PDA

View Full Version : Hayot estafetasi: Evara-chevarali Bobo-Momolar :)


Asadbek
02-17-2008, 02:08 PM
Assalomu alaykum, aziz Forumdoshlar!

Bilasizki, bizning jamiyatimizda to'y-ma'rakalarda samovar qaynatib, choy damlash madaniyati keng rivojlangan. Samovar qaynatish vazifasi aksariyat hollarda o'spirin yigitlarning zimmasiga yuklatiladi.
Uyda olingan videoni tomosho qila turib, kecha quydagi lavhaga qayta-qayta tikilib qoldim.

http://aycu14.webshots.com/image/44333/2001422511587320499_rs.jpg

Bu yerda mening Bobom o'zining eng katta Evarasi (katta akamning birinchi o'g'li) bilan birgalikda samovorga o't qalayapti... Hayot estafetasi...
Bobom hali baquvvatlar, umrlari uzoq bo'lsin. Xudo hohlasa, mana shu katta evarasi 3 yildan keyin o'qishga kirib, 4-5 yil o'qib, ishga joylashib, uylansa, 10 yil deganda Bobom o'zining ilk Chevara farzandini ham qo'llarida o'ynatib ko'tarishlarini, ularga ham samovar qaynatishni ko'rsatib yurishlarini niyat qilaman. O'sha kunlarga eson omon yetaylik.

Shu lavhaga takror-takror qarab, o'zimning bolalik vaqtlarim esimga tushadi. Qanday ish bo'lmasin, Bobom uni mehribonlik, yumshoqlik bilan o'rgatardi. Gapga kirmay, ko'p sho'xlik qilsak, albatta qattiq tanbeh berib ham turardilar. Katta akam ham hali maktabda o'qib yurardi. Vaqt oqar daryo ekan. Zum o'tmay, mana, Bobom o'z evarasiga ish o'rgatib yuribdilar :)


Azizlar, sizlarning oralaringizda ham Evara-yu Chevaralarini ko'rib yurgan Bobo-Momolari bor Userlar ko'pligiga aminman va bunga umid qilaman. Barchangizning Ota-Onalaringiz, Bobo-Momolaringizga yaratgandan uzoq va sog'lom umr tilab qolaman.

Istasangiz, shu mavzuda Bobo-Momolaringiz va ular bilan o'rtangizdagi munosabatlardagi qiziq, esda qolgan voqealar haqida gapirib berishingiz mumkin.


PS: Bu mening 10.000-postim ekan. Bu nomer bilan aynan shu mavzuni ochgim keldi :)


______

Estafeta = Ota+Ona => Farzand => Nevara => Evara => Chevara => Begana :)

Shokirbek
02-18-2008, 08:26 AM
Va alaykum assalom. Yashang, baxtingiz omon bo'lsinlar, barchalari omon bo'lishsin.



* Evara - nevaraning farzandi, Chevara - evaraning farzandi.

Nevara - farzand farzandi, chevara - nevara farzandi, evara - chevara farzandi emasmi? :)

Har holda men shunday bilaman.

lobar
02-18-2008, 08:40 AM
farzand - nevara - evara - chevara - begana : )

Meniyam onam tomondan katta buvimla hayotla hali, umrilari uzun bo'p tursin Iloyim. Men ulaga evara bo'laman, farzandlarim chevaralari, yahshi kunlarda shu chevaralariniyam ko'rish nasib etsin. Onamning onalarini onalari bo'ladila.
Adashmasam, yaqinda beganalik ham bo'p qoladila :-D

Asadbek
02-18-2008, 10:42 AM
farzand - nevara - evara - chevara - begana : )
Yashang!
Xuddi shunday bo'ladi. :)
1-postga qo'shib qo'ydim.

Oyingizning onalari ham, oyingizning onalarining onalari ham va umuman hammasi hali kooo'p yashasinlar! :)

Madalio'g'li
02-18-2008, 11:07 AM
Shavqat bobo, chevarasi bilan... :)

27364

Amiri Turkiston
02-18-2008, 11:37 AM
bizada BEGONA emas - TOMDAN ITARVORA deb atashadi lekin :-)

afsus....man ko'p tariflashga arzugulik insonlar allaqachon otilib ketishgan Stalin davrida ... ular haqida dostonchalar yuradi boshqa qarindoshlar orasida .... bunday insonlarning nevarayu chevralari sizlar? sizlar undan-da kattaroq yutuqlarga erishishingiz kerak deb.....

Qolganlari hali hayot bulgan qariya yaqinlarim...masalan: buvim ...hayotta unchalik ham rohatta yashay olmaganlar....qiyichilik ustiga qiyinchilik... yolg'iz ona bulib bolalarni o'stirib...erli-joylik qilishni o'zi ham bulmaydi ahir

qolganlari haqida unchalik ham ko'p info. yo'q ....
ular qachonlardir bulishgan .... lekin ko'pchiligi nomsiz yoqolib ketishmoqda ...

estafetaga kelsak - muhimi kelajakda nomsiz yoqolib ketmasdan...farzandlarimiz fahrlanib yuradigan insonlar bulib oyoqqa turib olish

Royal
02-20-2008, 06:08 AM
Ilohi omin...

shu kunlarga bizlarniyam yetkazsin Ollohim....

"otmishi yoqning kelajagi yoq" dep bekorga etishmagan ajdodlarimiz...

"Har doim olga..yahshilikka va rivojlanishga intilish kerak, lekin hech qachon orqagayam qarashni yani otmishingni esdan chiqarma" degan gapalaram bor....

kitayoza
02-20-2008, 06:22 AM
bizada BEGONA emas - TOMDAN ITARVORA deb atashadi lekin :-)

afsus....man ko'p tariflashga arzugulik insonlar allaqachon otilib ketishgan Stalin davrida ... ular haqida dostonchalar yuradi boshqa qarindoshlar orasida .... bunday insonlarning nevarayu chevralari sizlar? sizlar undan-da kattaroq yutuqlarga erishishingiz kerak deb.....

Qolganlari hali hayot bulgan qariya yaqinlarim...masalan: buvim ...hayotta unchalik ham rohatta yashay olmaganlar....qiyichilik ustiga qiyinchilik... yolg'iz ona bulib bolalarni o'stirib...erli-joylik qilishni o'zi ham bulmaydi ahir

qolganlari haqida unchalik ham ko'p info. yo'q ....
ular qachonlardir bulishgan .... lekin ko'pchiligi nomsiz yoqolib ketishmoqda ...

estafetaga kelsak - muhimi kelajakda nomsiz yoqolib ketmasdan...farzandlarimiz fahrlanib yuradigan insonlar bulib oyoqqa turib olishchota sariq mag'iz bo'ganizdan, sizda bir balo bor deb qo'ygandim. Adashmabmizde. E kim ekan u bobo kolonlariz? Bir zikr qilib o'tingchi. Saal noto'g'ri ish qilganizda ularni misol qilib, sizni biiiir mazza qilib izza qipqoyardik.:D