adiba
04-15-2001, 03:45 AM
"Uzim har joydaman, kunglim sandadir.." Muqimiy
IQBOL MIRZODAN
Bizlar egiz edik - man yana ko'ngil,
Barq urding, jonima alanga tushti,
Ko'ngil qushdek uchti havoga yengil,
Aylona-aylona, alingga tushti...
Man kamand istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Yig'ladim-yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Chorig'imni kiydi dashtning toshlari,
Ko'ylagimni esa tikonlar yuldi.
Man Adam istarman, qarindoshlarim, -
Desam bosh tebratib ilonlar kuldi.
Man adan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Karbalo yuz burdi, mandan chekindi,
Avvalo jon berib, begona tutding.
Alam-o, g'am bosib bellarim sindi,
Sanam-o, san mani o'tparast etding!
Man kafan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Bizlar egiz edik - ko'ngil bilan man,
Ko'ngil nigoh yetmas yoqlara tushti.
O'ksinma, Adiba (!) :-( , chunki azaldan -
Osmonning yuklari tog'lara tushti,
Man Vatan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir...
IQBOL MIRZODAN
Bizlar egiz edik - man yana ko'ngil,
Barq urding, jonima alanga tushti,
Ko'ngil qushdek uchti havoga yengil,
Aylona-aylona, alingga tushti...
Man kamand istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Yig'ladim-yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Chorig'imni kiydi dashtning toshlari,
Ko'ylagimni esa tikonlar yuldi.
Man Adam istarman, qarindoshlarim, -
Desam bosh tebratib ilonlar kuldi.
Man adan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Karbalo yuz burdi, mandan chekindi,
Avvalo jon berib, begona tutding.
Alam-o, g'am bosib bellarim sindi,
Sanam-o, san mani o'tparast etding!
Man kafan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Bizlar egiz edik - ko'ngil bilan man,
Ko'ngil nigoh yetmas yoqlara tushti.
O'ksinma, Adiba (!) :-( , chunki azaldan -
Osmonning yuklari tog'lara tushti,
Man Vatan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir...