View Full Version : пашша овқатга ботириладими?
johnny_80
12-28-2007, 09:36 AM
Пашша овкатга ботириладими?
Саломатлик билан боғлиқ баъзи ҳадиси шарифлардаги тавсиялар баъзи кишилар учун антиқа, эскирган ёки ғалати туюлиши мумкин. Имом Бухорий нақл қиладиларки: «Овқат тўла идишга бир пашша тушса, у пашшани тўлалигича идишнинг ичига ботириб олгандан сўнг ундан фойдаланишингиз мумкин». Бу тавсия ғалати кўриниши мумкин.
Ҳолбуки Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг барча ҳадислари илоҳий асосга таянганидир. Шу боис уларнинг тўғрилигига ишонган ҳар бир мўмин учун ҳадиснинг мантиқий шарҳи мавжуд. Эҳтимол уларга ойдинлик киритилиши учун балки асрлар ўтиши керакдир.
Тиббиётдан маълумки, пашша вужудининг айрим қисмларида баъзи патогенлар (касалликка олиб келувчи микроблар) олиб юради. Бу мавзуни ўрганиб мақола ёзган Доктор Самахининг таъкидлашича, пашшанинг ошқозонида паразит ҳолида яшаган узун ҳужайралар кўпайиш вақтларида пашшанинг нафас олиш каналлари томон чиқадилар. Пашша суюқликнинг ичига тўла ботирилганда осмотик босимда вужудга келган ўзгариш ҳужайраларнинг ёрилишига сабаб бўлади. Бу ҳужайралар таркиби эса пашша вужудидаги патогенларга қарши антидотдир. Яъни заҳарга қарши панзаҳардир. Овқатга илашиб қолган пашшадан чиққан зарарли микробларни пашша ботирилгач, ёрилиб ўртага чиққан антидотлар зарарсиз ҳолатга келтиради.
Яна бир таъвилга кўра, овқатга тушган пашшанинг бир қаноассалому атида бактерия ташувчи паразит бўлса, иккинчи қанотида унга қарши иммуна модда борлиги айтилади. Пашша тўла овқатга ботса, хавф камаяди. Зеро, Аллоҳ бир микробни ҳам шунчаки яратмаган. Ҳаммасининг ўз вазифаси бор.
Микробиологиядаги сўнгги кашфиётлар Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг 15 аср аввал айтган тавсияларини изоҳлаб, уни тасдиқламоқда.
Манба (http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=561&Itemid=51)
corsair
12-28-2007, 11:12 AM
:-D
pashsha qanday ovqat o'triganiga bog'liq bo'lsa kerak...
agar polovga o'tirgan bulsa ovqat uvol bo'lmasligi uchun o'sha o'trigan joyini bir qoshiq olib tashlansa basku.
agar shurvaga yoki boshqa suyuq ovqatga o'tirgan bulsa sharoitga qarab ish tutilishi lozim. ko'pchilik pashsha tushgan ovqatni yeishga hazar qilishadi chunki pashshani tuhumdan chiqib voyaga yetish joylarni va sharoitlarini odam aytishga tortinadi... :-D
PS: issiq bo'lgan suyuq ovqatlarni harorati har qanday mikroblarni o'ldirib yubirsa keragov...
Sirius_s
12-28-2007, 09:44 PM

bundan 14 asrcha oldin Qur'onda Payg'ambarimizga vahiy bo'lib kelgan bir oyatda, ayol homilasining ikki qavatligi va homilaning rivojlanish bosqichini 20 asrga kelib olimlar yugurib-yelib zo'rg'a tushunishdi(tayyor narsani topishdi), shunchun bu narsaga hayron bo'lmaslik kerak, Alloh biladi shu pashshani odamlar foyda,zaraini tushunishi uchun yana qancha asr kerak bo'larkin...
passer_by
12-28-2007, 09:49 PM
Savolizi qarang.
Keyingi sapar ovqatizga pasha tushsa, uh ti narigi tomonini botirsam ovqatim tozza bo'ladi deb, botirib, pashani olib tashlab ovqatni davom ettiraverasizmi?
crescent
12-28-2007, 09:52 PM
Hmm qiziq ma'lumot. Gapingiz to'g'ridir balki. Lekin bu faktni odamzod qabul qilishi juda qiyin bo'ladi deb o'ylayman.
Faysal
12-28-2007, 11:59 PM
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Qachonki, birortangizning idishiga pashsha tushib qolsa, uni hammasini botirsin, so'ngra tashlab yuborsin. Chunki uning ikki qanotining birida shifo, boshqasida dard bor", dedilar".
Buhoriy rivoyat qilgan.
Abu Dovud ham rivoyat qilib:
"va, albatta, u(pashsha) dard bor qanoti ila saqlanadi" jumlasaini ziyoda keltirgan.
Ushbu hadisi sharifda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siz bilan biz ummatlarigaidishimizdagi suyiqlikka pashsha tushub qolsa, qandoq tasarruf qilishimiz haqida maslahat bermoqdalar.
Bu maslahatga binoan, idishdagi suyuqlikka tushgan pashshaning suyuqlikka tushmay qolgan tomonini ham botirib turib, so'ngra olib tashlash kerak ekan.
Bu maslahat sirtdan qaraganda g'aroyib tuyuladi. Pashsha va unga o'hshash hasharotlar taomga tushganda iloji boricha uni o'sha narsaga kam tekkizishga harakat qilish mantiqqa to'g'ri keladiganga o'hshaydi.
Bu hadis bilan tanishuvchi har bir insonda shu kabi fikr paydo bo'lishini e'tiborga olgan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, yuqoridagi gapni nima uchun aytganlarini o'zlari sharhlab:
"Chunki uning ikki qanotining birida shifo, boshqasida dard bor", dedilar".
Imom Abu dovud keltirgan rivoyatda esa:
"Albatta, u(pashsha) dard bor qanoti ila saqlanadi" deb, pashsha biror suyuqlikka tushib hatarga yo'liqqanda o'zini saqlash uchun dard bor qanotini hatar tomonga to'g'rilashini bayon qildilar.
Demak, har bir pashsha taomga tushganda, albatta, zararli qanoti ila tushar ekan (Huddi sariq ari, qovoq ariga o'hshab havfni sezishi bilan o'z zaharli nishini chiqargan kabi pashshani ham himoya vositasi mavjud).
Mazkur zararni daf qilish uchun uning shifoli qanotini mazkur taomga botirish kerak ekan.
Ushbu hadisi sharifga nisbatan odamlarning qarshashi tarih davomida o'zgarib kelgan.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida sahobai kiromlar o'z odatlari bo'yicha bu hadisi sharifni eshitishlari bilan darhol, eshitdik va bo'ysundik, deb amal qilib ketaverishgan.
davomi bor.......
Faysal
12-29-2007, 12:26 AM
Davomi...
Keyinchalik, hadisi shariflarni chuqur o'rgangan va ulardan turli hukmlarni chiqargan ulamo ahli esa, birovning idishiga pashsha tushib qolsa, uni avval botirib, keyin olib tashlash kerak, deb aytganlar va yozganlar.
Undan so'ng asrlar o'tib, ba'zi bir chalailmlar paydo bo'lib, pashshani taom yoki ichimlikka botirib olish ilmga to'g'ri kelmaydi, pashshada turli mikroblar bo'ladi, u suyuqlikka qancha ko'p botsa, mikroblari shunchalik ko'p to'kiladi, deb bong urdilar. Bu fikrni ba'zilar Islomni, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni qoloqlikda, johillikda ayblash uchun ishlatdilar.
Ba'zi bir Islomni o'zicha "himoya" qilmoqchi bo'lganlar esa, hadisni to'g'ri emas, zaif hadis, deb e'lon qilishga shoshildilar.
Lekin ilm rivojlanishi bilan hamma narsa o'z o'rniga tushdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam johil emas ekanlar, olim ekanlar. Olim bo'lganlarida ham, mo'jiza gaplarni aytadigan olim ekanlar. Bu hadisi sharif sahih ekan. Sahih bo'lganda ham Imom Buhoriy rivoyat qilgan, sahih hadis ekan.
Turli hasharotlarning, jumladan, pashshaning ham tuzilishi, tarkiblari chuqur o'rganiladi. Ularning ba'zilarida ham dard, ham shifo mavjudligi aniq bo'ldi. O'shalarning dard bor joyi insonga tegsa achishib og'rishi, qichishi, qizarib yoki ko'karib shishib chiqishi, hasosiya(allergiya)ga va boshqa kattaroq ofatlarga ham sabab bo'lishi aniqlandi.
Shu bilan birga, o'sha hasharotlar o'zlari bilan turli kasalliklarning mikroblarini tashishlari ham ravshan bo'ldi.Yana o'sha zarari bor hasharotlarning ba'zilarida shifo-foydali hususiyatlar ham ayon bo'ldi. Misol uchun, asalari ham chaqadi, ham asal beradi. Eng qizig'i, hamma hasharotlarda ham o'zini himoya qilish sezgisi, vositasi bor ekan. Ular o'zi uchun havf-hatarni sezganda o'sha vositani ishga solar ekan. Shuning uchun ham, turli hasharotni bilamay bosib olsak, darhol chaqib olar ekan. Bu tuyg'u ularda tabiiy bo'lib, havf-hatar paydo bo'lganda, o'z-o'zidan ishga tushar ekan.
davomi bor.....
Faysal
12-29-2007, 07:09 AM
davomi....
Hayvonot olamini yahshi o'rgangan olimlarning ta'kidlashlaricha, ushbu hadisda pashsha haqida kelgan gap haq ekan. Pashshada zaharlash quvvati bor ekanki, agar pashsha biror joyga qulaydigan bo'lsa, o'zini himoyalashga urinib zaharli qanoti ila qular ekan. Shuning uchun ham payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning zararini kesish maqsadida ikkinchi-shifoli qanotini botirib olishga maslahat bergan ekanlar.
Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki, hadisda pashshani botirib olib tashlash aytilgan, holos. U tushgan ichimlik yoki taomni tanavul qilish amr qilinmagan. Ko'ngli tortgan tanavul qilsin, ko'ngli tortmagan tanavul qilmasin. Bu yerda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam pashshaning zararini qandoq qilib yo'qotish va halol narsani zoye qilmaslik maslahatini berganlar, holos.
Ushbu narsani yahshilab mo'min-musulmon odam tushunib olmoq zarur.
Mo'min-musulmon kishi bundoq sahih hadis ila sobit bo'lgan narsaga e'tiroz qilmasligi kerak. Agar u bunga o'hshash narsalarni to'g'ri tushunib yetsa, juda yahshi. Agar tushuna olmasa, men tushuna olmayapman, ilmim yetmayapti, deb odob saqlab, har joyda dinni ustidan kulib tishini oqini ko'rsatavermaslik kerak. Darhol e'tiroz bildirishga shoshilmasligi zarur. Chunki mazkur narsani u bilmasa, boshqalar biladi, bugun bilinmasa ertaga, yuz ming yil o'tgandan keyin bilinadi. Ko'pgina oyat va hadislarning sir-asrorlari asrlar o'tib, ilm rivojlanishi ila kashf bo'lmoqda.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning mualliflik kitobi Hadis va Hayot 16-17 juz.
johnny_80
12-29-2007, 10:15 AM
Savolizi qarang.
Keyingi sapar ovqatizga pasha tushsa, uh ti narigi tomonini botirsam ovqatim tozza bo'ladi deb, botirib, pashani olib tashlab ovqatni davom ettiraverasizmi?
Ha ovqatni yeyishda davom etaveraman:evil:
dauphin
12-29-2007, 11:19 AM
Пашша овкатга ботириладими?
Тиббиётдан маълумки, пашша вужудининг айрим қисмларида баъзи патогенлар (касалликка олиб келувчи микроблар) олиб юради. Бу мавзуни ўрганиб мақола ёзган Доктор Самахининг таъкидлашича, пашшанинг ошқозонида паразит ҳолида яшаган узун ҳужайралар кўпайиш вақтларида пашшанинг нафас олиш каналлари томон чиқадилар. Пашша суюқликнинг ичига тўла ботирилганда осмотик босимда вужудга келган ўзгариш ҳужайраларнинг ёрилишига сабаб бўлади. Бу ҳужайралар таркиби эса пашша вужудидаги патогенларга қарши антидотдир. Яъни заҳарга қарши панзаҳардир. Овқатга илашиб қолган пашшадан чиққан зарарли микробларни пашша ботирилгач, ёрилиб ўртага чиққан антидотлар зарарсиз ҳолатга келтиради.
Манба (http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=561&Itemid=51)
This is the biggest BS I have ever read. No scientific explanation, no full name of that doctor the best article for darakchi.
johnny_80
12-29-2007, 11:39 AM
This is the biggest BS I have ever read. No scientific explanation, no full name of that doctor the best article for darakchi.
O'sha olimning bo'yi, og'irligi, jinsi, tug'ilgan yili keremasmi mabodo, balki rasmi ham kerakdur
Payg'ambarning(a.s.) hadisi sanga bullshit bo'ldimi hali?:evil:
dauphin
12-29-2007, 12:01 PM
O'sha olimning bo'yi, og'irligi, jinsi, tug'ilgan yili keremasmi mabodo, balki rasmi ham kerakdur
Payg'ambarning(a.s.) hadisi sanga bullshit bo'ldimi hali?:evil:
Open your eyes as big as you can and read again what I wrote. Can you find anything about the hadith? What I wrote refers to the "scientific" explanation of the hadith. It sucks big time. If you are the author of the article my advise next time when you write articles you really should give little more information about original article like first name, what university not age or sex. Just to give little credit to a person who did the real job. Since it is scientific explanation use proper scientific language. Not words like "uzun hujayra" ( wtf is that word mean?)
ps: Keyingi safar sansirama. Beshigimni tebratganing yo'q.
johnny_80
12-29-2007, 12:12 PM

Bo'tta bla-bla qimasdan maqolani o'qiginde ketvur dalshe, nima qilasan birovni nerviga tegib:evil: Ishonmasenam, ishonsenam o'zingga
Man maqolani qandoq bo'lsa shundoq qo'ydim
Manba (http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=561&Itemid=51)
Birovga postingni yaxshi o'qishni tavsiya qilgandan ko'ra oldin o'zing birovni postini yaxshilab o'qishni o'rganib ol.
Odamga o'xshab scientific explanation bormi deb so'rasang o'lasanmi, darakchi-parakchi deb kekirdagingni cho'zasan:evil:
PS.Hurmatga loyiq odamni sizliman man, prichom bo'tta sani beshiging:evil:
uzbekcfa2
12-29-2007, 12:19 PM
kupchilik siz aytgan ishni qilmaydi. pashsha tushsa, yana uni ovqatizda "chumiltirib" dalshe yesez:lol:
Ovqatni tukib tashlab, boshka er edim. Lekin kim biladi deysiz. armiyaga borsez bilib turibam evurasiz.:D
uzbekcfa2
12-29-2007, 12:30 PM
Agar ovqatga 1 ta emas, 5 6 ta pashsha kelib qunsachi, hammasini botirib olib evurgan bularmidiz? ahir sizni "teoriya"ngiz buyicha, har bitta pashshani zahari uni ohirigacha botirish bilan uldiriladi.
savolja javob kutaman.:)
Пашша овкатга ботириладими?
Саломатлик билан боғлиқ баъзи ҳадиси шарифлардаги тавсиялар баъзи кишилар учун антиқа, эскирган ёки ғалати туюлиши мумкин. Имом Бухорий нақл қиладиларки: «Овқат тўла идишга бир пашша тушса, у пашшани тўлалигича идишнинг ичига ботириб олгандан сўнг ундан фойдаланишингиз мумкин». Бу тавсия ғалати кўриниши мумкин.
Ҳолбуки Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг барча ҳадислари илоҳий асосга таянганидир. Шу боис уларнинг тўғрилигига ишонган ҳар бир мўмин учун ҳадиснинг мантиқий шарҳи мавжуд. Эҳтимол уларга ойдинлик киритилиши учун балки асрлар ўтиши керакдир.
Тиббиётдан маълумки, пашша вужудининг айрим қисмларида баъзи патогенлар (касалликка олиб келувчи микроблар) олиб юради. Бу мавзуни ўрганиб мақола ёзган Доктор Самахининг таъкидлашича, пашшанинг ошқозонида паразит ҳолида яшаган узун ҳужайралар кўпайиш вақтларида пашшанинг нафас олиш каналлари томон чиқадилар. Пашша суюқликнинг ичига тўла ботирилганда осмотик босимда вужудга келган ўзгариш ҳужайраларнинг ёрилишига сабаб бўлади. Бу ҳужайралар таркиби эса пашша вужудидаги патогенларга қарши антидотдир. Яъни заҳарга қарши панзаҳардир. Овқатга илашиб қолган пашшадан чиққан зарарли микробларни пашша ботирилгач, ёрилиб ўртага чиққан антидотлар зарарсиз ҳолатга келтиради.
Яна бир таъвилга кўра, овқатга тушган пашшанинг бир қаноассалому атида бактерия ташувчи паразит бўлса, иккинчи қанотида унга қарши иммуна модда борлиги айтилади. Пашша тўла овқатга ботса, хавф камаяди. Зеро, Аллоҳ бир микробни ҳам шунчаки яратмаган. Ҳаммасининг ўз вазифаси бор.
Микробиологиядаги сўнгги кашфиётлар Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг 15 аср аввал айтган тавсияларини изоҳлаб, уни тасдиқламоқда.
Манба (http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=561&Itemid=51)
Faysal
12-29-2007, 11:03 PM
kupchilik siz aytgan ishni qilmaydi. pashsha tushsa, yana uni ovqatizda "chumiltirib" dalshe yesez:lol:
Ovqatni tukib tashlab, boshka er edim. Lekin kim biladi deysiz. armiyaga borsez bilib turibam evurasiz.:D
Taqsir, hohlasangiz yeng hohlamasangiz yemang. Din borasida Allohning oyati yoki Muhammad sollallohu alayhi vasallamni muborak hadislarini keltirlganda ko'zingizni olib qochib mutola ham qilmaysizlarda yana ochiqchasiga kulishingiz odobdan emas. Bir masalaga yondoshilganda adolat nuqatai nazari biulan fikr bildirilsa go'zalroq bo'lar edi. Hohlasangiz pashshani tadqiqoqt qiling, hohlsangiz qilmang. Ammo sahih(yolg'onligida shubha yo'q) hadisni o'z fikringiz bilan rad qila olmaysiz. Hohlang ana pashsha tushgan taomni tanavul qiling hohlasangiz yo'q. Sizga majburlab "yegin!", "yeysan shuni" deb tumshug'ingiz tagiga olib kelib qo'yayotgani yo'qku?!
Abu Hurayra rodiyallohu anhu:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam hech qachon, hech qanday taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari tortsa, yerdilar. Ko'ngillari tusamasa, tark qilar edilar", dedi".
Uchovlari rivoyat qilganlar.
To'g'ri siz va boshqalar hadisga amal qilgingiz kelamyadi. Ammo har ishda, har joyda 1400 yil ilgari olamga rahmat bo'lib kelgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamni so'zlarida hikmat bordir.
PainKiller
12-29-2007, 11:36 PM
what a nonsense....:rolleyes:
Makes no sense at all
PainKiller
12-29-2007, 11:44 PM
kim yuqoridagi postga javob bersayam, muloyimlik bilan javob bersin.
Demak, mana shu pasha ovkatga tushib ketsa, uni shundok chumiltirib olib, ovkatni ishtaha bilan eyish kerakmi bulmasa?:?
Rostini aytsam, pashalarni ovkatga tushganda yukishi mumkin bulgan kasalliklarni yozmokchi edim, va ularning hammasi tugul, juda kopi mahsus dorilarsiz, koya veringki pashaning ikkinchi kanotidagi antidotlar bilan tuzalishi mumkin emasligini yozmokchidim. Karasam, ahmokona makola uchun, chereschur kop energiya waste bolarkan:rolleyes:
http://www.ssw.com.au/ssw/Standards/Rules/Images/FlyInUrinal.jpg
Faysal
12-29-2007, 11:47 PM
Demak, mana shu pasha ovkatga tushib ketsa, uni shundok chumiltirib olib, ovkatni ishtaha bilan eyish kerakmi bulmasa?:?
Rostini aytsam, pashalarni ovkatga tushganda yukishi mumkin bulgan kasalliklarni yozmokchi edim, va ularning hammasi tugul, juda kopi mahsus dorilarsiz, koya veringki pashaning ikkinchi kanotidagi antidotlar bilan tuzalishi mumkin emasligini yozmokchidim. Karasam, ahmokona makola uchun, cherezchur kop energiya waste bolarkan:rolleyes:
Ahmoqona maqola? Iltimos sal o'zingizni bosibroq post qiling!
Siz aytayotgan "ahmoqona maqola" ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hadislari bitilgan.
P.S Alloh qotib ketgan qalblarimizga O'z nuridan bahramand qilsin!
PainKiller
12-29-2007, 11:48 PM

Mehmonga keling, pasha shurva kiberaman unaka bulsa.;)
Faysal
12-29-2007, 11:52 PM
Mehmonga keling, pasha shurva kiberaman unaka bulsa.;)
erkaligingizni uyingizdagilarga qilsangiz yarashadi. Odob bilan post qiling. Hamma postni ham o'qib chiqing. Nima devotdi bu o'zi, qani bir bilaychi deb oldin qarab chiqadi. Tomdan tarasha tushganday qilib post qilavermasdan.
P.S mavzu pashsha sho'rva emas balki ovqatga pashsha tushsa deyilgan. Irgansangiz yuzingizni buringda indamasandan jim o'tiring!:)
ikbaljohn
12-29-2007, 11:54 PM
Haaa,Islomda barcha savollarga javob bor
PainKiller
12-29-2007, 11:55 PM
erkaligingizni uyingizdagilarga qilsangiz yarashadi. Odob bilan post qiling. Hamma postni ham o'qib chiqing. Nima devotdi bu o'z, qani bir bilaychi deb oldin qarab chiqadi. Tomdan tarasha tushganday qilib post qilavermasdan.
P.S mavzu pashsha sho'rva emas balki ovqatga pashsha tushsa deyilgan. Irgansangiz yuzingizni buringda indamasandan jim o'tiring!:)
Odob, ma'rifat, madaniyat degan gaplarizi uyizga kirganizda, uyizdagilarga o'rgatasiz. Bu er salomatlik bulimi, tibbiy nuktai nazardan kallaga kelganini yozaman. Yokmasa, toshizi terib, menga umuman yozmen. Urgildim, sizdaka odoblidan.
Faysal
12-29-2007, 11:56 PM
Alloh hidoyatga boshlamasa, bandaning gapi behuda...
Nafs egarini kiyib manosiz tovushlar chiqarish kabi zulm yo'q...
Mazlum brodardan...
Ba'zilarga o'hshab o'rtada aroq, vino,viski kabi harom qilingan narsalar bilan yoki o'rtada raqsga tushayotgan ayollarga termulib taomlangandan ko'ra ovqatga pashsha tushgani ming marta afzal.....
PainKiller
12-29-2007, 11:57 PM
whatever...
Faysal
12-30-2007, 12:05 AM
whatever...
Whatever has a beginnig also has an end.
Sirius_s
12-30-2007, 12:17 AM
kupchilik siz aytgan ishni qilmaydi. pashsha tushsa, yana uni ovqatizda "chumiltirib" dalshe yesez:lol:
Ovqatni tukib tashlab, boshka er edim. Lekin kim biladi deysiz. armiyaga borsez bilib turibam evurasiz.:D
Demak, mana shu pasha ovkatga tushib ketsa, uni shundok chumiltirib olib, ovkatni ishtaha bilan eyish kerakmi bulmasa?:?
Rostini aytsam, pashalarni ovkatga tushganda yukishi mumkin bulgan kasalliklarni yozmokchi edim, va ularning hammasi tugul, juda kopi mahsus dorilarsiz, koya veringki pashaning ikkinchi kanotidagi antidotlar bilan tuzalishi mumkin emasligini yozmokchidim. Karasam, ahmokona makola uchun, chereschur kop energiya waste bolarkan:rolleyes:
Jannat qiyin amallar bilan o'ralgan, qiyinchiliklar bilan deyilgani bekorga emas, mana hujjati, odamlar o'z tillari bilan shuni tasdiqlashyapti. Shuning uchun ham avvalo Allohni, keyin Uning rasuli Muhammad alayhissalomni dunyodagi jamiki narsadan yaxshi ko'rmaguncha komil mo'min bo'lmaysan deyilgan, bitta shu amalni qilish shunchalik og'ir ekanmi?!
Bir sahoba aytgan ekanlar:Ey oshqovoq,oshqovoq, seni Rasululloh yaxshi ko'rganlari uchun yaxshi ko'raman" deb har safar aytar ekanlar, toki shunday ekan TAQVO AHLLARI PASHSHA TUSHGAN OVQATNI AVVAL PASHSHASINI PVQATGA BOTIRIB OLIB, BU SUNNAT DEB BEMALOL YEYMIZ, ZERO HAR KIM O'ZI YAXSHI KO'RGANI BILAN JANNATDA BIRGA BO'LADI, BIZ BU AMALNI RASULULLOHDAN DEB SEVIB AMAL QILAMIZ.ALHAMDULILLAH!
Alloh hidoyatga boshlamasa, bandaning gapi behuda...
Nafs egarini kiyib manosiz tovushlar chiqarish kabi zulm yo'q...
Mazlum brodardan...
Ba'zilarga o'hshab o'rtada aroq, vino,viski kabi harom qilingan narsalar bilan yoki o'rtada raqsga tushayotgan ayollarga termulib taomlangandan ko'ra ovqatga pashsha tushgani ming marta afzal.....
Ha endi shu vinoniyam boshida achitib, keyin oyoqda ezib qilishgan, hozirda esa ishlatilayotgan texnikaniyam yuvadimi bu odamlar(harom ichimlik qiluvchilar,oshqozonlariyam haromga borib ketgan,tozalikni bilarmikin ular?) yoki yo'qmi, ovatga tushgan mingta pashshadanam harom narsani(va yana butun tanani harom qiluvchi narsani) jon deb ichishadide o'zlariga GUNOH SOTIB OLISHADI, pashsha tushgan ovqatni haqidagi hadisni inkor ilishadiyu Rasulullohga tuxmat qilib, KOFIRGA CHIQISHLARIYAM HECH GAPMAS, CHUNKI ALLOH MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA ITOAT ETSANGIZ MENGA ITOAT ETGAN BO'LASIZ DEB YOZIB QO'YGAN.
Black
12-30-2007, 01:12 AM
Oddiy mana shu masalada ham kim aslida kimligini ko'rish mumkin.
Ko'pchilik "Prodvinutiy" "scientistlar" faqat o'zlarini burnidan narin ko'ra olmaydi. Hatto "Ilm-fan buni isbotladi" desa ham o'z aqllariga to'g'ri kelmasa qabul qilishmaydi. Huddi ular dunyoni ustuni, dunyodagi eng zo'r olim, nima haqiqatu, nima haqiqatga to'g'ri kelmasligini ular aniqlaydiganday. Yana ilm-fan haqida gapirishlarinichi. Internetda ikkita-uchta maqolani o'qib, tushunib tushunmay, huddi professorday tutishadi o'zlarini, yana ilm-fandan da'vo qilishadi.
Odildustov
12-31-2007, 10:09 AM
Ha mayli kup asabiylashisham keremas. Hidoyatga boshlovchi Olloh, yuqorida temani notugri deganlarni, olim talab qilganlarni labaratoriyaga olib borib isbot kursatsez ham "buldi ishondim lekin kunglim tortmayapti" deb bahona qilishadi. bu qancha yillardan beri takrorlanib kelinayotgan hodisa. habardor qildiz buldi qolganiga uzi javob beradi.
Rad etuvchila: balki birinchi bor eshitgandirsila bu faktni, balki aqllaringa sigdira olmayotgandirsila lekin baribir "Paygambarimiz dedila" deyildimi "BS" yoki bulmagan gap demasdan bir uylab kurila nima deyotganlaringni. Berkordan bekorga muborak Paygambarimizni otlarini keltirilmaydi hamma joyda.
Royal
12-31-2007, 10:44 AM
hmmmm......
birinchi tuhum paydo boganmi yoki tovuq ???!!!
iltimos, shu savolgayam bir javob qarab berila...zora 3-4 betdan bir nima qora qilarsila shunga....
Hammaylani kirib kelayotgan yengi 2008 yil bilan....

kim ana shu postga tushungan bo'lsa 5 ta thanks mandan :lol:
jk, boboy : )))
Sirius_s
12-31-2007, 09:02 PM
hmmmm......
birinchi tuhum paydo boganmi yoki tovuq ???!!!
iltimos, shu savolgayam bir javob qarab berila...zora 3-4 betdan bir nima qora qilarsila shunga....
Hammaylani kirib kelayotgan yengi 2008 yil bilan....
Din-ISLOM O'YINCHOQ EMAS!!! U boshqa dindan 3-4 bet qidirib toparsiz, islom haqida biror fikr aytish uchun ancha narsani oldin o'rganib chiqish kerak. Agar sizga islom maqul kelmasa,uning qonunlari sizga yoqmasa bemalol boshqa dinni tanlab ouring, zero ALLOH HAMMA NARSADAN BEHOJATDIR!
corsair
12-31-2007, 09:38 PM
Oddiy mana shu masalada ham kim aslida kimligini ko'rish mumkin.
Ko'pchilik "Prodvinutiy" "scientistlar" faqat o'zlarini burnidan narin ko'ra olmaydi. Hatto "Ilm-fan buni isbotladi" desa ham o'z aqllariga to'g'ri kelmasa qabul qilishmaydi. Huddi ular dunyoni ustuni, dunyodagi eng zo'r olim, nima haqiqatu, nima haqiqatga to'g'ri kelmasligini ular aniqlaydiganday. Yana ilm-fan haqida gapirishlarinichi. Internetda ikkita-uchta maqolani o'qib, tushunib tushunmay, huddi professorday tutishadi o'zlarini, yana ilm-fandan da'vo qilishadi.
lekin hudo bizlaga miyani (aql va idrokni) bergan... biz o'sha miyani ishlatishimiz ham kerakku...
sizni gapingizga qo'shilaman, lekin odamzod ilm o'rganib o'z hayotini yengilshatirshi ham keraku...
menimcha kitoblarda RAK va Tuberkulyozga qarshi qanday kurashish haqida gaprib o'tilmaganku, demak odamzod qirilib ketmasligi uchun fanni ham rivojlantirishi kerak...
o'sha davrlarda pashsha faqat biologik kasalliklarni o'zida olib yurgandir lekin hozir pashshaga qarshi ishlatilayotgan himikatlarni ham olib yuradi... bu himikatlar ovqatga tushganda ovqatni zaharlashi ham mumkin...
Sirius_s
12-31-2007, 09:54 PM
lekin hudo bizlaga miyani (aql va idrokni) bergan... biz o'sha miyani ishlatishimiz ham kerakku...
Payg'ambar alayhissalom hammadanda aql idrokli,mukammal hulqli qilib yuborilganlar, u kishini Alloh hamma uchun namuna qilib tanladi :)
sizni gapingizga qo'shilaman, lekin odamzod ilm o'rganib o'z hayotini yengilshatirshi ham keraku...
menimcha kitoblarda RAK va Tuberkulyozga qarshi qanday kurashish haqida gaprib o'tilmaganku, demak odamzod qirilib ketmasligi uchun fanni ham rivojlantirishi kerak...
albatta, ilm o'rganishni Alloh farz qigan, faqat odamzodga zara keltiradigan ilmlarni emas, shunchaki joxil olimlar islomni noto'g'ri talqin qilib odamlarni ilmdan chetlashtirishgan :evil:
o'sha davrlarda pashsha faqat biologik kasalliklarni o'zida olib yurgandir lekin hozir pashshaga qarshi ishlatilayotgan himikatlarni ham olib yuradi... bu himikatlar ovqatga tushganda ovqatni zaharlashi ham mumkin...
Islom dini KOMIL ,MUKAMMAL qilib yuvorilgan, u to Qiyomatgacha hamma savolga javob bera oladi. chunki bu Qur'onda ham kelgan, BIZ SIZGA DININGIZNI KOMIL QILIB YUBORDIK- mazmunida
Zamonni la'natlamanglar, zamon Allohnikidir deyigan, Alloh yaratgan qonunlar Odam atodan to Qiyomatgacha har bir amalda ishlaydigan qonunlardir, agar shunday bo'maganida islom dini mukammal bo'lmasdan, undan hatolar topilar edi, lekin hali hech kim islomdag qonunlardan biror xato topa olgan emas va topa olmaydi ham :)
corsair
12-31-2007, 10:02 PM

men qurondan hato qidirganim yoq, kimman, bir banda...
men ilm va kassalik haqida aytib o'tdim halos... :x
Maroon
01-01-2008, 04:48 AM
"If there's something strange flying in your food, who you gonna call? Flybusters!
If there's something weird and you are tummy don't feel good, who you gonna call? Flybusters." (c)
Zor mi? :lool:
I am loving this thread. Mne voobshe vse ravno sidet li muha na moey ede ili net. Vse ravno budu kushat. Yum yum. :lol:
UDachi vsem.
Uyyonli
01-01-2008, 04:50 AM
men qurondan hato qidirganim yoq, kimman, bir banda...
men ilm va kassalik haqida aytib o'tdim halos... :x
Esimga tushib ketti...
Mirzo Ulug'bek!!! Qotillar va Johillar har doim uchrab turadi shundaylarni uz vaqtida ilmga rom etmasanggiz bulajak Ilmi Ummonlarni joniga beliga tepki ekan bu johillar. uzr agar ayrimlaringni yaranggizga tuz tepgan bulsam :)
Eh Mirzo Ulug'bek :( Uning kashfiyotlarini atiki o'tgan asrlarda topishgan.
On Topic: endi pasha ham o'zgaradide, zamonga qarab masalan Afrikaga borib pashshani cho'plap qozonga tashlab pishirib yenglar, yahshi maslahat !!! AIDS Virus Piruslarni oldini olarmush:rolleyes:
tovba qildim... blah puke
Mirage
01-01-2008, 05:50 AM
Qo'yinglar, har kim o'z ovqati va pashshasi bilan qolaqolsin:)
Har kim Ohiratta qilgan qilmishlari uchun o'zi javob beradi.
Bu yerda deyarli hamma 20 yoshdan oshgan, o'z bilimlari va aql- idrokiga ishongan userlardir. Ularni fikrini bir nechta postlar bilan o'zgartirish qiyin.
O'zi O'zinikiga tosh otsa juda hunuk ko'rinarkan. Не стоит из-за этого грызть глотку друг- другу.
Uyyonli
On Topic: endi pasha ham o'zgaradide, zamonga qarab masalan Afrikaga borib pashshani cho'plap qozonga tashlab pishirib yenglar, yahshi maslahat !!! AIDS Virus Piruslarni oldini olarmush:rolleyes:
tovba qildim... blah puke
AIDS вируси пашша ёки чивин оркали юкиши исботланмаган, ва бундай холатлар учрамаган:)
Abu Hurayra
01-01-2008, 08:46 AM
Muhtaram/a anjuman qatnashchilari:
Bu borada brodarlar tomonidan Sahih hadislar keltirilibdi:
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Qachonki, birortangizning idishiga pashsha tushib qolsa, uni hammasini botirsin, so'ngra tashlab yuborsin. Chunki uning ikki qanotining birida shifo, boshqasida dard bor", dedilar".
Buhoriy rivoyat qilgan.
Bu hadis shaxsiy fikrringizga yoqmasa ortiqsa quruq gaplarni nima qilasiz?.
Mayli agar bunga shaxsan Ilmiy isbot kerak bo'lsa, Payg'ambarning :saws:gaplariga shubha bilan qarab u kishini yolg'on gapirganga chiqarsangiz , bemalol Shaxsiy izlanishni boshlang.
Oddiy tajriba qiling. Bir kosa sho'rvani oling ichiga pasha (chivin) ning bir qanotini botirib(2 chisini botirmasdan) chiqarib tashlang. Keyin sho'rvani iching. Allohga qasamki kasal bo'lishingiz 100% aniq. Balkim bu kasallik 1-2 kunda bulmasada keyinchalık ruyobga chıqıshı mumkın (kayfiyatını bilmaymiz..)
Alloh Qur'onda aytadiki:
"Ey iymon keltirganlar [Ey Mo'minlar!]! Allohga itoat qilinglar va Rasulga itoat qilinglar. Va amallaringizni Botilga [bekorga] chiqarmanglar." [Muhammad 47:33]
Umumiy Eslatma: Bu oyatlar, Hadislar faqatgina Iymon keltirganlarga qaratilgan, hammaning ham buni qabul qilishi shartmas. Islomdagi Iymon ahlidan bo'lmasangiz, bekorga oyat hadislar ustida quruq bahs qilmang.
"Yo'q Men ham musulmon-iymon ahlidanman desangiz biror bir Allohni yoki Rasulini gapini inkor qilishdan yoki uning ustidan kulishdan qo'rqing chunki dindan chiqib qolishingiz mumkin (garchi tilda ming bor musulmonliknı da'vo qılsangızda).
Qani ilmiy asosni talab qiluvchilar tajribaga o'ting? Natijani kutib qolamiz?
PS: Din bo'limida ochilsa yaxshi bo'lardi, aks holda bu yerda iqtibos qilinayatgan muborak manba'alar xor bo'layapti...: (((
Faysal
01-01-2008, 08:59 AM
lekin hudo bizlaga miyani (aql va idrokni) bergan... biz o'sha miyani ishlatishimiz ham kerakku...
sizni gapingizga qo'shilaman, lekin odamzod ilm o'rganib o'z hayotini yengilshatirshi ham keraku...
menimcha kitoblarda RAK va Tuberkulyozga qarshi qanday kurashish haqida gaprib o'tilmaganku, demak odamzod qirilib ketmasligi uchun fanni ham rivojlantirishi kerak...
o'sha davrlarda pashsha faqat biologik kasalliklarni o'zida olib yurgandir lekin hozir pashshaga qarshi ishlatilayotgan himikatlarni ham olib yuradi... bu himikatlar ovqatga tushganda ovqatni zaharlashi ham mumkin...
Taqsir, Ha Alloh bzilarga miyyani ishlatish qobiliyatini bergan, ammo siz aytayotgan Saraton va bosqha kasalliklarni Qur'onda o'zini oyati bilan ehtiyot bo'lishni buyurgan SIYDIK bilan davolanishga buyurmagan. Uni shubhasiz najas degan. Ho'sh? Ba'zi tabiblar siydik ichsa rakdan holos bo'ladi degan safsata bilan chiqishgan edi Uzbekistonda bir paytlar. Bunisi nima edi o'shanda?
uzbekcfa2
01-01-2008, 10:53 AM
ha qoyilman. indamasa sekingina kofir ga ham chikarib quyasizlar.
Kur-kurona hamma narsaga ham ishonib ketavirish kerak emas.
Balkim gaplariz rostdur, din sohasida bilimim kam. Lekin birinchi postda qanaqadur "professor" tomonidan 1 marta botirib olinsa zaharini uldiradi degan gapga ishonish qiyin. Shu narsa rostan fanda isbotlanganmi?
mana bu erda wiki dan kimdur shu savolni surabdi. Man bekorga 5 6 ta qungan busachi deb suramadim. hech kim javob bermabdi.
What happens if you eat food that flies landed on?
Answerness
Not much really.
Flies will be probably digest the food is has landed on, and to do that they need to digest it. However flies have a poor internal digestion system so they will 'vomit' digestive fluids on the fluid mix the food and the fluid and then consume it.
This is quite disgusting but the fluid is weak and you can still digest the food easily without knowledge of what has transpired.
If however, the food has been visited by many flies for a long time, the digestive fluids may be able to cause a few little problems for your digestion.
Also flies act like transport vehicles to many diseases, so if it lands on something it may have unknowingly left a small present of bacteria for you. Thankfully the bacteria will be in too small numbers to cause a problem if a fly landed on it. But you should really think how much you want to eat if lots of flies land on it, as too much bacteria can cause problems with digestion and could give you a cold (or in very rare cases, a very bad disease). Fortunately, the bacteria will fail to medicine like penicilin. If one or two flies land on food, it should be safe and with any luck it will build up your immunity.
uzbekcfa2
01-01-2008, 10:59 AM
Bir narsani tushuninglar, diniy kitoblarda yozilgan narsalardan hammamizni ham 100% bilimimiz bor emas. Shunichun darrov 15 ta odam 1 ta yo 2 ta odamga tashlanmasdan, 1 ta odam chiroyli qilib tushuntirsa etadi.
Ushanda ham fikringizga u odam qushilmasa, bu uni ishi. E kopir, "aqlli" degan kamsitish gaplarni yigihstirilar. Silar aqqli va ahli ulamo sizlar, hammangizlar. unutmanglar. Yahshi fazilatlaring bilan ajralib turinglar.:D
Shahsan man, Hudodan boshka har narsani savolga tutish mumkin degan fikrga amal qilaman. Question everything but the God!
peace
uzbekcfa2
01-01-2008, 11:11 AM
"
I am loving this thread. Mne voobshe vse ravno sidet li muha na moey ede ili net. Vse ravno budu kushat. Yum yum. :lol:
UDachi vsem.
chto budesh kushat? muhu?:D
must be yumy, isnt it?:D
Maroon
01-01-2008, 11:47 AM
ti luchshe skaji kak tebe moya pesnya? :lol:
johnny_80
01-01-2008, 11:49 AM
Kur-kurona hamma narsaga ham ishonib ketavirish kerak emas.
Balkim gaplariz rostdur, din sohasida bilimim kam. Lekin birinchi postda qanaqadur "professor" tomonidan 1 marta botirib olinsa zaharini uldiradi degan gapga ishonish qiyin. Shu narsa rostan fanda isbotlanganmi?
Birodar sizzi savolizga javob kerak bo'lsa javob beramiz. Oldin berilgan manbani yaxshilab o'qib chiqing, darxol post qilishga shoshilmasdan. Maqolada qaysidur professor emas, balki payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan aytilgan gap haqida so'z borayotganiga guvoh bo'lasiz. Birodarlar aytishdi bu faqat musulmonman degan insonlarga aytilgan gapdir. Bu narsaga ishonish yo ishonmaslik sizni shaxsiy ishingiz va buni javobini ham o'ziz berasiz. Hech kimdan ishonish talab qilinmayapti. Qolaversa bu yerda pashsha tushgan ovqatni musulmon odam bir botirib olgandan keyin yeyishga majbur deb ham aytilmayapti.
Qur'oni Karimda oyat bor, ma'nosi: "U (ya'ni payg'ambar) havodan gapirmaydi, u faqat vahiy qilingan narsanigina gapiradi" Bu oyat ham musulmonlar uchun;)
Poklik iymondandur degan hadis bor. Musulmon odam ovqatiga 5-6 ta pashsha tushishigacha qarab turmasa kerak. Musulmon bunaqa chirkin joylarda ovqatlanmaydi. Biz musulmonlardan shu aytilgan hadisga ishonish talab qilinyapti xolos va biz bu hadisga ishonamiz. Zero bizning payg'ambarimiz umrlari davomida biror marta ham yolg'on gapirmaganlar.
din sohasida bilimim kam.
Shunaqa bo'lsa har narsani aqlizga solavermang, adashib qolishiz mumkin.
Salomat bo'ling
Abu Hurayra
01-01-2008, 12:58 PM
ha qoyilman. indamasa sekingina kofir ga ham chikarib quyasizlar.
Kur-kurona hamma narsaga ham ishonib ketavirish kerak emas.
Balkim gaplariz rostdur, din sohasida bilimim kam. Lekin birinchi postda qanaqadur "professor" tomonidan 1 marta botirib olinsa zaharini uldiradi degan gapga ishonish qiyin. Shu narsa rostan fanda isbotlanganmi?
mana bu erda wiki dan kimdur shu savolni surabdi. Man bekorga 5 6 ta qungan busachi deb suramadim. hech kim javob bermabdi.
What happens if you eat food that flies landed on?
Answerness
Not much really.
Flies will be probably digest the food is has landed on, and to do that they need to digest it. However flies have a poor internal digestion system so they will 'vomit' digestive fluids on the fluid mix the food and the fluid and then consume it.
This is quite disgusting but the fluid is weak and you can still digest the food easily without knowledge of what has transpired.
If however, the food has been visited by many flies for a long time, the digestive fluids may be able to cause a few little problems for your digestion.
Also flies act like transport vehicles to many diseases, so if it lands on something it may have unknowingly left a small present of bacteria for you. Thankfully the bacteria will be in too small numbers to cause a problem if a fly landed on it. But you should really think how much you want to eat if lots of flies land on it, as too much bacteria can cause problems with digestion and could give you a cold (or in very rare cases, a very bad disease). Fortunately, the bacteria will fail to medicine like penicilin. If one or two flies land on food, it should be safe and with any luck it will build up your immunity.
Abdul'aziz,
Ushbu habarni faqatgina Alloh rizosi uchun samimiylik bilan yozayapmiz.
Yana Noto'g'ri tushunmang, shaxsiyatingizga olmang...
Bu haqdagi gap siz va mani gapimdek emas bu Olamlarga rahmat qilinib yuborilgan Payg'ambarimiz :saws: ning gaplari, buni Buxoriy o'zlarining sahihlarida keltirganlar. Islomda Sahih Hadis to'plamlari esa Qur'ondan keyingi 2 chi manba'adir.
Biz Musulmonlar Kalimai Shaodatni- ("Ashhadu an La Ilaha illallah Muhammad ar rasululloh")tildagina emas qalban tadiqlashimiz kerak.
"Allohdan boshqa iloh yo'q" deganda uning buyurganlarini faqat uning roziligi uchun barpo qilishimiz kerak. "Muhammad :saws: uning rasuli" deganda payg'ambarimizning sunnatlari ni(aytgan gaplari, hayotda yashagan tarzlari vhk) mahkam tutishimiz kerak. U kishining sunnatlarini esa biz Sahih Hadislar to'plamlardan olamiz. Yuqorida aytganimızdek Qur'ondagi oyat bo'lsin yoki Sahih hadis, uni ınkor qilib ustidan kulgan kishi dindan chiqishi aniq gap.
Biz Allohning kalomi va Payg'ambarimiz :saws:ning so'zlarini o'zimizning tor insoniy aqlimiz bilan o'lchab keyin qabul qilmaymiz, aksincha aql, ilmni chetga surib unga iymon keltiramız. Bu "ko'r ko'ronalikka" kirmaydi.
Chunki inson aqli chegaralangan, ilm(kishilar tomonidan kashf etilayatganlari) esa yillar o'tgan sari o'zgaraveradi o'zgarib biri boshqasini inkor etishi mumkin.
Qarang kechagacha Maymunni "Dada" deb yurganlar bunaqa gaplarni asosga ega emas ekanligini bugungi kunda ko'rgach ba'zilar nima qilishni bilmay qoldi, ba'zilar Alloh ko'rsatgan yo'lni tarjıh etdi, ba'zilar esa (bu forumda ham ko'rib yurıbmiz) qaysarliklari tufayli haliham o'sha botil gaplarga sodiq qolib Maymunga Dada deb yurıbdilar... Lekin ko'p hollarda hatto texnika ilm fan ham rivojlangan sari Allohning kalomini haqligini faqat tasdiqlab kelayapti.
Bu sahih hadislarda pasha yoki chıvınni yeng deb aytılmagan. Bunaqa gap ustida kulish Musulmonlarning ishi emas. Bu hadislarni ustidan kulish Kofirlarni ishi. Ehtiyot bo'lish kerak! bunaqa jiddiy mavzularda bachkanalik faqatgina Allohga osiy bo'lishga yaqinlashtiradi, Shaytonni sevintiradi...
Endi bu hadisdan turli xil ibrat olamiz:
1. Ushbu hadis Sahih hadis bo'lganligi uchun uning haqligini hech ikkilanmasdan tasdiqlaymiz.
2. Bunday hollarda payg'ambarimiz buyurganlaridek yo'l tutmiz.
3. Kishi salomat bo'lganida ibodatlari ham mukammal qilishini hisobga olib, kasallikni oldini olish yo'li bizga ko'rsatilgani kabi amal qilish (Bu yerda ibodat deganda Allohning buyurganlariga ko'ra hayot kechirish: Halol rizq topish niyatida ishlash, ilm olish,kundalik ibodatlarini barpo qilish vhk. Yomon ishlardan o'zini saqlash vhk )
4. Tafakkur bilan ushbu hadisdan chiqadigan foydalar mulohaza qilinsa bu hadis ko'p isrofgarchilikni (yeguliklar boradida)oldini olishligini ko'ramiz...
5. Albatta sunnat ni mahkam tutgan kishi Inshallah Allohning marhamatiga erishadi....
Wallahu 'alam...
PS:Since when wiki is known as a scientific source? : O??
Everyone can add there their personal opinion isnt it? ; )??
If you have doubts about authency of this hadith you can do yourself a personal scientific research. ; )
It is very basic...Please refer to previous post about makin' experiment in Uzbek Language...
respectfully your brother...
uzbekcfa2
01-01-2008, 02:42 PM
offtop savol,
Abu Hurayra, sizni oldingi nickingiz Deadman emasmidi?
Abu Hurayra
01-01-2008, 02:47 PM
offtop savol,
Abu Hurayra, sizni oldingi nickingiz Deadman emasmidi?
Aha yaqında nickni uzgartirgandım...
PS: Abdul'aziz deganimdan sezdizmi deyman : D
uzbekcfa2
01-01-2008, 02:51 PM
PS: Abdul'aziz deganimdan sezdizmi deyman : D
aha:)....kurinma ketgandingiz, taqsiri olam?:D
yangi yillar bilan!;)
Black
01-02-2008, 03:34 AM
lekin hudo bizlaga miyani (aql va idrokni) bergan... biz o'sha miyani ishlatishimiz ham kerakku...
sizni gapingizga qo'shilaman, lekin odamzod ilm o'rganib o'z hayotini yengilshatirshi ham keraku...
menimcha kitoblarda RAK va Tuberkulyozga qarshi qanday kurashish haqida gaprib o'tilmaganku, demak odamzod qirilib ketmasligi uchun fanni ham rivojlantirishi kerak...
o'sha davrlarda pashsha faqat biologik kasalliklarni o'zida olib yurgandir lekin hozir pashshaga qarshi ishlatilayotgan himikatlarni ham olib yuradi... bu himikatlar ovqatga tushganda ovqatni zaharlashi ham mumkin...
Siz mani postimni tushunmabsiz shekilli. Men ilm o'rganish haqida hech narsa demadim. Prosto, kimlardir bu yerga kelib ilm-fan nomidan da'vo qiladiyu, lekin o'zining qiladiganishlari ilm-fanga to'g'ri kelmaydi. Mayli, ishonmasa ishonmasin, lekin bitta maqola yoki fikr bildirilganda osmondan tushganday qilib "shu ham gap bo'ldimi, absurd, qani dalil, nodonlik, ahmoqlik" va hakazo bo'lar-bo'lmas gaplarni gapirmasdan, o'zi tadqiqot, tajriba o'tkazib, yoki Internet, kitob, gazeta-jurnallarni titkilab ko'rsa, mavzuga aloqador ma'lumotlarni keltirsa bo'ladiku ahir. Nimaga endi o'zini aqliga to'g'ri kelmasa darrov boshqalarni nodonga, ilmsizga chiqarib tashlash kerak.
Gap bu yerda "ular nimaga qarshi chiqayapti" emas "ular nimaga bunaqa qo'pol va ilm-fanga asoslanmagan yo'l bilan qarshi chiqayapti" degan gapda.
Mayli, ilm-fan o'rganishsin, hohlamasa hadisga ishonishmasin, bu ularning ishi, lekin bu ularga ularning aqliga to'g'ri kelmagan gapni aytgan odamni nodonlikda, johillikda ayblashga huquq bermaydi. Bu yerda hech kim ilm-fan ustuni emas, shuning uchun o'z ahvolidan kelib chiqib gapirilsa yahshi bo'lardi. Ba'zilar esa huddi Dunyo Akademiklarining boshlig'iday gapirishadi. O'zi Meditsinadan biladigan narsasi bor yog'i Institutda o'qiganda o'rgangan yaralarga bint bog'lashdan iborat holos (shunda ham shuni eplay olsa), yana bu yerga kelib boshqalarni tanqid qilishadi.
Sirius_s
01-03-2008, 11:04 PM
Esimga tushib ketti...
Mirzo Ulug'bek!!! Qotillar va Johillar har doim uchrab turadi shundaylarni uz vaqtida ilmga rom etmasanggiz bulajak Ilmi Ummonlarni joniga beliga tepki ekan bu johillar. uzr agar ayrimlaringni yaranggizga tuz tepgan bulsam :)
Eh Mirzo Ulug'bek :( Uning kashfiyotlarini atiki o'tgan asrlarda topishgan.
On Topic: endi pasha ham o'zgaradide, zamonga qarab masalan Afrikaga borib pashshani cho'plap qozonga tashlab pishirib yenglar, yahshi maslahat !!! AIDS Virus Piruslarni oldini olarmush:rolleyes:
tovba qildim... blah puke
men qurondan hato qidirganim yoq, kimman, bir banda...
men ilm va kassalik haqida aytib o'tdim halos... :x
siz mani postlarimni boshqalarga nisbatan talashib-tortishish deb chunmang, Alloh saqlasin, shunchaki hammamiz ham ojiz insonmiz va kecha bimaganimizni bugun bilishimiz, bildirishimiz mumkin, shunchaki musulmonlar birodarlarini Alloh taqiqlagan ishni qilmasliklarini oldini olishadi(ya'ni bu hadis noto'g'ri deb kofir bo'p qolish mn), chunki mo'min banda birodari bilan jannatda birga bo'lishni hohlaydi, shunchun ham muslimlar muslimlarga, muslimalar muslimalarga yordam berishga harakat qiladilar(I mean o'zaro mahramlar).
Endi sizning kasallik haqidagi fikringizga kelsak, dard berguvchi Alloh shifosini ham beradi, Alloh avvalu oxirni bilguvchi, U 1400yil oldin(1427daje) Payg'ambar alayhissalomga vahiy yuborib, islomdan ta'lim berayotganda bizning zamonimizdan ham habardor bo'lib bo'lgan, u bizdan keyin ham qanday kasalliklar kelib chiqishini hozir ham biladi, shu sababli ham U hamma zamonga mos qilib, har sohasiga, sog'iqqayam,politikagayam, ekonomikagayam,sociologiyagayam, hamma hammasiga tegishli va ularni to'g'ri boshqaradigan QONUNlarni yaratib bo'lgan, agar butun dunyo musulmon bo'lib, islomga qattiq amal qilishganida hech qanday SPID, sil va boshqa kasalliklar bo'lmasdi vallohu a'lam, chunki bu kasalliklar islomga amal qilmaslikdan kelib chiqadi(zino, toza yurmaslik etc). Butun olamlar Parvardigoriga qasamki, agar shu hadis Rasulullohdan kelgan bo'lsa(sahihligi tasdiqlamoqda), demak undan faqatgina foyda bor va bir kun(balki qiyomatda) odamlar, bilmaganlar shu hadisni bilib oladilar.
[quote=Mrs.Reaper;877858
I am loving this thread. Mne voobshe vse ravno sidet li muha na moey ede ili net. Vse ravno budu kushat. Yum yum. :lol:
UDachi vsem.[/quote]
Mrs.Reaper :), agar musumon kishi bu Rasulullohdan deb pashshani ovqatga bir botirib, olib tashlab yesa savobga ega bo'ladi(chunki bu u kishiga bo'lgan ishonch,hurmat va muhabbatdir), agar o'zim hohlaganim uchun deb qilsa unda savobsiz qolaveradi(chunki Rasululloh va boshqa Payg'ambarlardan boshqa barcha odamlar oddiy odamlardir, tanlangan emas, lekin agar Payg'ambarga ergashib qilsa savobdir) :)
Musulmon kishi shunday bir aqlli va ziyrak odamki, u har bir kichik narsadan bo'lsa ham o'ziga savob-yaxshilik orttirib oladi :)
Faysal
01-04-2008, 12:46 AM
olib tashlab yesa savobga ega bo'ladi(chunki bu u kishiga bo'lgan ishonch,hurmat va muhabbatdir),
Alloh rozi bo'lsin mazmunli fikringiz uchun! Ammo...........
Biz shunday fikr bildirishga bildiramizku lekigin yuqorida keltirilgan hadisi sharifni nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pashshani unday degan ekanlar degan hayolga to'htalishi tabiy. Hoh musulmon bo'lsin hoh musulmon emas. Shahsan men ham ilgari shuni o'ylab ko'rganman. Agarda har bir hadisga amal qiluvchi har qanday ummat bo'lsin, "eshitdik, bo'ysinib ketavaeramiz" deb amal qilishi ham tabiy. Chunki bu Iymon kuchli ekanligidan dalolat beradi. Ammo hadisni ma'nosiga uni aytilish qoidasiga yahshilab e'tibor berilsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam, qat'iy ravishda o'zlaridan o'zlari pashsha ovqatga yoki ichimlikga tushsa yenglar deb ta'kidlamaganlar. Balki buni savol taqriqasida ulug' sahobiylar, salaflardan birontasi savol tariqasida buni ko'rgani uchun hojat yuzasidan murojat qilgan bo'lishi mumkin albatta. Bu meni shahsiy farzaim, holos.
Agarda yana ham izlanish olib borilsa, sahobalarni hayoti, qanday hayot kechirganliklari bizlarga ma'lum va mashhurdir. Shunday ekan qaysi bir sahoba radiyallohu anhuni tanavvul qilayotgan ovqatlariga yohud tanavvul qilmoqchi bo'lgan ichimliklarida pashsha tushganini ko'rgan bo'lsalar, buni hukmi qanday ekan, pokmi yoki tanavvul qilish uchun joiz emasmikin deb shubhalangan bo'lsa, buni darhol sollallohu alayhi vasallamdan so'rab olgani bo'lishi muqaqrrar. Wallohu alam.
Savol tug'ilishi mumkin. O'sha sahoba ovqatni to'kib tashlasa olam guliston edi?
Albatta, ammo sahoblar hozirgi ba'zi odamlar kabi, ya'ni hozirgi zamon zayli bilan fikr yuritayotganlar kabi boyvachcha emas edilar. Nasib qilganiga shukr, yo'qchilikka sabr qilar edilar. Biz faqatgina hadisga amal qilib qolmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hadislarini, ham himoya qilib qolishimiz, ularni so'zlarini muborak deb qabul qilishimiz lozim va lobud.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.