PDA

View Full Version : BU dunyoda yashashdan maqsad nima?


AbdurRahman
11-20-2007, 01:38 AM
http://sofislom.com/images/270px-Basmala.svg.png

Insondagi tabiiy fitrat nima yaxshi va nima yomon, nima to'g'ri va nima noto'g'ri ekanligini tan oladi. U fitrat Alloh taoloning Sifatlari chin, yagona, tengi yo'q va eng komil ekanligini biladi. U fitrat Allohning sifatlari kamsitilishida, Allohga maxluqot sifatlarini berilishida o'zini qulay his qilmaydi va u narsalarga rozi ham bo'lmaydi.

Ba'zilar Alloh taolodan "rozi bo'lmay" yangi to'qilgan "ona tabiat" ga ibodat qilisha boshlashdi. Chunki ularning ko'pchiligiga o'rgatilgan aqida bu cherkovlarda ko'r-ko'rona o'rgatiladgan "Alloh taoloning o'g'li bor " yoki "Alloh taolo o'g'lida tajassum bo'lgan" va hokazo shu kabi botil aqida bo'lgan. Materialistik texnologiya rivojlanishi bilan boshqa dindagilar "Allohni unut" va "hayotda yasha va unda o'zingcha maza qil" kabi narsalarga o'tib ketishdi.

Bugunda biz materialistik rivojlanish ko'plab murakkab ijtimoiy, iqtisodiy , siyosiy va ruhiy muammolarni keltirib chiqarganligini guvohi bo'lamiz. Ko'pchilik dinlaridan uzoq bo'lganlar yana haqiqatni izlanishga tushdilar. Ba'zilar esa hayotning murakkabligidan bir necha yo'llarni qo'llab hayotdan qutulishga harakat qilishmoqda.

Qu'ron va Islomga yaxshilab e'tibor berganlar, agar amal qilishsa, ularning bu dunyodagi maqsadlarini aniq bajaruvchi to'liq hayot yo'lini topdilar. Alloh insonning yolg'on ilohlarga: tabiatga, shahvat, mulk, erkak, ayol, nafs va boshqa narsalarga qul bo'lib qolishlarini xohlamadi. Alloh taolo faqatgina U insonni boshqa yolg'on ilohlarga qul bo'lishdan forig' qila olishligini isbot qildi. Insoniyat Alloh taologagina bo'ysunib va faqatgina Uning quli bo'lib yashashi darkordir.

Alloh taolo Eng Avvaldir, undan avval hech narsa yo'q, U Eng Oxirdir; Undan keyin hech narsa yo'q. U Eng Oliydir, Undan oliy hech narsa yo'q, U Eng yaqindir, Undan yaqin hech narsa yo'q. U tug'magan va tug'ilmagan ham. U Odam alayhis salom, Nuh alayhis salom, Ibrohim alayhis salom, Musa alayhis salom, Iso alayhis salom va Muhammad sallallahu alayhi wa sallam Robbisidir. Inson Ungagina bo'ysunishi lozim.

Insoniyat o'zining bu dunyodagi maqsadini bilishi shartdir. Alloh taolo oldida bo'lgan vazifalari va Qiyomatda Unga qaytganlarida yuzlari yorug' bo'lishlari uchun nimalar qilishlari kerakligini aniqlashlari zaruriydir.

AbdurRahman
11-20-2007, 01:39 AM
Alloh insonni yaratdi va inson Unga tegishli. U (subhanahu va taolo) inson bir kun kelib bu dunyodan o'tishi va Unga qaytishini taqdir qildi. Bu dunyo o'tish dunyosidir. Alloh taolo insondan o'z hayotini Uning yo'li bo'yicha qurishini xohladi. Mana shu ibodatning ma'nosidir. Ibodat insondan Allohga to'liq bo'ysunish, muhabbat va Uning oldida o'zini kamtarin tutishlikni talab etadi. Alloh taolo Unga bo'ysungan va Ungagina ibodat qilganlarga Jannatda abadiy hayotni va Uni va buyruqlarini rad etganlarga esa Do'zaxda abadiy hayotni va'da qildi:

Bas, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar noz-ne'mat jannatlaridadirlar.(Al Hajj surasi, 22:56)

Kofir bo'lgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar, aynan o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular unda (do'zaxda) abadiy qolurlar.(Baqara surasi, 2:39)

Inson xoh dehqon, xoh mashina haydovchi, xoh komputer bilan ishlovchi, xoh prezident, xoh biror firma boshlig'i, xoh er, xoh xotin va h.k bo'lsin Alloh taolo vahiy qilgan hidoyatga rioya qilmog'i darkordir. Yaxshi va yomonni belgilagan va bizlardan ko'ra yaxshiroq bilgan zot bu Allohdir.

Alloh taolo aytadiki:

Erkakmi yo ayolmi - kimda-kim mo'min bo'lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga pok hayot baxsh eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan amallarining chiroyligi barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.(An Nahl Surasi, 16:97)

Alloh taolo yuborgan vahiy barcha yaxshilik hamda barcha yomonlik haqida xabar beradi. Insonning chegaralangan tabiati barcha yaxshilik va barcha yomonlikni Allohning hidoyatisiz bila olmaydi:

Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo'lgan Kitob (Qur'on)ni nozil qildik(An Nahl surasi, 16:89)

hukm faqat Alloh ixtiyoridadir. (U) O'zidan boshqaga sig'inmaslikka buyurgan. To'g'ri din - mana shu! Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.(Yusuf surasi, 12:40)

Alloh taolo bizga aniq qildiki:

Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir. Rabbingiz bandalarga zulm qiluvchi emasdir. (Fussilat surasi, 41:46)

Eng katta yaxhilik bu Allohgagina ibodat qilishlikdir va Alloh shu uchun ham bizlarni yaratdi:


Men jin va insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. (Az Zariyat surasi, 51:56)

Islom xabari inson fitratiga mosdir. Alloh insonni eng yaxshi holatda yaratdi. Alloh taolo inson fitratiga g'aybiy(ko'rinmas) narsalarga ham iymon keltira olishga qobiliyat berdi.

AbdurRahman
11-20-2007, 01:42 AM
Inson hayoti mobaynida ko'pgina narsalarni ko'rmaydi ammo ularning borligini alomatlariga qarab biladi.Masalan, elektronni inson o'zi ko'ra olmaydi ammo uning ta'silarini oskilloskop orqali elektron to'lqin holatida ko'rish mumkin. Tabiatda va o'zimizda ham biz barcha joyda Allohning alomatlarini ko'ramiz.

Alloh taolo aytadiki:

”Albatta kecha va kunduzning almashib turishida hamda Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo’ygan narsalarda Allohdan (va Uning azobidan) qo’rqadigan qavm uchun ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Yunus surasi 10:6

”Albatta osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli o’lik yerni tiriltirib,bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv(yomg’ir) degan ne’matda va shamollarning yo’naltirilishida, osmon va Yer orasidagi itoatgo’y bulutda –(bularning hammasida) aqlli kishilar uchun Allohning yagona Robb ekanligiga ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Baqarah surasi 2:164

Alloh taolo biz ko'radigan va ko'rmaydigan narsalarni yaratdi. Bizlarga rizq, ne'mat ato qildi. Alloh taolo aytadiki:

“Ey insonlar,sizlarga Alloh ato etgan son-sanoqsiz ne’matni eslangiz!Sizlarga osmonu zamindan rizqu ro’z beradigan Allohdan o’zga bironta yaratguvchi bormi?! Shuning uchun Unga sherik qilib boshqa narsalarga ibodat qilma, balki faqatgina Unga(Allohga) ibodat qil…”Fotir surasi 35:3

Demak, biz faqatgina Alloh taologa ibodat qilishimiz kerak ekan. Mana shu Allohning bandalari ustidagi haqqidir.

Muaz Ibn Jabal(radiallahu ’anhu) dan rivoyat qilinadiki:

“Men payg’ambar (sallallahu ‘alayhi va sallam) orqalarida eshakka mingashib ketayotgandim va u menga aytdi:”Ey Mu’az, Allohning bandalaridagi haqqi va bandalarning Allohdagi haqqini bilasanmi?” Men javob qildim:”Alloh va Uning rasuli yaxhiroq biladi”.U davom etdi:” Allohning bandalardagi haqqi, faqatgina Unga ibodat qilish va hech qachon hech narsani U bilan sherik qilmaslik. Bandalarning Undagi (Allohdagi) haqqi U bilan sherik qilmagan bandani jazolamaslikdir”. Men aytdim:”Ey Allohning elchisi, odamlarga bu xushxabarni aytaymi(etkazaymi)?” U javob berdi:”Yo’q, ularga aytma qaysiki ular (bu va’daga) bog’lanib qolishadi (va Unga(Allohga) xizmatdan qaytadi) [Yuqoridagi Hadith 2 Sahih kitoblarida keltirilgan{Al-Bukhari and Muslim}].


Insonning fitrati hattoki Allohni bu dunyoda ko'rmasada Allohning sifatlarini va Uning olamdagi alomatlarini tan oladi. Jannatdagi eng oliy mukofot bu Allohni ko'rishlikdir. Allohni Uning Go'zal Ism va Komil sifatlari orqali tanishlik, bilishlik insonni o'zining bu dunyodagi maqsadini amalga oshirishga haydaydi.

Alloh taolo aytadiki:

(Ibodat va din to'g'risidagi) hukm faqat Alloh ixtiyoridadir. (U) O'zidan boshqaga sig'inmaslikka buyurgan. To'g'ri din - mana shu! Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar (12:40)


Allohning sifatlari va Uning olamdagi alomatlari Uning yagona ekanligiga va faqatgina U ibodat qilinishga loyiq bo'lgan haqiqiy Zot ekanligiga guvohlik beradi.

Rad qiluvchi inson Allohga ibodatni rad etishi mumkin yoki Allohdan o'zgaga ibodat qilishi mumkin. Bunday rad qiluvchi insonlar orasida, bu olam o'z-o'zidan paydo bo'lgan yoki tasodifan paydo bo'lgan degan o'ydagilari ham mavjud. Bu esa insonning bu dunyoda "hech qanday maqsadi yo'q" ekanligini taqozo etadi , chunki u bu dunyoga aniq belgilangan maqsadsiz keldi. Natijada, butun tarbiyaviy jamiatning borligi mazmunsiz bo'lib qoladi. Inson faqatgina "ona tabiat" ga javob beruvchi "robot" dan boshqa narsa bo'lmay qoladi. Bunday fikrlashdan hech qanday maqsad yo'qdir, va bu holat ba'zi insonlarda hayot va o'limni, butun olamni ma'lum bir o'lchov bilan yaratgan Zot bilan bog'lanishni tan olmaganlar orasida uchraydi.

Alloh taolo aytadiki:

Alloh barcha narsa uchun miqdor (o'lchov) qilib qo'ygandir. Taloq surasi 65:3

Insonning Allohga muhtoj ekanligini rad etuvchilar bu dunyoda umuman maqsadsizlar qatoriga kiradi. Alloh taolo bunday insonlar haqida aytadi:

Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o'shalar g'ofillardir. (A'rof surasi, 7:179)

davomi bor.