PDA

View Full Version : O'zbekiston Jahon Chempioni!


Han
11-19-2007, 06:49 AM
ЧЕМПИОНЛИК УЧУН БИР ҚАДАМ ҚОЛДИ

Манба: www.tff.org Киритилган вакти: 19.11.2007 15:29

http://www.uff.uz/images/files/uzb_tur_amputee.jpg
Жаҳон чемпионатида иштирок этаётган Ўзбекистон ногирон-ампутантлар терма жамоаси финал йўлланмасини қўлга киритди. Ўзбекистон ва Туркия ўртасидаги ярим финалнинг дастлабки учрашувида ватандошларимиз 2:1 ҳисобида ғалаба қозонишга муваффақ бўлишди. Икки туркий халқларнинг ўзаро учрашувида ҳисобни ҳамюртимиз Аъзамжон Исматов 24-дақиқада очган бўлса, 34-дақиқа Жунайт ҳисобни тенглаштирди. Орадан 2 дақиқа ўтиб Абдумажид Шукуров терма жамоамизга ғалаба келтирган тўп муаллифи бўлди. Шундай қилиб, эртага мезбонлар – Туркия термаси 3-ўрин учун майдонга тушса, Ўзбекистон терма жамоаси финалда Бразилия-Россия жуфтлиги ғолиби билан мусобақанинг бош соврини учун майдонга чиқади.

баракалла.. бу етти мучаси согломларга туртки булса ажабмас

Mahmud
11-19-2007, 07:35 AM
Final

O'zbekiston - Rossiya

Uchrashuv ertaga Turkiya vaqti bilan 11:30da boshlanadi. Rossiya biroz kuchliroq. Shunday bo'lsa-da yurtdoshlarimizga omad tilayman! Maydon tekis, to'p yumaloqligini ko'rsatib qo'yishsin!

Mr. Putin
11-19-2007, 03:24 PM
Sentyabrda bolgan uchrashuvlarda biznikilar 3 chi o'rin olishgan ekan (http://www.stadium.ru/index_local.asp?curNewsId=12563).
1. Rossiya, 2. Braziliya va 3. O'zbekiston.
Endi koramiz bu finalda kim yutar ekan. Omad tilab qolamiz vatandoshlarga. Bir chempion bo'lib ko'rsatib qoyisharmidi milliy termamizga, qanaqa futbol o'ynash kerakligini.

anticipator
11-19-2007, 10:16 PM
олга узбекистон

AstanaBaba
11-20-2007, 05:12 AM
O'zbekiston CHEPION

Final mьsabakasında Rusya'yı 2-1 mağlup eden Цzbekistan Dьnya Ampute Şampiyonu oldu.

Dr_Didro
11-20-2007, 12:53 PM
http://worldamputeefootball.com/index.htm

Bir tomondan fahrlanarli bir tomondan achinarli xabar. O'zbekiston nogironlari (amputantlar) mana ikkinch bor futbol bo'yicha jahon chempioni bo'lyapti. O'tgan safar finalda Braziliyani dog'da qo'ldirgan azamatlar, bu gal Rossiya ustidan g'alab qozondi.

O'zbekiston amputantlar futbol jamoasi chempionatda biron marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Afsus, bugungi kunda ularga e'tibor istalganday yaxshi emas. Sharoitlari ancha og'ir bo'lishiga qaramay, barakalla hamisha g'olib!

GROUP B
W L
Uzbekistan 5 0
Brazil 4 1
Iran 3 2
Ukraine 2 3
Sierra Leone 1 4
Nigeria 0 5

Dr_Didro
11-20-2007, 12:56 PM
Time
1. Team
Score
2. Team
Stadium
09:30
BRAZIL
2-4
UZBEKISTAN
GÜNDÜZ TEKÝN ONAY
10:30
RUSSÝA
4-2
ENGLAND
ORG. AYTAÇ YALMAN
11:00
UKRAYNA
2-1
SIERRA LEONE
GÜNDÜZ TEKÝN ONAY
Forfeit
TURKEY
3 - 0
GHANA *
ORG. AYTAÇ YALMAN
Forfeit
IRAN
3 - 0
NIGERIA **
GÜNDÜZ TEKÝN ONAY

MUHLIS
11-20-2007, 01:27 PM
O'tgan safar shularning kelishini ko'rish va olqishlash uchun aeroportga chiqqandim.......ularning yutug'ini yetarlida darajada baholashdi va qadrlashdi deb hisoblamayman. Balki bu safar boshqacha bo'lar.....finalda AQShni yutganida aniq karnay-surnay qilib yuborishardi.....

UzLand
11-20-2007, 02:02 PM
finalda AQShni yutganida aniq karnay-surnay qilib yuborishardi.....

шу ерда хам сиесат курбонимиз денг...афсус...

яна бир ачинарли жойи шуки, биз футбол буйича бир оекда икки оекдан кура яхширок уйнарканмиз...балки миямизнинг факат бир томони ишлаганида яхширок хает кечирган булармидик...

MUHLIS
11-20-2007, 02:11 PM
яна бир ачинарли жойи шуки, биз футбол буйича бир оекда икки оекдан кура яхширок уйнарканмиз
Endi Braziliyaliklar u bu desa "o'chir, senlarni bir oyoqda yutib qo'yganmiz" deyaveramiz qo'rqmasdan.
Lekin shu odamlarning matonati va kamtarligiga qoyil qolganman.

Dr_Didro
11-20-2007, 02:33 PM
Endi Braziliyaliklar u bu desa "o'chir, senlarni bir oyoqda yutib qo'yganmiz" deyaveramiz qo'rqmasdan.


Shu yuqoridagi gapiz hazil, va siz aslida yomon niyatda gapirmaganizni bilib turibman, ammo kelinglar ularni ustida prikol ushlamasak...


Lekin shu odamlarning matonati va kamtarligiga qoyil qolganman.

Mana bu gapizga yuz foiz qo'shilaman...

Aytgancha O'zbekistonda bir oyo'gidan ayrilgan Umid degan bola bor edi, ArmWrestling bo'lyicha jahon chempioni, bir necha karra yutgan adashmasam. Shu bolani ham bundo'q elsab turishmidi-ya, tavba... E'tibor umuman yo'q... nol...

Mavridi kelganda off bolsa ham: Shaxmat bo'yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan bir maktabda (90 o'rta maktab, hozir NarXoz liceyi adashmasam) o'qigandik, shaxmat doskasiga qaramay, kitobini o'qib bolalar bilan dona surardi. 7 sinfda xalqaro grossmeyster bo'lganida esimda bor, hokimiyatdan kelib prezident kompyuter berdi, deya hayqirishgandi. Hammaga o'sha kuni tekkinga obed berilgan :) Keyin umuman unutishvordi. Xalqaro musobaqaga borish uchun otasidan qolgan eski VAZ-2101 (yana adashmayotgan bo'lsam) sotib qatnashganini eshitgandim. Keyin bir nemis uning sponsori bo'lgan, va germaniyada yashashni boshlagandi. Chempion bo'lgandan keyin... ehehehey to'y qivorishgan, she'rlar yozib, ashulalar to'qib...tavba! Bizning o'g'lon... O'zbekiston fahri-mush... O'zbekistonda hor bo'lib ketishiga sal qolgan bola edi...

Lina Cheryazovachi (FreeStyle)... Birinchi zimniy olimpiyskiy prizer... va so'nggisi bugungacha... hullas, gapirsa gap ko'p!

Royal
11-20-2007, 02:37 PM
Pahtakorga bir quchoq gul yuborish kerak...

"boshila toshdan bosin, olloh sabr bersin" dip....

RockerDen
11-20-2007, 02:38 PM
Wow, sovsem Rossiya rasslabilas' v futbole...

Dr_Didro
11-20-2007, 02:45 PM
Wow, sovsem Rossiya rasslabilas' v futbole...

Hehe, a kogda oni silniye bili ;) Vot nedavno vam je i proigrali 1:2!

MUHLIS
11-20-2007, 02:52 PM
Wow, sovsem Rossiya rasslabilas' v futbole... 2ye mesto ochen daje nichego.

UzLand
11-20-2007, 04:24 PM
Endi Braziliyaliklar u bu desa "o'chir, senlarni bir oyoqda yutib qo'yganmiz" deyaveramiz qo'rqmasdan.
Lekin shu odamlarning matonati va kamtarligiga qoyil qolganman.

командани номи хам "Матонат" да узи...

W.I.Z.A.R.D
11-20-2007, 04:40 PM
http://worldamputeefootball.com/index.htm

Bir tomondan fahrlanarli bir tomondan achinarli xabar. O'zbekiston nogironlari (amputantlar) mana ikkinch bor futbol bo'yicha jahon chempioni bo'lyapti. O'tgan safar finalda Braziliyani dog'da qo'ldirgan azamatlar, bu gal Rossiya ustidan g'alab qozondi.

O'zbekiston amputantlar futbol jamoasi chempionatda biron marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Afsus, bugungi kunda ularga e'tibor istalganday yaxshi emas. Sharoitlari ancha og'ir bo'lishiga qaramay, barakalla hamisha g'olib!

GROUP B
W L
Uzbekistan 5 0
Brazil 4 1
Iran 3 2
Ukraine 2 3
Sierra Leone 1 4
Nigeria 0 5


Tushunmadim nimasi achinarli ?!
Ayrimlar yetti pushti sog`lom bo`la turib jamiyatga qolaversa o`z yonidagilarga bir tiyinlik foydasi tegmasa yuqorida ko`rsatib o`tilgan shodlik va g`alabaning nimasi achinarli ?!

Amiri Turkiston
11-20-2007, 08:28 PM
olee olee ole ole

O'zbekiston chempion!!!!!!!

soppa-sog'larimiz shashvarni ham qilolmaydi ... yarim final tugur ...uni 10 dan biriiga ham etolmaydi....

shu nogironlardan ancha saboh olsalar bular ekan

Dr_Didro
11-20-2007, 08:31 PM
Tushunmadim nimasi achinarli ?!
Ayrimlar yetti pushti sog`lom bo`la turib jamiyatga qolaversa o`z yonidagilarga bir tiyinlik foydasi tegmasa yuqorida ko`rsatib o`tilgan shodlik va g`alabaning nimasi achinarli ?!

Yo'q tushunmadiz birodar. G'alabadan mamnunmiz! Gap yo'q! Omad, va barak topsinlar! Ammo ularga ko'rsatilayotgan munosabatdan achinadi odam. Negadir ular haqida gapirilmaydi matbuotda, ularning sponsorlari ham juda zo'r emas. Unaqa jiddiy qarashmaydi. Shu holatda ham g'alabaga erishmoqdalar. Endi tasavvur qiling, e'tibor berilsa nima bo'ladi... Futbol tiranlari, nepobedimaya mashina bo'lib ketishlari hech gap emas. O'sha siz aytgan to'rt muchchasi sog', tozi og'ir futbolchilarimi o'rnak olsa ablatta arziydi!

anticipator
11-20-2007, 09:02 PM
россияда бутун бошли чемпионат бор деб эшитгандим... биздан эса уша чемпионатда байналминал(тошкент) катнашади. ана уша бутун бошли чемпионатни бизнинг ягона клубимиз мавх этди....

зы: 22 ноябр куни тунги соат 2да кахрамонларимиз тошкентга учиб келишади... худо хохласа албатта уларни кутиб олишга чикаман!!!

boburshoh
11-23-2007, 01:10 AM
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ФАРМОНИ


Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоаси аъзоларининг бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

Футбол бўйича ногирон-ампутантлар ўртасида ўтказилган 2007 йилги жаҳон биринчилигида чемпионликни қўлга киритиб, жасорат ва матонат намунасини кўрсатгани, халқаро мусобақаларда юртимиз шаънини муносиб ҳимоя қилишга қодир бўлган спортчи ёшларни тарбиялашга, ўзбек футболининг шуҳратини дунёга танитиш, унинг нуфузини юксалтиришга катта ҳисса қўшгани учун қуйидагиларга фахрий унвонлар берилсин:

“Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган спорт устози”

Исмаилов Анвар Акбарович – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг бош мураббийси

“Ўзбекистон ифтихори”

Абдураҳмонов Азиз Абдукаримович – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Азимов Азизжон Каримович – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Сулеймонов Павел Таджибаевич – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Ташходжаев Зохидходжа Олимович – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Турсунбаев Хайдарали Умаралиевич – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Шукуров Абдужамил Абдулазизович – Футбол бўйича Ўзбекистон ногиронлар терма жамоасининг аъзоси

Ўзбекистон Республикаси
Президенти И.Каримов

Тошкент шаҳри,
2007 йил 22 ноябрь


www.press-service.uz

Black
11-23-2007, 02:10 AM
Nimaga hammasini emas, faqat bir guruhini?

Masanori
11-23-2007, 05:24 AM
Nimaga tushunmaysiz brodarim. Jaa qiziqsizda. kissada ham uch to'rt so'm qolish kerakda. Ahir ahli ayol, farzandlar deganday......


Noshukurchilik ham evi bilanda...

Yahshi ishga ham yomon ishga ham loy chaplar ekansiz. Holis bulish kerak.

on: yigitlarga qoyil qoldim! Samimiy tabriklarim!