PDA

View Full Version : O'g'ri - вор

kitayoza
03-08-2008, 10:39 AM
Bu Urumchida o'g'rila juda ko'p. Yo mani yo'limdan chiqishuradimi bilmiyman, har kuni ko'chaga chiqsam, 1 yoki 2 marta tochno ko'raman ulani.
"Qattan bildiz o'g'riligini" deyapsizmi? A manda shunaqa chutyo bor. O'g'rilarni sezadigan.
Uyg'urlar orasida juda ko'p ekan o'g'rila. Faqat shuncha kuzatishimlarga ko'ra hali hich o'zinikini uhlatganini ko'rmadimde. Bu nimadan bo'lishi mumkin? Patrioticheskiy ubijdeniyalarmi yoki ezgu niyatmikan a?
Lekin hitoylilarni, bizaga o'xshagan chet ellilarni cho'ntagiga har doim qo'llari ketib qoluradide.

Ho'sh o'g'rini qanday farqlasa bo'ladi. Avtobusdagilar haqida aytamiz.

1. Basharasida nur degan narsa bo'miydi.
2. Ko'zi alang-jalang bo'p turadi. Agar siz bir kishini o'g'ri yoki to'g'riligini bilmoqchi bo'seyz, prosto tak qo'lizni cho'ntagizga solin. Prosto kovlen cho'nteyni. O'g'ri srazu diqqat qiladi. Chunki bu instinkt vorovskiy. Refleksionno paydo bo'ladi.
3. Qo'lida u bu yupqa so'mka yoki paket yoki jurnal ushavogan bo'sa, u yam o'g'ri bo'lishga birinchi davogar.
4. O'g'rila harda doim tiqilinch ichiga o'zini uradi. Nariroda bosh joylar bo'sa ham o'sha tiqilinchda "iya uzr..uzr" deb tururadi. Ko'pro yo'lovchilar tushish yoki chiqish yerlarida turvolishadi. Ko'pincha tushish. Chunki ov o'xshaganidan keyin srazu surish kereyde.
5. O'g'rila ko'pinchali juft bo'lib ishga chiqishadi. Ammo bir biriga aloqasini hicham bildirishmiydi. Lekin birga kirib, birga tushishadi avtobusdan.

Mana shu jihatlarga qarab, qarshizda turgan o'g'rimi yoki to'g'rimi bilib olseyz bo'ladi.

Qizaloq
03-08-2008, 11:29 AM
Ha to`g`ri bu jihatlar faqatgina ularga hos.
Har kuni Universitetga ketishda tiqilinch bus yoki tramga chiqishga to`g`ri keladi, shunda ba`zida studentlar Proyezdnoy biletini oldirib qo`yishadi, kimdur cho`ntegidagi Sotkasini(cell phone) :( o`g`irlatadi.

Har kimni insofini o`ziga bersin.
Studentdek kambag`al odamni endi urib ketishsa, noinsoflikdeeeee.

o`zi o`sha Proyezdnoyniyam ,kimdandur prakatga op turgan bo`lishadi :lool:

kitayoza
03-08-2008, 11:34 AM
Ho'sh o'zim to'qnashganmanmi o'g'rilar bilan. Aha ko'p marta. Faqat chutyoyim bildirib qo'ygani uchun ularga antiusullarim bor.
Ho'sh qanaqa.
Birinchidan govda sal kottaro, ro'ja nagliyro bo'gani uchun hilloy o'g'rila sal extiyot bo'lishadi mandan.
Ikkinchidan ulardan qo'rqmasligimni, kerey bo'sa tashab qolishim mumkinligini bildirib qo'yaman. Ularam odamku. Tem bolee ishda bo'sa vashshe nozu bo'p qolishadi.
Uchunchidan, ula shov shuvni, razoblachit qilishni hush ko'rishmaydi. Shunga sizga qarata ish qilmoqchi bo'gan o'g'riga "qalay, yaxshi yuribsanmi" deb qo'yseyz, bo'ldi, shuganiya ushiydi.

Shuning uchun o'g'rilardan qo'rqmeyla. Ular yuzizni kesib ketishadi, orqangdan picho tiqib ketishadi, uyingni poylab kelishadi.... bu hammasi safsata. Ularga siz umuman kereymassiz. Sizni oldizda zasvititsya qipqogan o'g'ri naobarot, sizdan qochishga, iloji bo'sa siz bilan umuman qayta to'qnashib qomaslikka harakat qiladi. Tak chto ulardan cho'chimeyla.:cool:

Ma'ruf
03-08-2008, 11:40 AM
Aka gaplariz ancha foydalikku...lekin shu biron millat haqida gapirganizda(masala:Uyg'urlar) saal qog'ozga o'rab(yumshog'roq) qilib gapirsez,nur ustiga nur bo'lardi manimcha.

Chunki Uyg'ur qardoshlarimiz sizi gohida noto'g'ri tushunib...bir ikkita gaplarizi haqorattaqa tushunishyapti(Uyg'ur taomlari,threadidagi baqir-chaqir):).

Yana mamadanalik qilib,manga aql o'rgatyapti deb o'ylamen,shunchaki maslahatcha...:roundsml:

kitayoza
03-08-2008, 11:46 AM

Yo' bu bor gap-ku. nega buni berkitishim kerey ekan. Buni hamma biladi. O'zlariyam yaxshigina biladi bu masalani.
man o'ttayam bo'ttayam yuraman ko'cha kuyda. Bizada bu darajadamas. Bor lekin. Lekin bunaqa epidemiya bo'p ketmagan. Siz tasavvur qilaolmayapsizde qanchali ko'pligini. Aytyapmanku har kuni bir yoki ikki marta toshniy ko'raman. Aldasam erga ag'anab tushiy.:D Rostan.

Keyin nimaga ularga ahamiyat berib qoldiz. Millatchi lyuboy mavzuda ham kerey bo'sa gapini gapirvoladi. Prosto o'shnaqalarni moderlar joyiga sop qo'ysa bo'ldi. Olam guliston.:D

Ismoilzoda
03-08-2008, 01:41 PM
Ho'sh o'g'rini qanday farqlasa bo'ladi.

1. Basharasida nur degan narsa bo'miydi.
2. Ko'zi alang-jalang bo'p turadi. Agar siz bir kishini o'g'ri yoki to'g'riligini bilmoqchi bo'seyz, prosto tak qo'lizni cho'ntagizga solin. Prosto kovlen cho'nteyni. O'g'ri srazu diqqat qiladi. Chunki bu instinkt vorovskiy. Refleksionno paydo bo'ladi.
3. Qo'lida u bu yupqa so'mka yoki paket yoki jurnal ushavogan bo'sa, u yam o'g'ri bo'lishga birinchi davogar.
4. O'g'rila harda doim tiqilinch ichiga o'zini uradi. Nariroda bosh joylar bo'sa ham o'sha tiqilinchda "iya uzr..uzr" deb tururadi. Ko'pro yo'lovchilar tushish yoki chiqish yerlarida turvolishadi. Ko'pincha tushish. Chunki ov o'xshaganidan keyin srazu surish kereyde.
5. O'g'rila ko'pinchali juft bo'lib ishga chiqishadi. Ammo bir biriga aloqasini hicham bildirishmiydi. Lekin birga kirib, birga tushishadi avtobusdan.

Mana shu jihatlarga qarab, qarshizda turgan o'g'rimi yoki to'g'rimi bilib olseyz bo'ladi.

Foydali maslahatlar beribsiz. Ehtiyot bo`lish kerak.

3-punktni o`qib ko`z oldimga avtobus ahlining yarmidan ko`pi kelib ketdi ;)

4-punktni o`qib esa institutga yoki ishga kech qolayotgan va imkon boricha zich avtobusga chiqishga urinayotgan odamlarni tasavvur qildim. ;)

qolganlariga esa qo`shilaman, qisman.

AKULA
03-08-2008, 03:22 PM
Ho'sh o'g'rini qanday farqlasa bo'ladi. Avtobusdagilar haqida aytamiz.

1. Basharasida nur degan narsa bo'miydi.
2. Ko'zi alang-jalang bo'p turadi. Agar siz bir kishini o'g'ri yoki to'g'riligini bilmoqchi bo'seyz, prosto tak qo'lizni cho'ntagizga solin. Prosto kovlen cho'nteyni. O'g'ri srazu diqqat qiladi. Chunki bu instinkt vorovskiy. Refleksionno paydo bo'ladi.
3. Qo'lida u bu yupqa so'mka yoki paket yoki jurnal ushavogan bo'sa, u yam o'g'ri bo'lishga birinchi davogar.
4. O'g'rila harda doim tiqilinch ichiga o'zini uradi. Nariroda bosh joylar bo'sa ham o'sha tiqilinchda "iya uzr..uzr" deb tururadi. Ko'pro yo'lovchilar tushish yoki chiqish yerlarida turvolishadi. Ko'pincha tushish. Chunki ov o'xshaganidan keyin srazu surish kereyde.
5. O'g'rila ko'pinchali juft bo'lib ishga chiqishadi. Ammo bir biriga aloqasini hicham bildirishmiydi. Lekin birga kirib, birga tushishadi avtobusdan.Mana shu jihatlarga qarab, qarshizda turgan o'g'rimi yoki to'g'rimi bilib olseyz bo'ladi.

O'zimdan bir misol, masalan:

3 oylik Komandirovkadan keldim, bashara deganlari Qoraqolpoqni shmolidan tars yorilib, issiqdan qorayib, NUR degan narsadan asar ham qolmagan.
cho'lda yuraverib Toshken esdan chiqib ketgan, ayniqsa chiroyli qizlaga ko'pro qaraydi odam.
Albatta qo'limda yupqa papka yoki saal kattaroq sumka bo'ladi, komandirovka otchyotlari bilan
Ishxonaga tezro borish, otchyotlani topshirish kere, tiqilinchmi, odam ko'pmi, ishqilib bir amallab chiqvolish kere 38, 57, 58 Avtobuslaridan biriga.CHETDAN QARAGAN ODAM BU BOLA G'IRT O'GRI EKAN, DIB MANDAN QOCHISHI KEREYKANDE :lol::lol::lol::lol::lol::lol::lol:

O'shanchunakande MENTLA darrov to'xtatishardi o'shanaqa paytda, har-safar komandirovkadan keganimizdan MENTLAR ushavolishardi bizzi. Biz tushunmay, janjal qilardik, nima xoliysan dib. Endi bilamiz, BIZ O'GRISIFAT bo'lib ko'rinarkanmiz.
INFORMATSIYA UCHUN RAXMAT.

bourne
03-08-2008, 03:40 PM
Shunday chuntak kesarlar borki ugrilar kurinishi normalni yahshi kiyingan yuz kuzlari ham binoyi. Anashularni hech ham ajratish qiyin. Bozorlarda ham bulishadi
pullarini yigib ugli qiziga kiyim boshqa narsalar olgani kelganlarni tunashadi. jupkar ham deyishadi chuntak ugrilarini.

Vector
03-08-2008, 03:45 PM
hich shu paytgacha narsa og'rillatmagan ekanman koz teymasin....

Gareeb
03-08-2008, 03:55 PM
alhamdulillah men ham o'girlatmaganmanku faqat bir marta o'z e'tiborsizligim bilan samolyot biletim, cardlarim wa 300 funtni yo'qotib qo'yganman.
Alhamdulillah o'shanda passportim boshqa joyda ekan shunisiga rosa xursand bo'lganman, aksincha juda katta bosh og'riq bo'lardi...

B.TURKISTANI
03-08-2008, 04:02 PM
Aka gaplariz ancha foydalikku...lekin shu biron millat haqida gapirganizda(masala:Uyg'urlar) saal qog'ozga o'rab(yumshog'roq) qilib gapirsez,nur ustiga nur bo'lardi manimcha.

Chunki Uyg'ur qardoshlarimiz sizi gohida noto'g'ri tushunib...bir ikkita gaplarizi haqorattaqa tushunishyapti(Uyg'ur taomlari,threadidagi baqir-chaqir):).

Yana mamadanalik qilib,manga aql o'rgatyapti deb o'ylamen,shunchaki maslahatcha...:roundsml:
Yaxshi gap bo'libdi.
Bitta o'g'rilar uyg'urda ekanmi? Ana Otchoparga chiqing, yuztasi ketngizda yuradi. Tilini tagida aniq piskassi bo'lar ekan. Esimda, o'hsa kelzari Savdo bilan ishlab yurganimda bozor mamuriyati ogohlantirgan edi. Ushlab olsang ehtiyot bo'l! Yuzingni u bu narsa qilib ketadi deb aytar edi.
Aytmoqchimanki har qanday bozor bo'lsin, odam govjum joy bo'lsin joyini o'g'risi (Mestnoy vor)bo'ladi.

Prince
03-08-2008, 04:14 PM
Manbu Kitobni kim o'qigan? Zo'r kitob uqiylar! Ogrilar togrisida :rolleyes:

http://www.labirint-shop.ru/images/books/152505/big.jpg

Alesser
03-08-2008, 04:24 PM
Birinchidan govda sal kottaro, ro'ja nagliyro bo'gani uchun hilloy o'g'rila sal extiyot bo'lishadi mandan.
Ikkinchidan ulardan qo'rqmasligimni, kerey bo'sa tashab qolishim mumkinligini bildirib qo'yaman. Ularam odamku. Tem bolee ishda bo'sa vashshe nozu bo'p qolishadi.
Uchunchidan, ula shov shuvni, razoblachit qilishni hush ko'rishmaydi. Shunga sizga qarata ish qilmoqchi bo'gan o'g'riga "qalay, yaxshi yuribsanmi" deb qo'yseyz, bo'ldi, shuganiya ushiydi.

manam shunaqa deb uylardim, nu baribir ehtiyot bulish kerak ekan... uzim hayotda 2 marta ugriga duch keganman, 1chisida Uzbekistonda bugan menimas oyimmi sumkasiga tushgandi, men sal uzoqroqda bir narsalar tomosha qilib yursam oyim ismimi aytib ushla anuni kashloyokni ob qochti deganini bilanman, haligi ugrini quvib ketib tutvoganman keyin rosa urgandim, siz yuqorida aytganday sherigi bor ekan ohiri yalinib kechirim suragandi quyvorganman... 2kalasi ham kap-katta odam ugrilik qilish urnigi bemalol mehnat qilib pul topsa buladigan yigitlar edi...

2 chisi chetda bulgan, anu Istanbul degan shaharga borudim... turist bulib hamma yogimga cameralarni osvolib qulimda "map" bilan yursam... 1tasi gapga tutib qogandi, menam uzimga ishonib meni jinam urmedi deb, oldiga borgandim darrov 1ta sherigi paydo buldi... shundayam ugriligini bilsamam oldidan ketmabman haligi 2tasi darrov 8ta bup ketgan... oralaridan 1tasi menimcha "boss" busa kerak menga qarab bu shaharda business qilaman degan odam bizga tovon tulaydi deb qosa buladimi... shunda manam qanaqa business studentmanku desamam ishonishi quyin bugan... ohiri chuntakda $780 "cash"ni olib menga ruhsat berishgandi... kup ugrilarni pichogi busa bularda 1-2tasi biqiniga qurol taqvolishgandi... atrofda odamlar busayam 1tasi bularga giring demagan ushanda... anu turklarni "kurtlar vadisi" degan kinosini kursam ushalar esimga tushaveradi:D...

nima bulsa ham yahshiyam yomon ham Allohdan! baribir ehtiyot bugan yahshi ekan:)...

Prince
03-08-2008, 04:27 PM
2 chisi chetda bulgan, anu Istanbul degan shaharga borudim... turist bulib hamma yogimga cameralarni osvolib qulimda "map" bilan yursam... 1tasi gapga tutib qogandi, menam uzimga ishonib meni jinam urmedi deb, oldiga borgandim darrov 1ta sherigi paydo buldi... shundayam ugriligini bilsamam oldidan ketmabman haligi 2tasi darrov 8ta bup ketgan... oralaridan 1tasi menimcha "boss" busa kerak menga qarab bu shaharda business qilaman degan odam bizga tovon tulaydi deb qosa buladimi... shunda manam qanaqa business studentmanku desamam ishonishi quyin bugan... ohiri chuntakda $780 "cash"ni olib menga ruhsat berishgandi..

Hahahaha, Mana mashu HUDDI VOQEA mandan xam bogan!!! U paytda yosh edim 17 yosh edim!! Endi endi Istanbul'dan narsa olib kela boshlagan paytlarim, ana oshanda 1 ta Armnyan mani gapga solib sal chekkaroga ogan, keyin 2-3 ta bolib ketishgan...., uje bildim qochishga nekuda, urishaman disam, bittasi Pichoq chiqarkan! yo shu bilan 2,100$ pulim boridi yonimda! Tijoraat uchun!! opketigan 2100 ni xammasini!!! Boynimga Pichoq tirab!!! rosa yiglagandim keyin Gostinitsaga kirib! Sababi uzim topib 2100$ qilib Tijorat uchun kegan edim! nu.... lekin kotta dars bogan man uchun oshanda shu narsa.... ;)

p.s Aleeser ikkalamizani xam bitta odam kiygan ko'rinadi :)

cianore
03-08-2008, 04:36 PM
Hmmm... o'g'rilarmi?

pochti har kuni ko'rsam kerak ov.. Ko'cha ko'yda ketayotsam, birortasini ko'rib qolsam, darrov ko'ziga qarayman... nimagadir instinkt bo'lib qolgan, odatda bir qarashda o'g'ri o'g'rimasligini bilvolsa bo'ladi...

Prince
03-08-2008, 04:38 PM

unda mani ko'zimga bir qarenchi Qoraka? :rofl:

Alesser
03-08-2008, 04:43 PM
Hahahaha, Mana mashu HUDDI VOQEA mandan xam bogan!!! U paytda yosh edim 17 yosh edim!! Endi endi Istanbul'dan narsa olib kela boshlagan paytlarim, ana oshanda 1 ta Armnyan mani gapga solib sal chekkaroga ogan, keyin 2-3 ta bolib ketishgan...., uje bildim qochishga nekuda, urishaman disam, bittasi Pichoq chiqarkan! yo shu bilan 2,100$ pulim boridi yonimda! Tijoraat uchun!! opketigan 2100 ni xammasini!!! Boynimga Pichoq tirab!!! rosa yiglagandim keyin Gostinitsaga kirib! Sababi uzim topib 2100$ qilib Tijorat uchun kegan edim! nu.... lekin kotta dars bogan man uchun oshanda shu narsa.... ;)

p.s Aleeser ikkalamizani xam bitta odam kiygan ko'rinadi :)

shunaqaga uhshidi bitta odam kiygan korinadi:)...

Hudoga shukur manga buynimga pichoq tirashmadi, shu pistoletini kursatib quydi holos ushanda=)... chuntakni titkilashmagandi ham haligi boss tugrisini ayt chuntakda qancha bor degan, menam bozorda u bu narsa oganim uchun tochna qancha pul borligini bilmasdan $500 disam sanab qarashsa 500dan kup chiqqan... haligi bossi ushanda aytgandi agar rostdanam $500 busa pulingni beraman bumasam "bye-bye" degandi...

siz tugri hotelga boribsiz, bunaqa vazuyatlarda ehtiyot bulish kerak:)... men tugri Sultan Ahmet Masjidiga borib namoz uqigandim ushanda Hudodan kechirim surab, keyin usha erda 1 soatcha yurib, yana 1 restarauntga ovqatlangani kirib 1 soat utirib keyin yana u er-bu erda aylanib ohiri hotelga borganman... har ehtimolga qarshi orqamdan hotelga poylab kelishmasin yana deb shunday qilgandim...

B.TURKISTANI
03-08-2008, 04:46 PM
Hmmm... o'g'rilarmi?

pochti har kuni ko'rsam kerak ov.. Ko'cha ko'yda ketayotsam, birortasini ko'rib qolsam, darrov ko'ziga qarayman... nimagadir instinkt bo'lib qolgan, odatda bir qarashda o'g'ri o'g'rimasligini bilvolsa bo'ladi...
Nahotki sizga g'aybni ilmi berilgan bo'lsa?!
Qalbini bilasizmi? Yuzi o'g'ri bo'lsa qalbi o'g'ri emasdir balki?! Balki iymonga to'la pokdomon bo'lsachi?

Prince
03-08-2008, 04:49 PM
shunaqaga uhshidi bitta odam kiygan korinadi:)...

Hudoga shukur manga buynimga pichoq tirashmadi, shu pistoletini kursatib quydi holos ushanda=)... chuntakni titkilashmagandi ham haligi boss tugrisini ayt chuntakda qancha bor degan, menam bozorda u bu narsa oganim uchun tochna qancha pul borligini bilmasdan $500 disam sanab qarashsa 500dan kup chiqqan... haligi bossi ushanda aytgandi agar rostdanam $500 busa pulingni beraman bumasam "bye-bye" degandi...

siz tugri hotelga boribsiz, bunaqa vazuyatlarda ehtiyot bulish kerak:)... men tugri Sultan Ahmet Masjidiga borib namoz uqigandim ushanda Hudodan kechirim surab, keyin usha erda 1 soatcha yurib, yana 1 restarauntga ovqatlangani kirib 1 soat utirib keyin yana u er-bu erda aylanib ohiri hotelga borganman... har ehtimolga qarshi orqamdan hotelga poylab kelishmasin yana deb shunday qilgandim...

Yo man oshanda nimaga oshanaqa boganini bilaman:

Oshanda endi 17 yoshmanmasmi? Toshkentda spontom Kimsan "Prince"man Turkiaga vam shunaqa FAN FAN bolib keganman!!! Qarasam Turkiani Uzini Prince'lari Istanbulni ozini VORlari borakan, boynimga Picho qoyib, ishtonche qip ketishgan!!!

HULOSA: XAR DOIM OLLOH OZI ASRAGIN , DOSTGA DUSHMANGA ZOR QIMAGIN deb sorash kerak ekan!! shunda Olloh xam o'z panohida asriydi!!!

TIJORAT QILMOQCHI BOGANLARGA: ISTANBULGA BORSELA - Sultan Ahmed, Laleli Taraflarda 1 o'ziz iloji bolsa yurmen, xar hil odamlar Armyanlar savol berishsa! Etibor bermasdan togri otib keting: Agar ubu narsa boladigan bolsa: "POLISSSSSS" deb baqiring! Eng zoru 2 ta odam bolib yuring va qorongu tushgandan keyin umuman YURMEN u RAYONLARDA!!!

Alesser
03-08-2008, 05:00 PM

sizi ushanda yoshidiz ekan men kap-katta bola bup turib hech narsa qilolmaganman... siz aytgandek min qisyama uzga yurtda, qonun qoidasini yahshi bilmimiz...

juda tugri maslahat berdiz, menam huddi usha erda kurishgandim ular bilan... yana qushimcha uzilar yolgiz busela turistga uhshab yurmela qulilada cameralar bilan yoki qulilarda "map"lar bilan yurmelar, bumasam darrov bilishadi...

kitayoza
03-08-2008, 05:44 PM
O'zimdan bir misol, masalan:

3 oylik Komandirovkadan keldim, bashara deganlari Qoraqolpoqni shmolidan tars yorilib, issiqdan qorayib, NUR degan narsadan asar ham qolmagan.
cho'lda yuraverib Toshken esdan chiqib ketgan, ayniqsa chiroyli qizlaga ko'pro qaraydi odam.
Albatta qo'limda yupqa papka yoki saal kattaroq sumka bo'ladi, komandirovka otchyotlari bilan
Ishxonaga tezro borish, otchyotlani topshirish kere, tiqilinchmi, odam ko'pmi, ishqilib bir amallab chiqvolish kere 38, 57, 58 Avtobuslaridan biriga.CHETDAN QARAGAN ODAM BU BOLA G'IRT O'GRI EKAN, DIB MANDAN QOCHISHI KEREYKANDE :lol::lol::lol::lol::lol::lol::lol:

O'shanchunakande MENTLA darrov to'xtatishardi o'shanaqa paytda, har-safar komandirovkadan keganimizdan MENTLAR ushavolishardi bizzi. Biz tushunmay, janjal qilardik, nima xoliysan dib. Endi bilamiz, BIZ O'GRISIFAT bo'lib ko'rinarkanmiz.
INFORMATSIYA UCHUN RAXMAT.
Akulavoy. Bu maslahatla umr degan chizq'i bilan o'lchangan. Ishanaverin.
Siz diqqat qilmabsiz. Qora odamning ham yuzida nur bo'ladi. Hadeb yomon ishlar qilurgan oppoq odamni ham yuzida nuri bo'miydi, tuskliy bo'ladi basharasi.:D

kitayoza
03-08-2008, 05:47 PM
Shunday chuntak kesarlar borki ugrilar kurinishi normalni yahshi kiyingan yuz kuzlari ham binoyi. Anashularni hech ham ajratish qiyin. Bozorlarda ham bulishadi
pullarini yigib ugli qiziga kiyim boshqa narsalar olgani kelganlarni tunashadi. jupkar ham deyishadi chuntak ugrilarini.

Siz o'sha odamni manga ko'rsating. Yoki o'ziz haligi o'z cho'ntagizdan pul soladigan idishizni oching, undan aftobuschiga pul uzatib, qayta cho'ntagizga solayotgan paytda o'sha odamning ko'ziga qarang. Qaradimi...vsyo yasno deb undan hazil bo'ling, ok!:D

kitayoza
03-08-2008, 05:51 PM
Yaxshi gap bo'libdi.
Bitta o'g'rilar uyg'urda ekanmi? Ana Otchoparga chiqing, yuztasi ketngizda yuradi. Tilini tagida aniq piskassi bo'lar ekan. Esimda, o'hsa kelzari Savdo bilan ishlab yurganimda bozor mamuriyati ogohlantirgan edi. Ushlab olsang ehtiyot bo'l! Yuzingni u bu narsa qilib ketadi deb aytar edi.
Aytmoqchimanki har qanday bozor bo'lsin, odam govjum joy bo'lsin joyini o'g'risi (Mestnoy vor)bo'ladi.

Ana yana bitta vorovskoy afsona.
O'zi hich ko'rdizmi ko'chada yuzini kesib ketgan odamni?:shock:
Bo'magan gap. Ha endi biza duhim padat qiladigan erkeylar bo'sak unda "unda, sotkeyzni kak raciya qilib, "lochin...lochin, man burgurman" den. Zora rahmi kesa..":lol:

kitayoza
03-08-2008, 05:55 PM
manam shunaqa deb uylardim, nu baribir ehtiyot bulish kerak ekan... uzim hayotda 2 marta ugriga duch keganman, 1chisida Uzbekistonda bugan menimas oyimmi sumkasiga tushgandi, men sal uzoqroqda bir narsalar tomosha qilib yursam oyim ismimi aytib ushla anuni kashloyokni ob qochti deganini bilanman, haligi ugrini quvib ketib tutvoganman keyin rosa urgandim, siz yuqorida aytganday sherigi bor ekan ohiri yalinib kechirim suragandi quyvorganman... 2kalasi ham kap-katta odam ugrilik qilish urnigi bemalol mehnat qilib pul topsa buladigan yigitlar edi...

2 chisi chetda bulgan, anu Istanbul degan shaharga borudim... turist bulib hamma yogimga cameralarni osvolib qulimda "map" bilan yursam... 1tasi gapga tutib qogandi, menam uzimga ishonib meni jinam urmedi deb, oldiga borgandim darrov 1ta sherigi paydo buldi... shundayam ugriligini bilsamam oldidan ketmabman haligi 2tasi darrov 8ta bup ketgan... oralaridan 1tasi menimcha "boss" busa kerak menga qarab bu shaharda business qilaman degan odam bizga tovon tulaydi deb qosa buladimi... shunda manam qanaqa business studentmanku desamam ishonishi quyin bugan... ohiri chuntakda $780 "cash"ni olib menga ruhsat berishgandi... kup ugrilarni pichogi busa bularda 1-2tasi biqiniga qurol taqvolishgandi... atrofda odamlar busayam 1tasi bularga giring demagan ushanda... anu turklarni "kurtlar vadisi" degan kinosini kursam ushalar esimga tushaveradi:D...

nima bulsa ham yahshiyam yomon ham Allohdan! baribir ehtiyot bugan yahshi ekan:)...

mangayam Ismambulda "extiyot bo'l bizada yomon odamlar ko'p" deyishuvdi, yo', negadur manga uchragan. yaxshiyam.:D

Amiri Turkiston
03-08-2008, 08:15 PM
bir marta yosh o'g'rini ushab rosa tepgan edim....

lekin bir marta bunaqa hosidisaga duch kelganman...qo'yliq bozorini oldida o'tiribman moshinda..

odimda Buhorosanmidi yo boshqa joydanmidi, avtobus tohtadi....
2 ta kishi anqayib turushuvdi hamma ketganidan keyin
SHu 2 ta gavdaliyroq bolla kelib yuzlariga dang'illatishnio boshlagan...keyin kiyimlarini orasidan cho'ntagini titkilay ketishgan...lekin bitta chekkadan bir bezforma turgan ekan....bitta sakrab, anu ikkovini buynidan olgan...

yo astopirillo devdey kuchi bor ekan usha mentni deganidim...shu ikkita o'g'rini ishonasizmi buynidan olib...hammani oldida tepkilab tahsagan....va orqasidan srazu formalila kelib ROVDga olib ketish...

voqeani davomi quydagicha bulgan:
ROVDda anu og'rilarni ichkariga olib kirib ishonasizmi har bir ment tahminan 10 tacha udar edirgan.

anu 2 ta ug'ri ham tovbasiga 10 martalab tayanvorgan...voy DOD deb

lekin manimcha usha o'g'rilarga yahshigina dars bugan bulsa kerak....chunki man uylovdim bu bolla boshqa ornidan turmasa kerak deb....yo ifloslar chiniqqan ekan...ertasiga yana tushishgan...huddi usha ment ushlab kelgan :-) :-) lekin bu safar manimcha undanda battar bulgan bulsa kerak degan hulosaga kelganman

hullas: o'g'rilardan hudo asrasin....tinchlik busin nima qilganda ham

o'g'ri balosidan asrasin deb turinglar :-)

sadaqa, zakot ni o'z vaqtida qilib...haromdan saqlaniylar.

Alesser
03-08-2008, 08:39 PM

ularga bu kaltakam kam uzi, boplabdi kim urgan busayam ularni... bizi Anjon shaharda Boston degan joy bor.. usha erda katta buganmiz uzi... men kichkina edim ushanda, lek eshituvdim bizi mahalladagi kattaroq bollar bitta shunaqa ugrilarni ushlavogan... ularam shunaqa uzicha takoy ugrilar buganda ushavoganlarni mensimagan... haligi ushavogan bolla 2kovini qulidan mix qoqib quygandi... uzim kurmaganman, nu boshqa kurganlar aytgandi, keyin rosa tupolon bugan, nu usha-usha hech qanaqa ugri qorasni kursatmagan usha mahallalarda...

bazida eshitib qolamiz, nu och qobti, pul topolmabti, ishi yurishmabti degan bahonalarni... ugrilikka hech qanaqa bahona yuq, ochidan ulib qolaman degan taqdirayam harom luqma baribir harom, i oson kegan narsa baribir oson ketadi deyishadiku, baribir birovni haqqi bir kuni teshib chiqadi...

Bir kuni Hazrati Ali r.a. Masjidga boribdida, eshik oldida turgan bir kishidan otiga qarab turishini iltimos qilibdi va kunglidan shu odamga qaytib chiqqach 5 dinor (dinormi dirhammi esimda yuq) beraman deb utkazibdi... qaytib chiqsa haligi odam otni tashlab uzangisini ob qochib ketigan ekan... Hazrati Ali r.a. hafa bulib uyiga qaytib kelgach ugliga pul berib bozorga borib yangi uzangi ob kelishni aytibdi... ugli bozorga borib uzangi ob kelgach, Hazrati Ali r.a. qarasa huddi usha uzini uzangisi ekan... haligi ugri ugrilab bozorga borib 5 dinorga pullavorgan ekan... shunda Hazrati Ali r.a. aytganakan essiz shu 5 dinor senga halol edi, shuncha ugirlading, yugirding va ohiri baribir shu halol pulni uzinga harom qilib olding" deb hafa buganakanlar...

cianore
03-08-2008, 08:44 PM
Nahotki sizga g'aybni ilmi berilgan bo'lsa?!
Qalbini bilasizmi? Yuzi o'g'ri bo'lsa qalbi o'g'ri emasdir balki?! Balki iymonga to'la pokdomon bo'lsachi?

Hmmm, Qori aka, sizdan yoki yana kimdandir xuddi shunday gap chiqishini bilgandim... G'aybni ilmiga da'vo qilmadim... Yuziga qarab deb ham aytmadim... Gumonning nima ekanligini ham bilaman...
...to'g'risi, siz bilan tortishmoqchi emasman. Ikkalamiz ikki xil toifadagi odammiz. Fikr yuritishimiz va dunyoqarashimiz ham umuman boshqa boshqa... O'shanga, ma'zur tutasiz...

kitayoza
03-08-2008, 09:17 PM
bir marta yosh o'g'rini ushab rosa tepgan edim....

Mana shunisiga negadur duhim yetmaydide. E ko'rib turaman ish qivotganini e miq etaolmayman. O'ylayman "ertaga javob bermasmikanman shu uchun" deb. Ahir biza buyurilganmizde ma'siyatni qo'l bilan, qo'l bo'masa, so'z bilan, so'z bo'masa qalbdan nafratlanib qo'yishga.
Har holda begona yurt deb o'zimni o'zim ovutaman. A tak O'zbekistonda aniq to'xtataman yoki ko'rganimni bildirib qo'yman. Exxx qarib boryapmiz qarib. 10 yil oldingi shijoat bo'ganda edi...:uups:

Gareeb
03-09-2008, 12:19 AM
Aytgancha 2002 yil Anvar Qorining masjidida tuflimni o'g'irlamoqchi bo'lgan o'g'rini tutvolisgan.
Namozni o'qigach tashqariga chiqsam odamlar o'rab olgan ekan.Bechora qo'yvoringlar deb rosa yalingan.

O'sha masjidda juda ko'p o'girlik bo'lardi, har juma ehtiyot bo'linglar deb ogohlantirardi imom.

Amiri Turkiston
03-09-2008, 05:02 AM
Mana shunisiga negadur duhim yetmaydide. E ko'rib turaman ish qivotganini e miq etaolmayman. O'ylayman "ertaga javob bermasmikanman shu uchun" deb. Ahir biza buyurilganmizde ma'siyatni qo'l bilan, qo'l bo'masa, so'z bilan, so'z bo'masa qalbdan nafratlanib qo'yishga.
Har holda begona yurt deb o'zimni o'zim ovutaman. A tak O'zbekistonda aniq to'xtataman yoki ko'rganimni bildirib qo'yman. Exxx qarib boryapmiz qarib. 10 yil oldingi shijoat bo'ganda edi...:uups:

lekin o'g'rini qaytarish kerak nima qilsa ham.

va ularni joyiga qo'yib qo'yish kerak....

bu bizni burchimiz...kaltakdan mi boshqasidan mi ular hayiqib boshqa ishni qilishni boshlashi kerak

kitayoza
03-09-2008, 05:47 AM
lekin o'g'rini qaytarish kerak nima qilsa ham.

va ularni joyiga qo'yib qo'yish kerak....

bu bizni burchimiz...kaltakdan mi boshqasidan mi ular hayiqib boshqa ishni qilishni boshlashi kerak

E o'zimizda bo'lsa unda albatta ta'zirini berish kere. Bizni jamiyatimizni buzishmasin. A endi bu yerda, bizamas spros oladigan. O'zimizni o'zimiz eplab yursak kotta gap.

Mehribonu
03-09-2008, 06:19 AM
Assalomu alaykum!
Burungi hafta juma namozida akamlarni cho'ntagian $100 ini olib ketshibdi.
"O'zimga oxshaibman-da, kurtkamni shundoq yechib, tahoratga kirib chiqsam..." deydilar.
Bechora o'g'ri... Oxiratini shunchaga sotvordimi, dedim.

B.TURKISTANI
03-09-2008, 06:35 AM
Assalomu alaykum!

wa alaykum assalam!

~Atirgul~
03-09-2008, 03:12 PM
Mani qozoqistonda sumkamdan narsa o'g'irlamoqchi edi, yahshiyam sumkamda karmasheklarim ko'p edi, ichi bosh bolgan karmashekni kesib qo'ygan, uyga kelsam sumkamni kesib ketishganini endi bilipman:lol:

Lekin barbiram etishadiku ne poyman ne vor deb, hammadan gumon qilaverish ham yahshi bo'lmasa kerak, lekin ehtiyot bo'linglar har holda

Royal
03-09-2008, 03:19 PM
Manbu Kitobni kim o'qigan? Zo'r kitob uqiylar! Ogrilar togrisida :rolleyes:

http://www.labirint-shop.ru/images/books/152505/big.jpg

manda kollektsiyasi bor...

Royal
03-09-2008, 03:22 PM
Uyg'urlar orasida juda ko'p ekan o'g'rila. Faqat shuncha kuzatishimlarga ko'ra hali hich o'zinikini uhlatganini ko'rmadimde. Bu nimadan bo'lishi mumkin? Patrioticheskiy ubijdeniyalarmi yoki ezgu niyatmikan a?
Ozini davrida Doqi degan bulani kottasi bolardi Guljalik, Shanhayga borganida 1-2tasi uni talashmoqchi boganda urip dabdalasini chiqarip ahlatga yashikka tashagan...

Guljada davrada otiriship qoganlariga etgandi: Ozlarinikini yana chontagini uradigan bosalarin hammang shu ahvolga tushasanla..dip..

oshandan beri ozlarinikiga ancha yahshi muomila qilishadi...

Royal
03-09-2008, 03:26 PM
Assalomu alaykum!
Burungi hafta juma namozida akamlarni cho'ntagian $100 ini olib ketshibdi.
"O'zimga oxshaibman-da, kurtkamni shundoq yechib, tahoratga kirib chiqsam..." deydilar.
Bechora o'g'ri... Oxiratini shunchaga sotvordimi, dedim.

Toshkentda juma namozdan chiqvotsak bir tanish kep qoldi...:

- Padar lanatla, namoz oqip bolip yonimga yechip qoygan kurtkamni opketishipti, ichida BMW7 seriya kaliti va 3-4ming kokida....

biza hayron bop qoganmiza, juma namozdayammmi dip...
keyin boshqa voqealani eshitip...ha endi odamamlayam har hilde dip kettik...

Oshanga bir gap:

"Ozinga ehtiyot bol, Birowni ayiblama..."

AKULA
03-09-2008, 05:41 PM
ohiri chuntakda $780 "cash"ni olib menga ruhsat berishgandi... kup ugrilarni pichogi busa bularda 1-2tasi biqiniga qurol taqvolishgandi... atrofda odamlar busayam 1tasi bularga giring demagan ushanda... anu turklarni "kurtlar vadisi" degan kinosini kursam ushalar esimga tushaveradi:D...

nima bulsa ham yahshiyam yomon ham Allohdan! baribir ehtiyot bugan yahshi ekan:)...

Judayam o'xshash hodisa bo'lgan mandayam. Faqat o'zimizzi Alayskiyda bo'gan.

1998 yil edi adashmasam, ishqilib litesy bitiruvchisi edimda. Alayskiydan kimmidir kuzatvordim oxirgi avtobus bilan, astonovkadan endi yotoqxonaga qaytmoqchi bo'lib turganimda bir BARZANGIdek keladigan KISHI oldimga kelib, ukam bir gap bor dedi. Ha oka deb oldiga borimmanda jinniga o'xshab, shart qo'limdan ushladiyu man Milisada ishliyman, yur anetta Leytenant bor, bir narsa so'riymizda qo'yvoramiz deyishdi. Manam dokumentizzi ko'rsating unda desam yuzimga shapalo tortvordida chetga chiqaylik, ko'rsataman dedi. Alam qilib siltanib, qochmoqchiydim shart picho chiqazib, biqinimga tiradi. G'ing desang tortvoraman dedi, indamadim. U yoqda bunisidan ham katta yana bir BARZANGI turardi. U manga ukam, pul-mulin bo'sa indamiy beraver, jon kerakmi pulmi deb cho'nteylarimmi kavlashga tushib ketdi. Hich nima topa olishmagandan kegin kimmi o'glisan, nima qilasan deb so'ray boshlashdi. Man aytdim, o'quvchiman dedim. Ular, agar ertaga shu payt uyindan pul olib kelmasang seni topib, so'yib ketamiz deyishdi. Xo'p dedim, ertaga hamma pulimmi olib kelaman dedim. Ular shunda ham qo'yib yuborishmadi, atrofda hech kim yo'g'idi. Bir soatcha qo'rqitishdi, Buxoroli bollaridi shevalariga qaraganda, no tochna Toshkenlimas. Ikklasi ham kayfda edi.

Yotoqxonaga qaytib Baquvatro BRATANLANI yig'dim, ko'pchilik bo'lib qaytib borsak, hich kim yo', qaytib ketib qolishganakan. 1 hafta izlaganman alam qilib, ikkita BARZANGI BRATANLANI yonimga olvolib. Topa olishmaganmiz qaytib.

Eng alam qigani kichkinagina o'quvchiga picho tirashgani bo'lgan, erkey bo'sen bor ana, o'zinga o'xshagan baquvatini top Restaran-pestarandan chiqqan, o'shalarga ko'rsat kuchini.

Manimcha ula o'grila bo'lishmagan, chunki o'gridayam insof bor deyishadiyu :D

AKULA
03-09-2008, 05:44 PM
Assalomu alaykum!
Burungi hafta juma namozida akamlarni cho'ntagian $100 ini olib ketshibdi.
"O'zimga oxshaibman-da, kurtkamni shundoq yechib, tahoratga kirib chiqsam..." deydilar.
Bechora o'g'ri... Oxiratini shunchaga sotvordimi, dedim.
Tovba, shunchalikkayam borishadimi-a? O'zi jum'aga nimaga borganikin o'gri jonivor? Gunohlarini to'kishgami yoki gunoh yig'ishgami, tovba.

Yana masjidlardan oyoq kiyimlaniyam o'girlab ketisharkan, mana bunisi alam qiladi. Ikkitasini topib, qo'lini kesib tashlash kerey, qolganlari qaytishadi kegin.

Mehribonu
03-09-2008, 06:14 PM

Aynan o'sha kuni qoz-dan da'vatchi birodarlar ustozlarini yo'qlagani kelgan ekanlar. Ularni esa tuflisini o'g'irlab keytishgan ekan. Akamlar birinchi kuni uydagilarga shu haqda aytdi-yu, ammo o'zi haqda indamagan edi. Keyin aytdi o'zini ham pulini o'g'irlashgani haqda...
Ha, insof bersin Alloh!

kitayoza
03-09-2008, 07:15 PM
Ozini davrida Doqi degan bulani kottasi bolardi Guljalik, Shanhayga borganida 1-2tasi uni talashmoqchi boganda urip dabdalasini chiqarip ahlatga yashikka tashagan...

Guljada davrada otiriship qoganlariga etgandi: Ozlarinikini yana chontagini uradigan bosalarin hammang shu ahvolga tushasanla..dip..

oshandan beri ozlarinikiga ancha yahshi muomila qilishadi...

A vot chyom delo?:D
E man hayron nimaga uyg'ur uyg'urni uhlatmaydi desam, gap buyoda ekanku a?!:D
"O'g'ri bo'sang ham oliyjanob o'g'ri bo'l" deyisharkande a bula?!:D
Qoyil. Ha nima farqi bor buning? hitoyniki ham harom, o'zbeknikiyam, uygurnikiyam. Q'alati panyatkasi borde shu uygurlani... Yana sprovocirovat qivossan dimeyla, rostanam shunaqa.
mani qatim boshqacha bu uygurlardan. Uygurcha kiyinib yursam, soqolim bo'sa, tem bolee ota-onamam G'uljalik bo'sa, e manga nimaga ish qilishadi.:rolleyes:
Yo manam avtobusda "man G'uljaliq...G'uljaliq" deb chiqishim kerey ekande a....
Bu millatchilikdan boshqa narsa emas. Nima disayla divuriyla...:evil:

kitayoza
03-09-2008, 07:24 PM
Tovba, shunchalikkayam borishadimi-a? O'zi jum'aga nimaga borganikin o'gri jonivor? Gunohlarini to'kishgami yoki gunoh yig'ishgami, tovba.

Yana masjidlardan oyoq kiyimlaniyam o'girlab ketisharkan, mana bunisi alam qiladi. Ikkitasini topib, qo'lini kesib tashlash kerey, qolganlari qaytishadi kegin.Juma kuni masjidga jumavoylar chiqishadi. mayli ulardan ko'p narsa kutsa bo'ladi. Lekin sila bu voqiyaga nima diysila.

Laylatul qadr kechasi masjidda otirdik. Ertalabgacha ibodat qilib. Bomdoddan keyin Hatmi Hojagon zikrini qildik. Zikrdan keyin man sotkamni o'sha o'tirga yerimda tashab chiqibman. 5 minut o'tgani yo'. Qaytib kirsam uje sotka yo'. Daje ko'chaga ham chiqmagandim. Masjid hovlisida edi, yo'q....:rolleyes:

Juma kuni mayli man tushunaman.

Lekin Ramazon bu bir.
Saharli qiganmiz, yani ro'zadormiz bu ikki.
Laylatul Qadr kechasi ibodatlar qiganmiz bu uch.
Bomdodni birga o'qidik bu to'rt.
Hatmi Hojigonda birga zikr qildik bu besh...

E bu qanaqasi. Shunaqayam insofsiz bo'ladimiya?:uups: man vobshe shok bo'p qoldim. Bitta manmas, hamma o'rtolarim shok bo'p qolishdi. shu darajada bo'ladimi inson deb. Ha mayli zo'r sotka bo'sa. E oddiygina sotka edi. Shungayam muhtoj bo'ptide odam.:uups:

AKULA
03-09-2008, 07:46 PM
E oddiygina sotka edi. Shungayam muhtoj bo'ptide odam.:uups:
Namoz o'qidin nima, ro'za tutding nima ha bu o'girlik qilgani, yana shunday kunda. Ehhhh, insoffi o'ziga bermasa qiyinakan.

Man bu Shvetlarga qoyil qolamanda. Bularday insofli odamlar bo'lmasa kerak, balki bular ko'zlari to'yib qolishganmikin-a?

Ko'pchilik kursdoshlarim, o'zimdayam bo'ldi. Biron nimayizzi qoldirib ketsayiz, turaveradi, hich kim teginmiydi. Bir marta Proezdnoy kartochkamni yo'qotib qo'ydim, olganimga 2 hafta bo'lmagandi hali, Yanvardan Iyun oyigacha olgandim, narxi ham chakana emas (260 Euro). Achinib yurgandim, 2 kun o'tib pochta orqali jo'natishibdi, qoyil qoldim. Proezdnoy kartochkam bilan studen kartochkam ham boridi, topgan odam (shvedmi, imigrantmi insofli ekan) har ikkalasin ham Studen Unionga jo'natibdi, keyin SU menga jo'natgan. Xursand bo'ldim, o'sha odamni surishtirsam, bilmiymiz, o'zi haqida hech nima qoldirmagan deyishdi.

Ro'za oylarida shved xozyaykam butun boshli sumkasini (ichida naqd puli, kredit kartochkasi PIN kodi qog'ozchaga yozib yopishtirilib qo'yilgan bo'lgan, hamma dokumentlar, sotka, bla-bla) esdan chiqazib qoldirib ketgandilar. Bir Turk mo'min odam sumkani topib, LOST n FOUND ga topshirib ketibdilar. Xola juda ham xursand bo'lgandilar musulmonlardan.

kitayoza
03-09-2008, 07:57 PM

Kimdur etuvdi. Ularda imon bo'masa ham, lekin musulmon ahloqi bor deb.
A bizada iymon boru, musulmon ahloqi yo'. Sotvorganmiz skandinavlarga.:uups:

Asadbek
03-10-2008, 03:41 PM
Quyidagi rasmni o'tgan yili yozda Qashqadaryoda olgandim.
Bir-ikki tanishlar bilan bir bozordan chiqib, ko'cha bo'yida gaplashib tursak, bir mahal bir to'da yosh yigitlar gurr etib ko'chaga chiqib kelishdi, o'rtasida nafaqa yoshidagi bir odam, kiyimlari chang, og'zi-burni qonagan...
Olomon oldiga borib, bittasidan "Nima gap?" deb so'rasam, "Manavi odam mol bozorda anavi kepkali yigitning pulini o'g'irlamoqhci bo'libdi" deb javob berdi. Uje mol bozorni ichida tumshug'iga tushurib, yerga ag'dargan ekan shekilli cholni... Kepkali yigit cholga "Yoshingga yarasha ish qilsang bo'lmaydimi? Nevaralaringni o'ynatib uyda o'tirmaysanmi?" qabilidagi gaplar bilan baqiryapti... Ko'k ko'ylak kiygan yigit esa cholni mahkam ushlab olgan...

http://aycu08.webshots.com/image/46807/2003433998383987902_rs.jpg

Ehhh... Mol bozorda o'g'irlik qilgan odam odatda o'g'irlikka o'rgangan odam bo'ladi...
Miliciya chaqirishgandi, nima bo'lganini bilmayman. Shofer chaqirib qoldi, uyga jo'nab ketdik...

AKULA
03-10-2008, 04:09 PM
Miliciya chaqirishgandi, nima bo'lganini bilmayman. Shofer chaqirib qoldi, uyga jo'nab ketdik...

Bu amaqi bir oyog'i u yoqqa yaqinlashib qobdiyu o'zi, nima majbur qildiykan ularni?

kitayoza
03-10-2008, 07:07 PM
Bu amaqi bir oyog'i u yoqqa yaqinlashib qobdiyu o'zi, nima majbur qildiykan ularni?

Haromho'r, agar Allahni rahmati tamon qadam tashamasa, o'lgunicha haromho'r bo'lib yuraveradi.

Yoshligimizda agar eslayolseyla, bitta voqiyami yoki afsonami, qisqasi qaynog'ini bilmiyman, bitta hikoyada o'g'ri bo'larkan. "O'g'rilik qilarkanu, lekin kechasi Allahga duo iltijo qip chiqargan, ohiri uni Allah jannatga qo'yidi" degan eshitganmisila. Bizani Fozil qori ustozimiz shunaqa rivoyatlarni aytib berishni yaxshi ko'ralla, hamda qoyilatalla.:D Eshitganmisila?!

man bu rivoyatni qanchali bo'gan yoki bo'maganligini aniq bilmaymanu, ammo ishonaman bunga. Sababi, o'sha rivoyatdagi o'g'ri gunoh qilib orqasidan tavba qilar edi. Hiddi hozirgi real hayotimizdagi o'zimizga o'xshaydi. Biz ham gunoh, ma'siyat qilamizde, keyin tavba tazarru qilamiz. Tavba qigandan keyin esa yana o'sha gunohga qo'l uraveramiz. Bizani o'sha o'g'ridan nima farqimiz bor. U yam ma'siyat, buyam.
Tak chto bu rivoyatda jon bor. Silani bilmadim.

serenity
03-10-2008, 08:15 PM

....o'zi tavba qilishni asl mohiyati-ma'nosi nimada(!?)

bir ishni bir martta yoki yilla mobaynida qilib yurgan bolsa ham usha gapi\harakati\ishi notog'riligini bilib,tan olib,tavba qilib boshqa qaytarilmaslik(yoki noqal shuni qaytarmasliga harakat qilishli) uchunmasmi..

tog'ri ideal inson yoq,hamma ham ko'p hato qiladi ba'zila bir hatoni birnecha martta qiladi to uni aniq tushunib etgungacha(etsa agar) lekin usha narsa tog'ri yolmasligini bilib turib,bilsayam ''e ibodat qilaman kechirilar'' degan o'y bilan davom etvursa ili usha tavba qilinadigan ishini qibolib ''boldi shunaqa bo'b qoldi boshqa qaytarimidi'' deb ibodat qilib har kun huddi shu narsa davom etvurishii..bu insonni tavba qigani bomidi manimcha
U faqat vaqtinchalik (ozini aldashi,yoki usha sharoyit bop qoganda 1-2 kun qimi turib)yana usha o'zi bilganidan qomasli..

lekin har hil situatsiyala bolishi m-n...
olloh kechirimli va rahmlidir