PDA

View Full Version : Alisher Navoiy


Free_Uzbek
12-05-2000, 09:46 AM
ALISHER (excerpt)

Yuksak tog oralab ukirgan sherning,
Na'rasiga tengdir aksi,sadosi.
Besh yuz yil yangradi togday vatanda,
Ulug Alisherning asriy nidosi.
Tufon,quyunlarda yakkayu yolgiz,
Monolit,granit haykalday magrur.
Temurlang davlatin sunggi chogida,
Sarkashu barhayot, buysunmas shuur.
Daraxshon yulduzlar sari ukirgan,
Buynida zanjiru qalbi ozod sher.
Insoniy muhabbat ,mehr-la vafo,
Erku baxt timsoli ulug Alisher.
Zavolni bilmagan porloq ijoding,
Ma'rifat mulkida bitmas xazina.
--Insoniy kamolot katta yulida,
Xuroson ulkasin zavolin kurdim.
Ne-ne tarixlarni boshdan utkazib,
Ne-ne jafolarni tortgan eski Sharq.
Ne-ne daholarni tarbiya qilib,
Osmonday jahonni nurga qildi garq.
Alisher mushtariy yulduzi kabi,
Uzbek osmonida balqigan chogi.
Yana bir muhtaram ugil kurganday,
Kattaroq ochildi olam quchogi.
--------------------------------
(Gafur Gulom)

Vodiydan sado
12-10-2000, 05:58 AM
"Alisherbek naziri yo'q kishi erdi. Fors tilida bir g'azal aytmishdi, hamma forsiygo'y shoirlar damini oldi..."
Bobur shunday degan edi, albatta sal pal o'zgartirdim lekin ma'no o'zgarmagan.