' uzra ko'tarayinki, buni ko'rib sahobalarda shijoat paydo bo'lar. Rasulullohni eslab dushmanga tik qarab, kurshashishar. Mening ko'zim ko'rmaydi. Har qanday holatda ham dushmanni ko'rmayman va undan qo'rqmayman...
Umar r.a. ko'ndilar va qattiq tayinladilar:
- Yo, Abdulloh, bu tug'ni hech qachon dushman qo'liga topshirma.
Jang boshlandi. dastavval musulmonlar chekindilar. Qoyada Rasululloh SAV tug'larini ko'rib, shijoat bilan yana jangga kirdilar. Islom lashkari g'alaba qozondi.
Jangdan so'ng, qoyadagi tug' ko'rinmay qoldi. Umar r.a. Abdullohni izlab borganlarida uning nayzalar sanchilib qonga botib yotganini ko'rdilar. U tishlari bilan mahkam Islom bayrog'ini tishlagan va hech kimga oldirib qo'ymagan edi....

Umar r.a.ni ko'zlarini yoshlatgan hodisa... Shijoatning yuksak namunasi. Mardlikning, muhabbatning go'zal sahnasi...

Biz bugun Alloh uchun nima shijoat ko'rsatdik? Islom uchun foydali nima ish qildik? Savollar ko’p. Javob berishga esa… qiynalib qolamiz…

Allohim, bizning gunohkor qalblarimizni ham sahobalarga berganing ulug’ shijoat, muhabbat, mardlik bilan to’ldir! Huzuringga borajakmiz, bu yo’lda O’zing bizni To’g’ri yo’lingdan adashtirma! Gunohlarimizni mag’firat ayla! O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma! Sen buyuk qudrat va hikmat sohibidirsan!

Mo'jiza
12-10-2007, 11:21 PM
Agar senga iltimos bilan murojaat qilishsa, malol olmay qabul qil.
Sen o'sha iltimos qiluvchining o'rnida bo'lganingda nima bo'lardi.
Senga iltimos qilishganini ham shukr bilan xursand qabul qil.

Sirius_s
12-14-2007, 01:29 AM
Аллох таоло деди: “Яхши сўзлар Унга кўтарилади ва У солих амалларни Ўз даргохига кўтаради” (Фотир: 10).

Sirius_s
12-14-2007, 01:37 AM
Пайгамбар соллаллоху алайхи ва саллам дедилар: “Роббимиз хар кеча, кечанинг учдан бири колганида куйи осмонга нозил бўлади ва: “Ким менга дуо килади ижобат киламан! Ким мендан сўрайди, сўраган нарсасини бераман! Ким менга истигфор айтади, гунохларини кечираман!”— дейди” (Муттафакун алайхи).

Musofirbek
12-24-2007, 03:00 AM
аллоҳ таоло зухруф сурасининг 67-оятида айтади:

«у кунда дўстлар бир-бирларига душмандир, магар (аллоҳ йўлида дўстлашган) тақводор зотларгина (мангу дўстдирлар)».

абу мусо розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган муттафақун алайҳ ҳадисда расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «яхши улфат билан ёмон улфатнинг мисоли худди мушк сотувчи (аттор) билан (темирчининг) босқонига дам урувчига ўхшайди. мушк сотувчи ё мушкидан сизга ҳадя қилади ё ундан сотиб оласиз ёки ҳеч бўлмаса ундан хушбўй ҳид топасиз. босқонга дам урувчи эса ё кийимингизни куйдиради ё эса ундан бадбўй ҳид топасиз.»

имом абу довуд ва имом термизий абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «киши ўз дўстининг динидадир. шундай экан, ҳар бирингиз ким билан дўстлашаётганини текшириб боқсин», дедилар.

шарҳ:

ошна-оғайни ва ёру-дўстларнинг инсонга таъсири кучли бўлади. кўпинча инсонга дўстларининг хулқи – яхши бўлсин, ёмон бўлсин – юқади. шунинг учун расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам яхши дўст танлашга буюрдилар ва яхши дўст мисолини мушк сотувчи атторга ўхшатдиларки, ҳар қандай ҳолда ҳам ундан фақат яхшилик топасиз. аксинча, ёмон дўстнинг ёмонлиги сизга етмай иложи йўқ.

бугунги дарсдан олинадиган фойдалар:

1 - кимнинг дўстлиги тақво асосига қурилмаган ва аллоҳ йўлидаги дўстликдан бошқа бўлар экан, қиёмат куни бундай дўстлик адоватга айланади.

2 – яхши дўст ва улфат танлаш зарур.

3 – дўстнинг дўстга таъсири кучли бўлади.

Qoshimcha : San manga do'stini ko'rsatgin , man sanga kimligini aytip beraman ( uzbek maqoli_) degan gap bekorgamas ekan de Subhanalloh

Abu Hurayra
12-24-2007, 05:58 AM
Alloh hidoyatga boshlamasa, bandaning gapi behuda...
Nafs egarini kiyib manosiz tovushlar chiqarish kabi zulm yo'q...

lost
12-29-2007, 11:48 PM
terrorism - islam monopoly



mediada shu so'zni ishlatish holi. afsus.

Abu Hurayra
01-03-2008, 08:11 AM
Inshallah 5 kundan keyin (9 yanvarda-Muharram oyining 1 chisi) Hijriy 1429 yilga kiramiz...
Bu kunni boshqa millatlar kabi nishonlamasakda xayrli yil bo'lishini Allohdan so'rab xayrli duolar qilib qolamiz...

lost
01-07-2008, 10:35 AM
"vahobiylar" va "so'fiylar" urushi qachon tugarkin-a?
shundog'am kuchsiz ummat battar kuchsiz bo'lyapti.

Abu Hurayra
01-09-2008, 08:53 AM
Tuxmat, yolg'on gap jarangli, vohimali chiqsada, uzoqqa bormaydi, haq so'z albatta namoyon bo'ladi. Eshitgan har bir fitna gaplarni asosining ishonchli ekanligini tekshirmasdan qabul qilmaslik kerak, aks holda o'zimizga va boshqalarga zulm qilgan bo'lamiz....

Abu Hurayra
01-10-2008, 03:41 PM
Isimlari yodimga tushmayapti, Sahobalardan biri, Alloh u kishidan rozi bo'lsain, o'g'izlariga tosh solib yurarkanlar, gapirmoqchi bo'lsalar ko'p uylab, keyin toshni olib keyin gapirib, gaplari tugagach yana toshni solib qo'yarkanlar...
Sahobalar tilning keltiradigan ofatlaridan shunaqa qo'rqgan bo'lsalar, biz tosh solib toshni umuman chiqarmasligimizga to'g'ri kelsa kerak ....


Ilova: Jum'angiz muborak bo'lsin!

:salam:

Iqbol
01-10-2008, 04:27 PM
Muhammad G'azzoliy o'n yoshligida, otasi butun mol mulkini sotib u kishini Al Azhorga o'qishga jo'natgan ekan.
otaning bu fidokorligi bekorga ketmadi, Muhammad Gazzoliy yetishdi.

corsair
01-10-2008, 05:42 PM
3-4 ta forumchilarni psihikasini o'rgandim...

kitayoza
01-10-2008, 09:20 PM
Isimlari yodimga tushmayapti, Sahobalardan biri, Alloh u kishidan rozi bo'lsain, o'g'izlariga tosh solib yurarkanlar, gapirmoqchi bo'lsalar ko'p uylab, keyin toshni olib keyin gapirib, gaplari tugagach yana toshni solib qo'yarkanlar...
Sahobalar tilning keltiradigan ofatlaridan shunaqa qo'rqgan bo'lsalar, biz tosh solib toshni umuman chiqarmasligimizga to'g'ri kelsa kerak ....


Ilova: Jum'angiz muborak bo'lsin!

:salam:

Yaxshi, ibratli holat ekan. O'rney olseyz bo'larmidi Hurayrajon.:D U zoti bobarokot o'ylabo'lib og'zidagi toshni ovolib gapirarkan, siz iloji bo'sa, omasdan yuruvrin.:cool:

kitayoza
01-10-2008, 09:26 PM
3-4 ta forumchilarni psihikasini o'rgandim...

Uhhu zo'rku. Bir bahamlashing biz bilan. Biz ham u bu narsa o'rganvoliylu.:D

Abu Hurayra
01-11-2008, 11:50 AM
Johilga qanchalik xushmuomala bo'lsang, o'zidan ketib, sani shunchalik haqorat qilarkan...
Ilmda hujjat bilan gapiradi, hujjatsiz gaplar to'lib, shaxsiyatga o'tishlar ko'paysa u majlis ilm majlisi mas, Shaytonning majlisiga aylanadi...shaytonning majlisini esa tezda tark etish kerak....

PS: Din bo'limidagi shaxsiy tajribamdan chiqib aytayapman..

Mo'jiza
01-11-2008, 10:03 PM
Yaxshi, ibratli holat ekan. O'rney olseyz bo'larmidi Hurayrajon.:D U zoti bobarokot o'ylabo'lib og'zidagi toshni ovolib gapirarkan, siz iloji bo'sa, omasdan yuruvrin.:cool:


o'rnak olganlari uchun bugun nima o'rgandim degan joyga yozgan bo'lsalar kerak.
nima keragi bor bunaqa qilsayiz bo'lmayidimi, siz iloji bo'lsa toshni olmasdan yuravering degan gaplarni.

Birovning og'ziga xo'jayin bo'lmaylik, hamma o'ziga javob beradi.

Qizaloq
01-12-2008, 08:22 AM
U tug`magan va tug`ilmagan !!!!!!!:subhan:

Musofirbek
01-12-2008, 07:13 PM
Subhanalloh, Inson qanchalik ko'p narsa bilgan sari, shunchalik hech narsa bilmasligini bilib borvurar ekan. :(

B.TURKISTANI
01-12-2008, 09:40 PM
Qanchalik yolg'zi yashasa iymon shunchali zaif holga kelar ekanki, o'z-o'zini nafsingni boshqarishni ham bilmay hunob bo'lar ekansan. Bejizga(bekorga) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarni yolg'iz uhlashdan, yolg'iz safarga chiqishdan qaytarmagan ekanlar.

Abu Hurayra
01-13-2008, 04:28 AM
o'rnak olganlari uchun bugun nima o'rgandim degan joyga yozgan bo'lsalar kerak.
....Inshallah shunga amal qilishga bugundan yanada e'tiborliroq bo'laman...

****
Bugun o'rganganim: hamma ayb musulmonlarda, hamma ayb o'zimizni isloh qilmaganimizda (garchi bunga ko'rinishida boshqa narsalar sababchi bo'lgan bo'lsada)

PS2: O'zimni o'zim forumdan "Temporary BANN" qildim!

:salam:

Sirius_s
02-03-2008, 06:19 PM
По следам 8 марта. Мусульманка о правах мужчины в Исламе

Вам никогда не казалось странным, что мы без конца говорим о правах женщины в Исламе и практически никогда - о правах мужчины? То ли мы их молча подразумеваем, то ли вовсе забываем - но мы не созываем форумов «Мужчина в Исламе», не пишем книг «Права мужчин-мусульман», не дискутируем и вообще никаким образом не обозначаем, что такое понятие существует.

Вероятно, с этими правами и так все ясно. Возможно даже, что они до смешного очевидны, так что говорить об этом – лишняя трата времени.

Знакомые вам братья-мусульмане на вопрос, есть ли у мужчины в Исламе права, скорей всего, дружно ухмыльнутся: no comments. Права женщины – да, привычная формула; права мужчины – даже звучит для кого-то нелепо.

Но каждый раз, как запахнет 8 марта, тема прав женщины переживает период цветения, а мужчины сжимаются в тисках женского нафса (эго), потому что смысл их жизни сводит судорога очередного «букетно-конфетного» наваждения.

Жены и сестры, покрываясь торжественной рябью ожидания, заглядывают в цветочные лавочки и мечтательно листают глянец. Они хотят, просят, требуют, чтобы их поздравили - «как всех или хотя бы не хуже». И мужчины повинуются этой странной системе женских привилегий.

В Исламе, уверены мы, мужчина ей не повинуется. Здесь муж, как говорится, всегда прав. Но 8 марта разнообразные умеренные, лояльные, современные мусульмане намекают: нет, мол, ничего запретного, осуждаемого или противоречащего Корану в том, чтобы сделать своим женщинам в этот день приятный подарок.

И в сильного, уверенного в себе и своей семье мужчину вселяется щекотливое замешательство, перерастая в беспокойство: не обидит ли жену отсутствие подарка в этот день, не заденет ли он ее чувства, если посмеет заикнуться о немусульманском характере праздника? Как объяснить подруге жизни, что у мусульманок - другие радости, отличные от ежегодного дежурного букета и сладких весенних речей?

Надо сказать, в исламской среде 8 марта с советских времен слегка уважают. А сегодня порой уважают слишком серьезно, в ответ на женские манипуляции обреченно соглашаясь: будет вам праздник. И, по-моему, это самое подходящее время вспомнить о правах мужчины в Исламе.

Непосредственное право мусульманина - быть довольным своей женой. Женские капризы, требования, обиды, в конце концов, приводят к прямому нарушению этого права. Мы все понимаем, что довольство мужа есть результат женской заботы и мудрости, - но мудрости праведной, искренней, ибо манипулировать чувствами мужчины недостойно мусульманки.

Жены, требуя подарков, превращаются в опасный источник угнетения. Они словно сомневаются в любви мужа, намекают ему на свою значимость, свое место в его жизни, заставляют почувствовать вину за его «ужасную невнимательность» к своим мечтам и чаяниям.

И муж, забывая о своем праве – быть довольным женой, - отдает это право супруге. Так 8 марта превращается в День довольства мужем.

Другое, в полном смысле неотъемлемое право мусульманина – быть главным в своей семье. Это весьма простое правило, когда муж принимает окончательное решение и жена ему следует. Слово мужа – указатель для жены, путеводная карта, своего рода кыбла ее поступков и намерений.

Свойственное порой женщинам желание влиять на решения мужа, воплощаясь в виде навязчивых советов и недвусмысленных намеков, постепенно превращает мужчину в марионетку. 8 марта такой супруг, словно зомби, покупает цветы, чтобы затем искать своему порыву оправдания в хадисах и мнениях ученых. А именно - в популярной теме о правах женщины и ее высоком положении в Исламе.

Ислам действительно предписывает мужчинам хорошо обходиться с женами: уважать их, помогать, заботиться об их здоровье – физическом и нравственном. Супруги обеспечивают семью, следят за выполнением обязанностей перед Аллахом, принимают ответственные решения, думают о будущем. Но нигде в Исламе мы не найдем положений о том, что мужчина должен стремиться всеми силами угодить капризам своей жены.

Поэтому у мужчины-мусульманина есть вполне логичное право – не поздравлять жену с «международным женским днем». Ведь 8 марта, как и во все другие дни, он должен оставаться довольным, видя покорную жену, любящую его безо всяких весенних сюрпризов, и оставаться главным, получив от жены привычное и естественное согласие с его решением.

Айша Галина Бабич

Дополнительно читайте:

www.islam.ru


albatta, oilada erkak kishining aytgani bo'ladi, u Allohning , keyin Rasulining aytganlariga to'g'ri kelsa ayoli itoat etadi, muslimlar ayollarini 8 martdan yiroq qilishga haqlilar, qanday yaxshi

Sirius_s
02-05-2008, 02:56 AM
Оиша -розияллоху анхо- дан Расулуллох уйда нима ишлар килиши хакида сўралганида: «Одамлардан бири эдилар: кийимларини тозалар, эчкисини согар ва ўз ўзига хизмат килар» эди — деб жавоб берган эдилар» (Имом Ахмад ва Имом Термизий ривояти).

mashaAlloh

muslima
02-05-2008, 12:08 PM
Bizning payg’ambarimiz sws vafot topganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu halifa bo’ldilar. Ikkinchi halifa Umar ibnul Hattob roziyallohu anhudir. Abu Bakr roziyallohu anhu sahobalar shurosi asosida halifa bo’lib tayin qilindi. Umar ibnul Hattob roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuning tayin qilishliklari bilan tayin bo’ldilar, sahobalar buni qabul qilishdilar. Demak Islomdagi hilofat shuro asosida ham bo’lishligi mumkin, avvalgi halifa o’zi munosib ko’rgan kishini tayin qilsa, sahobalarning qabuli boshqa musulmonlarning qabul qilishligi bilan ham bo’lishligi mumkin.

Qizaloq
02-06-2008, 01:09 PM
Dunyada o`limdan bashkasi yalan :crying:

Shirin_Qiz
02-06-2008, 01:29 PM
Assalomu alaykum !!

Shukr haqida o'z bolgan bilimimga yana bilim qoshildi :) va sizlar bilan baham korgim keldi


Muhammad S.A.W tuni bilan qoyum turib namoz o'qidilar.....shunda Oisha Roziallohu anho onamiz....Payg'ambar Alayhissalomga: "Sizga jannat vada qilingan bo'lsa nega tonggacha namoz o'qisiz?" dedilar Shunda Nabiy A.S "Ahir men shukr qilguvchilardan bo'lmaymi" dedilar shunda shukr bu Alloh bergan ne'matlariga ibodat ila shukr qilishni tushundim :) SubhonAlloh!

ulugbekTR
02-07-2008, 12:02 AM
kop raxmat sizga young qizlar.
bu gozalliklar uchun

Sirius_s
02-07-2008, 04:33 AM
Manbasi aniq esimda yo'qku,lekin shu shukrna haqida bir o'qiganim bor edi:
Muso alayhissalom Aloh taolodan :"Shuncha bergan ne'matingni inson qanday qilib shukronasini ado eta ladi?",-deganlarida,Alloh,"Ularning buyurgan amallarimining qilishlari bergan ne'matimga shukr qilishlaridir",-deb javob bergan ekan, ya'ni Alloh buyurgan farz amallarini ado etish,paygambarlariga itoat etish va hokozo, yana shu amallarni qilsak Jannatni ham va'dasini bergan, naqadar Haliy zot,Mehribon va Rahmdil.

Inspiredmind
02-08-2008, 12:26 PM
Ilmiga amal kilmadigan insonlar huddi birovni kiyintirib o'zi yalang'och kolgandek tuyuladi. Bir Donishmand.

Abu-Bakr
02-08-2008, 01:45 PM
Banda taqvo qilsa zehni o'tkirlashadi, halol bo'lmagan narsalardan ko'zni saqlamasa, gunoh qilsa zehni pasayadi. (lekin qanchalik sahihligini bilmayman)

Vasatiy
02-08-2008, 04:56 PM
Bir islom olimining hayoti to'g'risida o'qidim. U kishi aksar umrlarini o'z yurtlarida Islomni yoyish yo'lida qiyinchilar bilan o'tkazgan ekanlar. U kishining hayotlarini o'rganib, islohning boshi inson tarbiyasi ekanligiga yana bir bor iqror bo'ldim.

Abu-Bakr
02-09-2008, 02:11 AM
Banda taqvo qilsa zehni o'tkirlashadi, halol bo'lmagan narsalardan ko'zni saqlamasa, gunoh qilsa zehni pasayadi. (lekin qanchalik sahihligini bilmayman)

وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَۖ وَيُعَلِّمُڪُمُ ٱللَّهُۗ وَٱللَّهُ بِڪُلِّ شَىۡءٍ عَلِيمٌ۬

Аллоҳга тақво қилинг. Ва Аллоҳ сизга илм беради. Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчи зотдир. [Baqara, 282]

PS: Lekin zehni o'tkir bo'lishi uchungina taqvo qilish amalni savobini ketkazadi, habata qiladi.

kitayoza
02-09-2008, 09:32 AM
Assalomu alaykum !!

Shukr haqida o'z bolgan bilimimga yana bilim qoshildi :) va sizlar bilan baham korgim keldi


Muhammad S.A.W tuni bilan qoyum turib namoz o'qidilar.....shunda Oisha Roziallohu anho onamiz....Payg'ambar Alayhissalomga: "Sizga jannat vada qilingan bo'lsa nega tonggacha namoz o'qisiz?" dedilar Shunda Nabiy A.S "Ahir men shukr qilguvchilardan bo'lmaymi" dedilar shunda shukr bu Alloh bergan ne'matlariga ibodat ila shukr qilishni tushundim :) SubhonAlloh!
va alaykum assalam.
manimchali saaaal teranroq tushunish kerey bu hadisni ma'nosini.
Bu hadisdan shaxsan men, qancha ibodat qilsa ham bandaga oz ekanligini. Tasbeh bid'at, "Allah...Allah.." deyish bid'at deydigan bechora musulmonlaning ongi naqadar pastligini bilsa bo'ladi.
Allahni qancha zikr, qancha ibodat qilsa ham oz ekanligining dalili bu.
5 mahal namoz, Ramazonda 30 kun ro'za, yilda bir marta zakot, umrida bir marta hajga borib, "aha bo'ldi" deyishlikning naqadar zaifligini, har bir nafasda Allahni eslamoq, Naqshbandi hz.lari aytganidey "dil bayoru, dast bakor" ekanligini tushunaman.

muslima
02-09-2008, 12:06 PM
"azaga borgan ayol uz dardini aytib yiglaydi" degandek bumasinda, mobodo uz fikringizni aytsangiz, unga ishora qiladigan dalillarga ham tuhtalib uting. Yoki boshqaga tosh otmang.

AbdurRahman
02-09-2008, 12:58 PM
Har bir olgan nafasimiz, har bir qilgan harakatimiz , har bir bosgan qadamimiz bizni o'limga yaqinroq qiladi.

Alloh taolo aytadi:

Chunki, ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar.Biz esa uni yaqin bilurmiz. (Maorij surasi, 70:6-7)


Har bir jon o'lim totuvchidir: http://forum.sofislom.com/index.php?topic=1033.0

kitayoza
02-09-2008, 06:40 PM
"azaga borgan ayol uz dardini aytib yiglaydi" degandek bumasinda, mobodo uz fikringizni aytsangiz, unga ishora qiladigan dalillarga ham tuhtalib uting. Yoki boshqaga tosh otmang.
Qanaqa aza?!:shock: Qanaqa dard?!:shock: Qanaqa tosh otish?!:shock:

Postimdagi qaysi yeri siz muhtaramaga to'g'ri kemay qoldi.
Shirin qizning mulohazasiga qo'shimcha mulohaza qildim. Nima mumkinmasmi? Yo oldin bir oldizdan o'taymi post qoldirishdan oldin. @ adresiyzni yozvorin. Esimdan chiqmasa oldin bir ruxsat olib yozvoraman.


Shu odamlarga qarab o'ylanasande kishi. Nimaga yo' joydan gap topishadi-a? Umuman hech kimni yomonlasamdan post qoldirgandim. Yo siz ham "tasbeh bid'at" deydiganlar turkumiga mansubmisiz. A unda hapa bo'miymiz. Shunaqa bo'p turadi silada.:lol:

Sirius_s
02-10-2008, 08:26 PM
Hech kim hech qachon hech qaysi mamlakatni Alloh qonunlari boshqargandek (oson) boshqara olmaydi.
Inson tafakkuri mahsulidan.

Observer
02-19-2008, 12:40 PM
...bir narsaga yana bir bor amin bo'ldimki, bir donagina gunoh ishning ham namozdagi hushu'ga ta'siri katta ekan...hushu'siz namoz esa qiyin o'qilar va "maza"sini yo'qotar ekan. Bu holat bir-ikki kun qiynab, keyin hushu'ning qaytishini va namozning yengillashishini sezdim... Hikmatni qarang. ALLOHga hamdlar bo'lsin!

infolife
02-20-2008, 04:18 PM
The fact that most people think that Quran is open to independent interpretation is the root causing troubles among muslims....

Sirius_s
02-22-2008, 02:35 AM
Пайғамбарнинг (с.а.в.) дуоси

Араб жазирасида Укоз бозорининг олдига тушадиган маъмур бозор йўқ. Маккадаги бу бозорга дунёнинг ҳамма жойидан мол, қул ва пул оқиб келади. Эртадан кечгача харидор чақираётган сотувчиларнинг қичқириғи, одамларнинг ғала-ғовури, туяларнинг ўкириши, қўйларнинг маъраши, раққосаларни жазавага солган дуф оҳанглари, шоир ва нотиқларнинг кучаниб шеър ўқишлари, нутқ ирод этишлари бир зум тинмайди. Бир томони Яману Шомдан, Бағдоду Шероздан келаётган савдогарлар мол юкланган туя карвонларини Укозга қараб буришарди. Анвойи газмоллар, кийим-кечаклар ёнида мис ва кумушдан ясалган идиш ва кўзачалар териб қўйилганди. Бир томонда Ҳабашистондан олиб келинган қуллар – эркак, аёл ва болалар сотувга қўйилган. Яна бир томонда меш ва идишларда узум ва хурмодан тайёрланган хамр ва шароб. Бошқа томонда ҳайвон бозори, туялар, қўйлар, паррандалар... Оч ҳам, тўқ ҳам, бой ҳам, фақир ҳам шу ерда. Ошпазлар дошқозонларда таом тайёрлаб, мискинларга, очларга тарқатиш билан овора, сахий бойлар камбағалларга садақа улашиш билан машғул. Хуллас, қайнаб-тошган, гувиллаган, одамга лиқ тўлган Укоз бозори ана шунақа ажойиб ва ғаройиб эди.



Бозордан сал четроқдаги каттагина майдонда, одатда араб шоирлари шеърларини халойиққа ўқиб берадиган, воизлар, нотиқлар нутқ сўзлаб, ҳаммани оғзига қаратадиган жойда бугун одам ҳар қачонгидан ҳам кўп. Оломон давра қилиб, ўртани ўраб олган. Ўртада эса кўкси очиқ, кенг, этаги ерга тегай, деб турган кўйлакда Умар гир айланиб юрарди:
– Қани, Умарга тенг келадиган, мен билан кураш туша оладиган борми? Қани, ўзига ишонганинг борми?

Шу пайт бўйни йўғон, кенг гавдали, бўйдор, қуёшда қоп-қорайиб кетган бир бадавий ўртага чиқди. Умар унга бошдан-оёқ бир қараб чиқди-да, аста яқинлашди. Кейин ҳали ўзини ўнглашга улгурмаган саҳройининг белидан маҳкам қисиб, даст кўтарди-да, бошидан айлантириб ерга урди. Туйғус зарбадан гангиб қолган аъробий ўрнидан туришга ҳам ҳоли келмай, ерда индамай ётарди. Ҳамма ёқни қийқириқ, олқиш, қарсак овозлари тутиб кетди. Одамлар Умарнинг елкасига уриб, «Яшавор, Хаттобнинг ўғли», «Бопладинг», «Бутларимиз сени қўлласин!» деган хитоблар билан хурсандчиликларини изҳор этишарди.

Фақат бир кишигина бу ғала-Ғовурга аралашмай, четда хомуш турарди. У Умарнинг алп келбатига, иссиқ ва ҳаяжондан бўғриқиб кетган юзига, бақувват қўл-оёқларига аллақандай фахр ва меҳр билан нигоҳ ташларкан, юзларини Ҳарам томонга қаратиб, қўлларини бироз кўтарди-да, Аллоҳга илтижо қила бошлади:

– Эй Аллоҳим! Сен ҳар нарсага қодир Зотсан, ўликдан тирикни, тирикдан ўликни яратгувчи Зотсан! Ўз динингни ана шу Умар каби жасур ва бақувват банданг билан кучлантиргин. Унинг қалбига иймон нурларини юборгин! Эй Аллоҳим, бу динни ё Умар билан, ёки Амр билан азиз қил!..

Дуо қилган бу зот инсониятга Аллоҳ томонидан юборилган охирги Пайғамбар Муҳаммад алайҳиссалом эдилар. Кейинчалик ҳам Исломга кирган мўминлар Расулуллоҳнинг (с.а.в.) ана шундай дуо қилганларини кўп эшитишди. Ҳар гал у зотнинг дуосига «Омин», дея қўшилиб туришди. Чунки Пайғамбар алайҳиссалом улар билан Исломни азиз ва кучли қилишни истаган икки киши Макканинг энг номдор, олий мартабали, сўзи ўткир киборларидан эди. Умар ибн Хаттоб билан Амр Ибн Ҳишом (яъни, Абу Жаҳл) икковлари Ислом неъматидан баҳраманд бўлишса, динга қувват бўлишини, юзлаб, минглаб одамлар уларга эргашишини Расулуллоҳ (с.а.в.) яхши билардилар, доимо шуни орзу қилардилар. Аммо Аллоҳ таолонинг ҳикмати ва иродасини қарангки, уларнинг бири – Умар Ибн Хаттобнинг қалби иймон нури ила мунаввар бўлиб, Расулуллоҳнинг (с.а.в.) энг яқин сафдошларига, хулафои рошидиннинг бирига айландилар, Ислом динига улкан хизматларни қилишга мушарраф бўлдилар. Иккинчиси – Амр Ибн Ҳишом Исломнинг ва мусулмонларнинг энг катта душманига айланди, кофирлигича ўлиб кетди, Абу Жаҳл номини олиб, лаънат ва мазамматларга ғарқ бўлди.

”Ҳaқ ҳaмишa ғoлиб”
http://www.uzislam.com

Sirius_s
02-24-2008, 10:28 PM
....
: гуноҳларга чиройли ном бериш.

Шайтоннинг услубларидан яна бири - гуноҳни чиройли номлаш бўлиб, бундан мақсад - гуноҳдаги зарар ва ёмонликларни яширишдир. Шайтон Одамга манъ этилган дарахтдан едириш учун у дарахтни "абадият дарахти" деб номлади: Сўнг шайтон унга васваса қилиб: "Эй Одам, мен сенга абадият дарахтини ва йўқ бўлмас мулку давлатни кўрсатайми?" деди. (Тоҳа:120)
Шайтонга эргашувчилар ҳам унга тақлид қилишиб, гуноҳларни чиройли номлар билан аташади. Масалан, ароқ - "дастурхон файзи", рибо - "иқтисодий фойда", авратлар намойиши - "мода", саҳнадаги фоҳиша - "санъаткор", ҳаромни мадҳ этиш - "ижод" деб аталади, малайлар эса бу номларнинг ҳар бирига ишонишга рози. Бу гуноҳ қанчалар жирканч ва нопок бўлмасин, содда бандалар зийнатли номлар билан ҳаётларига тадбиқ этаверадилар.

: савоб ишларга ёмон ном бериш.
Ҳақ аслида пок ва тиниқ бўлади, агар уни ўзгартирмасдан, булғамасдан ва қора чапламасдан тиниқлигича қолдирилса, қалблар унга мойил бўлиб, қабул қилади, кўзлар уни кўради, диллар унга интилади. Шунинг учун ҳам шайтон ўзининг энг биринчи навбатда ҳақ тасаввурини бузиш, уни ёқимсиз ва жирканч номлар билан аташга тиришади.
Шайтон ўзининг Од қабиласидаги малайларига васваса қилгач, улар Ҳуд алайҳис-саломга дедилар:
(Шунда) унинг қавмидан кофир бўлган одамлар: "Биз сенинг нодон эканингни кўриб турибмиз ва албатта биз сени ёлғончилардан, деб гумон қилмоқдамиз", дейишди. (Аъроф:66)
Шайтон ўзининг Самуд қабиласидаги малайларига васваса қилгач, улар дедилар:
(Шунда унинг) қавмидан кофир бўлган кимсалар: "Қасамки, агар Шуайбга эргашсанглар, албатта зиён кўргувчи бўлурсизлар", дейишди. (Аъроф:90)
Шайтон ўзининг Қурайш қабиласидаги малайларига васваса қилгач, улар Муҳаммад алайҳис-салом ҳақида дедилар:
"Бу бир ёлғончи сеҳргардир". (Сод:4)
Пайғамбарларга эргашган бахтли зотларни эса ҳаётдаги энг ёмон номлар билан номладилар.
Бугунги кунгача шайтон айнан ўша йўллар билан, айнан ўша услублар билан иш юритмоқда: бугун ҳам шайтон малайларининг луғатида Аллоҳнинг сўзи ер юзида олий бўлишини истаган зотлар - "экстремист ва террорист", гуноҳ ва фаҳш маконларидан ижтиноб этувчи зотлар - "замондан ортда", Аллоҳ буюрганидек кийиниш - "эскича кийим", ўз уйида Раббининг ибодатида, фарзанд тарбияловчи муслима - "мазлума" деб аталади. Уларга буни ўргатувчи - шайтон алайҳил-лаъна!
Биз эса ҳақиқат аҳлини сустлашмасликка ва ғамгин бўлмасликка чақирамиз, ҳамда Аллоҳнинг йўлида собит туришга васият қиламиз.


(ИБЛИС ҲАҚИДАГИ 2-КИТОБ: АДАШТИРИШ УСЛУБЛАРИ ::..www.muslimuzbek.narod.ru)

Sirius_s
03-05-2008, 09:15 PM
рахмат ва неъмат килиб юборилган пайгамбар саллаллоху алайхи ва салламнинг турмуши ва хусусиятларидан баъзисини бизга севимли набиралари хусайн розияллоху анху сифатлаб бермокдалар: «отамдан пайгамбар саллаллоху алайхи ва салламнинг сухбатдошлари билан бўлган муносабатлари хакида сўрадим. у деди: «пайгамбар саллаллоху алайхи ва саллам доимо кувнок, мулойим ва гўзал ахлокли зот эдилар. ул зот кўпол ва бакирок эмас бировларнинг айбларини изловчи эмасдилар. ёктирмаган нарсаларига эътиборсиз карар, уни умид килган кимсани ноумид килмас эдилар. расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам уч нарса: риёкорлик, сергаплик ва фойдасиз нарсаларни тарк этган эди. одамларни хам уч холатда кўйган: бирон бир кимсани айбламас, мазаммат килмас ёки унинг сирларини билишга интилмас эдилар. расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам савобини умид килган сўзнигина гарирар, гапирганларида сахобалар бошларида куш кўниб тургандек, жим ўтиришар, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам гапларини тугатганнларидан кейингина гапирар эдилар. сахобалар ул зотнинг олдида бир- бирлари билан гап талашмас, бири гапирса хаммаси унга гапини тугатгунча кулок солишар эди. расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам биринчи бўлиб гапира бошлаган сахобанинг сўзини тинглар, сахобалар кулган нарсаларга кулар, ажабланган нарсаларидан ажабланар, нотаниш одамнинг кўпол сўзлари ва эхтиёжлар учун сабр килар, буни кўрган сахобалар нотаниш одамни чеккага олиб чикиб кетишни хохлаб кўлларидан ушласалар: «эхтиёжини сўраган одамни кўрсангиз, унга кўмакчи бўлинглар!» –дер эдилар. расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам лойик бўлган одамлардангина мактовни кабул килар, хеч кимнинг сўзларини тугатмагунча бўлмас, хаддидан ошсагина унинг сўзини кайтарик ёки ўринларидан туриб кетиш билан бўлар эдилар» имом термизий ривояти
("расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг турмуши ва хусусиятлари".абдулмалик косим)

Sirius_s
03-05-2008, 09:19 PM
Pасулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хислатларидан бири сухбатдошларига дин ахкомларини ўргатишдир. ул зотнинг таълимларидан: «аллохдан бошкасини (аллохга) тенгдош килиб унга ибодат килган холда вафот этса, жаханнамга киради» (имом бухорий ривояти).
яна бир хадисда дедилар: «хакикий мусулмон мусулмонлар унинг кўли ва тилидан саломат бўлган кишидир, мухожир эса аллох кайтарган нарсаларни тарк этган кишидир» (бухорий ва муслим ривояти.)
ул зотнинг сўзларидан: «зулматларда масжидларга кўп борувчи кишиларга киёмат кунида бериладиган комил нурдан башорат берингиз!» (имом термизий ва имом абу довуд ривояти).
ул зотнинг таълимларидан: «мушриклар билан бойликларингиз, жонингиз ва тилингиз билан курашингиз!» (имом абу довуд ривояти).
яна бир хадисда дедилар: «банда аникламасдан туриб бир сўзни айтади-да, ана шу сўз сабабли жаханнамга машрик билан магриб ўртасидан кўра узокрок бўлган масофага тушади» (бухорий ва муслим ривояти).
ул зотнинг сўзларидан: «мен лаънатловчи бўлиб жўнатилмадим, балки, рахмат килиб юборилдим» (имом муслим ривояти).
умар ибн хаттоб розияллоху анхудан ривоят килинади, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам: «мени насронийлар ийсони хаддан зиёд мадх этганларидек меъёридан ортик мадх этманглар» —дедилар (бухорий ва муслим ривояти).
жундаб ибн абдуллох айтди: «мен расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ўлимларидан беш кун аввал шу сўзларни айтганларини эшитганман: «мен сизлардан бирингиз менга халил бўлишидан пок эканлигимниаллохга билдираман. чунки, у мени хам, иброхимни килгани каби ўзига халил килиб олди. агар умматим ичидан биронтасини халил килсайдим, абу бакрни халил килиб олар эдим. огох бўлингларки, сизлардан аввал яшаб ўтган халклар пайгамбарларининг кабрларини саждагох-масжид килиб олар эдилар. кабрларни саждагох-масжид килиб олманглар! мен сизларни бундан кайтараман!» (имом муслим ривояти).
шунинг учун хам ичида бир ёки бир неча кабрлар бўлган масжидларда намоз ўкиш мумкин эмасдир.

("pасулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг турмуши ва хусусиятлари".абдулмалик косим)

Sirius_s
03-05-2008, 09:22 PM
жохилий жамият ичида Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам аёлни она, хотин, киз, опа-сингил ва амма холатларида мукаррам килган мана бу буюк дин билан чикдилар. Кизлари хам Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг мухаббатига сазовор бўлдилар. Кизлари Фотима розияллоху анхо Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига кирганида ул зот ўринларидан туриб, унинг кўлларидан ушлаб ўпар ва ўзларининг ўринларига ўтказар эдилар. Фотима розияллоху анхонинг хам хузурига Расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам кирсалар ўрнидан туриб кўлларидан ўпар ва жойига ўтказар эди (Имом Абу Довуд, Имом Термизий ва Имом Насоий ривоятлари).
("pасулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг турмуши ва хусусиятлари".абдулмалик косим)

Qizaloq
03-12-2008, 08:36 PM
Odamlar so`z va fe`llariga qarab 4 guruhga bo`linadi:

1) Bir narsani gapiradiyu, o`zi uni qilmaydi. Bu munofiqlik va hasislik alomatidir.
2) Bir narsani ham aytadi, ham o`zi bajaradi. Bu vijdonli odamlar odatidir.
3) Hech narsa aytmaydi, ammo –lekin-biroq o`zi bajaradi. Bu mard odamlar toifasi.
4) Gapirmaydi ham, hech narsa ham qilmaydi.bu eng pastkash odamlar odatidir.

Fikrimcha ikkinchi toifadagi insonlar yahshiroqdir.Nega 3chi toidagilarchi? Deyishingiz mumkin, lekin-ammo-biroq,lol bilgan narsasini bilmaydiganlarga o`rgatmoq lozim, toki ular o`z bo`ynilaridan ularning gunohlarini sarqit qilgan bo`ladilar. :rolleyes:

infolife
03-13-2008, 08:04 AM
From Someone's Talk who led a debate last week on Shariah Law in the UK

Do not look at a non-muslim like a kaafir, look at him as a potential muslim and as soon as you do that your attitude will change immediately.

Qizaloq
03-14-2008, 07:57 AM
Inshallah mana shunday soliha qizcha hammamizga nasib qilsin, AMMEN!:uups::uups::uups:

http://img266.imageshack.us/img266/4934/848774muslimajv9.jpg

Sirius_s
03-16-2008, 05:56 AM
Bunisiyam juda chiroyli, ayniqsa taqvosi :)

http://v.foto.radikal.ru/0703/ea3f834328ca.jpg

kitayoza
03-16-2008, 09:10 PM
Bunisiyam juda chiroyli, ayniqsa taqvosi :)



ayniqsa taqvosi:shock:
mdaaa...
Hali yosh ko'rinas yoki hali sizga bor....:D

Sirius_s
03-17-2008, 11:18 PM
ayniqsa taqvosi:shock:
mdaaa...
Hali yosh ko'rinas yoki hali sizga bor....:D
Alloh berayotgan ilmga alhamdulillah deyman.
Man kiyimdagi taqvoni nazarda tutdim,ko'p rasmlarda hijob to'liq holatda bo'lmaydi,mandan oldin qo'yilgan rasmda ham shunday bo'lib qolgan, shu sababli shunday yozdim.Man inshaAlloh qizlarimni yoshligidan taqvoli libosga, hijobning mukammaliga o'rgataman, shu sababli ham odamlarda shu narsani ko'rishni hohlayman. U qiz ham qora, ham barcha avratlarni yopadigan hijobni kiyib olibdi(albatta bu yoshi kottalar uchun).
Alloh barcha musulmonlarga taqvo,hayo,iffat va haloldan boylik ato etsin.

Sirius_s
03-17-2008, 11:24 PM
Biz hijobga kirganda jiyanim 4 yoshlar atrofida edi. Agar ko'chada birga bo'lsak,bog'chaga borish kelishda, opa nega siz bunaqa uzuun va keng kiyib olgansiz, anu qizlardaka chiroyli kiyinmaysiz deb so'rar edi. Biz unga sekin-asta aslida qizlar qanday kiyinishi lozimligini, agar uyda bo'lsak, ko'chada biror odam chaqirsa ro'molimizni o'ramasdan eshikni ochmay turishini va hokozolarni o'rgatar edik.Oradan 1 yilcha o'tib, bir kun jiyanim ro'molidan 1-2tola sochi chiqib qolgan xolasiga qarab:"Opa sochiz chiqib qolibdi ",-deb o'z qo'lchasi bn kirgazib qo'ydi.Man shunda MashaAllah dedim,Alloh naqadar qudratli! Agar shu kichik bola yoshligidan hijobning hijob shartlariga javob bermaydigan holatlarini ko'raversa, ko'zi shunga o'rganib,u uchun oddiy hol bo'lib qolar edi. SHunchun farzandarni yoshlikdan ko'zlarini shar'iy narsalarga qarashini ta'minlash kerak.

Musofirbek
03-18-2008, 05:51 PM
Subhanalloh ,, Alloh ta'alo hamma narsadan pokdur, U Haqdur.
Yeru osmondagi hamma narsani Egasi bo'gan Zotdur, har qanday amal, hoh yahshilik yoki yomon bo'sin, Uzini hohishi bilan bo'ladi. Biz bir bandachamiz hech narsaga qodir emasmiz, magaram Uzini kuch va qudrati ila qodirmiz. Robbimga cheksiz hamdu sanolar bo'sin-ki, bizlarni Musulmonlardan qildi ( Inshaalloh)
Robbim, hammamizni bu dunyo va ohiratda mag'firat qilgan bo'sin ..... Ameeeen !

Black
03-19-2008, 12:19 AM
Agar Alloh O'zi saqlasa hech kim hech qanaqa ziyon zahmat yetkiza olmas ekan, agar Saqlamasa hech kim baloni to'htatib qolishga qodir bo'la olmas ekan. Ey Allohim, biz ojiz bandalaringni O'zing saqlagin!

Qizaloq
03-19-2008, 11:34 AM
Al-Qayyum
Al-Majid
Al-Wajid
Al-Wahid
Al-Ahad
Al-Samad
Al-Quadir
Al-Malik
Allah never fails.
Send this msg 9 people.U`ll get good news tomorrow.

:uups::rolleyes:Astagfurullo...
Odamlargayam hayronsan SMS ishonishadi :evil:
U`ll get or won`t get good news tomorrowni faqat Olloh biladi.
NImaga o`zlaricha bilib bilmay SMS yozishadiya :(

Iltimos kimda-qanaqa fikr bor ? shu endi tog`rimi ?

Sirius_s
03-19-2008, 06:35 PM
Al-Qayyum
Al-Majid
Al-Wajid
Al-Wahid
Al-Ahad
Al-Samad
Al-Quadir
Al-Malik
Allah never fails.
Send this msg 9 people.U`ll get good news tomorrow.

:uups::rolleyes:Astagfurullo...
Odamlargayam hayronsan SMS ishonishadi :evil:
U`ll get or won`t get good news tomorrowni faqat Olloh biladi.
NImaga o`zlaricha bilib bilmay SMS yozishadiya :(

Iltimos kimda-qanaqa fikr bor ? shu endi tog`rimi ?

Yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligiga ishonish iymon shartlaridan biridir. Siz bu narsani ignore qiling,vassalom

Sirius_s
03-19-2008, 06:38 PM
Anchadan beri bir narsaga hayron qolib kelaman, avvallari faqat religion bo'limida o'tirar edim, keyin boshqa bo'limlarga ham kirsam islom bo'limida o'ta da'vatchi ko'ringan userlarimiz joxil mavzular bo'limida o'ta joxil ham ekanlar.Alloh saqlasin.
Shu userlarga maslahatim, thanx olish uchun shuncha qiynalib post qilganingiz sizga bu dunyoda non ham bermaydi, u dunyoda yaxshilik.

Sirius_s
03-19-2008, 06:44 PM
ayniqsa taqvosi:shock:
mdaaa...
Hali yosh ko'rinas yoki hali sizga bor....:D
Musulmon kishi o'zidan yoshi kotta odamni ko'rsa mandan ko'ra ko'proq ilmi bor deb havas qilishi, o'zidan yosh musulmonni ko'rsa mandan gunohari kam bo'lsa kerak deb havas qilishi uning chiroyli hulqlaridan biridir.
Man ilm yoshga qaramaydi deb hisoblayman, bir 15-25 yoshli odam boshqa 35-45 yoshli odam bir kunda 3 soat ilmga sarflaydigan vaqtdan u bir kunda 10 soatini ilmga sarflasa,demak u 35-45 yoshli odamdan bir kunning o'zida 3 barobar ko'p ilm o'rganishi mumkin va hokozo. Shu sababli ilmni yoshga hadeb bog'layverish to'g'rimas, hozir ayniqsa 70 yoshli choldan 20 yoshli yigit ko'proq narsa bilyapti.

Qizaloq
03-19-2008, 09:10 PM
Yaxshilik va yomonlik Allohdan ekanligiga ishonish iymon shartlaridan biridir. Siz bu narsani ignore qiling,vassalom

Mashallah Olloh rozi bo`lsin sizdan!

PS Tanish chehralar uchun hafa bo`lmang iltimos, sizga hurmatim juda baland, Ilohim ikki dunyo saodati nasib etsin, AMEEN!

Sirius_s
03-19-2008, 09:35 PM
Mashallah Olloh rozi bo`lsin sizdan!

PS Tanish chehralar uchun hafa bo`lmang iltimos, sizga hurmatim juda baland, Ilohim ikki dunyo saodati nasib etsin, AMEEN!

Mo'min odam insonni Alloh uchun yaxshi ko'rishi va Alloh uchun yomon ko'rishi bilangina mo'min bo'ladi. O'z nafsi uchun yomon ko'rishligi bu uning iymon halovatini topmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Siz qilgan amalingizni Alloh uchun yaxshi ko'rishim yoki Alloh uchun yomon ko'rishimga sabab bo'lmaydi, nafsimga esa yomon ko'rishlikka yo'l bermayman alhamdulillah : )

Black
03-19-2008, 11:19 PM
Al-Qayyum
Al-Majid
Al-Wajid
Al-Wahid
Al-Ahad
Al-Samad
Al-Quadir
Al-Malik
Allah never fails.
Send this msg 9 people.U`ll get good news tomorrow.

:uups::rolleyes:Astagfurullo...
Odamlargayam hayronsan SMS ishonishadi :evil:
U`ll get or won`t get good news tomorrowni faqat Olloh biladi.
NImaga o`zlaricha bilib bilmay SMS yozishadiya :(

Iltimos kimda-qanaqa fikr bor ? shu endi tog`rimi ?

Albatta bu narsa to'g'ri emas. Endi bu ishni kim qiladi degan savolga kelsak, bizga bu qorong'u. Lekin umumiy ravishda bu narsa kimlarga foydasi borligini e'tiborga olib tahmin qilib ko'rsak, bu narsa yoki 1) Islomni dushmanlariga (Islomni ichidan buzish uchun) yoki 2) Sotoviy kompaniyalarga (odamlarni ko'proq SMS yuborishidan foyda ko'radigan) foydasi bor deb o'ylayman.

Nima bo'lganda ham bunaqa narsalarni Ignore qilish kerak. Agar sizning u-bu tanishingiz shu narsani yuborsa unga tushuntirish kerak bu narsa hato, gunoh ekanligini. Menga ham emaildan shunaqa ahmoqona narsalar kep turadi, qo'ldan kelgancha ogohlantiraman, bo'lmasa ignore qip qo'yaveraman.

lost
03-20-2008, 07:50 AM
Navro'z bayramini nishonlamayatganlar, bu kunni nishonmayatganlariz bilan tabriklayman : )

Kamina
03-20-2008, 08:03 AM
Navro'z bayramini nishonlamayatganlar, bu kunni nishonmayatganlariz bilan tabriklayman : )
хуш келибсиз форумумизга сизсиз зерикиб колдик, кузларимиз йулингизда, качон ош еймиз...

Glance
03-20-2008, 10:06 AM
Bugun ”Yetti iqlim” ro’znomasidan ushbu maqolani o’qidim. Ham ta’sirlanib, ham suyunib, negadur maqoladagi ma’lumotni ushbu ro’znomani o’qiy olmagan, hamda sarvari-olam, suyukli payg’ambarimiz Muhammad Mustafo :saws: hazratlarining ko’rinishlarini yanada ravshanroq tasavvur qilishni istaganlar e’tiboriga, buni avval bilganlarga yanada eslatish, bilmaganlarga esa o’qib, o’rganish, taqlid qilish maqsadida ushbu maqolani yozmoqlikka qaror qildim.

Payg’ambarimiz :saws: haqlarida 50 haqiqat

1. Rasululloh :saws: o’rta bo’yli edilar.
2. Ranglari oq-qizil, yuzlari bug’doy rang edi.
3. Oldinga moyil bo’lib yurardilar.
4. Ikki yelkalari orasi keng edi.
5. Kaft va qadamlari to’la, go’shtli.
6. Boshlari katta, yuzlari dumaloqroq, ko’zlari qora edi.
7. Suyaklarining qo’shilgan yeri yo’g’on.
8. Kipriklari uzun. Tana a’zolari bir-biriga mutanosib, hushbichim edi.
9. Badanlaridagi tuklar siyrak bo’lgan.
10. Biror tarafga burilsalar, gavdalari bilan burilar edilar.
11. Peshonalari keng.
12. Qoshlari qo’shilmagan, egik edi.
13. Burunlari baland, qirrali.
14. Soqollari qalin edi.
15. Tishlari mayda, yaltiroq, oldingi tishlari bir-biridan alohida ko’rinar edi.
16. Qorin va siynalari tekis hamda barobar.
17. Ko’kraklari keng.
18. Bilaklari uzun.
19. Ikki yelkalari o’rtasida payg’ambarlik muhri bor. Bu muhr kaptar tuhumidek keladigan qizil go’sht, usti tuk edi.
20. Tez yurardilar.
21. Barchadan ilgari salom berardilar.
22. Sochlari ikki quloq yarmiga tushgan.
23. Sochlarini tarar, ba’zida farq ochardilar.
24. O’ngdan boshlashni suyardilar. Sochga yog’ surtardilar. Haj va umrada oldirganlar.
25. Ko’zlariga har kecha surma qo’yardilar.
26. Uzuklari kumushdan bo’lib, o’ng qo’lga taqqanlar.
27. Salla o’rardilar (7-12 gaz)
28. Doimiy ravishda misvok ishlatganlar.
29. Taomni suyanib yemasdilar. Taomni ayblamas, yoqsa yer, yoqmasa tark etardilar.
30. Shirin va sovuq ichimlikni, sutni, zamzamni suyardilar.
31. Piyolalari yog’ochdan bo’lgan.
32. Bodringni va qovunni (yangi) hurmo bilan qo’shib yer edilar.
33. Suv ichganlarida uch bor to’xtab-to’xtab, nafas olib ichardilar.
34. Hushbo’ylanishni yaxshi ko’rar edilar.
35. Biror narsaga ishora qilsalar, butun kaftlari bilan ishora qilar edilar.
36. Yettita qilichlari bo’lgan.
37. She’r o’qir va eshitar edilar (shoirlari Hasan ibn Sobit).
38. Qiroatni harf-harf, ochiq va ravshan, har bir oyatni alohida o’qir edilar.
39. Qur’onni o’zgadan eshitishni suyar edilar.
40. To’shaklari teridan, ichiga hurmo daraxti po’stlog’i solingan edi.
41. Sahobalar u zotni kutib olish uchun o’rinlaridan turishmas edi.
42. Qayerga borsalar bo’sh o’ringa o’tirar edilar.
43. Uydagi vaqtlari uchga bo’linar edi: 1. Ibodat; 2. Uy ishlari; 3. Saxsiy ishlar.
44. Har bir ishning tadbirini avvaldan qilar edilar.
45. Liboslariga o’zlari qarar, o’zlari yamar, jonivorlar sutini o’zlari sog’ar edilar.
46. Sariq libosni suymas edilar.
47. Hech kimni urmaganlar.
48. Uzoqdagi tovushlarni ham eshitar, hech kim ko’ra olmaydigan masofani bemalol ko’rar, qorong’uda ham kunduzgidek bemalol ko’raverar edilar.
49. Har kimning aqliga moslab gapirar edilar.
50. Hazillariga yolg’on aralashmasdi.
51. Kulishlari chiroyli tabassum edi.
52. Tuya, ot minganlar.
53. Bir marta haj, to’rt marta umra qilganlar.
54. Kam ovqat yer, kam uhlar edilar.
55. O’zlari uchun qasos olmasdilar.

Imom TERMIZIYning ”Shamoili Muhammadiy” kitobi asosida tayyorlandi.

PS. lost, oqda yozgan yozuvingizni UMUMAN ko'rmadim deb tasavvur qiling (:

kitayoza
03-20-2008, 06:37 PM
Musulmon kishi o'zidan yoshi kotta odamni ko'rsa mandan ko'ra ko'proq ilmi bor deb havas qilishi, o'zidan yosh musulmonni ko'rsa mandan gunohari kam bo'lsa kerak deb havas qilishi uning chiroyli hulqlaridan biridir.
Man ilm yoshga qaramaydi deb hisoblayman, bir 15-25 yoshli odam boshqa 35-45 yoshli odam bir kunda 3 soat ilmga sarflaydigan vaqtdan u bir kunda 10 soatini ilmga sarflasa,demak u 35-45 yoshli odamdan bir kunning o'zida 3 barobar ko'p ilm o'rganishi mumkin va hokozo. Shu sababli ilmni yoshga hadeb bog'layverish to'g'rimas, hozir ayniqsa 70 yoshli choldan 20 yoshli yigit ko'proq narsa bilyapti.

i dalshe nima?!:rolleyes: Davom etuvrin. Nima demoqchisiz?
Taqvo nimaligini tushunmagan odam nimalarni o'zicha tushuntirmoqchi bo'layapti?!
Oyhon hammaga gap qilaman deb o'zizni qiynamen, undan ko'ra kitobizni o'qing ok!:cool:

Abdug'ofur
03-20-2008, 09:13 PM
i dalshe nima?!:rolleyes: Davom etuvrin. Nima demoqchisiz?
Taqvo nimaligini tushunmagan odam nimalarni o'zicha tushuntirmoqchi bo'layapti?!
Oyhon hammaga gap qilaman deb o'zizni qiynamen, undan ko'ra kitobizni o'qing ok!:cool:
Qiziq, siz qayerdan bilasiz, birovning taqvosi qanchalik ekanligini? Ayniqsa, umringizda ko'rmagan, tanimagan odamning taqvosini? Faqat shu forumdagi postlardan odamning taqvosini bilib bo'larakanmi?

Akhee-Abdullah
03-20-2008, 09:17 PM
Mutakabbir yoinki qalbida zarracha kibr bulgan jannatning isiniyam isqamaydi degan gap esimga tushib ketdi, astaghfirullah wa atubu ilayh, Robbim, Kibr balosidan meni forigh et.

Sirius_s
03-21-2008, 05:32 AM
i dalshe nima?!:rolleyes: Davom etuvrin. Nima demoqchisiz?
Taqvo nimaligini tushunmagan odam nimalarni o'zicha tushuntirmoqchi bo'layapti?!
Oyhon hammaga gap qilaman deb o'zizni qiynamen, undan ko'ra kitobizni o'qing ok!:cool:

Bir paytlar bitta userning judayam foydali Tilni tiymoq kerak degan threadida ushbu postimni qilgan edim.
Biror bir odamning aslida qanday ekanligini bilmoqci bolsangiz u odamga yomon gapirib ko'ring, ya'ni jaxlini chiqarib ko'ring, ana korasiiiz, islom haqida judaa bilag'onlik qilib-qilib,nasihatlar qilib, boshqalarni yomonga chiqarib o'zlari "pok" musulmon bo'lib ko'rinmoqchi bo'lgan odamning holatini, sizga bo'ridek sakrab so'zlar yoza boshlaydi, ya'ni aytilganidek, odamnin jaxli chiqsa shayton uni koptokdek o'ynatadi, u odamning tilidan shaytonning so'zlari chiqadi, hayron qolasiz, agar shu odam Payg'ambar alayhissalomga ergashadigan odam bo'lsa ular qilgan ishni qilardi, bir ko'chadan o'tganlarida ularning ustilariga axlat tashlagan ayolga qilgan munosabatlaridan ibrat olib(hech bo'lmasa shundan) bosiqlik bilan tushuntirardi, lekin yaqinda bir shunday ish qilib ko'rdim forumda, bir userni shayton koptokni o'ynatgandek o'ynatganini kordim so'zlaridan, tilni tiyish kerak, tilni. Alloh qilgan gunoharimizni mag'firat etsin!


Lekin man avvalgi postimda shunchaki o'zidan kattaga va o'zidan kichikka bo'lgan islomiy hurmatni yozgan edim holos...???
Albatta Alloh taqvodorlarni suyadi, taqvo Allohdan qo'rqishdir, taqvodor banda har yerda ,har soat Allohdan qo'rqib turadi,o'zini gunohkor sanaydi va o'zgalarga ozor bermaydi,qo'li bilan ham, tili bilan ham.
Musulmon ekansiz baxs qilishga ne hojat, Sirius_s haqida hohlagaingizcha o'yang, hohlaganingizcha gapiring,lekin bu narsa Alloh huzurida mani qanchalik banda ekanigimni, oz bo'lsada taqvoimni o'zgartira olmas, chunki rozilik faqat Allohdan iltijo qilinadigan narsadir.Alhamdulillahi robbil a'lamin!

Kamina
03-21-2008, 09:47 AM
нафс ишиб кетгандан кейин хато камчиликлар булса хам куз юмаверадида

Akhee-Abdullah
03-21-2008, 09:48 AM
Avval uzinga boq , keyin noghora qoq degan ekanlar...

kitayoza
03-21-2008, 07:56 PM
Qiziq, siz qayerdan bilasiz, birovning taqvosi qanchalik ekanligini? Ayniqsa, umringizda ko'rmagan, tanimagan odamning taqvosini? Faqat shu forumdagi postlardan odamning taqvosini bilib bo'larakanmi?
ha endi sizam masalani o'rtasidan kirganizdan keyin tushunmay "qattan bilas uni" deyaverasizde.
Taqvoni kiyimda va hususan hali go'daklarning kiyimida ko'radigan userlarga shunaqa gap qilamizde.
Hali oldin o'zing eson omon erga tegvol, keyin eson omon tug'. Undan keyin tarbiyala, keyin kiyim kiydirishda taqvoingni ko'rsat.
Huddi hammasini boshida o'tkazgan odamday kichkina qizlarning kiyimini taqvo yoki taqvomasligiga baho berishiga balo bormi.

Siz Abdug'afur hammaning bu yerdan turvolib gapiryotgan balandparvoz gaplariga diqqat qilmang. Bu yerda hamma taqvodorlar yig'ilgan. Biza bularni orasida fosiqdan boshqasi emasmiz.

Hayot tajribasidan kelib chiqmasdan gap qilinganlarning gapi bir pul. Chunki o'zi sinalmagande. Gapiruradi o'zini muttaqiy qilib. Ertaga sinalib ko'rsinchi ko'ramiz ahvolini.
Tak chto bu qizning, Aheening gapiga quloq osmang. Gapirurishadi.

AbuMuslim
03-21-2008, 11:34 PM
Яхши гап бўлмади... kitayoza, холис насихатни кабул килингде...
мисол учун инсон арок ёки чўчкани харомлигини билиш учун уни албатта татиб синаб кўриши мумкин экан-да, астагфируллох....

AbuMuslim
03-21-2008, 11:45 PM
Sirius_s хафа бўлманг, бу биродардан...
Musulmon kishi o\\\'zidan yoshi kotta odamni ko\\\'rsa mandan ko\\\'ra ko\\\'proq ilmi bor deb havas qilishi, o\\\'zidan yosh musulmonni ko\\\'rsa mandan gunohari kam bo\\\'lsa kerak deb havas qilishi uning chiroyli hulqlaridan biridir.
Man ilm yoshga qaramaydi deb hisoblayman, bir 15-25 yoshli odam boshqa 35-45 yoshli odam bir kunda 3 soat ilmga sarflaydigan vaqtdan u bir kunda 10 soatini ilmga sarflasa,demak u 35-45 yoshli odamdan bir kunning o\\\'zida 3 barobar ko\\\'p ilm o\\\'rganishi mumkin va hokozo. Shu sababli ilmni yoshga hadeb bog\\\'layverish to\\\'g\\\'rimas, hozir ayniqsa 70 yoshli choldan 20 yoshli yigit ko\\\'proq narsa bilyapti.

Нормал гап бўлган, хеч кандай ўткан-кетган гапларга алокаси йук : )

Black
03-22-2008, 12:02 AM
Rahmat Glance, yahshi ma'lumotlar keltiribsiz, Alloh rozi bo'lsin.
Lekin bitta punkti unchalik to'g'ri emasmikan deb o'ylab qoldim.

53. Bir marta haj, to’rt marta umra qilganlar.

"Hadis va Hayot"ning 10-Juzi, "Haj" kitobida yozilishicha Payg'ambarimiz :saws: 3 marta Haj qilganlar. Ikkitasi Hijratdan oldin, bittasi esa Hijratdan keyin - Vidolashuv Haji. Balki Imom Termiziy Hijratdan oldingiz Hajlarni ham Umra safiga qo'shib yuborgandirlar, Alloh Bilguvchiroq.

Sirius_s
03-22-2008, 09:04 PM
ha endi sizam masalani o'rtasidan kirganizdan keyin tushunmay "qattan bilas uni" deyaverasizde.
Taqvoni kiyimda va hususan hali go'daklarning kiyimida ko'radigan userlarga shunaqa gap qilamizde.
Hali oldin o'zing eson omon erga tegvol, keyin eson omon tug'. Undan keyin tarbiyala, keyin kiyim kiydirishda taqvoingni ko'rsat.
Huddi hammasini boshida o'tkazgan odamday kichkina qizlarning kiyimini taqvo yoki taqvomasligiga baho berishiga balo bormi.

Siz Abdug'afur hammaning bu yerdan turvolib gapiryotgan balandparvoz gaplariga diqqat qilmang. Bu yerda hamma taqvodorlar yig'ilgan. Biza bularni orasida fosiqdan boshqasi emasmiz.

Hayot tajribasidan kelib chiqmasdan gap qilinganlarning gapi bir pul. Chunki o'zi sinalmagande. Gapiruradi o'zini muttaqiy qilib. Ertaga sinalib ko'rsinchi ko'ramiz ahvolini.
Tak chto bu qizning, Aheening gapiga quloq osmang. Gapirurishadi.

Albatta g'ayb ilmi Allohga hosdir,birovning turmushga chiqqan-chiqmaganligini,farzandli bor yoki yo'qligini inson zoti ko'rmasdan,bilmasdan aniqlab bera olarmidi?!Agar siz g'ayb ilmini bilganingizda edi,balki oilam borligini bilarmidingiz?!Astag'firulloh.
Siz biror o'zingizdan yoshroq odamning gapini qabul qila olmaydigan inson, agar siz ilmli bo'lsangiz Alloh boshqa bandasiga ham ozgina bo'lsada ilm ato eta olishini bilmasmidingiz?! Man tortishib baxs qilish niyatimam yo'q, undan ko'ra foydaliroq ish bn mashg'ul bo'lganim afzal.
Biror bir farzni yoki sunnat amalni bajarish uchun tajriba kerak emas,o'g'rilik tajribasini qilib keyin gunohi shunaqa ekande deb uni tark qilish yoki shunga o'xshash narsa. Allohning sinovlariga sabr qilish deyilsa boshqa gap edi.

Ertaga sinalib ko'rsinchi ko'ramiz ahvolini.
Yana g'ayb ilmini gapirisha? Ahir Allohning sinovi manga kelganmi yo'qmi siz qayerdan bilasiz, Astag'firulloh.

Gapiruradi o'zini muttaqiy qilib.
Bu gapni Tanish chehralarda ham o'qidim, shunda bir hadis esimga tushdi,birodaringda bor narsani gapirish(uzun,kalta,etc) g'iybat, yo'q narsani gapirish tuhmatdir. Mani qilayotgan ishim riyo yoki taqvo amali ekanligini qayerdan bilasiz axir?! Qalblarni Alloh bilguvchi, man biror yerda sizga shunday demadim, chunki bu ham g'ayb ilmidir, qalbda nima borligini Alloh bilguvchi, agar shu gaplarni riyo uchun yozgan bo'lsam qiyomat kuni mani joyim Jahannam bo'lishi mumkin,Alloh saqlasin, lekin siz tuhmat qilgan bo'lsangiz Qiyomat kuni man Allohdan haqqimni olib berishini so'rashga haqli bo'laman.

Oxirida bir narsa aytmoqchidimki, Tak chto bu qizning, Aheening gapiga quloq osmang. Gapirurishadi., man uchun odamlarning fikridan ko'ra Allohning huzuridagi sodiqligim ming chandan afzal,man gu gaplarni forumdagilar man haqimda yomon o'ylab qolishmasin deb yozmadim va yozmayman, kim qandoq o'ylasa o'z ixtiyori, lekin Alloh huzurida sodiqlikda qolsam bo'ldi, endi inshaAlloh sizning hamma postingizni ignore qilaman,xatto shariatga zid kelsa ham,chunki musulmon birodariga yordam deb yozilgan post tufayli shuncha baxs ketdi, yaxshilikni tushumagan odamga gapirmagan ma'qul ekan,u hatto islomni talab qilsa ham,mana endi bitta narsani bilib oldim.
maassalama

Musofirbek
03-22-2008, 10:08 PM
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: ”Ким Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирган бўлса, яхши сўзларни гапирсин ёки сукут сақласин. Ким Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирган бўлса, қўшнисини иззат-икром қилсин. Ким Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирган бўлса, меҳмонини иззат-икром қилсин”. (Бухорий ва Муслим ривоятлари).

Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: ”Банда аҳамият бермаган ҳолда Аллоҳ таоло рози бўладиган сўзни гапириб қўядида, ана шу сўзи сабабли Парвардигор уни қанча даражага кўтаради. Яна бир банда парво қилмаган ҳолда Аллоҳ таоло ғазабини келтирадиган сўзни айтиб қўйиб, шу сабабли жаҳаннамга қулайди”. (Бухорий ривоятлари).

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Муоз разияллоҳу анҳунинг: ”Биз ҳар битта гапимизга жавоб берамизми?” деган саволига қуйидагича жавоб қилганлар: ”Сени йўқлаб онанг йиғласин, эй Муоз! Ахир одамларни бурунлари билан дўзахга қулатадиган нарса тилларининг ҳосили эмасми?!” (Термизий ривоятлари).

Умар разияллоҳу анҳу айтадилар: ”Кўп гапирадиган кимса кўп тойилади. Кўп тойиладиган кишининг гуноҳи ҳам кўпаяди. Гуноҳи кўпайган кимсага дўзах муносиб макон бўлади”.
-------------------------------------------------------------


Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят: ”Бир киши Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламга: ”Менга насиҳат қилинг”, деди.
- Ғазаб қилма! - дедилар Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам. Ҳалиги одам илтимосини бир неча бор такрорлади.
- Ғазаб қилма! - дедилар Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам”. (Бухорий ривоятлари).

Абдуллоҳ ибн Умар разияллоҳу анҳу Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламдан сўрадилар:
- Аллоҳ азза ва жалланинг ғазабидан мени нима узоқлаштиради?
- Ғазаб қилма! - деб жавоб бердилар Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам. (Аҳмад ривоятлари).

Ҳасан Басрий айтадилар: ”Кимда-ким қуйидаги тўрт хусусиятга эга бўлса, Аллоҳ таоло уни шайтондан асрайди ва дўзахга ҳаром қилади: рағбат, қўрқув, шаҳват ва ғазаб пайтида ўзини қўлга олиш”.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан насиҳат сўраган саҳобий айтадилар: ”Мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам сўзларини фикр қилиб, шундай хулосага келдим: ғазаб дунёдаги жамики ёмонликни ўзида жамлар экан”. (Аҳмад ривоятлари).

Бир киши Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан сўради:
- Энг яхши амал нима?
- Ҳусни хулқ! Бу иложи борича ғазаб қилмаслигингдир, - деб жавоб бердилар Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: ”Ғазабини амалга оширишга қодир бўла туриб, ўзини босган бандани Аллоҳ таоло Қиёмат куни бутун халойиқ олдида чақиради ва унга истаган ҳурини танлаш ихтиёрини беради”. (Аҳмад, Абу Довуд, Термизий ва Ибн Можа ривоятлари);

Bu hadislar Imom Navaviyni 40 hadislar toplamiga шарҳи


Муаллифлар:
доктор Мустафо ал-Буғо,
шайх Муҳиддин Мисту
kitobidan copy paste qilindii ..
Usha davrlarda Uzbekistondagi ustozlar Alloh rozi bolsin hammaligidan, Jamoatlrda mana shu 40 hadis toplamini ,urganishga agar yodlolsa yodlashga targ'b qilishar edii. Subhanalloh ,,,,

Glance
03-22-2008, 11:13 PM
Forumni kim bekorchilar makoni desa desin, lekin shaxsan men bu yerdan ko'p narsalarni o'rganaman, ibrat bo'ladigan maqolalarni o'qiyman, hattoki waqtimni behuda sarflashdan sal bo'lsada tohtar ekanman - buni hozir bildim.

Internetga bir hech qanday menga foydasi bo'lmagan narsani yuklab olishga kirib, odatdagidek ma'suliyati yuklangan boardlarni ko'zdan kechirish maqsadida forumga kirgandim. Beehtiyor birinchi bo'lib shu threadga kiribman, yuqorida userlar yozgan so'zlarni o'qib, ketqizayotgan waqtim, bajarayotgan amallarimning mukammal emasligi, kundalik hayotimda gapirib yuboradigan ortiqcha, kerak-kerakmas gaplarim, jahlim chiqib turganda, charchaganimda og'zimdan chiqip ketadigan qo'polroq so'zlarim haqida, ota-onamning hizmatlarini a'lo darajada bajarmayotganligim, Allohning huzuriga borganimda Uning oldida uyalib qolishim haqida o'ylanib qoldim..

Alloh hammangizdan ro'zi bo'lsin!

Musofirbek
03-23-2008, 08:35 AM
-
Eee Subhanalloh,
mana bugun ham usha kunga yana bir kunga yaqinlashdim , lekin man hali bu kunga hech ham tayyormas man.
Man bu kunni qachon bo'lishini ham bilmay man,uni faqat Alloh biladi. Ammo, uzimga chetdan qarasam, yurish-turishlarimdan, qilib yurgan ishlarimdan usha kun man uchun hech qachon bo'lmaydigan dek ko'rinadi .
Lekin, bu kun bo'lishligi aniq ...
U shunday kun ki ,har bir Insonda bu dunyo hayotida bir martda va ohirgi martta bo'ladigan va hohlasam ham , hohlamasam ham keladigan kun..
U shunday kunki bu dunyoda ohirgi hafasi kiradigan va chiqadigan kun,
U shuday kun ki, yahshi va yomon amallari yozilishidan tohtaydigan kun.
U shunday kunki jonim tanamdan chiqadigan va jasadim muzdek bo'lip qoladigan kun ...............................................

Qachon o'z vaqtim ( sekund) larimi qadriga yetarkan man a?
qachon ulani g'animat dep bilarkan man a? EE Subhanalloh
Alhamdulillah

--Hayotimda bir martta bo'ladigan kun , shuning uchin zooo'r qilib esda qoladigan qilib , o'tqazish kerak toyimizni degandim ..?
---Hayotingda bundan boshqa va muhumroo bir martta bo'ladigan kunig ham borku ukam ?
--- Qanqa kun ?

Sirius_s
03-23-2008, 10:58 PM
G'azabni yo'q qilish, tilni tiyish birovni Alloh uchun yaxshi ko'rib, noshar'iy amal qilayotgan odamni ko'rib Alloh uchun yomon ko'rishdan xosil bo'ladi. Chunki biz ko'pincha nafsimiz tufayli tilimizda ko'p yomon so'zlarni gapirib qo'yamiz. Alhamdulillah, dunyoda hech kimni yomon ko'rmayman, faqat Allohga qarshi yurguvchi kofir va zolimlardan boshqa. Toki bizga g'azab qilayotgan inson musulmon ekan Alloh uchun buni unutamiz, u odamdan yaxshi gumonda bo'laveramiz. Yillar davomida u odamning xulqi o'zgarmasa, bu albatta Allohning ishi deb u odamdan uzoq bo'lamiz xolos. Alloh barchamizni O'zidan qo'rqib amal qilguvchilardan qilsin.

Sirius_s
03-27-2008, 10:07 AM
Forumga kiraman

Forumga kiraman hayron nigohim,
Ko’ksim bir sapchidi, qalbim tirnaldi.
Musulmonlar ichra, Alloh guvohim,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

”Salafman” degan bir tomon bo’ldi,
So’fiylar firqasi g’azabdan to’ldi.
G’ayridin bu holga erinmay kuldi
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Yahud turganida bizni azoblab,
Musulmon kuladur bir-birin boplab.
Arzimas matohga kofir hisoblab,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Mazhab ushlaganni ahmoq atarlar,
Ijdihod yo’lini tarqoq atarlar.
O’rta yo’l vakilin qo’rqoq atarlar
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Kim bong ursa hamki qilolmam havas,
Eng yaxshi yo’llar ham tuyilar qafas.
Qaysidur tomonga turib olsang bas,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Zamoni saodati butkul sog’inchdir,
Bugungi holimiz tamom qo’rqinchdir.
Bironta nom bilan yashagan tinchdir,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Hammani sevmakka qasd aylash bekor,
Bu o’tmish sahnida zanglagan shior.
Firqalar xolindan tamoman bezor,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Angladim bir-birin go’shtini yegan,
Mo’minlar ahvoli butkul hor ekan.
Faqat Payg’ambarga bayatim degan,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Forumchi birodar siqqanda haddim,
Sizni sevishlikdan also qolmadim.
Ammo forumdan chiqib ham qutulolmadim,
”Musulmonman” degan juda qiynaldi.

Biz birlashaylik deymiz, bir-birimizning go’shtimizni g’ajimaylik deymiz. Xato va kamchiliklarimizni ham Islom ne’matidan bahra olib ulgurmaganlar oldida ochmaylik deymiz. Yopaylikki, shoyad bizning xatolarimizni ham Alloh taolo Dahshatli Kunda yopsin, kechirsin. Alohdan qo’rqaylik azizlar, Jahannamdan oldin o’zimizni qutqaraylik, keyin boshqalar haqida fikr qilaylik.

Hayrulla Hamidovni ”Navro’z” radiosiga bergan intervyusidan olingan.

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=236.msg96973#msg96973

Sirius_s
03-27-2008, 10:09 AM
BENAMOZLIK

Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik.

Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu,
G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu,
Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu,
Peshonasin qoraytirmish - benamozlik,
Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!

Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi,
Inson degan sharafni-da past qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi
Gunohlarning kabirasi - benamozlik,
Asli shirkning nabirasi - benamozlik!

Joynamozlar sarpolarga joylanadi,
Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi,
Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik,
Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik,

Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb,
Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb,
Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb
Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik,
Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik!

Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan,
Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan,
Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan -
Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik!
Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik!

Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Yelkasida uning bugun benamozlik,
Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik!

Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas
Bu millatning buguniga qilmang havas.
Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas
Biling, asl sabab erur benamozlik,
Haq sizlarga javob berur benamozlik!

Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar
Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar,
Ularni-da odam qilgan labda hamdlar,
Ular uchun eng katta or - benamozlik,
Bugun bizni aylagan xor - benamozlik,

Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan,
Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta uyat - benamozlik,
Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik!

... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin,
Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin:
Jahannamga ziyoratdir - benamozlik,
Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!

Hayrulla Hamidov

Sirius_s
03-27-2008, 10:10 AM
BO’LMAGIN

Islomga do‘st bo‘lding, kufrga dushman,
Muqaddas yo‘lingga harif bo‘lmagin.
Vujuding olovda erib ketsa ham
Iymoning qatida zaif bo‘lmagin.

Gunohlar urchigan kunduzgi kunlar,
Shahvat faryodidan qoraymish tunlar,
Do‘zaxga bo‘lmayin desang o‘tinlar
Ko‘zi qonga to‘lgan shahif bo‘lmagin.

Go‘zallar o‘tarlar ko‘zni o‘ynatib,
Shaytoniy ohangda qalbing kuylatib,
Sen shunda ularni g‘amgin o‘ylatib
Latif shahvatlarga latif bo‘lmagin.

Umringga o‘rnashsin eng oliy tuyg‘u,
Faqat islom bo‘lsin sen uchun qayg‘u.
Faqirlar poyida boshing sadqayu,
Sultonlar nazdida sharif bo‘lmagin.

Pokiza maslaging chekkanda faryod
Topolmay qolasan tuzuk bir najot.
Bir pulga chaqilmas yurtda e’tiqod
Kufr ahli uchun nazif bo‘lmagin.

Dunyo arzimaydi yiqqan zaringga,
Yaxshisi shukr qil yo‘g‘-u boringga.
Yordam so‘rab kelgan birodaringga
Madina bo‘lgin-u, Toif bo‘lmagin.

Hayrulla Hamidov

www.ziyouz.com

Sirius_s
04-04-2008, 06:55 AM
Assalamu alaykum,You heard about that magazine in Denmark has published. It's making fun of our beloved PROPHET MUHAMMAD (SAW) by drawing pictures of him and describing him as a terrorist.And now they PRODUCE FILM " FITNA". Moreover they refused to apologize because they considered it a practice of freedom and democracy. I ask you all to put your hands with other MUSLIMS and boycott the Denmark's products. 1.6 billion Muslims could really slap the economy in Denmark. Please copy this text and forward this text to as many Muslims as possible Via Email via SMS Via Scrap..... I ask u,as a Muslims... Can't u spare 5 minutes in order to spread this message among Muslims ...ASAP? REMEMBER THE PROPHET (SAW) MIGHT ASK YOU ONE DAY,' WHAT DID YOU DO WHEN THEY MADE FUN OF ME?

lost
04-07-2008, 05:04 AM
forumdagi eng musaffo va eng jirkanch gaplar qo'yiladigan bo'lim, RB bo'lsa kerak.

Abu-Bakr
04-10-2008, 06:54 PM
Vaqt juda tez o'tyapti, hech narsaga ulgurmayapman, kunlarning barakasi yo'q deb ko'p shikoyat qilardim. Shu gapimni bir birodarimga aytganimda, buning sababi ikki narsada ekanligini aytdilar:

Vaqtning behuda sarf bo'lishining sababi iymon va taqvoning sustligida ekan(bu haqda hadis ham mavjud ekan). Tarihda taqvo qilgan insonlardan buyuk olimlar chiqqan. Hamma yaxshiliklarning eshigi ham taqvodur. Taqvo qilgan kishiga Alloh bilmagan narsalarini ta'lim beradi.

Alloh hammamizni taqvo qilguvchilardan qilsin.

Musofirbek
04-15-2008, 08:05 PM
Robbimga hamdu sa'nolar bo'lsin, barbirgayam Allohni etgani bo'ldi,
Allohu akbar!!!!!!!
Shunaqangi hursandman ki, hursandligim ichimga sig'gmay ketvotti.
Allohu Akbar !!!

Yahshilikka bo'lsin de ishqilip Inshalloh

Mrs.D
04-15-2008, 08:59 PM
Bugun Men Ollohga shukur qilib yashash kerakligiga yana bir bor amin buldim. BAzida arzimagan narsadan siqilib darrov tushkunlikka tushib qolaman, ammo bugun tvda nogiron bolalarni, ularni ota onalari qanchalik bag'ri ezilayotganini kurib Ollohga shukur qildim. Hudoga shukur uzim, erim va farzandim etti muchalimiz sog', aqlimiz joyida. Qolgani esa sekin sekin buladi.

emirkaan
04-17-2008, 04:04 AM
bu kun man yasxhi dostlugni organdim

Sirius_s
04-29-2008, 07:46 AM
”ахлуссунна вал-жамоа” амру маъруф ва нахю мункар килишда мулойимлик, хикмат билан даъват ва чиройли мавъизаларни олдингга кўядилар. аллох таоло деди:
«(эй мухаммад соллаллоху алайхи ва саллам), парвардигорингизнинг йўлига – динига донолик – хикмат ва чиройли панд-насихат билан даъват килиинг! улар (сиз билан талашиб-тортишадиган кимсалар) билан энг гўзал йўлда мужодала – мунозара килинг!» (нахл: 125).

ахлуссунна вал-жамоа” яхшиликка буюриш ва ёмонликдан кайтариш пайтида, аллох таолонинг куйидаги сўзларида баён килинганидек, халкдан келган озорларга сабр килиш вожиб деб ўйлайдилар. аллох таоло деди:
«эй ўгилчам, намозни тўкис адо эт, яхшиликка буюр ва ёмонликдан кайтар хамда ўзигга етган (балоларга) сабр кил! албатта мана шу ишларнинг максадга мувофигидир». (лукмон: 17).

расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам: ”дин самимий бўлишликдир”— дедилар. сахобалар: ”кимларга”, деб сўрадилар. расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам: ”аллох, унинг китоби, унинг расули хамда мусулмонларнинг бошликлари ва оммасига”— деб жавоб бердилар” (имом муслим ривояти).


расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам дедилар: ”аллох ва охиратга иймон келтирган киши яхши сўзларни сўзласин ёки сукут сакласин!” (муттафакун алайх)
”сукут саклаган киши нажот топибди” (албоний: ”сахиху сунанит-термизий”)


«(у такводор зотлар) яхши-ёмон кунларда инфок-эхсон киладиган, газабларини ичларига ютадиган, одамларнинг (хато-камчиликларини) афв этадиган кишилардир. аллох бундай яхшилик килувчиларни севади». (оли имрон: 134).

расулуллох соллаллоху алайхи ва саллам дедилар: ”мўъминларнинг иймони комилроги ахлоки гўзалрогидир” (албоний: ”сахиху сунанит-термизий”).

”менга севимлирок ва киёмат кунида менга якинрок ўтирадигинингиз хулки гўзалрогингиздир” (албоний: ”сахиху сунанит-термизий”).
”тарозига кўйилган нарсаларнинг энг огири — гўзал хулкдир. гўзал ахлокли одам гўзал хулки билан кундузи нафл рўза тутган ва кечаси туриб намоз ўкиган кишининг макомига етади” (албоний: ”сахиху сунанит-термизий”).


(”Салаф солих” ”Ахлуссунна вал-жамоа” эътикоди, Шайх Абдуллох ибн Абдулхамид Асарий kitobidan oldindi)

muslima
05-01-2008, 03:06 AM
Rasululloh (sollollohu alayhi wasallam)dan Adiy ibni Hotimittoyi roziyallohu anhu rivoyat qiladilar, Rasululloh (sollollohu alayhi wasallam) aytdilarki, bir necha jamoalarga qiyomat kuni jannat tarafga yurishlikka buyuriladi. Ular jannatga yaqin kelishganida jannatning hidi burinlariga urganda, ular jannatning qasrlarini uzoqdan ko’rishganida va Alloh (subhanahu wa taalo) jannat ahliga hozirlab qo’ygan mukofotlarni ko’rishganda ularga nido qilinadiki, bularni buringlar, degan hitob bo’ladi. Ularni bu jannatda hech qanday nasibalari yo’q kishilar, deyiladi. Ular hasrat nadomat bilan qaytishadi. Hech bir kishi bunaqa hasrat bilan, hayotda ham, ohiratda ham ko’rmagan bir hasrat bilan qaytishadi. Ular o’zi jahannamiy odamlar bo’ladi. Ular aytishadiki, o’tga bizlar shu jannatni ko’rmasdan kirib ketganimizda yaxshi bo’lardi, bunchalik azob tortmasdik.
Haqiqatda ham bir yaxshilikni ko’rib turib, u nasib bo’lmasdan yomonlikka kirishlik mutlaq yomonlikni o’ziga kirishlikdan qattiqroqdir. Hadisning mazmuni shuki, bular hayotdagi qilgan riyolariga, ular ham katta amallarni qilyapti degan so’zlarni mukofotiga shu katta joylarni, katta rohat joylarni ko’zlari bilan ko’rib, ammo haqiqatda azobga kirishliklari mana bu Alloh (subhanahu wa taalo)ga qalblaridan hech narsa bermaganligiga dalolat qiladigan hadisi qudsiydir. Odamlardan haybatlandinglaru, mendan haybatlanmadinglar, deydi Alloh (subhanahu wa taalo). Odamlarni ulug’ladinglaru, meni ulug’lamadinglar, deydi.

(Ustoz Abdulvaliy qori darslaridan)

Sirius_s
05-07-2008, 08:38 AM
http://www.ferghana.ru/article.php?id=5603

Alloh zolimlarga kifoya qilsin.Guantanamoda musulmonlarni kofirlar qiynab azobga solishsa, Uzbda o'zimiz bn birga yashab, o'zlarini musulmon deydigan o'zbeklar mo'min-musulmonlarni qiynaydilar.Alloh ularga va ularni shunga buyurganlarga kifoya qilsin.Amiin!

Qizaloq
05-10-2008, 10:02 PM
Luqmoni hakimning 100-nasihatidan ....

1.Ey farzandim , ulug va qudratli yaratguvchini tani .
2.Kimga pand nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil.
3.Su'zni o'z qadringga loyiq gapir.
4.Odamlarni qadrini bil.
5.Hammaning haq-huquqini angla.
6.Siringni mahfiy tut.
7.Do'stni qiyin kunda sina.
8.Do'stni foyda va ziyonda imtihon qil.
9.Ablah va nodon odamlardan qoch.
10.Dono va ziyrak do'stni tanla.
11.Yahshi ishga qattiq kirish.
12.Ayolga qattiq ishonma.
13.Sofdil va dono kishilar bilan maslahat qil.
14.So'zni isboti bilan gapir.
15.Yoshlikni g'animat bil.
16.Yoshlikda ikki dunyo ishlarini qilib qol.
17.Yoru do'stlaringni aziz tut.
18.Do'st dushmaningga yuzingni ochiq tut.
19.Ota-onani ganimat bil.
20.Ustozni otadan aziz deb bil.
21.Harjni kirimga qarab qil.
22.Hamma ishda o'rtacha yo'l tut.
23.Olijanoblikni o'zingga shior qil.
24.Mehmonni hizmatini qoidadek qil.
25.Birobning uyiga kirganda ko'z va tilingga ehtiyot bo'l

Musofirbek
05-13-2008, 05:40 AM
имом Ғаззолий айтади:
Қизиқ, агар қулинг, чўринг, оиланг ва фарзандингдан бирон беодоблик ва амрингни бажо келтиришда ноқислик кўрсанг, уларни жазолайсан. агар кечириб юборсанг, ишларининг тизгини қўлингдан чиқиб кетишидан ва сенга итоатсиз бўлиб қолишларидан қўрқасан.
бироқ, ўз нафси ҳавойингни муҳмал қўясан, ваҳоланки у сен учун энг катта душман, сенга қарши қаттиқ туғёнкор. унинг туғёнидан кўрадиган зараринг аҳли-оилангнинг туғёнидан кўрадиган зарарингдан анча катта. ақлингни ишлатсанг биласанки, ҳақиқий ҳаёт охират ҳаётидир, унда ниҳояси йўқ бўлган, абадий неъматлар бор. сен учун охират ҳаётини заҳарлаётган эса ўз нафсингдир. шундай экан, у бошқалардан кўра жазоланишга лойиқроқдир.

Sirius_s
05-13-2008, 06:23 AM
Yoshligimda TVda boks ko'rib qolsam, hayron qolardim, qanday qilib odam boshqa odamni bunchalik urishi mumkin deb, bechorani qoshlarini yorib, qizartirib tahslaydi va yana uni yomonroq urib yiqitsa yutgan bo'ladi va hursand bo'ladi, qanaqilib qo'li qarshisidagi odamni urishga borarkin deb o'ylardim(u paytda yoshlikdan boksda milliardlab pul o'ynalishini bilmagan ekanmanam), keyinchalik bunga e'tibor qilmay ham ketdim, boks esdan ham chiqdi, alhamdulillah, yaqinda islomovozi.com saytida huddi man yoshlikda tushunmagan narsani Obidhon qori aka sha'riy tushuntirib berganlarni eshitdim,alhamdulillah.

http://www.islomovozi.com/?p=236

http://www.islomovozi.com/?p=237

Compromise
05-13-2008, 06:45 AM
Agarda insonni Alloh uchun sevsangiz, hayot kechirishingiz sevgan insonlaringizni Alloh yo'liga chaqirib tanbeh berishingiz oson bo'lar ekan.
Sababi sevganingiz uchun tanbeh berib, tanqid qilib uning qalbini og'ritib qo'yishdan qo'rqishingiz mumkin ekan. Alloh uchun sevsangiz insonga osonroq tanbeh beraverar ekansiz. Bo'lmasam kelajakda ko'ngli qolmasin deb tanbeh bermay uni yomon yo'lga kirib ketishiga yoki gunoh qilib qo'yishiga sababchi bo'lib qolar ekanmiz...

Afsus necha marta shunday ishlarni qilgan ekanman va sevganim sababli gunohga ketib qolishidan qaytara ololmagan ekanman

Qizaloq
05-14-2008, 09:20 PM
O`qishda, ishda, yo`lda ketayotganimda, namozlarini qazo qilmay o`z vaqtida o`qib o`tirgan muslim va muslimalarimizni ko`z oldimga keltirib , ularga shunchalar havasim keladiki......:uups::uups::uups:

kitayoza
05-14-2008, 11:31 PM
O`qishda, ishda, yo`lda ketayotganimda, namozlarini qazo qilmay o`z vaqtida o`qib o`tirgan muslim va muslimalarimizni ko`z oldimga keltirib , ularga shunchalar havasim keladiki......:uups::uups::uups:


Qizaloqoy. Havas qilgandan ko'ra amal qilgan afzal.
Hozirga zamonaviy musulmonga ikki mahal namozni o'z vaqtida o'qishlik mushkul ko'rinadi. Bu Peshin va Asr.
Chunki deyarli hamma odamlar shu namozlar vaqtida ko'cha kuyda, o'qishu ishda bo'p qolishadi.
Bu namozlarni zarurat yuzasidan faqatgina farzi bilan kifoyalansa bo'ladi. Agar tahoratli musulmon shu namozlarni o'qiyman desa 3-4 minut vaqt sarf qiladi. Nahotki shuncha ishlarni qoyillatgan, obed degan mahal o'z nafsini qondirish uchun 1 soatini sarf qilgan, uzr qo'pol bo'sayam aytaman, kereyli joyga yugurib qoladigan odam kamida 10-15 minutni sarf qiladiyu, negadur 3-4 minutli namozni o'z vaqtida o'qiy olmaydi.:uups:
manimchali bu, namozni mohiyatini yaxshi anglab yetmagan, zamonaviy musulmonlarning ishi bo'lsa kerey.

Sirius_s
05-15-2008, 03:09 AM
O`qishda, ishda, yo`lda ketayotganimda, namozlarini qazo qilmay o`z vaqtida o`qib o`tirgan muslim va muslimalarimizni ko`z oldimga keltirib , ularga shunchalar havasim keladiki......:uups::uups::uups:


Siz manimcha hozir UZbda emassiz, demak sizda imkoniyat ortig'icha bo'lsa kerak, univda o'qib yurgan paytimda(Uzbda) va hali hijobsiz vaqtimizda biz libraryda namoz o'qirdik,kitoblar saqlanadigan honasi bo'lardi, shetga kirib o'qirdik alhamdulillah,siz ham shunday qilsangiz bo'ladi.
Hijobga kirgandan so'ng esa, libraryda ham, agar odam ko'p bo'lsa bosh hona topib, joynamoz bo'lmaganidan partani ustida namoz o'qirdik alhamdulillah, dugonam bn farzni ado etganimizdan hursand bo'lib, mazza qilardik. Amallar niyat bilandir, agar siz namozni o'z vaqtida o'qishlikni astoydil niyat qilib Allohdan so'rasangiz inshaAlloh niyatizga yetasiz. Hech bir narsa farz namozidan to'sishi Allohga maqbul emas. Alloh sizga yengillikni nasib qilsin ilohim.

Compromise
05-15-2008, 01:18 PM
Shu forumga kirganimda o'ylayman
Savol berilganda, yordam so'ralganda, maslahat so'ralganda hamma yordamga shoshilishi, hamdardlik bildirishini ko'rib nimaga biz Ummat bir tan jon ekanlgimizni amalda ko'rib anglayman.
Lekin qanday mavzuga borsam bahslashib bir biri bilan jiqqa musht bo'lishini ko'rib nimaga Ummati Muhammadni tarqoq ekanligiga Halifatni bunchalik osonlikcha yiqitlganiga ham ajablanmayman...............:(:(:(

muslima
05-15-2008, 02:24 PM
Сабрнинг фазилати ва сабрга ундов

Аллоҳ таоло Зумар сурасининг 10-оятида шундай дейди:
«Ҳеч шак-шубҳа йўқки, сабр-тоқат қилувчиларга ажр-мукофотлари беҳисоб, тўла-тўкис қилиб берилади.»
Бақара сурасининг 155-оятида шундай дейди:
«..сабр қилувчиларга хушхабар беринг».


Муттафақун алайҳ бўлган ҳадисда Ибн Аббос розияллоҳу анҳумо шундай дейди: Бир аёл Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига келиб: «Мен тутқаноқ тутиб беҳуш бўламан ва кийимларим очилиб кетади. Менинг ҳаққимда Аллоҳга дуо қилинг», деди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Агар ҳохласангиз сабр қиласиз ва сиз учун жаннат бўлади, ҳохласангиз Аллоҳдан сизга шифо сўраб дуо қиламан», дедилар. У: «Сабр қиламан, фақат Аллоҳга дуо қилинг, (тутқаноқ пайтида) очилиб кетмайдиган бўлай», деди. Ул зот унинг ҳаққига дуо қилдилар.


Имом Муслим Суҳайб розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Мўминнинг иши қизиқ, унинг барча ишлари яхшиликдир. Бу фақат мўмин учундир. Агар унга бирон хурсандчилик етса, шукр қилади ва бу унга яхшиликдир. Агар бирон кулфат етса, сабр қилади ва бу ҳам унга яхшиликдир», дедилар.


Имом Термизий Ибн Умар розияллоҳу анҳумодан ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Мусулмон киши агар одамларга аралашиб юрса ва уларнинг озорларига сабр қилса, у одамларга аралашмайдиган, уларнинг озорларига сабр қилмайдиган мусулмондан яхшидир», дедилар.


Шарҳ