PDA

View Full Version : Hayot va vijdon


Vodiydan Sado
12-07-2000, 12:50 PM
Hayot

Hayot deganlari ekan beshafqat
Ko'p zarbalariga bo'ldim men duchor
Tilab yolg'iz Ollohdan sabr va toqat
Necha-necha tunlarni o'tkazdim bedor
* * *
Yigirma yoshimga kirib ulgurmay
Ko'rdim ming bor sinovlarini
Hali bahorning-da zavqiga to'ymay
Tezda uchratdim-ku qirovlarini

Baht

Baht nima dedim men, o'zimga yurib
Javob izlash uchun tutindim shu on
Lek hali javobim topmasdan turib
Uni menga aytdi qiynalgan vijdon
* * *
U dedi: "Bu yolg'on hayotda
Halol vijdon ila baht topmoq mushkul
Gar topsang ham, darhol yo'qotib
Bilolmay qolasan, qayerdadir ul"
* * *
Sababin bilmadim, lekin men nochor
Ishongim kelmaydi vijdon so'ziga
Tilayman doim men "Omad bo'lsin yor"
Lekin, tik boqolmay vijdon ko'ziga.

Grande(Cute)
12-07-2000, 02:36 PM
Raqobatchila kuchayib ketishayapti..

XAET
12-07-2000, 06:08 PM
rahmat, vodiy sadosimidiz. whatever yahshi sherlar ekan, lekin,
cute, man yozganim yo'q bu sherlarni:) hayron bo'magin:)

Cute
12-07-2000, 06:11 PM
San yozmaganini bilaman. San yozmaganini qayerdan bilganim haqida o'yklab ko'r. Mlin baribir konkurent baquvvat.