PDA

View Full Version : Jumani qachon nishonladingiz?


Sirius_s
11-27-2007, 06:12 PM
Oxirgi marta jumani qachon noshonladik, qaysi juma edi, qaysi juma kuni uyimizga qo'imizda 1-2ta sovg;a bilan hursand holda kirib keldik? Eslay olamizmi? Erkaklar qaysi juma kuni, qaysi oxirgi juma kuni ayolingiz huh ko'rgan narsa bilan ostonadan kulib Jumangiz muborak deb kirib keldingiz?
Qaysi muslima ayol juma kuni turmush o'rtog'imiz uchun alohida kun qilib, turli pishiriqlar qilib mahramimizni Jumangiz muborak deb alohida hursandchiik bilan kutib oldik? Oxirgi marta qaysi juma edi shu? Eslay olmaymiz...

Bir kun bir dugonam bilan shu mavzu haqida gap borgan edi. Bir forumda boshqa din vakillarining bayram kunlarining kamligini ko'ringki, ular faqat tug'ilgan kunlarini, yangi yilni, valentina kunini, 8 mart kuni va yana 1-2 kungina bayram qiladilar holos, musulmonlar esa har juma bayram qiladilar va yana ikki hayit kuni judayam chiroyli fayzli bayram bo'ladini o'qigan edim va shu narsani dugonamga sozlab berayotgan edim, shunda u aytdiki, aytchi kim bayram qiladi jumani hozir, man misolchun uyda juma har kungidek o'tadi, oddiy, hali shu yoshimgacha uyimizda biror marta bugun juma deb bayram qilmaganmiz. Kim qilarkan bayram, hech kim qilmaydiku, man ham qilmayman, avval odamlar qilsin mundoq bayram, JUMA BAYRAM deb qilishsin, keyin balki qilarman(bu dugonam islomga amal qilguvchilardan)
Shunda bir qiz javob qildi, ho'p san aytginchi, qachon juma bayram bo'ladiki san qilmasang, man qilmasam, nega biz boshqalardan kutamiz buni, nima uchun o'zimizdan boshlamaymiz, mana bugun san jumani bayram qilishni boshlasen, ertaga boshqa dugonangga aytasan, u ham qiladi va u ham boshqa tanishlariga aytadi va hokozo, shunday qilib juma alohida xalq ichida bayram kuni bo'lishi mumkin,lekin toki biz falonchi qilsin, tugunchi qilsin deb yuraverar ekanmiz, juma hecham bayram bo'lib nishonlanmaydi.

SHunday emasmi, o'zgalardan kutib nima qilamiz, o'zimizdan boshlaylik, shu haftadan JUMA bayram bo'lsin uyimizda!Allohu Akbar!

Patriot.Uz
11-27-2007, 06:24 PM
Men va ikki do'stim har juma namozidan chiqib o'zimizni xursand qilamiz. Ya'ni sevgan taomimiz - doner kebab yeymiz :)

Borz_man
11-30-2007, 04:49 PM
Bizda Juma kuni ofitsealniy dam olish kuni, atrof muhitdaham Juma bayram ruhi shakillanib turadi. Juma kuni hamma hursadn, farzandlayam shu kunini miriqib kutishadi,ularga Juma kuni zamechaniyani yo qilmaymiz yo yumshoroq qilamiz.Peknic holatiham shu kunda yon atrofda juda ko'p.Bizning gapimiz(mehmondorchilik) ham aynan shu Juma kuni.Bugungi Juma Ertalab Fajr va zikrdan keyin dengizda bollarni rolik uchirish holati bilan boshlandi.Jumani boshqa kunlardan farqlik o'tkazishni hammamizga nasib qilsin.

P.S. Juma kunining fazilatlarini hammamizga bajarishlikni O'zi muyassar qilsin.

Ismoilzoda
12-01-2007, 02:00 PM
бизда эса жума куни иш куни :(

шу куни кандайдир сабаб билан дам олсам жуда хурсанд бўламан..
чунки масжидга вактлирок чикаман. кейин уйга кайтиб кўтаринки кайфиятда оиламиз билан тушлик киламиз. совгалар хар доим бўлмаса хам байрам кайфияти сезилади хар холда.

лекин агар (кўпинча- деярли доим) иш куним бўлса...
намоздан чиккандан кейин кайфият яна кўтарилади.
бир соат олдин намозга вактлирок кетишга рухсат кутиб, асабийлашганимиз хам унутилиб кетади.

жума куни дам олиш куни бўлган давлатлар ахолисига жуда хавасим келади...

Sirius_s
12-01-2007, 02:29 PM
Uzbekistonning manimcha 90% aholisi hali jumani nishonlashmaydi, O'zbda hali shu vaqtgacha buni ko'rmagandim :(

Borz_man
12-06-2007, 03:30 PM
Assalamu alaykum ahli Mo'minlar.
Ostonamizda juma,Alloh qodir qilganicha unumlik o'tkazishni O'zi nasib etsin...

Sirius_s
12-27-2007, 09:34 PM
Juma muborak bo'lsin!

Abu HAnifa rahmatulohi alayh Qaysdan, u Toriqdan, u Ibn Mas’uddan rivyat qiladilar. Ibn Mas’ud aytdi:”Rasululloh salallohu alayhi vasallam aytdilar:”Har Juma kechasi Alloh taolo mahluqlariga uch marta ne’mat nazari bilan boqadi”, deb marhamat etdilar”.(Hanafiy,Musnad,143chi hadis)