PDA

View Full Version : "LB" YIGITLARIGA


Adiba
12-07-2000, 11:52 AM
Bog ichida oq gulga
Qarasam kuzim tuymas,
Sizdagi bu kungilga
Yul topib bulmas.

Gohi ochilasiz gul bulib,
Gohi bulut bulgaysiz,
Doim bir hil yurmaysiz,
Nega shundaysiz?

Sizni deb yuraklar chug,
Siz bulsangiz kungillar tuq,
Siz uchun kipriklar uq,
Eh, yigitlar, sizga gap yuq!


Uzay desam gunchani,
Tikoni kirar qulga,
Bir zumga kech qolsangiz,
Kuz qarar yulga.

Gohi gapirasiz bol bulib,
Goh qor yogar qoshlardan,
Biz alamni olgaymiz,
Yiglab yoshlardan...

Sizni deb yuraklar chug,
Siz bulsangiz kungillar tuq,
Siz uchun kipriklar uq,
Eh, yigitlar, sizga gap yuq!

Duma
12-07-2000, 12:39 PM
Sotti Soqievna bo'p ketinge !:)

Adiba
12-07-2000, 01:29 PM
Voy, hali habariz yuqmi, man ulani shogirdlari bulamanu...!

Cute
12-07-2000, 02:33 PM
Hmm. Bu hammaga tegishlimi, yo..

HAYRON
12-07-2000, 02:49 PM
KONKRETNO AYTINGDA KIMNI KUTYAPSIZ HONIM!
BESH OLTITA ODAM OVORA BULMAYLIK!
ISMIMIZNI YOKI NICKIMIZNI AYTING ANIQ USHA BORSIN SIZNI QIYNAMAY!:)

Sanjar
12-07-2000, 04:54 PM
Bahtiyor, shodman, Adiba
Paykar ki yorim bor mening,
Ko'nglima hamrozu chin
Ahdida borim bor mening.

Lola sayliga oyog'i
Uzra gullar bosh urib
Husniga ta'zimdadur
Bir guluzorim bor mening.

Lablari shahdu shakar
Monandi, vasfi muxtasar,
Hulqi bir tangri nazar
Munis nigorim bor mening.

Vasliga ho'p qonadurman,
Hajri hech solmas nifoq,
Ko'rmasam, ketsa yiroq
Har zum xumorim bor mening.

Maqsadim shu yorga bergan
So'zima sodiq yashab,
U menga, men unga mos
Bo'lmoq shiorim bor mening.

SJ

HTAich
12-07-2000, 05:59 PM
Samjarbek, shu kundan buyon Adiba sizning ihtiyoringizda,

Sanjarbek rozimisiz?
-...hmmmm...
Adibahon rozimilar?
-rozimiz rozimiz, qoraka

PS. qolganlar hafa bo'maylaru, Adibahonni Senj zabil :)
adibahon bilan ochilgan "Tender" v poiskah nailuchey kandidaturi' v ... obyavlayu zakri'ti'm,
senj, sam vinovat, no pomni
Jenilsya sam ostanovi tovarisha:)

all this was a piece of bullshit, never mind, go on
adibahon biz san'atingiz bilan voshishat'sya qilyammiz, tak derjat' :)

Free_Uzbek
12-07-2000, 06:24 PM
Hey...Bolalar...

Bizani ham tuyga aytish eslarizdan chiqmasin....

Cute
12-07-2000, 06:46 PM
Bizani to'yla g'alatida, qarshi-parshi yo'qmi deb so'rash kerak. Tag'in qarshilar bordir. A tak maniyam etila to'yga.

mania
12-07-2000, 08:59 PM
cute, shu erni oziGA hamma ishni hal qildik qo'ydik, bu sanga Rasulovni darsi emas, so'rash boshqasi yo'q unashtirib ham qo'yishibdi :)
ha mayli nima ham derdik, baxtli bo'lilar, to'yga aytish esdan chiqmasin

HAYRON
12-08-2000, 08:16 AM
JUDA QIYIN BULDIKU:(
HA MAYLI SANJAR OMADINGNI BERSIN:)
BIZ ROZI TOYGA ETILA
FAQAT BITTA SHART BILAN BIZZA ROZI BITTA UZLARING SHE'RLAR BILAN QIZITIB BERASIZLARDE:)
PEACE:)

ASAD
12-08-2000, 08:35 AM
Bugun she'riyat olamiga bundoq qarasam, Adibaxon bir ajab she'r bitmishdir, javob kutmishdir. Xalq yuqorida unga ajoyib javob aylabdi. Shul zamon ilhom parisi meni ham bir zum ziyorat qilib, quyidagi she'rni miyamga joylab ketdi:

Adibaga javob! :)


Bog' ichida doimo,
Qizil gulni kutaman.
Oq gulni hech izlama,
Men bulbuling bo'laman.

Nega doim bir xil yuray,
Sarpolarim ko'p bo'lsa.
Er yigitga yarashmagay,
Guldek ochilib tursa. :)

Har qarashim cho'g' qiladi,
Sizning mag'rur yuragingiz.
Qabul etgum o'qlaringiz,
Eh, Adiba, Bizga gap yu'q. ;)

G'unchani uzib yurmang,
Siz o'zingiz bir g'uncha.
Visol sharbatin totamiz,
O'sha sovuq kuz kelguncha!

Dur-dur tomgan yoshlaringiz,
Sirib olay yuzingizdan.
Butun borliq maftun sizga,
Aylanayin o'zingizdan!

Bog'i eram kutar bizni,
Qo'l ushlashib uchayliq.
Malikasiz ul chamanga,
Eh, Adiba, Sizga gap yo'q!

Adiba
12-08-2000, 09:06 AM
Hay-hay hali kelin roziligi yuqku, qaerdan darrov karnay-surnay bilan kep qoldinglar?!
Vodiyda bilmadimu, bizga qalin puli bor, yana Fotiha tuy deganlariday... Yigib yurgan stipendiyadan ayrildim deb uzizni hisoblayvering,Sanjarbek! Yuqorida aytilganiday uziz aybdorsiz!
Aytmoqchi kelin tomondan yuragida uti bor qizladan yuqmi, bitta uzim kuyov tomonga bas kelolmayapman...
Lekin fikrimdan qaytib, shundoq tuyni tuhtatishim ham mumkin, bu yoqdan yangi kandidatlar chiqayapti..masalan Asad:)

Sanjar
12-08-2000, 10:02 AM
Hay, hay, hay, hay, haaaaaaaaayyy... :)

Rostanam karnay-surnay, childirmayu yor-yorri boshlavoribsilaru, a?

Kuyov kim o'zi? Kelinniku, mayli, bildim - Adiba ekan.

Manimcha she'rri 180 gradus teskarisiga talqin qivoribsilaru, a?! :)

Adiba, yuzizzi ko'rsa bo'ladimi yo chimildiqda ko'rsatasizmi? :)

SJ

Free_Uzbek
12-08-2000, 10:05 AM
Hmmmmmm.....

Masala qiyinlashayapti....Sanjarbek va ASAD...?

Demak...Nima qilamiz..? Sanjarbek va ASAD ....davay aytishuvni boshlab yuboringla....Kim yutsa ...va hokazo -hokazo...Adiba xon rozimila?

Free_Uzbek
12-08-2000, 10:05 AM
Hmmmmmm.....

Masala qiyinlashayapti....Sanjarbek va ASAD...?

Demak...Nima qilamiz..? Sanjarbek va ASAD ....davay aytishuvni boshlab yuboringla....Kim yutsa ...va hokazo -hokazo...Adiba xon rozimila?

Cute
12-08-2000, 10:54 AM
Obbo competition boshlanadi shekilli free marketti shunisi yomonda, maniya qara shu yerni o'ziGA hal qilishmadi hali. EE bechora kuyovga u bu narsa deyla hali habari yo'q.

Adiba
12-08-2000, 12:53 PM
Oy yuzimni kurib nima qilasiz, jon akajonim yor-yor...
Hoy qudalar, kuyovni sarposi bormi, yo amerikansha jinsilarda kelaveradilarmi.-)

Free_Uzbek
12-08-2000, 05:43 PM
Hoy Adibaxon !!!

Bulmasa bittasini tanlang quyingda...Nima qilasiz ularning ikkovini ham ovora qilib ? Bir Asad ham bor deysiz..bir Americadan jinsida kelasizmi deb Sanjarbek tomon ogasiz...

Eeeeee.....tushunarli....ikkovidan ham kecholmayapsizmi? (0.5 hazil,0.5 chin)

Adiba
12-09-2000, 06:16 AM
"Oshni uzim pishirdim, endi uzim suzaman!"
TUYDAN SUNG (kichik sahna kurinishi)Mahalla kayvonisi tilidan.


"Hoy baraka topgur, uchir gata-gutingni! Soatga qara kechasi 1 bulayaptiku! Mahallada yosh bolali nechta, qush uyquli boboylar nechta.. Kuyovnavkarlar,bir chetda tuda bulib turavermay, tuyhonani yigishtirishga yordam bervoriyla.. Hush, nicklaringdan uzim urgilay, FREE-UZBEK, bugun ZAGSda orqasiga konserva bankalar boglangan JIP sanikimidi? Shu moshinangda hu ana uyqusirab turgan sozandalarni taqir-tuqurlari bilan olib, Munojot opani uylariga, Yulduz opani keyingi tuylariga zingillab quyib kelginchi, bahonada tanishib ham olasan... Hush, osh zur bupti deb maqtagan san edinga GUTE bolam, oshpazlar shundoq oshni elga tarqatishibdiyu, tugunchani qultiqlab juftakni rostlavorishbdi shovvozlar! Belinga fartukni boglab ol, ha barakalla.. Shu guddayib turgan 2ta qozonni "Fairy" bilan yuvsang ham buladi, issiq suv shartmas.. Ha san nimaga tajang kurinasan DUMAjon, qachon qarasa shu ahvol sanda, qaisi roman personaji ekanligingni bilasanmi, Utkir Hoshimov domla eshitib qolsa, shu erdaligingni, yugurib keladiya!A, labbay? Koka-Kola shishalari etishmayapti, deysanmi.Oqsoqollar sanga aytishdi, plastik Kola, Fantalar ham buladi deyishsa, san oyoq turab turib olding "Shundoq dustimni tuyida hizmat qilmasam qachon qilaman" deb. Ha endi mahalla bolalari shuh, stoldan ship-shiydon qilishgandirda, hapa bulma, endi usha magaziniga 5-6 sum qushimcha tulaysanda.. ASADbek, sani nomingni eshitsam, qurqamana, qaragin yul chetida 2ta qushni bir-birini suyab turibdi.Kuproq otvoribdi-da, bir-birini quyvorsa yiqilib tushadi, shularni uy-uyiga kampirlariga topshirib chiqqin, girt savobga qolasan.
Hoy HAYRON bolam, sangayam yumush bor. Hotin zotini bilasan bir gapga chalgisa, tamom. Shu ikkitasi gapga chalgib, qudalar bilan ketvoribdi, ichkarida bolalari yiglab yotibdi, shularni ovuntirib turgin, ha barakalla, sangayam quchqorday ugillardanu, popukday qizladan ato etsin. MANIA,HTAich, shu stol-stullarni moshinaga ortishni boshlayla, ertaga boshqa tuyhonaga kerak bular. OPTIMIST, bunday yomon qaramagin bolam, ha bir hizmat qilsang, qipsanda, shu dasturhonlarni, sochiqlarni yigaver.Ertaga "prachechniy kun" buladi. Eye, FORREST- bevafo, qayoqlarda yuribsan. Hovli chetiga boglangan quyni kurayapsanmi, ogirligidan uzini kutarolmayapti.Tuppa-tuzuk qassobchilikdan habaring bor ekanu! Ertaga tong saharlab kelib, shuni nimtalab bersangchi, "Kelin Salom" gayam kup odam keladi shekilli..Iye, Hovli urtasida qaqqayib turgan kuyovmi? Qosh-kuzingga uzim qoqindiq SANJAR bolam,shundoq chapga buril, oynavandli eshikni kurdingmi, buni oshhona deydilar! Ertadan sani kabineting shu urgilay:) Ha barakalla, ung oyoq bilan,salom berib kirgin bu joyga, devorga ilingan fartukni boglab ol, biram yarashdiey! Shu ichkaridagi kelinposhshaga bir achchiq 95 choydan damlavor, Hay-hay, gazplitada qaynatmagin, samovarga alohida ut yoqqinda! Kelin ta'blari nozik "ne kipichonniy" choyni icholmaydilar.. Hush yana kim qoldi? Qolganlar hafa bulmanglar, ertadan saharlab kelsanglar tuydan chiqqan dasturhonu, sochiqlarni bir qatronlab "Ariel"da yuvib, qaynatib, kraxmallab, dazmollab, javonlarga tahlab bersanglar...Kelin shunday chiroyli bir ta'zim qilsin..! Hushomadiga hozir bitta bulsina, kelinjon urtaga chiqing,
Mana bulmasa,
Nortuyaday tizilgan,
Qizlar kuzi suzilgan,
Salom, salom, kelin salom,
Kuyovnavkarlarga bir salom!

Qani qullariyni ochiyla, mana shunday qarsillagan kelinladan, gumburlagan tuyladan, lumbillagan quyladanu, qars-badabang uyladan sizlargayam nasib qilsin, omin!
(Sahna yopiladi)
Spasibo za vnimanie!:):)

Sanjar
12-09-2000, 08:58 AM
Tushunishimcha, kuyovning ruhsatisiz uni uylab qo'yishga ham ulgurishibdi.

Hechqisi yo'q, urf-odatlarimizga ko'ra kuyov kelinni chimildiqda ko'radi (well, aslida teskarisi bo'lishi kerak) :)

Mayli, mayli... qani choyyi damlab kirayinchi, kelin bilan za odno tanishib ham chiqaman :)

OSHXONADA:
Hmmm... samovarda qaynatgin deyishdimi? "Nekipichyonni'y"ni icholmas ekanlarmi, kelin-poshsha? Hmm... bu bardakki ichida toza choynagu, piyolalarni topishshi o'zi bo'ladimi. Ha mayli, ertaga saharlab kelin-poshsha bir yaxshilab uborka qivoradiganga o'xshaydi bu yerlarni.

CHIMILDIQQA CHOY OBKIRIB:

G'arch, g'urch, g'arch...

- Bismillo!
- Oy!
- Joooooooooooooonim! ;)
- Assalomu aleykum, SANJAR BEK oka!
- Ko'p yashang, Adibaxon! Tilizga snickers!
- Sanjar Bek oka, nima qilardiz ovora bo'lib, man o'zim pista, mayiz bodomlarni tayyorlab va choyni damlab Sizzi kutib o'tiribmanku...
- Hechqisi yo, Adibaxon, yeschyo vsya noch' vperedi ;)!

(qo'shni xonaga qarab)
- ILTIMOS, ESHUNI YOPIB CHIQIB KETURILA! HAVOTIR OMELA! KELIN POSHSHA ENDI BIZ BILAN! :)

- Qani, qani... uyalmasdan... :)


p.s. Shu bachkana xalqmizde o'ziyam! :)

Kuyov SJ

Free_Uzbek
12-09-2000, 10:37 AM
Buldi qiziq hangomalar,
-------------------------
va hokazo -hokazo

Hoy , Duma !!! Tuxtanglar.. ochered bilan...(kelin tomoshaga...."kuyov bilan") 1)albatta men..2)Asad...

Hey Bolla..Asad qani? ...qani 4 tomonga marsh...Topib kelinglar uni..

Mayli, xafa bulmasin bevafo Adibaxondan...Shundoq bir xuriliqonni topib beraylikki!!! Adibaxon keyin kurib quysinla....

Adibaxon va Sanjarbek!!! Endi sayohatga kelsak...nima edi..."moon xxx"

Adibaxon bizga "zamonaviy" Jeep topib quyibdila...Agar "soqqa"sini chuzib quysanglar...qayerga bulsa ham eltib quyamiz ..(e.g somonxonagacha = $5000 (Single ticket, return emas !!!), Hawai orollarigacha $3000 (return),.....

Uffff.......bachkana... Uzr bolala

OPTIMIST
12-10-2000, 03:51 PM
Haaa, shunday gaplar deng,

Yahshi, yahshi, juda ham yahshi,

Demak, juda haaam tantanavoor to'y boldi, 7 kechayu 7 kunduz davom etti, man ham shu toyda bor edi, boza ichdim, mast boldim, moylabim hollandi (ertaklar adashmasam shunday tugar edi)

Yahshilar yetdi murodga, yomonlar koldi armonda,

To'y tugadi,

Rollarda :
----
----

Film UMID kinostudyasida suratga olingan, dublyajda artistlardan .............. katnashishdi,

2000 Yil, 10 Dekabr,

OPTIMIST ;)

Cute
12-10-2000, 04:09 PM
Hmm tuppa tuzuk sher yozib turuvdilayu, nima bu bachkanalashib kettila? Yo zapas tugadimi? Hazil.

tomoshabin
12-10-2000, 06:50 PM
hey, OPTIMIST

kino hali tugamadi, endi boshlanvotti

Sanjar, siz kelinning yuzini kordiz mi uzi? (sizning yuzingizni ku hamma korgan, homepageingizda).yoki shundoq shirin sherlariga lol bolib taslim boldiz mi? Lekin sherlariga qaraganda yahshi choicega ohshavotti.

davomi nima bolarkan? happy end bosin, ish qilib. :)

orada sherlar yozilar - quruq bachkana sozlar bomasin :)

davomni kutib qoluvchi

tomoshabin ;)

Botir
12-10-2000, 08:21 PM
Erkam seni erkalay, qochmagil
Sanjarla Asadga bormagil
Jilma bilan boqishlaring
Yuragimga o't soldi

Qizg'aldogim kel endi
Yori jonim kel endi
Adiba qiz bir umr
Dilfugonim sen endi

Orzu umid qizisan
Sen oq bulut qizisan
Adiba qiz Adiba
Jonimni yolgizisan

Binafshadek sen billur
Yaralgansan mehrdan
Sherlarim sal kechikdi
Ranjimagin Botirdan

Adiba
12-11-2000, 09:14 AM
Salom Bolalar! Bu kichkina hazil edi, yoqqan bulsa hursandman.Yoqmagan bulsa uzr, hali sizlarni shaxsan tanimaymanu, balki ba'zilarni harakteri kutarmas.. Kutarganlaga esa rahmat va shuncha sabr bilan uqiganiyla uchun rahmat.Chunki yozib bulgunimcha "pal'chiki ustali"
Bupti, hammaga omad!