PDA

View Full Version : HAYOL


ATOMIC
03-26-2001, 07:27 AM
Bu hafta LB ga hujum haftasi, boshlarizzi og'ritsam uzr.


Eshiklarni yopgil, tort pardalarni
Yumib olgin horg’in ko’zlaringni ham,
Ana endi do’stim ko’p narsalarni
Hayol sursang bo’lar erkin, hotirjam.

Hoxlaguncha kuyla go’zallik haqda
Unutma olamning charog’onligin,
Ezgulikla to’lgan zamonni maqta
Yodga ol hayotning farovonligin.

Yo’lingga hech kimsa bo’lmagay to’g’on
Orzularing uchun qilmaslar so’roq,
To’yuncha hayol sur, sevin, kul, quvon
Derazadan pastga boqmagil biroq.

varatar
03-26-2001, 07:17 PM
hmm, choto kimdir "hujum" degan sozni ishlatvordimi? bitta sakrab tushibman, LOL.
Sherga gap yoq!!!! Omad!!!!!!

aygul
03-27-2001, 03:46 AM
o zur chiqibdi! ha hujumni boshlayvering, kutamiz :) omad!

best wishes ;)

QOTMADROM
03-27-2001, 03:53 PM
Qotiluuuuuuuuuu :-))

ATOMIC
03-28-2001, 10:12 AM
Tushinmadim, qotadigan nima bor ekan bo'tta?