View Full Version : SHE'RLAR
Adiba
04-09-2001, 01:23 PM
(Bu she'rlar yon daftarimga bitilgan. Usmon Azimdan..)
Uzgani sevsang sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel,yonimga kela qol deb
Chorlasang ham bormasman!
Rostin aytsam,arzimaysan
Na she'rim, na sevgimga.
Men balandman!Quling yetmas!
Ketavergin tenging-la..
Nima deding? Aslo, hech ham
Kuzimdagi yosh emas...
Yosh bulsa ham sening uchun
Tukmayapman..
Buldi...Bas...
Ketgin endi.Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolgiz!
Tugayapti sabrim..Tag'in-
Oyogingga chukmay tiz..
xxxxx
Endi tikanlimi bu erka yullar,
Yo yul tugadimi- endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi chu'llar?
Endi begonaday "xayr" aytishmi?
Oh, qachon aldashga urganasan sen,
Yuzingda kulgiyu labingda titroq.
Men uchun urtanmay, urtanasan sen...
Qurqma! Tillarimda qolmadi suroq.
Ne qilay? Yurakdan bushadi tanim,
Najot-kunishdami, najot-ulishda???
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt qachon ulgurding jonim bulishga?
xxxxx
Har kecha
xotiring yurakka qaytar,
zabt etar
lahzada
jonu jismimni.
Tashqari chiqaman-
kecha munavvar..
shunda takrorlayman yiglab ismingni...
Ammo urtamizda bepoyon kecha-
Yulduzlar urtangan sokin bir hilqat.
Yolgizim
mabodo
ovozim yetsa,
ishonma..
yiglama...
unutma faqat.
xxxx
Xiyonatning yuzi chiroyli,
Lablarida mayin tabassum,
Suzlari ham samimiy-
Ayni
Sadoqatday kamtar, kamsuqum.
Ketarimda
Kelar xiyonat,
Mehr kabi qiynar uzini.
Xursingancha-
Dustday beminnat-
Yumib quyar ochiq kuzimni..
sanjar
04-09-2001, 01:35 PM
Fantastiko!
Nemislar uchun: Fantastichtsch :)
SJ 8)
DODIK
04-09-2001, 03:12 PM
OFARIN...
BOLALAR
04-09-2001, 03:39 PM
da birinchisiga gap yoq. TOHIRCHA ZOR AYTIB QUYGAN!!!
Rostin aytsam,arzimaysan
Na she'rim, na sevgimga.
Men balandman!Quling yetmas!
Ketavergin tenging-la..
da mana bu joyini juda zor aytgan.
Tohir Mahkamovni qushiqlarini biladiganlar bormi ???
Adiba rahmat shunaqa she'rlarni topib quyganingizga
lekin keyingilari bolmabdi.
regards.
kanzler
04-09-2001, 03:54 PM
Bolalar,
nega bumapti?!
She'rlarning hammasi ham dodda ekanku, o'qib g'irt mazza qildim :-)
Adiba, Usmon Azimdan yana kuproq bo'lsin!
Prosto dahshat she'rlar...
alvastijon
04-09-2001, 05:15 PM
She'rlarga gap yo'. Yana bo'lsa jon deb o'qirdim.
Tohir Mahkamovni qo'shiqlariga kelsak man bitta ikkita qo'shiq'idan parchalar bilaman. Shularni chala bo'lsa ham shu yerda yozib qoldirsam hech kim qarshi bo'lmasa kere.
Sen o'zgaga men o'zgaga yor
Kim kimgayu kimlarga kim zor
Yo'llaringda bo'lib intizor
Ko'zlarimni yumib yashayman
xxxxxxx
Qaldirg'ochning qanotiga dardim yozib
Ayriliqning qo'shig'ini kuyib ayttim
Sizla visol damlarini eslab eslab
Aziz yorim to'yingizdan yig'lab qayttim
xxxxxx
Dardlarim dilim kuydirar
Ulfatim ko'nglim to'ldirar
G'animim kunda o'ldirar
Onajonim kelmadingiz
To'y qildim dushmanim keldi
Suymagan suyganim keldi
Sog'inib yig'lagim keldi
Onajonim kelmadingiz
Sizsiz koshonalar vayron
YUragim sanchar beomon
Sog'indimku bu kun yomon
Onajonim kelmadingiz
Qabringizga boshin qo'yib
Mirzo yig'lar qalbin o'yib
Bir kuy chalay desam suyib
Onajonim kelmadingiz
M@ni@X
04-09-2001, 06:52 PM
Adiba,
Highly recommended!! A++++ Thanks Adiba !
Fast shipping, prompt replies to emails, great communication, would do business again!!! Great EBAYER A++++!!!!
varatar
04-09-2001, 08:09 PM
nima toqrisida gaplashvoslar danniy moment shotta otirvolib?
Adiba
04-10-2001, 02:35 AM
Sevging yuragimda bir daryo buldi,
Falakdan falakka oqdi betinim.
Qaradim: u nogoh qon bilan tuldi-
Senga nima buldi SEVGILIM?
Sevginhg yuragimda bogday kukardi,
Bu bogda bulbullar chiqardi tilin,
Tufon daraxtlarni noxos qupordi-
Senga nima buldi, SEVGILIM?
Sevging yuragimda togday yuksaldi,
Unga yulduzlar ham ochdilar dilin.
Angladim:bu tog ham birdan yiqildi-
Senga nima buldi SEVGILIM?
Savollar tilimda- buzlab borurman,
Sendanmi, Ollohdan omonlik tilab.
Tubsiz yuragimni kechib horirman-
Toglarday yiqilib,
Boglarday tugab...
xxxxx
YANA DENGIZ HAQIDA
Sohilini qayraydi dengiz.
Tun-kun qayrar kimning qasdida?
Qorongu bu kechada sassiz
Kim uynaydi uning dastida?
Sohilda jim tentigan ayol,
Qani sening sodiq hamrohing???
Nega qadam quymoging malol,
Nega buncha titranar ohing???
Yonogingda, shur lablaringda
Vijirlaydi kechagi busa...
XIYONATDAN keyin odamzot-
Yashamasa, yuq bulsa, ulsa...
Sohilini qayradi dengiz,
Tun-kun qayrar kimning qasdida?
Ulkan bu tig, nahot, yarashar
Shu nozik guzalning dastiga?
xxxxx
chico_ko'chabolasi
04-10-2001, 02:56 AM
hhhmmmmmmmmmmmm s chego nachat'.........
*Adiba 1.postingizga 5 baho berdim lek 2.si bumapti.
*Dodik qattan bulas bro (boy bozordan emasmi mobodo xexexe?)
*BOLALAR iye biz sizni 2 soatdan beri zakuska opkeladi deb kutib utiripmiza(\_/ ???)
*Alvastijon lichno man qarshiman sizni T.Mahkamovni sherlarini post qilishingizga?
*Varatar eshittizmi Toshouzda kecha qor yogibdi,chigit zavod esa kattakon otel bulib ketibdi............
............................chico_crazy
Adiba
04-10-2001, 03:06 AM
Hmm, uzr bolalar, barcha topiklarni uqib bulgach, chuqur mulohazalar ichida ;-) yana bittasi yodga kep qoldi, qabul qiliyla endi buniyam :-)
Bekor!Yolgon! Botmagan
Muhabbatning quyoshi.
Tun keldi deb dodlagan,
Giybatchilar kuz yoshi.
Men boraman.Bu jonim,
SENIKIDIR...Uksima.
Tunda qurqma.Oq tongning
Bir parchasi kuksima..
Adiba, mana shu oxirgi kiritganiz she'rni juda yaxshi kuramanda :-)
Hayqirib aytging keladi uziyam...
Bekoor! Yolg'on! Botmagannn....
chico_kuchabolasi
04-10-2001, 05:37 AM
19_._ yil!
Ayni sahar chog'ida
Tun uyqusi kezarkan
Ulkaning har yog'ida
Bir chaqaloq tug'ildi
Uzbekiston elida
Undi usdi ulgaydi
ota ona tarbiyasida
odobli bulgani uchun unga
Adiba deyishdi shunda
hali u bilmas edi
taqdiridirida nima borligin
mana bukun esa u _._ yoshda
sherlar yozib suv separ,
barchaning yuragiga
la la la laaaaa
lululuıluuuuuuuuuuuu
ilhom kemay qoldi
Adiba nadeyus ti ponimaesh v shutkah
regards........................................... ..........regards
Oquvchi
04-10-2001, 08:10 AM
Iye??? ular hammasi har hil shermidi??? men hammasi bitta katta sher deb oqiveribman...
bolalar
04-10-2001, 10:08 AM
chico_rulevoy: atak tuzuk shoir ekanasnu a.
lekin zakuskaga tovuq shorva bor ekan.
Chico_critic boldi Alvastijonga molodes qiyilman postiga mazza qilduk.
Chico_uka: qani endi \_/ UUUUUUUUUUUHHHHHHHHHHHHHHHHHHHHh bu dunyo shunday yolgon dunyo
qani ber zakuskani chico_ulfat
ina sal gapalshib ham olduk
asa omad ishlarina chico_gavrosh
take it easy chico_....
regards
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.