PDA

View Full Version : SOGINISH


Adiba
12-14-2000, 05:49 AM
Armonning toshidan qurilgan,
Kulbada yotaman jimgina,
Devorlar shivirlar betinim,
"Otangni soginding, qizgina.."


Ukinch ham ilondek buralib,
Bugishni boshlaydi tezgina,
Urindiq gijirlar, kuy chalib,
"Otangni soginding, qizgina.."


Urnimdan turaman otilib,
Jom tomon uzalar qullarim,
Suvga-da jon bitar, pichirlar,
"Otangni soginding,qizgina.."


Kuchadan izlayman panohni,
Shamolda havoning tisgini,
U meni kuriboq soch yular,
"Otangni soginding,qizgina.."


Hech bulmas,qaytarman yotoqqa,
Otamning nigohi har yoqda,
Surati.. suz demas,zorgina
"Otangni soginding,qizgina.."


Alamning qadami uzilmas,
Ey, Hudo, bir yupanch bergina?!
Samodan sas kelar, nur kabi,
"Otangni soginding,qizgina.."


Besh yilki, uzimni yuqotdim,
Keng dunyo tor buldi kuzima,
Tong ham hurkibgina uygotdi,
"Otangni soginding, qizgina.."



Uzga honadonga ketar kunimda
Men kimning tiziga uray boshginam,
Sarpolar yiglaydi usha tunimda,
"Otangni soginding, qizgina.."


Gohida ut quygim keladi,
Shifohona derlar, qiziga?!
Ulim qah-qah urib kuladi,
"Otangni soginding,qizgina.."


Tutmadim sunggi bor qulidan,
Kuzata olmadim qabriga,
U hamon kutadi begina,
"Otangni soginding,qizgina.."


..Nihoyat, elitar shum charchoq,
Tushimda qabrida qizgaldoq,
Tebranar ohista,birgina,
"Otangni soginding,qizgina.."


Azizlar, bulurmi u rozi?
Qabriga tiz chuksam, bosh ursam,
Banogoh, jaranglar ovozi,
"Bahtingni bersina qizginam,
Bahtingni bersina qizginam..."

13.12.2000

Guest
12-14-2000, 12:10 PM
Hi Adiba nice poems please can you write about Ona too it will be cool too thanx and good-luck take care :)

ASAD
12-18-2000, 04:42 AM
Bu she'rni bir paytlar onamni rosaaa sog'ingan paytimda, judaa mohirona bo'lmasa-da, yozgandim.

SOG'INCH

Uzoqdaman bu kun uyimdan,
Sog'inchlarim bo'ldi bir jahon.
Bunda kutib student o'g'lin,
Yashaydi bir mo'tabar inson.

U onamdir, onajonginam,
Mehridaryo volidam - Ona!
Uyim ostonasidan chiqyotganimda,
Peshonamdan o'pgan dil mehri yona.

Oyga borib omon qayt, deya,
Duo qildi peshonam silab.
Ko'zin tikib ortimdan uyda,
Qoldi onam menga baxt tilab.

Batarin
12-18-2000, 11:01 AM
Thank you very much bro Asad it's really a good poem and I am really missing my mom Oyimni rossa sogindim yana bolsa yozila and take care :)

-gds

Batarin

ELBRUS
12-19-2000, 05:20 AM
Man shoir emasman ilgari yozmaganman ham lekin uyimni, utgan kunlarimni eslab soginib man ham hayolimga kelgan fikrlarni yozib tashlayverdim:)


Sogindim men, yana oyimni
ko'zyoshlarga tulgan nigohin
So'z deyolmay quchganda meni
His qilgan u taftni sogindim
SOGINDIM MEN...

Sogindim men dadajonimni
Ko'zlaridagi nurni sogindim
"Inson buling" deb bergan q'isq'a
Ugitlarin yana sogindim
SGINDIM MEN...

Sogindim men yana akamni
Ba'zi ba'zi dashnomlarini
ohirgi kun ukamni menga
Birdan yiglab berganlarini
SOGINDIM MEN...

Sogindim men usha kuchani
Usha gulzor, usha hovlini
Hona ichda beshikda yotgan
Jiyanchamni mungli kuzini
SOGINDIM MEN...

Sogindim men dustlarim bilan
"Bilyard"larda qolganlarimiz
Diplom olgan bulib favorralarda
Galstukda chumilganimiz
SOGINDIM MEN...

Sogindim men usha qizchani
Tog' sayriga kundiranimni
Osmnolarga termulib yotib
Yalpizlarni hidlaganiz
SOGINDIM MEN...

... Hayot esa ketyapti utib
Ba'zan sekin va ba'zan tezob
Ahyon ahyon qolaman surab
Nima SOGINCH? INOYAT? AZOB?...

Sanjar
12-19-2000, 11:05 AM
Adiba,

She'rizzi qahramoni kim? Abstrakt shaxsmi yoki aniq birkimmi?

SJ

Adiba
12-20-2000, 08:07 AM
She'rimni qahramoni uzim..