View Full Version : Tog'ay Murod
O'zbek
01-01-2001, 03:45 PM
Tog'ay Murodning asarlari, yozish uslubi haqida 2 oy oldin bir thread yozilgan ekan. Men esa u paytlarda LBga kirmagan ekanman.
Garchi Optimist aytganday o'qish qiyin bo'lsa ham men "Otamdan qolgan dalalar" asarini o'qiganman. O'zimni majburlab emas, yoki janubiy viloyatlardan ham emasman, faqatgina asar yoqqani uchun. "Ot kishnagan oqshom" ham juda qiziqarli asar.
Nimasi menga yoqqan?
1) Urf odatlar hech qanday bo'yoqlarsiz, homligicha, tabiiy holda ko'rastilgan
2) Tog'ay Murod kimligidan uyalmay yozgan, demoqchimanki, juda ko'pchilik o'z halqi, yoki millati haqida yozganda nihoyatda o'ylab, boshqalar nazarida kulgili tuyulishi mumkin bo'lgan narsalarni yoki yozmaydi, yoki boshqacha qilib yozadi. Bu esa ko'pincha sun'iy chiqadi. Tog'ay Murod asarlarida esa sun'iylik yo'q.
3) "Ot kishnagan oqshom" ham "Otamdan qolgan dalalar" ham yozuvchi boshidan o'tkazgan kechinmalar yohud real hayotdan olingan voqealardir.
Shuning uchun juda ko'pchilik garchi asarni o'qimasa-da, bu asar asosidagigi filmni miriqib tamosha qilishgan va o'ta ta'sirlanishgan.
Demak, Tog'ay Murod uchun o'quvchilar orttirishda bitta minus - uning usubi bo'lsa kerak. Lekin shu uslubni tushunib, o'qiy olgan odam yozuvchi asarlaridan ko'p narsa oladi.
OPTIMIST
01-02-2001, 08:03 AM
ASSALOMU ALAYKUM,
O'zbek o'ga, malades, sizga yokipti, hursandman,
Man ham shu yil uyga borganda albatta o'zimmi majburlab okiyman,
OPTIMIST ;)
O'zbek
01-02-2001, 12:26 PM
O'rtoq Optimist,
Ya tebya odin umniy vesh skaju, tolko ti ne obijaysya.(Reference "Mimino").
T. Murodni o'qish uchun ahd qilibsiz, buning uchun sizga tasnnolar aytib, zvaniyeyizzi mayorga ko'tarsa bo'ladi. Lekin agar yahshilab e'tibor bergan bo'lsangiz, men yuqoridagi hatimda o'zni majburlab o'qish haqida indamagamdim.
Nima bo'lganda ham bu sizning ishingiz, o'zingizni majburlab bu kitoblarni o'qib hali Surhondaryodan uylanaman, kechdim M...rdan deb qolasizmi ;).
Omadlar
ELBRUS
01-03-2001, 06:30 AM
Man ham OZBEKni gapiga qushilaman.
Togay Murodni asarlari qandaydi tushunarsizga uhshiydiyu lekin uqigan saring unga kirib borasan va his qilasan.
Umuman yahshi yozadi, man Surhondaryolik emasman Quqoqonlikman lekin negadir bu urf odatlarni bilmasam ham manga bu asar yoqgan.
OPTIMIST
01-03-2001, 11:33 AM
GENERAL,
LOL, LOL va yana LOL,
Oh, ALLAH, save me from ............(greeks):(
Unday bolsa okimiyman, hehehe, GENERAL ;)
OPTIMIST ;)
Asadbek
11-20-2005, 03:05 PM
Ma'lumki, yozuvchi Tog'ay Murod 2002 yil oxiri yoki 2003 yil boshlarida olamdan o'tgan... :( (Oxirati obod bo'lsin!)
Rahmatli yozuvchining qachon olamdan o'tgani haqida aniq ma'lumotga egalar, shu yerda yozib qoldirsangiz katta savobga qolardingiz.
O'zim qidirib aniq javob topolmadim. Ertagacha javob topilsa yaxshi bo'lardi, bir nemis adabiyotshunosiga kerak ekan.
Ulug'bek
11-20-2005, 03:57 PM
Ma'lumki, yozuvchi Tog'ay Murod 2002 yil oxiri yoki 2003 yil boshlarida olamdan o'tgan... :( (Oxirati obod bo'lsin!)
Rahmatli yozuvchining qachon olamdan o'tgani haqida aniq ma'lumotga egalar, shu yerda yozib qoldirsangiz katta savobga qolardingiz.
O'zim qidirib aniq javob topolmadim. Ertagacha javob topilsa yaxshi bo'lardi, bir nemis adabiyotshunosiga kerak ekan.
Afsuski Sizga yordam beraolarkanmikin deb google ni biroz titishim birorta foydali malumot topishga olib kelmadi!
Keyin nima bo'ldi deng:) ?
Sizning o'zingizning bu mavzuda yozgan bir postingiz chiqib qoldi, ammo u ham Siz bugun istaganingiz aniq malumot bermaydi, shunday bo'lsa ham balki o'sha yozuvingizni qayta o'qish xotirlashingizga yordam berar degan maqsadda linkini bu yerga qo'ydim, u postingiz 06-03-2003 da yozilgan va unda T.M. ning olamdan o'tganini aytib o'tgansiz.
http://www.forum.uz/archive/index.php/t-10713.html
Asadbek
11-20-2005, 04:21 PM
Ulug'bek, tashakkur sizga do'stim!
Bu postimni bugun o'zim ko'rgandim, aniq yordam bermagach, taxmin bilan chegaralanib qolmayin, deya, xalqdan so'ragandim. (kayfiyat yo'qligidan, xotira ham pand bermoqda...)
O'sha mavzuda yozilgan vaqtdagi kayfiyatga qarab, 2003 yil bahor oylari bo'lishi kerak, degan taxminim kuchayib bormoqda.
DaeAnd
11-23-2005, 04:15 PM
Ulug'bek, tashakkur sizga do'stim!
Bu postimni bugun o'zim ko'rgandim, aniq yordam bermagach, taxmin bilan chegaralanib qolmayin, deya, xalqdan so'ragandim. (kayfiyat yo'qligidan, xotira ham pand bermoqda...)
O'sha mavzuda yozilgan vaqtdagi kayfiyatga qarab, 2003 yil bahor oylari bo'lishi kerak, degan taxminim kuchayib bormoqda.
Tog'ay Murod(taxallusi, asl ismi sharifi Mengnorov Tog'aymurod) (1948.3.2 Surhondaryo vil. Denov tumani Xo'jasoy qishlog'i-2003.27.5 Toshkent) O'zbekiston xalq yozuvchisi(1999)
Birinchi yirik qissasi-"Yulduzlar mangu yonadi" (1976). "Ot kishnagan oqshom"(1979), "Oydinda yurgan odamlar"(1980), "Momo Yer qo'shig'i"(1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan.
"Otamdan qolgan dalalar "(1993) romanida O'zbekistonning mustamlakaga aylantirilishi va tunu kun mehnat qilib yashayotgan o'zbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi og'ir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul o'zbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga ko'tarilgan. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). "bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" romanida ham o'z ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolg'on e'tiqodlar. soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini xajviy bo'yoqlarda tasvirlagan.
Jack Londonning "Boyning qizi" dramasi va hikoyalarini, E. Seton.Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a" qissasini o'zbek tiliga tarjima qilgan. A.Qodiriy nomidagi O'zb Davlat mukofoti laureati 1994.
Manba: O'zb Milliy Ensiklopediyasi 8-bo'lim
P.S Ayrim nosozliklarga ko'ra kechikib post qilindi...
Asadbek
11-24-2005, 06:35 AM
Tog'ay Murod(taxallusi, asl ismi sharifi Mengnorov Tog'aymurod) (1948.3.2 Surhondaryo vil. Denov tumani Xo'jasoy qishlog'i-2003.27.5 Toshkent)
...
Sizga kattakon tashakkur DaeAnd!
Qanday savob ish qilganingizni bilmaysiz :)
Bundan 5 kun oldin pensiya yoshidagi bir nemis turkshunos ayoli menga murojaat etganidi. O'zbekchada shunaqa ajoyib gapirar ekan, hayron qoldim.
Tog'ay Murod haqida "Brockhaus" enciklopediyasining (ancha nomdor enciklopediya) yaqinda tayyor bo'ladigan navbatdagi nashri va keyinroq chiqadigan "Kindler" nashriyotining Adabiyot enciklopediyasi uchun yozayotgan ekan.
Kelgusi yil boshida xudo hohlasa o'sha kitoblarda chiqadi bu ma'lumotlar. Hozir jo'natib yuboraman.
..."Brockhaus" enciklopediyasi uchun yilni (Tog'ay Murod vafot etgan yil) aniq bilish juda yaxshi.
Lekin dekabrda boshqa enciklopdiya uchun ham yozishim kerak ("Kindler" nashriyat uyinin adabiyot enciklopediyasi). Ular uchun kun bilan oyni ham bilsam yaxshi bo'lardi.
BIBIHONUM
04-30-2006, 10:25 AM
Ìåí äóí¸ òàëàøìàäèì!
Ôàêàò èçëàíäèì, ôàêàò ¢êèäèì...
Davomi:
http://aks-sado.livejournal.com/7161.html#cutid1
Godunov
04-30-2006, 12:41 PM
Tog'ay Murodni o'z sog'inch hislarini qo'tonga kirganda anqib turadigan qo'ylarni qumoloqlarini hidi bilan ajoyib tarzda tasvirlaganida, uni yozish uslubiga besh ketganman;)
Maftuna
05-03-2006, 08:58 AM
Ma'lumki, yozuvchi Tog'ay Murod 2002 yil oxiri yoki 2003 yil boshlarida olamdan o'tgan... :(
Eshitmagan ekanman... Yig'ladim... Asarlarini sevib va qayta-qayta o'qiyman... Hudoga yaqin bo'lsinlar.
AbdulAziz
05-13-2006, 01:53 PM
“BU DUNYODA O'LIB BO'LMAYDI”
Serquyosh o‘lkada ko‘rmasdik ziyo,
Daryolar bo‘yida edik suvga zor.
* * *
Qari odamning enagasi—go‘rkov.
* * *
Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
* * *
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
* * *
Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar o‘qiydi. Ammo ko‘chat ekib, daraxt o‘tqazolmaydi. Kitob boshqa hayot boshqa ekanligini tasavvur ham eta olmaydilar. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi, qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. Biroq ular o‘zlarini nihoyatda aqlli hisoblaydilar.
* * *
Ozodlik-ozodlik... Yaratganning o‘zi bizni mazkur so‘z bag‘riga topshirdi. Biz mazkur so‘z bag‘rida... chaqaloq bo‘lib yotibmiz! Biz hali otamiz kim bilmaymiz, onamiz kim bilmaymiz. Eng fojiali joy...do‘st-dushmanimiz kim—bilmaymiz.
* * *
Olomon to‘qim tabiat bo‘ladi! Bir kunlik kayfiyat bilan jam bo‘ladi. Bir soatlik maqsad bilan yig‘iladi. Keyin, birdan... aynib qoladi.
* * *
To‘dada aniq bir maqsad ham, orzu-niyat ham bo‘lmaydi. To‘da hamisha aybdor izlaydi, to‘da hamisha gunohkor qidiradi.
* * *
Inson sariq chaqachalik bo‘lmay qoldi. Ushoqday tilla taqinchoqni olish uchun ayolni pichoqlab ketayapti. Bu—iqtisodiy tanglikdan demoqdalar. Yo‘q, bu iqtisodiy qiyinchilikdan emas. Bu—mafkuraviy ojizlikdan, mafkuraviy zaiflikdan.
* * *
Adabiy yelvizaklar yo‘lida uchramish adabiyot darg‘alarini ...belidan olib belangi qildi. Burnidan suv oqizdi, ko‘zidan yosh oqizdi. Og‘zidan qon oqizdi.
* * *
Yomondan-yomoni—inson o‘z marazligini ...toat-ibodat bilan niqoblab yashaydi. Inson o‘z ablahligini ...shariatpeshvolik bilan bekitib yashaydi. Inson o‘z haromiligini ...Xudoga e’tiqod qo‘yish bilan yashirib yashaydi! Azal-azaldan shunday.
* * *
Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi.
* * *
Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu bunyo otini hayot deydi.
* * *
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!”
“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”.
Tog‘ay Murod
http://ziyo-uz.narod.ru/aforizm.html
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.