View Full Version : Gunohlar!!!
Salom aziz she'riyat shinavandalari!
Qalaysilar uzi, charchamasdan uqishlarni qoyillatib yuribsizlarmi? Sizlar tarafda uzi nima gaplar, biz tarafda qorni isi kelyapti, uzidan darak yo'q :)))
Quyida zerikmasligingizlar uchun she'rdonimdan bir turtlikni yozyapman, buni bir izohlashga urinib ko'rarsizlar:
x x x x x
Shaydo bo'lib boqaman doim,
Gulbog'ning gullolalariga.
Har bir guldan olgan gunohim,
Tengdir sochim tolalariga!
x x x x x
Eng yaxshi izoh albatta taqdirlanadi!
Bratan
12-15-2000, 01:11 PM
Gullola bu dunyo imtihonidur,
Begona gullola hayot domidur.
Hisoblashga sochda tola yetmagay,
Parvardigor o'zi kechirgusidur.
Bratan, harakat qilib ko'rganingiz tahsinga loyiq!
Lekin juda xom qilib yozvoribsiz-ku turtlikni. Qanaqa imtihon, qanaqa hayot domi? Siz soch bilan nimani hisoblamoqchisiz? :)))
Qani, yana harakat qilib ko'ringizlar izohlashga, Adiba, san'atizni bir ko'rsating endi!
Adiba
12-18-2000, 06:49 AM
Asadbek, avval prizni ayting, bitta yaxshi osh sizdan aylansin deng, ana undan keyin yeng shimarib boshlavoramiz!:)
ELBRUS
12-18-2000, 09:28 AM
ASADBEK kechirasizu "bratan" ancha ma'niliroq fikr va turtlik yozgan (garchi juda professional bulmasa)
siz esa ancha miriqib kulgan kurinasiz uni ustidan. Kurinishidan siz anchagiga sayozroq manoni kuzlagan kurinasiz "gulbogdagi gullolaringizdan"
siz bratanni qayta uqib chiqing yoki sizga faqat ADIBAHONni javobi kerak bulsa "ADIBAHONGA SAVOL" sarlavha quying edi.
omad tilayman.
mani fikrim ham "Bratan" nikiga uhshash yani she'ringizni umumiy qabul qildim(yana bitta uzingizni hayotingiz bilan bog'liq' emas deb)
"gulbogdagi gullardan olgan gunohlarimiz sochlarimiz tolalari kabi sanab bulmadigan darajada kupayib ketgan"
... ornida "GULBOGLARDAGI GULLAR" tugrisida har zamonda yozib turgan Umar Hayomdan..
LOLNI TEPKILAYOTGAN ANOVI KULOL
QILSA EDI BIR DAM HAYOL
uzr keyingi ikki misrasini eslolmadim lekin manimcha yahshi she'r edi va bizni fikrimizga sal aloqasi bor edi
ELBRUS, katta rahmat zamechaniya uchun. Lekin men rostdan ham Bratanning turtligi ustidan kulganimcha yo'q edi, lekin u haqiqatan ham mag'izni sal chalkashtirib qo'ygan.
Masalan, "Gullola bu hayot imtihonidur,
Begona gullola hayot domidur" degan misra sizningcha nimani anglata oladi? Qolgan keyingi ikki misraga hech qanaqa qarshiligim yo'q.
1-dan, turtlikda hech qanaqa sayoz fikr yashirilmagan, aksincha islomiy qadriyatga sid bir holatni tasvirlaydi xolos;
2-dan, bu turtlik sizga ham juda mos tushadi, desam, notug'ri demang! :)
3-dan, "gulbog'ning gullolalaridan" shu paytgacha olgan "gunoh"larimizning sanog'i hali sochlarimizning turtdan biriga teng kelmas, desam mubolag'a bulmasdir?! ;) :)
Xayyomning turtligi davomini men ham eslolmadim, lekin yaxshi davom ettirsa bularkan :)
Adiba, bitta palovxontura sizdan aylansin, uzim pishirib beraman :)))
Bratan
12-18-2000, 03:51 PM
Salom hammaga,
Mening yozgan turtligim (garchi professional bulmasada) bir muncha bahsga sabab bulgan kurinadi, shuning uchun ham muallif sifatida biroz uz fikrlarimni bildirmoqchi edim.
Asadbekka:
"Gullola bu hayot imtihonidur,
Begona gullola hayot domidur" degan misra sizningcha nimani anglata oladi?
1. Gullola deb men ayollarni nazarda tutganman. Haqiqatan ham, islomiy ta`limlarga ko'ra ayol kishi hayotda katta rol oynaydi, ayniqsa erkaklar hayotida desam qarshi bulmassiz. Bir vaqtni uzida erkaklar uchun ayollar (ya`ni nikohdan tashqari bulgan ayollar) bu dunyodagi imtihonning bir qismi bulmasada lekin kattagina qismini tashkil etadilar. Begona ayollar orqali qilgan gunohlarimizni (islom diniga ko'ra begona ayolga suqlanib qarash, u bilan qul berib surashish, upishish kabilar gunoh husoblanadi) tan olmaslikdan boshqa ilojimiz ham yuq, bu esa Alloh tomonidan yuborilgan imtihondan uta olmaganimiz emasmi? "Gullola bu hayot imtihonidur" deb men shunga ishora etganman. Bunday manoni 4 ta suz orqali ifoda etish balkim kimgadir uni tula yetkazib berishga imkon bermas. Asadbek, bu misra bilan nima demoqchi buganimni endi anglagandirsiz deb uylayman.
2. "Begona gullola hayot domidur" misrasidan kelib chiqadigan mano ham yuqorida berib utgan izohga bog'lanib ketadi. Bu misra bilan men bu hayotga emas, ohirat hayotga ishora etganman. Yani, begona ayollar bilan qilgan gunohlarimiz bizning ohiratimiz domidir, ohirat hayotimizni kuydiradi degan mano bu yerda yashiringan. Bu gunohlar eng katta gunohlardan hisoblangani uchun ham ohiratimizni kuydiradi, dom etadi demoqhi buganman bu misra orqali.
3. "Siz soch bilan nimani hisoblamoqchisiz? "
Aslini olganda gullola tufayli qilgan gunohlarimizni hisoblashga sochning tolalari yetmaydi. Uchinchi misra shunga ishora etadi. Bu yerda uhshatish ham bor. Sochimizda qancha tola bor ekanligini bilmaganimiz holda, gullola tufayli qilgan gunohlarimizni ham bilmaymiz. va 3 misra ana shularni bir biriga uhshatadi. Hech kim ayta olmaydiki, bitta begona ayol bilan "ishlab topilgan" gunoh qancha turishi yoki qancha hisoblanishini, shunday emasmi?
Menimcha shularning uzi 4 lik orqali nima demoqchi buganimni izohlab berish uchun yetarli. Mabodo kimnidir bu turtlik orqali fikrlar girdobida adashtirib quygan bulsam uzr surayman.
Hammaga omad tilayman,
Bratan.
Bratan, fikrlaringiz uchun katta rahmat! Tahsinga sazovor!
Bu turtlikni bundan turt yil oldin yozgandim islomiy qadriyatlarga zid holatlarni o'ylab...
Gulbog' bu biz yashayotgan jamiyat, gullolalar esa bizning yonimizdagi qiz-ayollar ekanligini qaytadan tushuntirishning hojati yuq deb uylayman. Kuchada yurasizmi, Universitetda bir necha qiz bilan bir seminarda utirasizmi, umuman qayda bulmasin, biror chiroyli qizni kurib qolib, unga suqlanib qarash, kungildan "ohhh, dahshat chiroyli, ketvorgan qiz ekan, bir tanishsam yomon bulmasdi", "ohhh, anavi qizni yurishini qaranglareyyy!", "wow, shu ayolni qulga kiritish uchun hamma narsaga tayyorman" yoki shunga uxshash boshqa fikrlarni kungildan utkazish biz yigitlarga xos oddiy va tark etib bulmas bir xarakterlardan biridir.
Bizning islomiy qadriyatlarimizda esa begonalarga, umuman uzingga tegishli bulmagan barcha qiz-ayollarga suqlanib qarash, ko'ngildan ular haqida shahvoniy fikrlar utkazish ko'z zinosi hisoblanadi va katta gunohdir. Shunday ekan, har kuni har joyda ko'rgan, uchratgan qiz-ayollar tug'risida shunday xayolga borish GUNOHdir, lekin tan berish lozimki, biz bu xarakterdan voz kecha olmaymiz negadir. Shundan voz kechishga astoydil harakat qilmaganimizning uzi ham bir gunohdir balki.
Soch tolalarini sanab bo'lmasligi bois, yuqorida aytilgan gunohlarni behisob soch tolalariga tenglatdim, qiyosladim. Natijakim, shul o'ylar girdobida usha turtlik dunyoga kelgan edi...
Bratanning turtlik javobida juz'iy xato bor. Men 1-replymda: "Qanaqa imtihon, qanaqa hayot domi? Siz soch bilan nimani hisoblamoqchisiz?" deganimda usha juz'iy xatoni nazarda tutgandim. Juz'iy xato shundaki, bu turtlik she'riyat qonunlaridan yiroqda, turtlikdagi "Gullola" va "Begona Gullola"ning uzi noo'rin takror ishlatilgan va she'r shaklini buzgan. Ikkinchidan, she'riyatda "hayot imtihoni" ishlatiladi, "dunyo imtihoni" emas. Qofiyadan tashqari bir turtlikda takror ishlatilgan suzlar esa she'rni qupol ravishda buzadi, bu esa bratanning turtligida yaqqol misoldir. Oxirgi ikki misrada "gunoh"ni nazarda tutilgani endi bizga ma'lum, lekin bog'lanish yo'qku, axir!
Men bu she'rni yakka turtlik sifatida o'qisam, shaxsan menga to'laqonli ma'no berolmaydi bu misralar.
Mana, masalan adabiyotni juda yaxshi tushunadigan ASdibaxon ham fikrini bildirib ko'rsin-chi bizning bahsimizga!
Bratan
12-18-2000, 05:57 PM
Asadbek,
Yaxshiyamki O'zbekiston shoirlar jamiyatining raisi emassiz, bo'lmasam sizning subyektiv baho berishingiz tufayli qancha yosh shoirlar ruhsizlanib qolishlari mumkin edi. Albatta har kim har bir sherni uzicha talqin etadi, uzicha qabul qiladi. Ohir natija esa omma nimani tushunib yetsa ushani bildiradi. Men bu bilan sizni fikringizni hurmat qilmaslik maqsadida emasman. Va bildirgan fikringizni hurmat qilsamda, lekin unga qushila olmayman. Sabablari quyida keltirilgan:
1. "Gullola" va "Begona Gullola"ning uzi noo'rin takror ishlatilgan...
Takror ishlatishdan maqsad, birinchi misradagi gullola bilan ayollarga umumiy ravishda qaralgan, ikkinchi misrada esa ularni ichidan begonalarini ajratib kursatish maqsadida huddi usha "gullola" suzini oldiga "begona" degan aniqlovchi qushilgan. Hayronman, bunda qanday hato bor ekan?
2. she'riyatda "hayot imtihoni" ishlatiladi, "dunyo imtihoni" emas...
Iltimos, mana shu jumlangizni tasdiqlovchi biror dalil keltirsangiz, sheriyat qonuniyatlarini uzida ifoda etgan qaysi asarda shunday deb yozilgan? Qolaversa, men yozgan to'rtlikka etibor bersangiz, "dunyo imtihoni" va "hayot imtihoni" kabi iboralar teng manoda ishlatilishi ham mumkin. Lekin men dunyo imtihoni variantini qabul qilganimni sababi "hayot" suzini, siz aytgandek, sher shaklini buzmasligi uchun, ikki marta qaytarishlikdan chekinishdir. Lekin bu holatni "gullola" suziga nisbatan ishlatib bulmaydi.
3. Oxirgi ikki misrada "gunoh"ni nazarda tutilgani endi bizga ma'lum, lekin bog'lanish yo'qku, axir....
BU turtlik sizning turtligingizni davomi bulgani yoki unga izoh berish niyatida yozilganligi tufayli ohirgi ikki misra bilan boshdagi ikki misra urtasida bog'liqlik ko'zga ko'rinmasligi mumkin, lekin shunday bulsada, har bir kishi bu yerda gap gunoh haqida ketayotganini bilganini uzi bog'liqlikka hojat yuqligidan darak emasmi? sizning turtligingizda qilgan gunohlar soni soch tolalaridek kup bugani takidlab utilgan va mening ohirgi ikki misram buni tasdiqlayapti holos.
4. Men bu she'rni yakka turtlik sifatida o'qisam, shaxsan menga to'laqonli ma'no berolmaydi bu misralar. ...
Bu sherni yakka turtlik sifatida uqish noto'g'ri ish bulgan bulardi, chunki bu sher sizni sheringizga javob yoki davom sifatida yozilgan. Bir turtlik ikkinchi bir turtlikning davomi ekanligini bila turib, nima uchun uni alohida uqishga harakat qilyapsiz, bilmadim. Qolaversa, har bir sher, turtlik, asar, hikoya, kino kabilarni butun manosini tushunib yetish uchun albatta uni to'laligicha hamma qismlarini ko'rib yoki uqib chiqish kerak.
Mayli kutaylikchi, qolganlar bunga nima deyishar ekin? Adabiyotdan sal bulsada bohabar bulganlarning barcha fikrlarini hisobga olib, keyin umumiy hulosa chiqarsak aqlli ish qilgan bulardik, menimcha.
Qani, adabiyot shinavandalari, bizning bu boradagi bahsimizga uz fikrlaringizni bildiringlarchi?
Bratan,
Uzbekiston yozuvchilar uyushmasiga rais bulishni hatto tushimda ham kurmayman. Lekin sizga va'da beraman, mabodo menda usha raisni tanlashga hal qiluvchi ovozni bervorishsa, suzsiz sizni Nomzod qilib kursataman. Ana shunda shubhasiz uzbek she'riyatida yangi burilish yuzaga keladi, kitob dukonlarida kitoblar umuman bexaridor qolmaydi :))) Shu bahonada biz LBchilar ham bittadan she'r kitobcha chiqarvorarmidik :)))
Nega siz masalan, gullola, va begona gullolada takrorlashdan qochmagansizu, hayot suzini takrorlashdan chekingansiz? Siz hayot suzi urniga bulsa biror sinonim, yuqsa kursatish olmoshimi ishlatishingiz mumkin edi.
Umuman bu bahs tuganmas kurinadi nazarimda siz bilan.
Birgalikda endi boshqa fikrlarni kutamiz. Shunisi ham ma'qulroqqa uxshaydi.
Hurmat ila Asad
Asad, Bratan dahshat javob she'r yozgan, bunaqa narsa hammaning qolidan ham kelavermaydi, qoyil qolish kerak,
sinonim haqida yozganlariz esa - unchalik maydalshishning keragi yoq, manimcha
dunyo va hayot sozlarini ham manimcha o'rinli ishlatgan, chunki uzi keyin izohlaganday, hayot bu shunchalik kunlik hayot bosa, dunyo sozi koproq otkinchi dunyo, besh kunlik dunyo iboralarda ishlatiladi - bu nuqtai nazardan qaraganda bu ikta so'z orinli ishlatilgan.
shunaqa munozaralardan bop tursin
bopti, omad
JUST
Bratan
12-19-2000, 01:47 PM
Asadbekka:
"Nega siz masalan, gullola, va begona gullolada takrorlashdan qochmagansizu, hayot suzini takrorlashdan chekingansiz?
Birinchi misrada dunyo suzining ishlatilishiga sabab, uning sher mazmuniga ko'ra hayot so'zidan ko'ra kengroq mano anglatishidir. Yani gullola faqatgina bir insonning hayotida emas, balki butun dunyodagi insonlarning hayotida imtihon bulishi mumkin, tugrimi? Shunday ekan, hayot suzi urniga dunyo suzini ishlatsak, uquvchiga kengroq hamda mazmunliroq mano yetkazib bergan bulamiz. Yani "Gullola bu dunyo imtihonidir" deyish orqali ayol/qiz bola bu dunyoda imtihondurlar (erkaklar uchun) degan fikr kelib chiqadi. Bu esa "Gullola bu hayot imtihonidir" deyish orqali kelib chiqadigan ayol/qiz bola hayotimdagi, yoki boshqa bir insonning hayotidagi imtihondir degan fikrdan ancha keng ma sermazmundir.
"Siz hayot suzi urniga bulsa biror sinonim, yuqsa kursatish olmoshimi ishlatishingiz mumkin edi"
Asadbek, qani o'zingiz ushbu fikringizni tasdiqlash maqsadida usha ikkinchi misradagi hayot suzi urniga biror sinonim yoki kursatish olmoshi quyib, keyin sherni boshqattan uqib chiqingchi, qanday mano kelib chiqar ekin? agar sherning hozirgi manosidan ko'ra kuchliroq yoki yanada mazmunliroq mano kelib chiqsa siz aytgan yul orqali, men uni tan olishdan hursand bulaman.
qolaversa, nima uchun gullola suzini takrorlagansiz, bu bilan hato qilgansiz mazmunidagi fikringizga javoban quyidagilarni keltiryapman:
Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Har nenikim sevmak andin ortuq bo'lmas,
Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
A.Navoiyning bu ruboiysidagi "seni ko'p sevarmen, ey umri aziz" jumlasi yoki "Saddi Iskandariy" asaridan keltirilgan ushbu baytdagi
Bu til birla to nazm erur xalq ishi,
Yaqin qilmamish xalq senidek kishi.
"xalq" suzining ikki marta qaytarilishi yoki Navoiyning "Hazoinul Maoniy" asaridagi ushbu turtlikdagi
Barchasini garchi latif aylading,
Barchadin insonni sharif aylading.
Barchasin haq zoti mavji bahra bil,
Ham vujudin mavj yanglig' onglag'il.
barcha suzi kabilar qayta - qayta ishlatilsada, lekin sherda hech qanday xato bor deya olmaymizku. Nega endi shunday buyuk insonlar sherlarida suzlarning takrorlanishi mumkinu, biz havaskorlarning turtligimizda bittagina gullola suzi qaytarilib ishlatilishi mumkin emas, Asadbek?
Hurmat bilan Bratan.
Bratan,
siz birinchi keltirgan A. Navoiyning ruboiysidagi "seni kup sevarmen, ey umri aziz" qofiya bo'lib kelgan. Har bir misra oxirisida kamida bir yoki ikki so'zning qofiya bo'lib takrorlanib kelishi ruboiyga xos xususiyatdir. Qofiyaning she'r go'zalligida qanday ahamiyati borligini bilasiz.
Ikkinchi misolingizdagi "xalq" so'zi birinchi ishlatilishda xalq' va 'ishi' so'zlari bir-biriga qaratqich bo'lib kelgan, ya'ni "xalqning ishi" demakdir. Bunda "xalq" so'zi gapga ega emas,aniqlovchi vazifada kelgan. Ikkinchi misrada esa u ega bo'lib kelgan.
Uchinchi misolingizdagi "barcha" so'zining har bir misrada olgan qo'shimchalari aytmayaptimi takrorlashda kamchilik yo'qligini.
Sizu bizdek havaskorlar takrorlashimiz mumkin emas deganimcha yo'q edi, lekin siz "gullola"ni noto'gri o'rinda takrorlagansiz, she'r vaznini buzgande axir.
Mazmunini buzmagan holda turtligingizni quyidagicha uzgartirgan bulardim olmosh qullash maqsadida,
albatta, ruxsatingiz bilan:
Gullola bu hayot imtihonidur,
Begona gul esa uning domidur.
Gunohingni hisobiga soch tolasi kam,
Parvardigor uzi kechirgusidur.
Bupti Bratan, keyingilarda ham omad!
Bratan
12-20-2000, 04:06 PM
Asadbek,
Bu bahsimiz tuganmasga uhshaydi, yahshisi halq nimani tushunsa shu ahamiyatga ega degan fikr bilan tugallab quya qolaylik bu tuganmas bahsni. Siz bilan biz hohlaganimizcha tortishishimiz mumkin, lekin menimcha eng muhimi halqning fikri. Uqishlaringizga omadlar tilab qoluvchi,
Yoqubjon.
Ma'qul fikr, mavlono Voqubjon!
Muborak hayit ayyomi va kirib kelayotgan yangi 2001 yil bilan sizni hamda barcha LBchilarni chin qalbdan tabriklab, o'qish-ishlarda omad tilab qolaman!
Asadbek
KIMSA
12-23-2000, 12:45 PM
Assalomu aleykum, aziz sheriyat shaydolari.
Hammelrri hayitlar bilan tabriklayman.
ASADBEK, BRATAN ikkovilarriyam sherilar zor, gap yoq. buncha bir birilarga tortishishsshsi kerki yoq.
hammani oziga yarasha kamchiliklari boladi, manimcha.
Sherilarda zor manoni kotargansilar.
Lekin shu hususiyatni yoqtish mumkin, harakat qisa yani qizlarga suqlanip qarash hususiyati.
Bir harakat qip korila.
Gunohlar masalasizga kesak, manimcha bu soch tolalalri adadi qilgan gunohlarimiz oldida arzimas miqdorni tashkil qisa kerak. Faqat inson kopincha qilgan ishlarini hisobini oziga bermaydi. agar ozini hisop qip tursa ancha boshqacha bolardi.
Bir misol, Hazrat Umar har kuni yotishdan oldin, :Ey, Umar bugun nima savobli ish qilidng dep sorarkan. javobi: Hech narsa qilmadim: bolarkan va homush uyquga ketarkan.
Bu Hazrat Umar.
Biz esa hehheee!
Mayli dostlar ijodilarga omad
Nodir
12-24-2000, 12:43 PM
Salom Asad, Yoqubjon va qolgan bu bahsda ishtirok etganlar.
Ochig'i juda ajoib tortishuv bo'libdi, xalqimiz vakillari ichida Siz kabilar borligidan sevindim, doim quyidagi fikr miyamda yuradi :Bizning xalqimiz, vatanimiz iste'dodli odamlarimiz yo'qligidan emas, ularni qadriga etmaganimiz, o'z orinlariga qo'yib ishlatolamaganimiz uchun ko'plardan otrdamiz. Xay mayli, shu yunalishda malum urinishlar davom etarkan bir kun natihasi bo'lar.
Ikkingizning ham qarashlaringizni himoya qilishingiz ma'lum asosga ega, salomat bo'linglar.
Faqat, 1 narsa, menimcha ham Yoqubjon yozgan to'rtlik she'rdan ko'ra nasriy bitikka o'xshashroq.
Undan tashqari 4-misra to'g'risida savollar tug'iladi:
1.U darak gap shaklida, shunday emasmi? (Ammo agar Alloh kechirsin manosini ko'zda tutgan bo'lsangiz, mano to'g'ri, lekin jumla tuzilishi noto'g'ri menimcha).
2.Shunday bo'lsa, u xato bo'lishi ehtimoli bor, chunki qayerdan bildingiz Xudo kechirishini, tavba qilingani avvalgi misralarda anglashilmaydi menimcha. sabab, (Shaydo bo'lib boqaman doim)da bu hali ham qilinayotgani va qilinishi bor, shunday emasmi?
Gunoh esa aslida jazolanishi borligi uchun gunoh deyiladi, kechirilishi uchun emas.
---------------------------------------------
Asadning to'rtligini izohlash va javobiga hamda Yoqubjon to'rtligini qolibini (ozroq manosini ham )o'zgartirish niyatida bitilgan yana bir urinish:
Gullola hayotning bir imtihoni,
Noto'g'ri yondashdingmi? "yiqitur", ochiq.
Sen esa nayzalarsan, sochilur "qoni",
"qatra"larin sonlaricha yulduzlar sochiq.
Ramazon keldiyu biz, qilmadik tavba.
Qilib turgan gunohlardan jilmadik tavba!
Erta- indin ketgusidir umidin uzib,
Qilib "tavba" Ramazon, qilmasak tavba.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.