Bahoroy
03-12-2008, 11:19 PM
Aziz Forumdoshlar!
Hammangizni yangilanish, yasharish bayrami Navro`zi olam bilan qutlayman. Kelinglar Navro`zimizni munosib sovg`alar bilan kutib olaylik! Qanday qilib deysizmi?
Farg`onada ajoyib bir urf bor. Erta bahorda bolalar qir-adirlardan boychechak terib kelib uyma-yu *BOYCHECHAK* aytib yurishadi, yani 4ta bola chorsining(erkaklar to`n ustidan bog`laydigan belboq) 4 burchagidan ushlab har bir uy eshigini qoqib qo`shiq aytishadi. Uy egasi bolalar qo`lidan bitta boychechak olib, shu kunga etkazgani uchun Ollohga shukrona, bolalarga esa uning uyiga ham boychechak olib kelishgani uchun (hasis, hudbin kimsalarning uyi chetlab o`tiladi) rahmat aytadi hamda bolalarning chorsisiga o`z hadyasini tashlaydi. Hadya asosan non, navro`z pishiriqlari, shirinliklar, puldan iborat bo`ladi. Hursand bo`lgan bolalar yugurgilab keyingi yuga chopishadi.
Qani biz ham *Boychechak* aytamizmi? Unda ketdik... Chorsining bir burchagini men ushladim, ikkinchi burchagini hurmatli bosh muharrimiz Asadbek janoblariga taklif qilaman. Agar vaqtlarini qizg`anmasalar (o`zlari menga aktivroq bo`lishni maslahat beribdilar:)) ushlasinlar. Yana 2ta burchagi qoldi, kim qo`shiladi? *Boychechak* qo`shigi:
Qattiq erdan qatirab chiqqan boychechak,
Yumshoq erdan yumalab chiqqan boychechak
(shu erda yana ikki qator bor edi eslolmayapman:uups:)
Boychechagim boylandi, boylandi-boylandi,
Qozon to`la ayrondi, ayrondi-ayrondi.
Ayroningdan bermasang, bermasang-bermasang
Qozon-tovog`ing vayrondi, vayrondi-vayrondi...
Chiqib kelgan yu egasini ko`rgach:
Yugurib chiqing, yumalab chiqing
Boychechakni ko`rgani toga(hola) narsa opchiqing...
Sharti biz boychechak aytamiz, o`zini hasis, hudbin sanamagan forum a`zosi o`z hadyasini beradi. Hadya Bahor, Navro`z mavzusiga oid milliy ruhdagi she`r, hazil, navro`z taomlari rasmlari, manzaralari va boshqalar (fantaziyani ishga soling)bo`lsin. Umuman hadyangiz hammamizga Navro`zimizni, go`zal qadriyatlarimizni, asosiysi VATANimizni yodga solsin...:disapp:
Birinchi uy kimniki?