PDA

View Full Version : KAFTLARINGGA BIR QARA...


adiba
04-17-2001, 04:01 AM
IQBOL MIRZOdan

Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Tillo tangalar topar.

Tillo tanga sirtida
Yuragimning zarbi bor.
Jarohat chandig'idek
ISMIMIZ bosh harfi bor...

Bu imloni mullo ham
Tulki ham u'qiy olmas.
Tavorihu hiylodan
Hikmatlar tu'qiy olmas.

Tillo tanga qalbaki,
Chunki asl qalbniki.
Hamma undan qu'rqadi,
Qamab qu'yishar balki.

Kaftlaringni ku'rsatgil,
Kipriklarim zarbi bor.
Xanjar izidek chuqur
Ismimiz bosh harfi bor..

Ammo ku'zing utmaydi
Oqlar tushgan ku'zingga,
Ku'tarilib dilingdan
Dog'lar ku'chgan yuzingga.

Farzand ku'rsang, husniga
Hech taraf bulmasin, yor...
Ism qu'ysang ismida
Bosh harfim bu'lmasin, yor..

Tillo tanga yaltu yult,
Kaftlarimda siqarman.
Yuzing dog'li bu'lsa ham
Oy, sochingga taqarman..

Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Mening ku'nglimni topar..

adiba
04-18-2001, 03:34 AM
Salom bolalar! Mana yana bittasi shu shoir qalamiga mansub.Ma'qul keladi degan umuddaman!

Xazon lashkari kegan-
Yaproqlar tukiladi.
Eng sunggi u'qi bilan
Sadoqlar tukiladi.

Muhabbat borasida
Biz hanuz norasida
Bulutlar orasidan
Saboqlar tu'kiladi.

Loylar qordim yoshimdan,
Somon qildim sochimdan.
Uyga kirsam, boshimdan
Tuproqlar tu'kiladi..

Senga tegmadi nafim,
Ichimda qoldi gapim.
Tegib-tegmasdan labim
Qadahlar tu'kiladi..

Eslamaysan kelmasam,
Jilmayasan yig'lasam,
Sochlaringni silasam,
Nigohlar tu'kiladi..

Xazon lashkari kelgan-
Yaproqlar tu'kiladi.
Yonoqlaru barmoqlar,
Dudoqlar tu'kiladi...

Ey yor, qaytgil izingga,
Rahming kelsin u'zingga.
Yuzingni qu'y yuzimga-
Gunohlar tu'kiladi...

Faso
04-18-2001, 09:41 AM
Adibahon, qoyil!
Mana shunaqa she'rlarni tes-tes sahifaga berib turing.
Ona yurtdan usoqda, bu she'rlarni o'qib sog'inch to'la ko'nglim osgina bo'lsa ham taskin topayapti!
Rahmat!

adiba
04-18-2001, 10:04 AM
Darvoqe ona yurtimiz soginchi... Shoirninhg ushbu satrlari ham bu mavzuini chetlab u'tolmaydi..

Yenglik liboslardan voz kechdi shahar
Yelkalar yalang'och, yalang, och ku'zlar..
Olislarda esa suvlar sepishar
Ku'ylaklari bilan chu'milgan qizlar..


Shahar qizg'onmaydi xiyobonlarin,
Sun'iy ku'liniyu qayiqlarini
Ammo dil qu'msaydi sokin bog'larning
Olmalar oqizgan ariqlarini..

Shahar ku'p narsani menga u'rgatdi,
Hammasini sanab aytib bu'lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bu'lmaydi..

Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ku'zlar,
Axir tushimda ham suvlar sepishar
Ku'ylaklari bilan chu'milgan qizlar..

kanzler
04-18-2001, 10:42 AM
Ana xoloosss....
Men endi shu she'rni kiritaman deb turgandim, LOL :-)
Adiba chaqqonro chiqdi,

a to, DAHSHAT yozgande IQBOLjon bu she'rni...



Tushimda ham suvlar sepishar,
Kuylaklari bilan cho'milgan qizlar!

;-)

sanjar
04-18-2001, 10:50 AM
Asadbey, Siz bo'sa mandan epchilroq buldiz-ku! Man anovi kuylakrlari bilan cho'milgan qizla haqida kak-raz yozmoqchi edim. ;-)

SJ 8)

kanzler
04-18-2001, 10:55 AM
Sanjar,
lol :-)

Inspiredmind
02-15-2008, 12:43 PM
chiroyli she'r, kiskasi hammasi yokdi, baraka toping Adiba honim...

ku'ylaklari bilan chu'milgan kizlar ...miiishhh..lol

ps:avatarizni ko'rib, sizni ris'ar' kizlarga o'xshataman...lol.