PDA

View Full Version : SUVGA CHIQ tezroq!


ASAD
12-06-2000, 06:37 AM
Hurkak xavotirda ko'changdan o'tdim,
Labimni turs yorib, qiynab chanqog'ing.
Havoni ho'pladim, ho'pladim o'tni,
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog'ing?

Ko'changni tuprog'i olovmi deyman,
Quyoshniyam menda qasdi bor cjog'i.
Qaysarman, ters qilib suv ham ichmayman,
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog'ing?

Forrest
12-06-2000, 06:45 AM
Uahahaha:) Asadbek, Do'stim, qiynab qo'yishibdiku sizni rosa:)

Forrest
12-06-2000, 07:06 AM
Jonim toshar, jonim yo'qib qarashlaringdan,
Zavqim oshar, zavqli boqib qarashlaringdan,
o'tlar ketar, ruhi ravonim zafaron,
ko'zlar yonar, chaqmoq chaqib qarashlaringdan..

Daryo bo'lib oqar ko'ngilda shavqim
Har ko'rganda qoshing qoqib qarashlaringdan,
Sehrlaisan oshig'ingni gulim, chakkanga,
alvon-alvon gullar taqib, qarashlaringdan..

Ko'zlarimdan uchqun sochib sevinch porlaidi,
Ko'zdan sevinch yoshing oqib qarashlaringdan,
Oshiq menkim, nechun yonmasin jonim,
So'zonani jonim yoqib qarashlaringdan..

Adiba
12-06-2000, 09:04 AM
Adiba, dunyoda shunday yigit bor,
Izladani she'ru, topgani ozor,
U seni hech kimga kurmaydi ravo,
Seni qizganadi uzidan hatto!

ASAD
12-06-2000, 09:32 AM
Bilasan, ko'changdan o'tyapman kuyib,
Kulgungdan bir cho'chib ketar chorbog'ing.
Chiqsang-chi, ko'zangni yelkangga qo'yib,
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog'ing?

Kutganingiz
12-06-2000, 10:04 AM
Quyoshning o'lguday issiq kunida,
Suvga chiqib yurish aqlga sig'mas,
Gar ko'rmak istabsiz, unda Bek aka,
Kelingiz tong sahar, peshinda emas.

ASAD
12-06-2000, 10:58 AM
hey, men sizni kechasi keling " deb aytadimi deb o'ylagandim, shunda tongga qadar bemalol shirin suhbatlar qurib chiqardik ikkimiz! Quyosh qizdirga tush vaqtida ham barcha g'aflatda bo'ladi, shu paytda qiz ko'rgali borib, issiqdan qurigan labga qizning gulgun g'uncha labidan bol totilsa na rohat!
Lekin tong sahar shirin uyqudan turish?!
Mayli, mana bu qaysidir ma'noda turtligingizga javob bo'ladi:


Quyoshni so'kindim xo'rligim kelib,
Changini chiqardim otash tuproqning.
Seniyam sochingni olardim yulib!
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog'ing?

Adiba
12-06-2000, 11:57 AM
Yuragingni, yuragingni yondirsam,
Kuzlaringni, kuzlaringni kuydirsam,
Yullarimda, yullarimda zor aylab,
Uzimga shaydo etsam...

Yonsang ham, kuysang ham menga suz aytmaysan,
Aytmaysan, baribir yonimdan ketmaysan,
Yo shuhligim kurib, uyalasan mendan,
Bilsang men boqmasman boshqasiga sendan!
Deyman seni ishqimda ado etsam..

Nodir
12-06-2000, 12:05 PM
(Seniyam sochingni olardim yulib!)
Ey Asad, bu sevgimi yo suiqasdmi?

Shu to'rtligingizni o'qib, uyqash so'zlar izlab bir narsa yozdim, lekin bu hazil, hech kimga botmasin.

Demak hazil:

Bir bor kechikkani uchun yoringni,
Agar tayyor bo'lsang sochin yulishga
Bor bola! bozorga bor! yo sangzorga bor
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Sevgi bu havasmas, u qalb farmoni,
Bir dardkim, topilmas engil darmoni.
Manaviy ulchovda ommadek bo'lsang
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Sevgi yukkim kotarmoqqa bir zo'r Er kerak
"Mard qani" der, "men kabiga" U der "sher kerak".
Sen o'ylasang: bunga faqat 4-5 she'r kerak,
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Yo piraay, bu Menam shoir bo'lib ketamanov "sevgi" mavzusiga qolsa-a? (hazil)

------
12-06-2000, 12:28 PM
-------

Nodir
12-06-2000, 12:56 PM
"Deyman seni ishqimda ado etsam.."


Ey bu qanaqasi, birov kuysayu yori "ado etmog'ini o'ylasa", insof qani?

Shu misrani o'qib quyidagi hazilni qilgim keldi, demak yana hazil:

Ado etmoq istaganlar Yor emas.
Yor yoridan kutgani hech dor emas.
Bu qiliqda insoniylik bor emas,
Sevgi bundan ancha oliy tushuncha.

Maqsad ezish bo'lsa "sevgi" deganda,
Yo she'r yozish bo'lsa ko'ngil uvganda,
Etgin inkor ani, bot-bot deginda:
"Sevgi bundan ancha oliy tushuncha".

Nodir
12-06-2000, 01:14 PM
Uzr, Asad Men Sizning 1-she'ringizni (aytishivga chiqing Adibaxon) deb boshlaganongizga e'tibor bermabman, bugun biroz bush baqt bo'lgani uchun, shundoq kirib to'g'ri kelgan joydan birrov o'qib qo'shilib ketibman, lekin bo'lak qo'yilgan joyda hazillashimga qarshi emasdirsiz.

ASAD
12-06-2000, 04:43 PM
Ehh odamlar, nima balo, she'rdagi so'zlar albatta to'g'ri ma'noda doimo tushunilavermasligini bilmaysizlarmi a?!
Nodir, she'rizga gap yo'qku, ammo hech kim qolmaydi-yu oshiqlar diaorida, agar siz doim bunaqa fikr chiqarib shunday she'r yozaversaiz!

:) Adibaga navbatdagi turtlik :)
P.S: bu turtlik yuqorida "kutganingiz"ga yozgan javobimga qushimcha javob!!!


x x x x
Tundayam yuragim bir yomon kuydi,
Tongdayam tomog'im qaqrab uyg'ondim.
Men o'zi qanaqa olovni suydim-
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog'ing?

...Bizniyam ko'chadan o'tib qolarsan!

Adiba
12-07-2000, 06:05 AM
Sevgilim, dunyoga malol yaraldim,
Ishqning qullarida uvol yaraldim,
Men nechun, men nechun ayol yaraldim,
Sevgilim...

ASAD
12-08-2000, 07:09 AM
- Seni obqochib ketaman!
Yerni aylantirar tuyoqning zarbi,
G'ildirar osmonning adoqlarida.
G'uncha quchoqlagan kapalak kabi,
Yasharsan labimning ardoqlarida...

Duma
12-08-2000, 07:10 AM
Bachkanalashib ketmadimi?

Adiba
12-08-2000, 07:43 AM
Hurmatli Dumajon! Sizni replikalaringizni uqib maza qilib kulayapman, siz menga darsni doim churt kesib hammani hiqildogiga kelgan bir kursdochmni eslatayapsiz, siz ushani qarindoshi emasmisiz, mabodo?
Bu she'rlar Asad va men tomondan tuqilayotgani yuq, bular yoshu-qarining mehrini qozongan shoirlar she'rlari, holos. Yoqmasa ham zorimiz bor, zurimiz yuq, besh barmoq baravar emas, sizga yoqmagan bulsa, boshqalarga yoqayotgandir. Bupti omad sizga!
Danke fьr Ihr Verstдndnis!

Adiba
12-08-2000, 07:47 AM
Sen menga orzusan, sen ushalmas armonim,
Men senga shunchaki bir utkinchiman,
Orzudan, armondan qochgancha men hamon,
Men sendan olislab ketayotirman...

ASAD
12-08-2000, 08:51 AM
DUMA, yaxshilab nafas olvolib o'qing, mazza qilasiz :)))) A tak she'r o'qishda xush kayfiyat tilayman ;)



-Seni obqochib ketaman!
Boshingdan hovuchlab socharman yog'du,
Hovuchlab, labingga tutarman nurlar,
Osmonni to'ntarib etarman ko'zgu,
Ipak sochlaringni taraydi hurlar...

Duma
12-08-2000, 11:33 AM
Biri opqochib ketaman desa, ikkinchisi olislab ketayapman deidi.Adiba bir tog'dan kelasiz, bir bog'dan kelasiz., ushlovingiz bormi o'zi? Mashara qilayapti deb o'ylamang. Shunchaki chin ko'ngildan aytayapman. Sizni she'ringizga nisbatan fikrim hech qachon g'araz bo'lgan emas.
Asadbek , hafa bo'lmangu , o'tgan yilgi "Rumolcha" haqidagi aitishuv yahshiroq edi. Bunisi esa bachkana..

Adiba
12-08-2000, 12:00 PM
Dumabek, a man qayoqdan bilay she'rlarni shu qadar diqqat bilan uqiyotganizni?! Bu erda sewgiga atalgan she'rlar bulayapti holos..
Buldi endi "izlab boraman" degan she'rladan yozamiz:) Bunday olganda rahmat berilgan diqqat uchun!

ASAD
12-08-2000, 12:11 PM
DUMA, "Ro'molcha" haqqatdan yaxshi aytishuv bo'lgandi, nega desangiz, unda biz har bir she'rdan keyin shunga moslab javob tariqasida yangi she'r to'qigandik. Adibaxon esa bu qoidaga rioya qilmayapti :) xolos, shunday emasmi, Adiba?!
Davay, Adiba, keling, endi bir yaxshi aytishuv qilamiz. Hmmm, mavzu, albatta doimgidek : Haripppa hu harippaa ;)
yoki inchikidana, hari huppa dana imchikidana deganday ;)

Duma
12-08-2000, 05:06 PM
"izlab boraman" emas, "maili, ob qochib keta qoling" deb yozsangizchi?:)

Adiba
12-09-2000, 04:23 AM
Voy, kunglimdagini birdan topgan topagondan uzim aylanay Dumajon!:) Tochno topdim, siz kursdoshimni emas, Juna Davitashvilini qarindoshisiz!:)