PDA

View Full Version : Payg'ambarimizni tushda ko'rganmisiz?


Han
03-16-2008, 05:00 AM
Siz Payg'ambarimizni ko'rganmisiz?

Aslida ko'rganlar uncha oshkor qilish tarafdori bo'lmasligi mumkin. lekin shunday bo'lsa ham, so'raganning aybi yo'q degan o'y bilan bunga jazm qildim. Ko'rganlar balki beradigan ma'lumotlari bilan ko'pchilikka foydali bo'lishar?

Payg'ambarimizni ko'rish ham har turli bo'lar ekan...
Izlashtirib ko'rsam, quyidagi ma'lumotlarga duch keldim (xulosa):

"Tushda Payg'ambarimizni haqiqiy shaklu shamoyillari bilan ko'rgan kishi muhaqqaq o'zlarini (alayhissalom) ko'rgan bo'ladi. Chunki shayton ul sarvarning qiyofalariga kira olmaydi. Lekin shayton boshqa qiyofalarda ko'rinib "Men payg'ambaringman" deyishi ham mumkin. Shu bois, Rasulullohni tanimagan odamning buni ajratib olishi qiyin bo'ladi.
Ba'zi olimlar esa "Payg'ambarimizni tushida harxil ko'rinishlarda ko'rgan kishi yana o'sha zotni ko'rgan bo'ladi. lekin bu uning dindagi nuqsonligiga alomatdir. Rasulullohni haqqoniy siyratlarida ko'rgan va jonini iymon ila taslim qilgan har qanday odam Jannatga boradi" deyishgan...

Hadisi shariflarda:

"Meni tushida ko'rgan kishi haqiqatan meni ko'rgan bo'ladi. Men harxil suratda ko'rinaman" (Daylamiy)

"Meni ro'yoda ko'rgan odam haqiqatan meni ko'ribdi. Chunki shayton Mening suratimga kira olmaydi. Abu Bakri Siddiqni ko'rgan ham chindan uni ko'rgan bo'ladi. Shayton uning qiyofasiga ham kira olmaydi" (Hotib)

"Meni tushida ko'rgan kishi, xuddi o'ngida ko'rgan kishi kabidir" (Ibni Moja)

"Meni tushgida ko'rgan mo'min Jahannamga kirmaydi." (ibni Asokir) "

deyilgan ekan...
Kimda qanday tajriba va ma'lumotlar bor?

Demir Kağan
03-16-2008, 05:17 AM
Goremezmisim gibi geliyor bana..

Borz_man
03-16-2008, 05:21 AM
Hayotini dinga tikgan isnonni bilaman,o'rta osiyoda islom dinini yoyilishiga juda katta hissa qo'shgan Qorakamiz. Shu kishini anchadan beri bilib yuraman,hayolimga shu kishi Muhammad :saws: ni tushlarida ko'rganmikinladeb rosa o'ylab yurardim.Sababi u kishini Jannatga kirishlariga hecham shubha qilmayman,ularga hos karomatlarni ko'pini eshitganman,bazilariga guvoh ham bo'lganman.Hullas yaqinda u kishiga yaqin insondan bildimku...Qoriakamizni o'gillariham tushlarida Muhammad :saws: ni ko'rasmi deb so'ragan ekanlar, u kishim ha,ko'rgandayam har kuni deb aytibtilar.Ajabo....

Bu holatni rosa yashirar ekanlar.Buni bilgan 3 odam bo'lsam kerak deb gumon qildim. Shu holatni eslasam ko'zga yosh keladi.Bu dunyoda eng armonim Muhammad :saws: ni ko'rishlikdur,bu dunyoda bundan boshqa hecham armonim yo'q.Allohim bu dunyoda nasib qilsin,bo'lmasa ohiratda shu bahtga erishtirsin,Shafoatlariga loyiq Ummat bo'lib,Yonlarida tirilganlardan qilsin... ameen......

Han
03-16-2008, 06:30 AM
Hazrati Umarning (rodiyallohu anh) "Biron kishi abhar namozini o'qigandan keyin rasulullohni tushida ko'rmasa men Umar emasman" qabilida kafil bo'lgan "abhar namozi" ham Sarvari olamni (alayhissalom) tushda ko'rishga sabab bo'lar ekan...

Huzuri
03-16-2008, 08:05 AM
tushlarida ko'rganmikinladeb rosa o'ylab yurardim.Sababi u kishini Jannatga kirishlariga hecham shubha qilmayman,ularga hos karomatlarni ko'pini eshitganman,bazilariga guvoh ham bo'lganman.Hullas yaqinda u kishiga yaqin insondan bildimku...Qoriakamizni o'gillariham tushlarida Muhammad :saws: ni ko'rasmi deb so'ragan ekanlar, u kishim ha,ko'rgandayam har kuni deb aytibtilar.Ajabo....

Bu holatni rosa yashirar ekanlar.Buni bilgan 3 odam bo'lsam kerak deb gumon qildim. Shu holatni eslasam ko'zga yosh keladi.....

sizdan meni qiziqtirgan bir so'raydigan savolim bor. sizning ko'zingizga yosh keltirgan, 3 kishi guvoh bo'lgan, paygambarimiz to'g'risidami bilmadimu shu qorakaning karomatini sorasam aytolasizmi yoki o'zlari yashirgani uchun ruhsat bermaganlarmi. yani nato'g'ri tushunmang samimiy so'rayapman. aytaolasizmi, qiziqqanimdan so'rayapman, shunaqalarga qiziqaman:)

shaddow
03-16-2008, 09:07 AM
Hazrati Umarning (rodiyallohu anh) "Biron kishi abhar namozini o'qigandan keyin rasulullohni tushida ko'rmasa men Umar emasman" qabilida kafil bo'lgan "abhar namozi" ham Sarvari olamni (alayhissalom) tushda ko'rishga sabab bo'lar ekan...

Abhar namozi nima? u tugrisida habar bering.
rahmat

Borz_man
03-16-2008, 11:41 AM
sizdan meni qiziqtirgan bir so'raydigan savolim bor. sizning ko'zingizga yosh keltirgan, 3 kishi guvoh bo'lgan, paygambarimiz to'g'risidami bilmadimu shu qorakaning karomatini sorasam aytolasizmi yoki o'zlari yashirgani uchun ruhsat bermaganlarmi. yani nato'g'ri tushunmang samimiy so'rayapman. aytaolasizmi, qiziqqanimdan so'rayapman, shunaqalarga qiziqaman:)


faqat 3 kishi bo'lsamiz kerak deganim tahmin albatta, chunki farzandlari bizning Ustozga aytganlar,bizning ustoz menga aytdilar,ammo holat yuzma-yuz bo'lganligiga shu gumonga bordim.

Karomatlari haqida gapirmaymiz,sababini oziz ham bilsangiz kerak,bazilar noto'gri tushunib,guluv va hurofotga berilib ketmasligi uchun. Ammo u kishini juda ko'pchilik tanidi chamamda...

Han
03-17-2008, 02:26 AM
Abhar namozi nima? u tugrisida habar bering.
rahmat


“Abhar” yoki “Abhur” deb ham nomlanadigan bu namoz to’rt rak’atlik nafl namoz.

Ikkinchi rak’atda o’tirilganda “attahiyotu”dan keyin “solli-borik”lar ham o’qiladi. Har rak’atda bir Fotiha, o’n marta Qadr surasi o’qiladi. Keyin har rukudan avval, 15 marta Subhonallohi valhamdu lillohi va lo iloha illallohu vallohu akbar tasbihi o’qilgach, rukuga boriladi. Rukuda 3 marta Subhona robbiyal ‘azim deb orqasidan yana yuqoridagi tasbih “Subhonallohi valhamdulillohi ….” 3 marta o’qiladi. Keyin rukudan qad rostlanib, qavmada (tik turib) o’sha tasbih yana 3 marta o’qilib, keyin sajdaga boriladi. Sajdada uch Subhona Robbiyal a’lodan keyin ayni tasbih 5 marta o’qiladi. So’ngra ikkinchi sajdaga borilib shu tariqa ado etiladi. Ikki sajda orasida tasbih o’qilmaydi.

Kelasi uch rak’at ham xuddi shu yo’sinda tamom qilinadi. Salom berilgach dunyo kalomi gapirilmasdan Qadr surasi o’n marta o’qiladi. Keyin yuqoridagi tasbih 33 marta o’qilib, “Jazallohu Muhammadan anna maa huva ahluhu” deyiladi.

Hazrati Umar: “Bir mo’min Abhar namozini o’qisayu Rasulullohni tushida ko’rmasa, men Umar emasman. Qasam ichamanki, Allohu taolo ushbu namozni o’qigan kishining hojatini ravo qiladi, tilagini beradi, gunohi nechog’li ko’p bolsada, barini mag’firat qiladi, o’lim onida chanqamaydi, qabriga chechallar to’shaladi. Qabridan chiqayotganda boshiga karomat toji kiydiriladi.” deb marhamat qilgan

Hazrati Ali ham “Rasulullohni ko’rishni xohlaganimda hamisha Abhar namozini o’qiyman” deganlar. (Shir’a) =

(“Shir’at-ul-islom”, Muhammad bin Abu Bakr (kunyasi: imomzoda, ruknulislom), vaf: m.1178, Buxoroda)