PDA

View Full Version : 21 asrda Ahli Islom yohud diniy va dunyoviy najot sari


Masanori
12-09-2007, 12:17 PM
Nazarimda, 21 asrda dini Islom ahli eng mudhish damlarni uz boshidan kechirmqda.
Sizning fikringizcha, Paygambarimiz (s.a.v) ummatining hozirgi kun kamchilik va muammolari nimadan iborat?

Ularni hal qilish yulida nimalar amalga oshirilishi lozim?


p.s. Bu mening shahsiy fikrim, boshqalar uchun bu zamon Dini Islomning eng gurkiragan davri bulib kurinishi ham mumkin...

p.s. 2: moderatorlar, iltimos, mavzuni boshqa boardga kuchirmang. Sababi yoritilishi lozim bulgan mavzu din va madaniyatga aloqasi yuq. Mavzu mazkur davrning global muammolaridan biriga bagishlangan.

Rahamt!

p.s. 3: shu mavzu buyicha bildirilishi mumkin bulgan fikr-mulohazalarni uqib, musulmonlarning asosiy muammosi uzaro kelishmovchilik va muholifchilik ekan degan hulosaga kelish niyatim yuq. Iltimos, bir birimizni hurmat qilaylik.

Alee
12-09-2007, 03:25 PM
Manimcha asosiy sabab musulmonlarning saviyasi pastligida. Tan olish kerak bilim borasida g'arbdan orqadamiz. Afsuski shu saviya pastligidan har-hil fitnalarga berilib musulmonlar bir-birini go'shtini yeb yuribti va birdamlik yo'qolgan.
Biz hech bo'lmasa o'z farzandlarimizni bilimlik qilib tarbiyashga harakat qilishimiz kerak. Ana o'shanda keyingi musulmon avlodning dunyoda qo'li baland bo'ladi, Hudo hohlasa. Bunda ham dunyoviy, ham diniy ilmga etibor berilishi kerak.
Hozirgi paytda musulmonlar nisbatan g'aflatdan chiqib o'zligini bilishni boshlashdi. Shuning uchun ham tashqi kuchlar zarbasini berib yotibti qayta yana g'aflat botqog'iga bosish uchun. Islom ahli mudhish damlarni uz boshidan kechiraetgani shundan deb bilaman. Har taraf o'z tasirini kuchaytirish uchun kurash bormoqda. Biz uchun qurol ko'tarib ga'rb tomonga jihod emas, balki o'zimizni ustimizda ishlab, iqtisod, tehnologiyalarimizni rivojlantirishimiz hozirgi kunda eng o'rinlik qadam deb hisoblayman.

Mr. Putin
12-09-2007, 03:29 PM
Siz bola ja yahshi ko'rarkansizde, shunaqa kelishmovchililar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan savollarni berishni.

Ha mayli...

Meni fikrim quyidagicha:

Hozirgi kunda Islom dini atrofida bo'lyapgan gap so'zlarni va musulmonlar bilan bog`liq muomolarni yarimidan ko'pi musolmonlar dushman yo bo'lmasa ularga qarshi mafkuralar(dinlar) tomonidan o'ylab chiqilgan va o'ylab chiqilyapti. Va rostdan ham musulmonlar orasida bor kamchiliklar bunday Islomga qarshi mavkuralar va ular o'rqasida turgan odamlar tufayli ataylib bo'rtirib va bu muomalar faqat musulmonlarda bordek yoki muomalarni chiqishiga faqat ular aybdordek qilip ko'rsatilyapti.

Misol uchun terrorizm va ektremizmni olaylik. Bu balo qaerdan paydo bo'ldi? deb savol bersangiz. Bu ishda hamma bizni dinimizni sabab qilib ko'rsatadi. Lekin bu narsalar avval, G'arda paydo bo'lib keyin boshqlarga ham tarqalganini Ga'rb Ommaviy Ahborot Vositalari ham aytgisi kelmaydi. Va bu narsalarni orqasida kotta siyosat yotadi.

Buna narsani yoq qilish faqat musulmonlarni qolida emas.

Shuning uchun, hulosa qilib aytishim mumkinki, hozirgi kundagi dinimizga tegishli qilib ko'rsatilyapgan muomolarni ko'pchiligi bu dinga umuman aloqasi yoq deb o'ylayman.

Kamchiliklariga kelsak, Bizda juda yahshi gap bor, ya'ni beayb Parvardigor deyishadi. Men etmoqchi bo'lgan gap shuki, odamzodni ojijligidan (nafs: pul, amal, kayf safo,) kelib chiqadigan narsalarga dinni aloqasi yoq va bu narsalar har doim bo'lgan va bo'ladi ham. Buni hech kim (Hudodan boshqa) odam tohtata olmidi. Bu narsalarni kamaytirish mumkin. Ana shu joyda dinni hizmatlari juda kottadir. Ya'ni odam Islom dinini yahshi ushlab, hayot kechirsa bu maqsadlarga erishishi mumkin. Agar odam o'zi bu narsalarga amal qilmasa(o'zini musulmon deb bilsa ham) bunga dinni aybi yoq. Nega endi, misol uchun, men qilgan fahsh ishlarda yoki iflosliklarda dinni ayblash kerak?! Bu ishlarni, men qildim, demak aybdor menman.

Shuning uchun Masaroni, Islom ahli Islom dinimiz sababidan emas, balki o'zini musulmonman degan odamlarni yomon ishlari sababidan boshqa musulmonlar ham yomon kunlarni boshlaridan kechirishyapti.

Endi bu narsalarga, diniy tomondan qarasak. Shunday bo'lishi, bundan 14 asr ilgari Payg'ambarimiz (s.a.v) tomonlaridan aytib o'tilgan edi. Bir hadisni eslaylik. "Hali shunaqa vaqtlar keladiki, Islomda qattiq turgan insonlar, cho'g'ni ushlab turgandek bo'ladi"(Manosi) Ya'ni Islomga amal qilib yashayapgan insonlar boshlaridan juda kotta qiyinchililarni o'tqazishadi.

Ohirigi narsa. Islom dinini bu Allohning ohirigi biz uchun belgilab bergan yo'lidir. Shuning uch bu yo'lda kim qanchalik to'gri qoqilmasdan yurishi Uni o'ziga bog'liq. Shayton bilan Payg'ambarimiz (s.a.v) o'rtalarida bo'lib o'tgan gaplarni eslang. Shaytonni Alloh erga, Payg'ambarimizni (s.a.v) oldilariga faqat va faqat rost so'zlashishi uchun yubordi va u Payg'ambarimizga (s.a.v) boshqa narsalar bilan birgalikda bir so'zni etgan. Ya'ni u dedi "Ey Muhammad (s.a.v), agar men hohlagan narsam bo'lganida edi, bu dunyoda hamma kofir bo'lib ketgan bolardi va hech kim ularni to'gri yolga chaqira olmas edi. Va agar Siz hohlaganingiz bo'lganida edi, butun dunyoda bitta ham kofir qolmas edi. Siz to'gri yo'lga boshlash uchun yuborilgansiz, man esa undan adashtirish uchun harakat qilyapman. Siz faqat da'vat qilasiz, men esa vasvasa qilaman" (qisgacha manosi). Bundan ko'rinib turibtiki, bizni yaratgan Zod hamma narsani hal qiladi va biz ming chirinib va kurashib harakat qilganimiz bilan, agar shu narsalar (musulmonlarni qiyinchilika yuz tutishlari) bolishi basharot (yoki tahdir) qilingan bo'lsa, bo'ladi.

Endi Siz, nima endi jim o'tirurish kerakmi bu holatlarga qarshi kurashish kerak emas deb savol bersangiz.
Javobi bizni dinni yahshi ushlab, shu din asosida hayotimizni qurshga harakat qilishimiz kerak.

endi, yana bu dinda har qanday oqim va firqalar paydo bo'lib ketti, qa birini biz ushlashimiz kerak desangiz. Bunga ham 14 asr oldin javob berilgan.
Payg'ambarimiz (s.a.v.)ni ohirigi zomon yaqinlashganida ko'p fitnalar sodir bolishi va firqalar ko'payib ketishi to'grisidagi basharotlarini eshitgan sahobalardan biri so'ragan ekan. (qisqasi manosi)"Yo Rasulolloh, bunday firqalar ko'paysa bizni kim tarafida bo'laylik " deganda, Ular "Ko'pchilik tarafida bo'lin " degan ekanlar.

Shundan kelib chiqib hozir dunyo muslmon ahliga yahshilab qarasak, nimani ko'ramiz?
Albatta ko'pchilik terrorist, Wowchik yoki ekstremist emas va ko'pchilik ulamo va olimlar(payg'ambarlar merosho'rlari) ektremistik yoki fundamentalistik g'oyalarni ilgani suryapgani yo'q.

Demak, agar biz Islomni aslmohiyatini o'zimiz tushinib eta olmasak, shu ko'pchilik ulmolar va olimlarga ergashishimiz kerak ekan.

P.S. Boshqa muomolarga nasib qilsa keyin tahtalaman.

Masanori
12-10-2007, 03:16 AM
Dinimizning tashqi kurinishini, odamlarning dinga munosabatini isloh qilish zarur degan fikrga qanday qaraysizlar?

p.s. dinimiz aqidasi va mohiyatini isloh qilish haqida gap ketmayapti...

Darvesh
12-11-2007, 05:31 AM
Bugun bir qiziq maqola o'qib qoldim, turk tilida, aynan shu mavzuda: Mьslьmanların iз hastalıkları ve Neo-Cahiliyye devrinin sonu. (http://www.derindusunce.org/2007/05/19/muslumanlarin-ic-hastaliklari-ve-neo-cahiliyye-devrinin-sonu/)

Muallif fikricha, musulmonlikning ich hastaliklari quydagicha:

1. Musulmonning samoanaliz'dan qochishi.
2. Ilm-fan, texnologiya va ta'limga ahamiyat bermaslik.
3. Jihod tushunchasining asl manosini yo'qotib, boshqa manoni kasb etishi.
4. Mahaliychilik.
5. "Abadiy mazlum" psichologiyasi va fatalizmni(O'zbeklarning eng yaxshi ko'rgan maqollaridan biri "Taqdirga tan, orqaga dam" midi?:)) hukmronligi.


Bu muammolarni yechish yo'li esa, quydagicha:

1) Individ sifatida samoanalizga ochiq bo'lish, davlat sifatida esa demokratyalashish va fikr erkinligiga harakat qilmoq.
2) Ilm-fan, talimga alohida e'tiborni, molliyalashtirishni kuchaytirmoq.
3) Jihod tushunchasining asl(self-improvement) ma'nosiga qaytish, Quron va sunnatga to'gri kelmagan kurashga jihod demaslik.
4) Millatchilik, Vatanparvarlik va Irqchilik mavzularida musulmoncha muhokama yuritish.
5) "Abadiy mazlum" psichologiyasini tark etish, chin Musulmonning asl ruhiy holati, zafar va optimizmga qaytish.

Hullas shu, tarjima ozgina qo'pol bo'ldi, lekin maqola mazmunini keltira oldim degan umitdaman:).

Masanori
12-12-2007, 12:50 AM
Mana bu maummoga qanday qaraysizlar

http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=859552&postcount=1

Akhee-Abdullahga hech qanday muholifligim yuq, hatto bazi fikrlarimizda uygunlikni ham sezaman.

Lekin yuqoridagi keltirilgan videoni tomosha qilib, fikrlashimizda sal tafovut borligini sezdim.

Aynan ana shu video shu mavzuni ochishga undagan edi.

Ana shu yosh bolaning iymonini, bilim va zehnini Alloh yanada ziyoda qilsin.

Lekin videoni kurib, man boshqa narsa haqida uylab qoldim...

Agar gayri din mana shu videoni kurganida, unda qanday hissiyotlar vujudga kelishi mumkin-a deb uylab qoldim?

Na arab, na ingliz tillarini tushunmagan odam ana shu videoni kurib, ohnagdagi tahdid, qurqituv, gazab va havfni sezmasmikin.

Biz nimaga erishmoqchimiz uzi? Tugri Allohdan qurqmoq iymondan. Biroq na Alloh, na dini Islom haqida biror tayinli qarashi bulmagan odamdan birdaniga Allohdan qurqishni talab qila olamizmi?

Iymon qurquvdan emas, zehn, bilim, shukr va muhabbatdan boshlanmaydimi?

Alloh kam bulsada, iymon bergan. Lekin ana shu video hatto manda salbiy hissiyotni vujudga keltirdi. Na hursand bulishni, na hafa bulishni bilmay qoldim.

Ana shu yosh bola kelajakda dunyodan uzilgan fanatik bulib qolmaydi deb kim ayta oladi.

Yonida utirgan yoshi kattalar, yosh bola bilib bilmay gapirayotgan gaplarini maqullab utirgandan kura, uni yoshiga mos mashgulot bilan mashgul qilmaydilarmi...

Hullas, sizning fikringizcha, zamonaviy da'vat, diniy bilim, Islomiy jamiyat qanday bulishi lozim.

Alloh bilguvchiroq.

G-man
12-12-2007, 04:03 AM
Po moemu kajdiy dumaet po svoyey tochki zrenii isporchennosti.

Frida
12-12-2007, 09:47 PM
yaxshi mavzu. ishqilib mana shunday ruhda davom etsa yaxshi fikrlar chiqish mumkin. afsuski, gohida din niqobi ostidagi kishilarga samo-analiz, yoki 'critical thinking' haqida gapirsangiz, gohida jerkib tashlashadi. har bir narsani savol bermasdan, ko'r-ko'rona o'rganishning tarafdori bo'lishadi. Masanori tashlagan savolga -- Islomning o'zi islohot uni isloh qilib bo'lmaydi deb javob berishadi.

Menimcha, Islomdagi ijtihod odati -- faqatgina naqlga emas, aqlga tayanib qilinadigan ishlarni qaytarish kerak. kishilarda individuallik hissini, individual aqlga tayanib ish ko'rish hissini qaytarish kerak. IMHO.

Ijtihod tarranum etilgan vaqtlar va kishilarni tushunish uchun Al-G'azolining faylasuflar haqida yozgan asaridan avval yashagan "Islom faylasuflari" haqida biror kitobni o'qishni maslahat bergan bo'lar edim. :)

Mr. Putin
12-13-2007, 08:30 AM
Islomning o'zi islohot uni isloh qilib bo'lmaydi deb javob berishadi.


Mana shu javobligi toppa to'gri javobdur. Bundan boshqasi bo'lishi ham mumkin emas.

Meni fikrimcha ham dinimiz o'zi bizga islohot va taraqiyot qilib yuborildi. Bu taraqiyot nafaqat odamni ichki dunyosi, balki tashqi dunyosini ham qamrab olgan. Bizning muomalarimizdan eng asosiysi biz dinni emas, o'zimizni shu dinga bo'lgan munosabatlarimizni o'gartirishimiz kerakligini tushinib etishimizdir.

Bu erda men nima demogchiman. Hamma juda yahshi biladi. Bizni dinimiz 14 asr oldin o'rnatilganda bu juda alamshumil va zomanaviy nasalarni dunyoga tadbiq qildi va bu narsalar hozirgacha davom etyapti. Odamlar bu din orqali nafaqat yaratgan Zod va odamlarga bo'ladigan munosabat, balki atrof muhit va kosmos haqida ham juda ko'p ilmga ega bo'ldilar. Shu ilmlar orqali bizda, ya'ni musulmon mamlakatlarida birinchi bo'lib "uyg'onish davri" 11-12 asrlarda bo'ldi.
Shu asrlardan keyin yahshagan odamlarning eng asosiy hatosi shu bo'ldiki, ular faqat dinni "diniy" tarfini rivojlantirib uni "dunyoviy" tarafini unutib qoydilar.

Ualr Qu'ron orqali hali qancha va qancha bizni o'rab turgan tabiat va kosmos haqida "otkiritiyalar" qilishlari mumkinligiga va bizlarni yaratgan Zodni har bir so'zi ilm va hikmat ekanligini va shu so'zlar tagida biz uchun qanchadan qancha manolar borligini unitib qoydilar va bunga etibor bermadilar.
Shu narsa sababli biz qilishimiz kerak bo'lgan ihtirolarni Galey, Kopernikus va boshqalar nechi asrlardan keyin qildilar.

20 asrda bo'lgan narsalar, ya'ni Kustoni Qu'ronda yozilgan narsalarni isbotlashi yoki amerikalik olimlarni, Oyni skaner qilib va haritasi chizib chiqip, uni 14 asr oldin 2ga bolingani haqida habar berganlarini eslang. Bu nimadan dalolat? Bu, biz dinimiz va Qu'ronga asoslanib uni nafaqat diniy balki dunyoviy mag'zini chaqib hali ham ko'p narsalarga erishishimiz mumkin ekanligidan dalolatdir.

Endi uyog'i bizga bog'liq. Holasek, yana har yili Nobel mukofoni olishda, bitta Yanke bizni Qu'ronda aytilgan narsani isbotlashiga qarab turib, qarsak chalish yoki shu narsalarni o'zimiz isbotlashimiz.


PS. "(Ey Muhammad (s.a.v) dunyoyu ohirat haqida hech kim) Sizga habardor Zod (ya'ni Alloh) kabi habar bera olmas". Fotir Surasi 14 oyat.
Shunday ekan, yana nimani kutyapmiz?! Qu'ronni va hadislarni "dunyoviy" tarafini ham o'rganaylik, fahmlaylik!

Masanori
12-14-2007, 06:23 PM
YouTube - Iranian Child - Remembrance of Fatimat Al-Zahraa

Mana shular ham uzlarini ummat deb hisoblaydi, ahli Islom deydi.

Birinchidan, shu yosh bolani urtaga olib chiqib quyib yiglatishning uzi bir tushunarsiz, achinarli holat.

ikkinchidan, hali nima deb gapirayotganini tuliq anglab yetmagan bolani gaplarini tinglab, trans holatiga tushib,m yiglab utirgan anu odamlarning uzi boshqa bir kulguli holatda.

Islomni mana shu qiyofada kursatishga uyalmaymizmi?