PDA

View Full Version : hazil


Nodir
12-06-2000, 11:56 AM
(Seniyam sochingni olardim yulib!)

Ey Asad, bu sevgimi yo suiqasdmi?

Shu to'rtligingizni o'qib, uyqash so'zlar izlab bir narsa yozdim, lekin bu hazil, hech kimga botmasin.

Demak hazil:

Bir bor kechikkani uchun yoringni,
Agar tayyor bo'lsang sochin yulishga
Bor bola! bozorga bor! yo sangzorga bor
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Sevgi bu havasmas, u qalb farmoni,
Bir dardkim, topilmas engil darmoni.
Manaviy ulchovda ommadek bo'lsang
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Sevgi yukkim kotarmoqqa bir zo'r Er kerak
"Mard qani" der, "men kabiga" U der "sher kerak".
Sen o'ylasang: bunga faqat 4-5 she'r kerak,
Toshni ter Sen, noloyiqsan yor bo'lishga

Yo piraay, bu Menam shoir bo'lib ketamanov "sevgi" mavzusiga qolsa-a? (hazil)

Adiba
12-06-2000, 12:12 PM
Sevgi kimlarni shoir qilmagan men sizga aytsam Nodirbek!
".....Mana siz ham muysafidga aylandingiz!"(Kumush Otabekka)

Nodir
12-06-2000, 01:03 PM
"Deyman seni ishqimda ado etsam.."

Ey bu qanaqasi, birov kuysayu yori "ado etmog'ini o'ylasa", insof qani?

Shu misrani o'qib quyidagi hazilni qilgim keldi, demak yana hazil:

Ado etmoq istaganlar Yor emas.
Yor yoridan kutgani hech dor emas.
Bu qiliqda insoniylik bor emas,
Sevgi bundan ancha oliy tushuncha.

Maqsad ezish bo'lsa "sevgi" deganda,
Yo she'r yozish bo'lsa ko'ngil uvganda,
Etgin inkor ani, bot-bot deginda:
"Sevgi bundan ancha oliy tushuncha".