PDA

View Full Version : Diqqat - Forum Kengashi o'z ishini boshladi !!!

Asadbek
01-28-2008, 01:02 PM
Hurmatli Forumdoshlar,

Forum.Arbuz.Comda Forum Kengashi tashkil etilgani haqida sizlarga bildirmoqchiman.

Forum Kengashi avval, 2005 yil Yanvardan 2007 yil fevralgacha ham mavjud edi va Forumda quyidagi boshqaruv tizimi mavjud edi:
- Forum Kengashi va Administratorlar
- Moderatorlar
- Userlar

Forum Kengashi ishlagan vaqtda Forumda sifat ko'tarilgan, har xil muammolar keskin kamaygan edi. Bu projekt sinovdan yaxshi o'tgandi. Ammo, kengash a'zolari keyinchalik tarqab ketishganliklari uchun, kengash faoliyati to'xtab qolgan edi.
Natijada, Forumni boshqarish Administratorlar-Moderatorlar-Userlar shakliga qaytgandi.
Moderatorlarni tanlash, Forumda bo'limlar ochish yoki bo'limlarni yopish, Forum ishtirokchilari o'rtasidagi ancha-muncha muammoli joylarda chora qabul qilish, Moderatorlar faoliyati borasida monitoring qilish, yangi Moderatorlar tayinlash, Moderator-User o'rtasidagi mashmashali gaplarda chora ko'rish kabi ishlarda qaror qabul qilish yana Administratorlar zimmasida qoldi.

Mana shu keltirilgan muammolarni bartaraf etish, Forum sifati va saviyasini ko'tarish uchun chora-tadbirlar qabul qilishni yaxshilash va Administratorlarni userlar tomonidan yakkahokimlikda ayblanishini bartaraf etish maqsadida Forum Kengashi yangidan tuzilib, o'z faoliyatini boshladi.
Bu borada MegaZ bilan maslahatlashib, kelishgan holda qaror qabul qildik.

Forumdagi boshqaruv tizimi yana quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
- Forum Kengashi va Administratorlar
- Moderatorlar
- Userlar

Forum Kengashi doimiy ravishda 6-10 kishidan iborat bo'lib, kengash a'zolari Forum userlari orasidan saylab olinadi. Kengash a'zolarining kimligi faqat kengash a'zolarining o'zi va Administratorlargagina ma'lum, qolgan barcha Moderator va Userlar uchun sir hisoblanadi (bu - kengash a'zolariga nisbatan shaxsiy adovat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida sir tutiladi). Kengashning ilk jamoasini Administratorlar tayinlaydi. Keyinchalik, kengashda kimning qolishi, kimning ketishi va kimning qabul qilinishi borasida kengash a'zolari o'zaro kelishib olishadi.

Kengash a'zolari Forumda hech qanaqa ortiqcha imtiyozga ega bo'lmaydi, ya'ni Kengashdan tashqarida ular oddiy Userligicha qolishadi. Lekin kengash a'zolari Forumning buguni va kelajagi uchun muhim bo'lgan chora-tadbirlar qabul qilishlarida ulardan mutloq xolislik talab qilinadi.
Yangi Moderatorlarning tayinlanishi, faol bo'lmaganlarining olinishi haqidagi qarorlar Administratorlarga Kengash tomonidan tavsiya etiladi.
Forum faoliyati uchun muhim bo'lgan har qanday qaror qabul qilishda Kengash a'zolarining barchasi teng huquqli hisoblanishadi.
Kengash ichida muhokama qilingan gaplarning tashqariga chiqmasligi, Kengash a'zolarining kimligi sir tutilishi borasida Kengash a'zolarining har biri javobgarlikni o'z zimmalariga olishadi. Sir tutilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar Kengashdan tashqariga chiqsa, uni olib chiqqan kengash a'zosi kengashdan chiqariladi va ma'lum muddatli Ban bilan ham jazolanishi mumkin.
Zarurat bo'lganda Kengash va userlar o'rtasida vositachilik qiluvchi vazifasini kim o'tashini Kengash a'zolari o'zaro aniqlab olishadi.

Kengashning ilk vazifasi Forumda Moderatorlar faoliyatiga baho berib, lozim topilsa, yangi Moderatorlar borasida tavsiya berish, faol bo'lmaganlarini Modetratorlikdan olib tashlash va shu kabi masalalar qaror qabul qilish bo'ladi.
Keyingi vazifa esa Forumning Umumiy Qoidalarini qaytadan ko'rib chiqish, Forum saviyasi ko'tarilishiga hissa qo'shadigan qilib muvofiqlashtirish va shu kabilar bo'ladi.
Va shu tarzda kengash o'z faoliyatini davom ettiradi.

E'tiborlaringiz uchun tashakkur.
Forumda xushkayfiyatlik
va batartiblik sizga yor bo'lsin deb

Asadbek

UzLand
01-28-2008, 01:27 PM
Forum Kengashi doimiy ravishda 6-10 kishidan iborat bo'lib, kengash a'zolari Forum userlari orasidan saylab olinadi.

Kengash a'zolarining kimligi faqat kengash a'zolarining o'zi va Administratorlargagina ma'lum, qolgan barcha Moderator va Userlar uchun sir hisoblanadi...

Кандай килиб улар хам барча томонидан сайланади, хам шу билан бирга уларнинг шахси сир сакланади?

Сайлов натижалари куринмас буладими? Унда натижалар холис булишига ишонч булмайдику.

Мана шунга батафсилрок тухтаб утинг.

Asadbek
01-28-2008, 02:43 PM

Kengashning ilk jamoasini Administratorlar tayinlaydi. - Asosiy sostav tuzilib bo'lindi va ular o'z ishlarini boshlab yuborishgan.

Keyinchalik, kengashda kimning qolishi, kimning ketishi va kimning qabul qilinishi borasida kengash a'zolari o'zaro kelishib olishadi. Kengash a'zosi kengashdan ketgan taqdirda kengash bilan bog'liq gaplarni chetga chiqarmaslikni kengashga kirgan vaqtidayoq o'z zimmasiga olgan.
Kengash jamoasini tuzishda hech qanaqa ommaviy POLL ochilmaydi. Demakki, Kengash a'zolarining kimligini kengash a'zolari va Administratorlardan boshqa hech kim bilmaydi.

Royal
02-02-2008, 10:22 AM
[INDENT]
- Forum Kengashi va Administratorlar

Administratorlar deganiga tushundimu unga qoshimcha bolgan osha Forum Kengashi deganiga nimani aloqasi borligini tushmadim ???

kitayoza
02-02-2008, 11:40 AM
Mahfiy kengashga murojat bo'lsa, uni kimga yoki qaerga yo'llash kere?

Glance
02-02-2008, 12:54 PM
Mahfiy kengashga murojat bo'lsa, uni kimga yoki qaerga yo'llash kere?

Adminlagadur-de..

crescent
02-02-2008, 01:05 PM
Forumni o'z shaxsiy FBI'i tuzilibdi-de :lol:

kitayoza
02-02-2008, 01:11 PM
Adminlagadur-de..

Ja unaqa kuchli postlarni srazu tushunib yetaolmaganimiz uchun yana savollar qilamiz.
Bu mahfiy kengashni tuzishdan maqsad moderatorlarni ishini tahlil qilishmi?
Agar shunday bo'lsa unda salbiy signallarni kimga yuboraylik? Asadbekkami?
Yuborilgan signallarning muallifi sir saqlanadimi?

Asadbek
02-02-2008, 02:03 PM
Bu mahfiy kengashni tuzishdan maqsad moderatorlarni ishini tahlil qilishmi?Ushbu mavzuning ilk postida Forum kengashi nima uchun tuzilganligi aniq va lo'nda qilib tushuntirilgan.

Agar shunday bo'lsa unda salbiy signallarni kimga yuboraylik? Asadbekkami?
Yuborilgan signallarning muallifi sir saqlanadimi?Forum doirasida forumga tegishli narsalar bo'yicha birovning ustidan shikoyatingiz bo'lsa, bemalol menga, MegaZga yoki Delfga PMda yozing. Agar Kengash aralashishi kerak bo'lsa, Kengash e'tiboriga muhokama qilish uchun havola etiladi.

Yoki bo'lmasa, quyidagi mavzuda yozib qoldiring: <a href="http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=41199">Все обнаруженные проблемы в Форуме - решаются здесь! -> №3</a>

Eng avvalambor, mavjud muammoni biror User, Moderator yoki Administrator bilan bog'liq bo'lsa, u bilan PM orqali hal qilishga harakat qiling.

Maroon
02-02-2008, 02:07 PM
People, some of you take the forum too seriously.

kitayoza
02-02-2008, 02:21 PM
People, some of you take the forum too seriously.

Люди, некоторые из вас взять форум слишком серьезно.

daje vashshee.:D

Luganos
02-02-2008, 02:22 PM
wahaha Forumni Mafiya qivoribsilarmi deyman :lol:

Asadbek "Kurtlar Vadisi" ni ko'p kurvorganmisiz deyman :lol:
chunki u yerdayam Kengash, kengash azosi, ularni ruhsati haqida ko'p gapiriladi.
On: Agar o'sha kengash faoliyati hammadan sir tutilsa, uni tashkil etilganliginiyam aytmay qo'yovrmislarmi

MUHLIS
02-02-2008, 03:12 PM
Yaxshi bo'libdi. Forumning foydasiga ishlaydi. Mansabparast birodarlarga eslatma: bu yer obro', minbar va mansab talashadigan joy emas.

Asadbek
02-02-2008, 05:45 PM
wahaha Forumni Mafiya qivoribsilarmi deyman :lol:

Asadbek "Kurtlar Vadisi" ni ko'p kurvorganmisiz deyman :lol:
chunki u yerdayam Kengash, kengash azosi, ularni ruhsati haqida ko'p gapiriladi."Kurtlar Vadiysi"ni 1 minutini ham ko'rganim yo'q hali...

On: Agar o'sha kengash faoliyati hammadan sir tutilsa, uni tashkil etilganliginiyam aytmay qo'yovrmislarmiBilasizmi nima, bu yerda biror bir Userni ko'nglini to'q qilib bo'lmaydi. Mana shu Forumni rivoji va sifatli darajada turishi uchun nima qilmaylik, kamchilik topib, rezinkadek cho'zaveradigan userlar chiqaveradi...
Kengash a'zolari kimligi va ularning muhokamalari sir tutilishining oddiygina bir sababi bor:
- ularni choralardan norozi bo'ladigan, g'azablanadigan userlarning shaxsiy hamlasidan holi tutish. Moderatorlar yoki Administratorlarning userlar tomonidan har xil gaplarini eshitib yurishining o'zi ham yetadi. Nahotki shuni anglash qiyin bo'lsa?
Tashkil etilganini esa aytishimiz kerak. Bor gapni yashirib nima qilamiz. Kengash kimningdir shaxsiy manfaati uchun emas, mana shu Forumning yaxshilanishi uchun ishlaydi.

Asadbek
02-02-2008, 05:50 PM
Forum Kengashi mavjudligi borasida shubha qilayotgan barcha Userlar uchun quyida 2005 yil yanvarda MegaZ tomonidan tashkil etilgan ilk Kengash haqida MegaZ e'lon qilgan postni iqtibos sifatida keltiraman:

Уважаемые форумчане!

В первую очередь хочу извиниться за то, что не смог уделить достаточного внимания на форум в связи с отсутствием свободного времени. К сожалению, в результате всех конфликтов, ссор и обид на кануне нового года как между участниками так и между модераторами, я решил оставить форум без модераторов на короткое время и внести некоторые, можно сказать "глобальные" изменения в плане дальнейшей работы форума.

Как Вам известно, форум всегда работал по следующей иерархии:
1) Администратор
2) Модераторы
3) Пользователи

В список моих обязательств и ответственностей входила не только техническая поддержка форума, но и другие административные решения форума (такие как назначение модераторов, открытие/закрытие форумов, модерирование тем и т.д.). Не смотря на то, что во многих случаях перед тем, как вынести определенное решение я старался предварительно проконсультироваться с модераторами, в основном окончательное решение принимал именно я.

Главной задачей модераторов являлся контроль содержания форумов. Модераторы подчинялись двум правилам: правилам модераторов и общим правилам форума. Обязанностью пользователей являлось подчинение общим правилам форума.

Данная система управления форумом оказалась не совсем эффективной по следующим причинам:
1) Субъективное решение проблем (администрация, то есть я).
2) Постоянные стычки между пользователями и модераторами (что в принципе можно охарактеризовать как нормальное явление, но не во всех случаях).
3) Конфликты между самими модераторами.
4) Непродуманные общие правила форума, которые очень смутно описывают обязанности, ограничения и наказания пользователей.
5) Отсутствие мониторинга эффективности модераторов.

Для устранения вышеперечисленных проблем, учитывая дальнейший рост посещаемости форума, требуется внести конкретные изменения в работу форума. Я долго думал над наиболее оптимальным решением и с помощью некоторых пользователей форума составил следующий план:

-- Новая Иерархия Форума --
1) Совет форума (то есть "парламент" форума)
2) Модераторы
3) Пользователи

В данном случае все административные решения будет принимать "Совет форума". Я также буду подчиняться совету форума и осуществлять только техническую поддержку форума (создание новых разделов, усовершенствование форума и т.д.). Таким образом я снимаю с себя все административные обязательства. В совет войдут пользователи от 8-12 человек, которые изначально будут назначены мной. Критерии назначения будут варьироваться; учитываются такие вещи как посещение, конфликтность, опыт, возраст и т.д. В дальнейшем совет будет сам решать кого оставить а кого удалить. Члены совета не будут иметь никаких привелегий на отдельных форумах (то есть они остаются обычными пользователями). Но от их голоса будет зависеть будущее форума. Именно совет будет избирать и удалять модераторов и вести полный мониторинг эффективности форума. Никто не будет знать кто входит в совет (это в интересах членов совета) и его будет представлять либо член совета, либо модератор который будет избран большинством. Модераторы также не будут знать тех, кто входит в совет. Это улучшит эффективность модераторов и понизит количество "персональных одолжений". Каждый член совета будет иметь одинаковый голос в принятии решений любого масштаба.

Первой задачей совета будет назначение модераторов на разделы форума и определение их обязанностей. Второй задачей совета будет составление новых общих правил форума. Третьей задачей совета будет определение дальнейших планов работы форума на 2005 год.

Будут разосланы приглашения кандитатам совета в виде личного сообщения. Если Вы получите приглашение, у Вас будет право принять или отказать данное приглашение. Пользователи, принявшие приглашение через некоторое время получат доступ к форуму совета, где будут обсуждаться и приниматься все дальнейшие решения. Член совета будет нести ответственность за сохранение информации обсуждаемой советом. Разглашение какой-либо информации будет строго наказываться исключением из совета и возможным баном из форума.

С Уважением,
MegaZ

http://forum.arbuz.com:81/showthread.php?t=19822

endi shubhangiz yo'qoldi, degan umiddaman...

kitayoza
02-02-2008, 08:24 PM
Forum Kengashi mavjudligi borasida shubha qilayotgan barcha Userlar uchun quyida 2005 yil yanvarda MegaZ tomonidan tashkil etilgan ilk Kengash haqida MegaZ e'lon qilgan postni iqtibos sifatida keltiraman:

endi shubhangiz yo'qoldi, degan umiddaman...

MegaZni taklifi dimissimi?
A tak sizni tarjimeyz 100 da 100 chiqmabdi. Og'ish bor tarjimeyzda.
Mana misol MegaZ o'zini halq bilan ko'rib "Я также буду подчиняться совету форума" desa, siz "Moderatorlarni tanlash, Forumda bo'limlar ochish yoki bo'limlarni yopish, Forum ishtirokchilari o'rtasidagi ancha-muncha muammoli joylarda chora qabul qilish, Moderatorlar faoliyati borasida monitoring qilish, yangi Moderatorlar tayinlash, Moderator-User o'rtasidagi mashmashali gaplarda chora ko'rish kabi ishlarda qaror qabul qilish yana Administratorlar zimmasida qoldi"
degansiz.
Nima qilib bo'sayam, hokimiyatda qolish politikeyzni surayapsizmi Asadbek. Ha undan ko'ra bizaga tinchgina "bolla o'yneshmeyla" diseyz bo'ldiku. Srazu tushunamiz. Ahir har holda O'zbekistonlilarmizku a?!:D

Asadbek
02-03-2008, 04:22 AM
A tak sizni tarjimeyz 100 da 100 chiqmabdi. Og'ish bor tarjimeyzda.Kitayoza,
sizning Rus tilini qanchalik bilish-bilmasligingiz haqida bir narsa deya olmayman, ammo, O'zbek tilidagi matnni o'qib, to'g'ri va to'liq tushuna olmasligingizni ko'rayapman.
Ilk postni yana bir bor diqqat bilan o'qib, mulohaza qilib oling.

Mavzu bo'yicha boshqa gapingiz bo'lmasa, O'zbekistondanmizku, unaqa qilyapsizmi-bunaqa qilyapsizmi kabi gaplaringizni ichingizda qoldiring.
Shunisi ma'qulroq.

kitayoza
02-03-2008, 05:40 AM
Kitayoza,

iya nega bo'masakan, borde... Qancha kerey.:D Gapning tegi serob bizda.:D
Ho'sh. nimadan boshlasem ekan-a.

Mahfiy kengashning strukturasini tushuntirib bergandey bo'ldiz, rahmat.
Endi kengashning ilk vazifasi haqida:
Kengashning ilk vazifasi Forumda Moderatorlar faoliyatiga baho berib, lozim topilsa, yangi Moderatorlar borasida tavsiya berish, faol bo'lmaganlarini Modetratorlikdan olib tashlash va shu kabi masalalar qaror qabul qilish bo'ladi.demak kengashning birinchi vazifasi "moderatorlar faoliyatiga baho berish ekan".

1.Ho'sh unda birinchi pisha dlya razmishleniya bo'ladigan, moderatorning ismini aytay. Flamingohonimni bir taftish qilib beriyla. :D

2.Lady_G va Uzlandga bann bergan moderatorning faoliyatini ham taftish qilish kere. Nimaga bann va berilgan bann obosnovinniymi? Muddatichi?

3.Agar shu bann qilingan userlar haqida bir so'rovnoma tashkil qilinsa va aksar forum a'zolari tamonidan "AVF QILINSIN" degan hulosa kelinsa, kengash ko'pchilikni fikrini oladimi? Agar aksar forumdoshlar va kengash a'zolari, umum bir avf fikriga kelishsa, Adminlar tamonidan qarshilikka uchramaydimi? Masalan sizning?!:D

Hozircha shu savolla. Yana paydo bo'p qosa, albatta post qilaman.:D

wow_kabob
02-03-2008, 10:29 AM
Sharmandagarchilik lekin

MUHLIS
02-03-2008, 04:50 PM
Muncha xammalaring Asadbekka yopishib oldilaring? Tinch qo'yinglar ey, o'zlaringni bilinglar! Nima qilasizlar ig'vogarlik qilib? O'zglaring ig'vogarlik qilasizlar keyin yana noliysizlar. Har bir vaziyatdan o'zlarini sub'yetkiv va shaxsiy qarashlaringa mos tarzda foydalanmoqchi bo'lasizlar. Nima keragi bor?

lost
02-03-2008, 04:58 PM

konsul :lol:

joking-a yana : ))

Shokirbek
02-03-2008, 11:22 PM
Hehehe, qoyil..

Bolalar, kep qoling savdo zo'riga,
Kengash konsulining ilk bozoriga.. :)
Kim konsul bo'lmoqchi, maqtang mudirni,
Forumda jonbozlik qilgan kadrni..
Ana shunda siz ham konsul bo'lasiz,
Dildagi rag'batni hosil qilasiz..

Qiziqishlar ortib "kim ekan kengash",
Degan o'y boshlarda charx ursa yakkash,
Shunday yuqorida aytilgandek jim,
Yaxshi gap aytganga aylangiz hujum..

Ana shunda murod-maqsadga yetib,
Yomonlik urug'in tubdan mahv etib,
Hech kim adminlarni yo'qlamay qo'yar,
Oq bo'lsada ular, oqlamay qo'yar..

Yashasin bizdagi qiziquvchanlik,
Bilimga tashnalik, kunkov, chechanlik.. :)

Hazildan xafa bo'lgan o'ris.. :)

Royal
02-04-2008, 01:44 PM
blin lakashla....

povod bosa boldimi deymande a???

bomie qosa ozila yasavotsilami povodlarilani....????!!!

Qizaloq
02-06-2008, 01:46 PM
Juda yahshi bo`libdi Kengash tuzilgani .
Asadbek aytganlaridek , forumni har hil sarqitlardan tozalab turishga ancha yordam bo`ladi.

Endi maqsadga ko`chilar, kengash a`zolarini ovoza qililar, yoki POLL o`tkazamizmi ?

SmIlIk
02-06-2008, 01:49 PM

Kengash a'zolari e'lon qilinmaydi. O'zlarining saflariga esa o'zro poll qilib user tanlashadi va shu yo'sinda o'z saflaridan a'zo chiqarishadi. Kengash a'zolarining kimliklari sir saqlanishi ularga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'sir va bosqining oldini olishdir.

Qizaloq
02-06-2008, 01:54 PM
Kengash a'zolari e'lon qilinmaydi. O'zlarining saflariga esa o'zro poll qilib user tanlashadi va shu yo'sinda o'z saflaridan a'zo chiqarishadi. Kengash a'zolarining kimliklari sir saqlanishi ularga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'sir va bosqining oldini olishdir.

ehhh attang , kengash a`zolarini bilmey o`tib ketarkanmizde :(

lobar
02-06-2008, 03:29 PM
ehhh attang , kengash a`zolarini bilmey o`tib ketarkanmizde :(

bunaqa narsalani bilishga yoshlik qilasiz, qizaloq :P

Dr_Didro
02-07-2008, 12:11 AM
ehhh attang , kengash a`zolarini bilmey o`tib ketarkanmizde :(

Matrica kinosini ko'granmisiz... O'shanga o'xshab bu yerda ham izbranniylar bo'ladi. ;) Trinity o'z ishiz bilan shug'ullaning, nima qilasiz bekorchilik bilan NEOni boshini aylantirib :D

HustleR
02-07-2008, 12:49 AM
"Glaciers are delicate and individual things like humans. Instability is built into them" - Will Harrison

Asadbekaka va qolgan postoyanni forumchi dustlar malades lekin silarga shunchalik vaqt qaerdan topaslar?

Lekin ayamasdan shu forumda vaqtini sarflab foydali ma'lumotlar post qilganlar uchun katta rahmat.

Men odatda shu threadlarni ohirlarini uqib qolaman, hammasini bir ma bir uqiguncha .. vayvooo... .

Overall, shu forumdi borligiga rahmat, odam ancha foydali narsalarni urganish bilan birga yaxshi odamlar bilan tanishib dustlashish tarmog'dir.

Hammaga omad. :)

lost
02-07-2008, 01:12 AM
"Glaciers are delicate and individual things like humans. Instability is built into them" - Will Harrison

Adadbekaka va qolgan postoyanni forumchi dustlar malades lekin silarga shunchalik vaqt qaerdan topaslar?

Lekin ayamasdan shu forumda vaqtini sarflab foydali ma'lumotlar post qilganlar uchun katta rahmat.

Men odatda shu threadlarni ohirlarini uqib qolaman, hammasini bir ma bir uqiguncha .. vayvooo... .

Overall, shu forumdi borligiga rahmat, odam ancha foydali narsalarni urganish bilan birga yaxshi odamlar bilan tanishib dustlashish tarmog'dir.

Hammaga omad. :)

Gapni oxirida "ikki yosh baxtli bo'sin" desayiz, qo'shni qishloqdagi tuylarni olib boradigan Hikmat akani gapirish stillari bo'larkan qolarkan :lol:
U kishi lekin Navoidan "quote" qilardila : )))

on: hurmatli forum kengashi, mani warning levelimni srogi o'tgan. Adminga aytudim, moammoni sababini aytishga ayttilayu (http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=905751&postcount=63), yechimiga kelganda hech o'zgarish yoq.
Shunga bir qarab beringla, ob tashlansin. Chekka chekkalarda sizlarni powerful agentlar deyshyapti, yordam qilila, baraka topkurla.

Ps. faqat flood bo'lmasin deb foydasiz bo'lsada on yozdim : )))

HustleR
02-07-2008, 03:24 AM

lost opa. Qanidi odam qushni qishloq'dami qaeridan busayam hozir Uzb-da buposam.
Buerlardanam zz buldi uje. uqish tezroq tugasa buldi.

nickimiz ham zur u.. lost bulib paydo bulib yurasakanda aa :-)

odamlar buerda "hayot va mamot" ustida constructive suhbat utkazyaptiyu siz Hikmatakaga uxshatkanizi qaren. lekin funny chiqdi. :)

Omadizi bersin.

lost
02-07-2008, 04:59 AM

opechatka qildiz, yigitni guli : )
opamas, oka boladi : )

SmIlIk
02-07-2008, 12:58 PM
Gapni oxirida "ikki yosh baxtli bo'sin" desayiz, qo'shni qishloqdagi tuylarni olib boradigan Hikmat akani gapirish stillari bo'larkan qolarkan :lol:
U kishi lekin Navoidan "quote" qilardila : )))

on: hurmatli forum kengashi, mani warning levelimni srogi o'tgan. Adminga aytudim, moammoni sababini aytishga ayttilayu (http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=905751&postcount=63), yechimiga kelganda hech o'zgarish yoq.
Shunga bir qarab beringla, ob tashlansin. Chekka chekkalarda sizlarni powerful agentlar deyshyapti, yordam qilila, baraka topkurla.

Ps. faqat flood bo'lmasin deb foydasiz bo'lsada on yozdim : )))

Foydasi bo'lmaydigan joyda yozib nima qilasiz?

lost
02-07-2008, 01:00 PM
Foydasi bo'lmaydigan joyda yozib nima qilasiz?

zerikkandan. : )