PDA

View Full Version : To educate a child in Uzbek language


Uzbekxonim
11-19-2007, 03:01 AM
Hurmatli forumchilar,
iltimos bu threadda bolaning O'ZBEK tilida rivojlanishi uchun kerak bo'lgan materialni yozing va upload/download qiling, masalan qoshiqlar, oyinlar va hokazo. Oldindan raxmat.

Dear forumers,
let's write and upload/download in this thread all possible material to educate a child (since his birth) in UZBEK language, i.e. songs, games, poetry, everything that can be usefull. Thanx in advance.

Lady_G
11-19-2007, 03:21 AM
Lyalyaponi yahshi sitelari bor. www.bolajon.com

Manbetta esa Hayvonlar qanqanday gapiradi 1, 2nchi qisim


Inson vujudi azolari (ww.bolajon.com/index.phoption=com_content&task=view&id=107&Itemid=121)

lyalyapo
11-19-2007, 08:22 AM
Lyalyaponi yahshi sitelari bor. www.bolajon.com (http://www.bolajon.com)

Manbetta esa Hayvonlar qanqanday gapiradi 1, 2nchi qisim


Inson vujudi azolari (http://ww.bolajon.com/index.phoption=com_content&task=view&id=107&Itemid=121)

Hozircha asosan diniy ta'lim bo'yicha ma'lumotlar ko'p siteda, lekin inshaallah har tomonlama ma'lumotlarni qo'yishga harakat qilamiz, vaqt, imkon bo'lganga qadar. O'zim uchun diniy ta'lim eng muhimi bo'lganligi sababli shundan boshlagan edim, lekin boshqa fanlar ham juda muhim ular haqidayam imkon qadar ma'lumotlar to''plashga harakat qilyapmiz. Aslida ma'lumot ko'p ularni chiroylik bir shaklda yozib joylashtirishga qo'l tegmayapti.

Yuqorida bolaning rivojlanishi uchun materiallar so'ralgan ekan, bilasizlarmi bir narsa haqida o'ylanib qoldim, buni o'ylagan sari hafa bo'lib ketaman.

Nima uchun bolaning rivojlanishi haqida O'ZBEK tilida kitoblar yo'q. Bor bo'lsa nomini qayerdan olish mumkinligini aytinglar, O'zbekistondan op keltirib online joylashtiramiz inshaallah.

Odamni hafa qiladide, yangi nasl onalar ulg'ayyapti, to'g'rirog'i bir qismi ulg'ayib ona ham bo'lyapti, rus tili yoda tursin kiril alifbosini bilmaydi. Ular farzand tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsa nima qilishi kerak ? Qayerdan ma'lumot oladi? Undan bundan eshitib qiladimi? Alhamdulillah bizda imkon bor rus tilini bilamiz, ingliz tilini bilamiz, internetga dostupimiz bor, o'qiymiz o'rganamiz, lekin boshqalar nima qiladi ?

O'zi hozirgi nasl aaaancha muncha savodsiz bo'lganligi hech kimga sir emas, keyingi nasllar undanda battar bo'ladimi bunday ketishda ?

Farzand tabiyasi bo'yicha faqatgina diniy kitoblarni ko'rgan edim, u yerda ma'lumotlatlar boru, konkret emas. Judayam umumiy masalalarda to'htalib o'tiladi.

Yana bir bor ta'kidlab iltimos qilaman, agarda shunday kitoblar bor bo'lsa bildiringlar.

AbdurRahman
11-19-2007, 08:50 AM
Hurmatli forumchilar,
iltimos bu threadda bolaning O'ZBEK tilida rivojlanishi uchun kerak bo'lgan materialni yozing va upload/download qiling, masalan qoshiqlar, oyinlar va hokazo. Oldindan raxmat.

Dear forumers,
let's write and upload/download in this thread all possible material to educate a child (since his birth) in UZBEK language, i.e. songs, games, poetry, everything that can be usefull. Thanx in advance.


Uzbekxonim, u can use http://uzbolalar.sofislom.com (http://uzbolalar.sofislom.com)
this is temporary site and will eventually be uzbolalar.com as soon as domain is transferred to a new server. Big projects are planned for this site for coming new year insha'Allaah.
However even if there are plenty of books , articles for kids the parents should themselves be good educated , because kids will see the PRACTICAL example from their parents. Whatever in those books, articles should first of all be practiced by parents themselves.



in english u can use www.muslimaat.info and www.islam4kids.com

SmIlIk
11-19-2007, 09:38 AM
O'g'ilcheyiz bilan ko'p, ko'p shirin suhbatlar quring :) O'yinlarini o'ynayotganda o'zbek tilida gapirishga e'tibor qarating. Yuz, ko'z, burun, lablarni sekin sekin qo'lingiz bilan ko'rsatib o'yinlar qiling. Yon atrofingizdagi o'zbeklar bilan sayrga chiqib turing. Ularning farzandlari bo'lsa undan ham yaxshi. Farzandingiz bilan tushuntirish ishlari olib boring. Nima uchun uning qilgan ishi yaxshi emas, yoki nima uchun uning qilgan ishini bugun maqatadingiz, TVzorning yonida o'ynash nima uchun yomon ekanligini ko'zlariga qarab tushuntirib beravering.

Bolajonlarning hotirasi juda qisqa bo'ladi. Shuning uchun bir narsani obdon tushunishligi uchun bir necha marotaba harakat qilishingizga to'g'ri keladi. Hayvonlar bilan kartochkalar tuzing. Jonli hayvonlarni ko'rsatish imkoniyatningiz bo'lsa, zooparkka ham tez-tez borib turinglar. O'zimni o'glimda ko'rgan effektlarim mana shulardan iborat.