PDA

View Full Version : BU OVOZ BIR UMR TA'QIB ETADI


Adiba
04-10-2001, 02:26 PM
Usmon Azimdan

Bilmadim, qaerdan kelar bu ovoz,
Guyo tun quynidan talpinib nurga,
Yarador kabutar qiladi parvoz-
"Sevgilim, bir umr bulamiz birga!"

Eringning kuylagin dorga osasan,
Yenglari shalvirab chuzilar yerga.
Nimani uylaysan? Nega qotasan?-
"Segvilim bir umr bulamiz birga!"

Begona bu sochlar qop-qora gulxan,
Silasam, kuydirib otar xotirga.
Men ham eshityapman, men ham utdaman-
"Sevgilim, bir umr bulamiz birga!"

Beshikni quchoqlab yengil uxlaysan,
Tushingda bir hayot- mengzaydi she'rga.
Kulib takrorlaysan, kulib tinglaysan:
-Sevgilim bir umr bulamiz birga!

Umrdan gapirma.Unda ayb yu'qdir.
Utgan umr asob-ku'nmas tahrirga,
Sen hozir chorlagin, yoshimni tu'kdir:
-Sevgilim bir umr bulamiz birga!

Ayvon ustuniga suyanib ogir
Boqasan: falakda yolgiz bir turna..
Turna yigladimi, yogdimi yomgir-
"Sevgilim bir umr bulamiz birga!"

Bizni ta'qib qilar bu savdo mangu,
Umrimizni abad u'raydi nurga.
Uchrashsak, nahotki, yetim qolar u-
"Sevgilim bir umr bulamiz birga..."

sanjar
04-10-2001, 03:31 PM
:(

kanzler
04-11-2001, 04:52 AM
mdaaa...
zo'r she'r...
Yurakni tirnagan birinchi muhabbat va yurakdan o'chmas va'dalar...