PDA

View Full Version : Sport bo'limida yangi "FIFA World Cup" subforumi ochildi


Mahmud
01-04-2008, 08:22 AM
Assalomu alaykum, Barcha Futbol Muxlislari

Mana bugun Sport bo'limida yana bir yangi subforum ochildi. O'ylayman-ki, ushbu subforumda qiziqarli mavzularda yangiliklar, fikrlar yozib, baxslar olib boriladi.
Milliy Terma jamoamiz World Cup 2010 da(nasib:)) ishtirok etib Barchamizga olam-olam quvonch taqdim etadi...:)

Milliy Terma jamoa yaqinda 6 fevraldan boshlab Jahon Chempionati saralash baxslarida qatnashishni boshlaydi. Ko'plab xabar va ma'lumotlar Terma jamoaning Jahon Chempionatiga qatnashuvi haqida bo'ladi.
Shu boisdan, ushbu mavzuni FIFA World Cup subforumga o'tkazib yuborishni lozim topdim.
2010 FIFA World Cup™: AFC announces seedings, qualification process mavzusini ham o'tkazib yubordim...:)

Evropa, Afrika, Amerika mintaqalaridagi baxslar haqida ham mavzular ochilishi va Ular haqida yangiliklar, mulohazalar yozib borilishi mumkin.

PS: Ushbu subforumni ochilishida o'z Taklifi bilan chiqqan Userimizga va shu takliflarni ijobiy qabul qilgan Administratsiyaga o'z tashakkurimni bildirmoqchiman.



.

RockerDen
01-06-2008, 01:57 PM
Evropa-chi? U haqida ham sharhni berish kerak va har bir guruh uchun ayrim threadlar ochib etish kerak, shunaqa emasmi?:?...

odish
01-06-2008, 04:12 PM
Evropa-chi? U haqida ham sharhni berish kerak va har bir guruh uchun ayrim threadlar ochib etish kerak, shunaqa emasmi?:?...

to'g'ri Evropa uchun ham ochish kerak mana shu qolib ketibdi....
shuni ilojisi bo'lsa stick the europe as well, tanx

Mahmud
01-07-2008, 05:24 AM
Evropa-chi? U haqida ham sharhni berish kerak va har bir guruh uchun ayrim threadlar ochib etish kerak, shunaqa emasmi?:?...

Evropa haqida ham yozgandim-ku,



Evropa, Afrika, Amerika mintaqalaridagi baxslar haqida ham mavzular ochilishi va Ular haqida yangiliklar, mulohazalar yozib borilishi mumkin.




Evropa uchun ochish kerak, deganda aniq nimani nazarda tutyapsiz? Jahon chempionati Saralash baxlslariga bo'lsa, yuqorida aytganimdan har bir guruh baxslari uchun alohida mavzular ochilishi mumkin...

to'g'ri Evropa uchun ham ochish kerak mana shu qolib ketibdi....
shuni ilojisi bo'lsa stick the europe as well, tanx

boburshoh
01-07-2008, 05:46 AM
Europe deyilganda menimcha shu yil yo'z da bo'ladigan Europe chempionati nazarda tutilayapti, alohida europe chempionatiga bag'ishlandan bo'lim ochilsa yaxshi bo'lardi

Evropa haqida ham yozgandim-ku,



[/INDENT]

Evropa uchun ochish kerak, deganda aniq nimani nazarda tutyapsiz? Jahon chempionati Saralash baxlslariga bo'lsa, yuqorida aytganimdan har bir guruh baxslari uchun alohida mavzular ochilishi mumkin...

Mahmud
01-07-2008, 06:49 AM
Europe deyilganda menimcha shu yil yo'z da bo'ladigan Europe chempionati nazarda tutilayapti, alohida europe chempionatiga bag'ishlandan bo'lim ochilsa yaxshi bo'lardi

Bunday savol bo'lishini kutgandim...:)

Evropa Chempionatiga qadar biroz muddat bor. Jahon Chempionatiga qadar 2,5 yil borku ahir deyishingiz mumkin? Lekin, Biz O'zbek futbol muxlislari uchun saralash baxslari juda muhim sanaladi. Barchamizga ma'lumki, saralash baxslari 6 fevraldan "start" oladi.

Yana yangi subforumni ochishdan avval hozirgi 2ta yangi (Futbol subforumi ham yaqinda ochildi) subforumni biroz jonlantirib olishimiz kerak...
Subforumlarni ochish borasida Uzbekiston2010 bir yilcha muqaddam aytib o'tgandilar. Mana bugun ma'lum qismi ochildi, endi Bu bo'limlarni jonlantirib, keyin ko'paytirsak maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylayman.


Boshqa fikrlar bo'lsa yana o'ylashib ko'ramiz :)