PDA

View Full Version : Tokyo Tower yoki Ona-bola oqibati...


kizuna
03-17-2008, 10:31 AM
Assalomu alaykum!
Xudo hohlasa tez kunlarda forumda Primera, Yaponiya mahsuloti sifatida butun Yaponiyadagi, o'rtada aloqa uzilib borayotgan ona va bolani birlashtirishiga sabab bo'lgan, bu oqibatiy Tokyo Tower TV serilani sizlar ham bir ko'rishingizni maslahat beramiz. Bu voqea hozirda yurtimizda onasiga, otasiga qilinayotgan zulmlar, gapga kirmaslik, oqibatni tashlash juda ko'payib borayotgani va mushtipar onani tashlab o'qish g'amida, dunyoga berilib onaizorni g'arib ahvolga tashlab ketgnlar bir ko'rishsa va oz muhlat o'ylab, qilgan ishalridan pushaymon bo'lib, yillab habar olmayotgan onasidan zora habar olib qolishsa degan niyat ilinjida ruxsatingiz bilan tez kunlarda www.arbuz.com (http://www.arbuz.com) hamkorligi va ijozati bilan namoish etilajak.
Yaponiyda 2007 yilning oilaviy darama seriali nomzodini qol'ga kiritgan va sovrindor bo'lgan filmni yaqinlaringiz bilan birgalikda tamosha qiling!
Uz TV shirkati ham, Yaponlar bilan birga hamkorlik qilib, yurtimiz Tv ekranlarida namoish etilsa nur ustiga alo bur bo'lur edi.


Ko'ring, zavqlaning, qiziqing va biz aytmasak ham, zo'rlamasak ham ko'zingizdan baliqib chiqqan yoshni chuqur ma'no bilan o'ylab onamizni yana bir-bora e'zozlashimizni unutmaylik.

Tokyo Tower yohud onam bilan men va gohida otam.
東京タワー、オカンとボク 時々オトン
11-qismdan iborat.
Bu bo'lgan voqea va haqiqat.
Voqea 1979-2001 yillarda bo'lib o'tgan.

Original work: Lily Franky
Screenwriter: Ooshima Satomi (大島里美)
Producer: Nakano Toshiyuki (中野利幸)
Directors: Kubota Satoshi (久保田哲史),Tamura Masaki (谷村政樹)Bosh Rollarda:

Hayami Mokomichi (http://wiki.d-addicts.com/Hayami_Mokomichi) as Nakagawa Masaya / (og'il)
Hirota Ryohei (http://wiki.d-addicts.com/Hirota_Ryohei) as young Nakagawa Masaya
Baisho Mitsuko (http://wiki.d-addicts.com/Baisho_Mitsuko) as Nakagawa Eiko/Okan (ona)
Izumiya Shigeru (http://wiki.d-addicts.com/Izumiya_Shigeru) as Nakagawa Choji/Oton (ota)
Kashii Yu (http://wiki.d-addicts.com/Kashii_Yu) as Sasaki Manami (girlfriend)


Qo'lidan kelgancha yordamini ayamayotgan Faysal ukamizga alohida tashakkurlarimizni izhor etib qolamiz.

B.TURKISTANI
03-17-2008, 10:32 PM
Va Alaykum assalam varahmatullohi...
E yashang, oxiri axd qilibsizda...:)
Ikkimiz ko'rib, ikkimizni ko'zimizdan yosh oqib ketgani ajib bir hol bo'ldida taqsir. :)
Oka, ochgan mavzuni bu yerga emas edi. Kecha chiqib ketayotganimda aytgan edim sizga, Kino bo'limlari bor mabodo mavzu ochib qoi'ymoqchi bo'lsangiz o'sha yerga qo'ying deb.

Hurmatli forumdoshlar, sizga ming yaxshi suratda tasvirlab bersakda bari-bir ko'zrmaguningizcha hech narsa his qilmaysiz. Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi degan gab bejizga emas.:)

P.S Bahtiyor aka upload qilib bo'ldim. Bemalol qo'yishingiz mumkin.:)

kizuna
03-19-2008, 09:13 AM
Filmni, xudo hohlasa 11 kun davomida uzluksiz ravishda 25-mart kunidan qo'yamiz. Albatta tamosha qilasiz degan umiddamiz. Zero bu film barchani ko'nglidan joy oladi deb o'ylayman.
Serial Yapon tilida. Ingliz tilini bilganlar esa Ingliz tilida maxsus tarjima bitiklari ekranda namoyon bo'ladi.
Juda qiziqarli va o'z navbatida qalbingizni yumshatib ko'zingizga yosh oladirishga sabab bo'lguvchi bu ijodni qiziqib tamosha qilishingizga tilakdoshmiz.

YouTube - Nipponjin

Dil
03-20-2008, 12:10 AM
Buni filmni onasidan,yurtidan uzoqda yurgan har bir farzand kurishi kerak. Fil'mni kurgan har bir inson mani oq yuvib oq tarab ne-ne umidlar bilan yulga kuzatgan onam uchun aqqalli nima qila oldim, degan savol beradi uziga. Juda kuchli fil'm. Erta tonggacha kurib yig'layverib kuzlarim shishib ketdi...

Mr. Putin
03-20-2008, 09:53 AM
Assalomu alaykum!
Xudo hohlasa tez kunlarda forumda Primera, Yaponiya mahsuloti sifatida butun Yaponiyadagi, o'rtada aloqa uzilib borayotgan ona va bolani birlashtirishiga sabab bo'lgan, bu oqibatiy Tokyo Tower TV serilani sizlar ham bir ko'rishingizni maslahat beramiz. Bu voqea hozirda yurtimizda onasiga, otasiga qilinayotgan zulmlar, gapga kirmaslik, oqibatni tashlash juda ko'payib borayotgani va mushtipar onani tashlab o'qish g'amida, dunyoga berilib onaizorni g'arib ahvolga tashlab ketgnlar bir ko'rishsa va oz muhlat o'ylab, qilgan ishalridan pushaymon bo'lib, yillab habar olmayotgan onasidan zora habar olib qolishsa degan niyat ilinjida ruxsatingiz bilan tez kunlarda www.arbuz.com (http://www.arbuz.com) hamkorligi va ijozati bilan namoish etilajak.
Yaponiyda 2007 yilning oilaviy darama seriali nomzodini qol'ga kiritgan va sovrindor bo'lgan filmni yaqinlaringiz bilan birgalikda tamosha qiling!
Uz TV shirkati ham, Yaponlar bilan birga hamkorlik qilib, yurtimiz Tv ekranlarida namoish etilsa nur ustiga alo bur bo'lur edi.


Ko'ring, zavqlaning, qiziqing va biz aytmasak ham, zo'rlamasak ham ko'zingizdan baliqib chiqqan yoshni chuqur ma'no bilan o'ylab onamizni yana bir-bora e'zozlashimizni unutmaylik.

Tokyo Tower yohud onam bilan men va gohida otam.
東京タワー、オカンとボク 時々オトン
11-qismdan iborat.
Bu bo'lgan voqea va haqiqat.
Voqea 1979-2001 yillarda bo'lib o'tgan.
Original work: Lily Franky
Screenwriter: Ooshima Satomi (大島里美)
Producer: Nakano Toshiyuki (中野利幸)
Directors: Kubota Satoshi (久保田哲史),Tamura Masaki (谷村政樹)Bosh Rollarda:

Hayami Mokomichi (http://wiki.d-addicts.com/Hayami_Mokomichi) as Nakagawa Masaya / (og'il)
Hirota Ryohei (http://wiki.d-addicts.com/Hirota_Ryohei) as young Nakagawa Masaya
Baisho Mitsuko (http://wiki.d-addicts.com/Baisho_Mitsuko) as Nakagawa Eiko/Okan (ona)
Izumiya Shigeru (http://wiki.d-addicts.com/Izumiya_Shigeru) as Nakagawa Choji/Oton (ota)
Kashii Yu (http://wiki.d-addicts.com/Kashii_Yu) as Sasaki Manami (girlfriend)


Qo'lidan kelgancha yordamini ayamayotgan Faysal ukamizga alohida tashakkurlarimizni izhor etib qolamiz.

Hamma postlarni oqish vaqt bolmadi, lekin bitta savol bor edi.
Filmni qaysi tilda qoyvossilar?

kizuna
03-21-2008, 05:02 AM
Hamma postlarni oqish vaqt bolmadi, lekin bitta savol bor edi.

Filmni qaysi tilda qoyvossilar?


Yapon tilida ammo ingliz tilida ham borku, yozuvli.

Lekin juda juda qiziqarli, ajoyib, hayotga taluqli bo'lgan o'zida aynan voqelikni olgan hayotiy film. Umuman olganda Yaponlarni hayoti o'zbeklarnikidan farq qilmaydi. Lek, so'ngi pallaga kelib yaponlar ota-onasidan yiroqlashib ketishi vatanni tashlab yuz ko'rmas holiga kelib qolganligi sababli bu film aynan vatandagi bo'layotgan oilaviy nizolarni oz bo'lsada ijobiy tomonga o'zgartirmoq uchun suratga olingan. Oz bo'lsada ijobiy tomonga siljish bo'ldi ham.

Qaytarib o'taman, bu filmni O'z TV shirkati Yapon Milliy Kino birlashmasi bilan hamkorlik qilib o'zbek tiliga tarjima qilgan holda yurtimiz zangori ekranlarida namoish qilisa yaxhsi bo'lur edi. Hozirgi yosh avlod uchun, aynan tarbiyani o'z ichiga olgan ushbu film bizlarga dolzarb deb o'ylayman. Yaponiyani "reklama" qilish emas yoki o'zim Kun chiqar vodiyda bo'lganim uchun ham emas balki menga ozgina ta'sir qilgani, ko'zlarimda to'kilgan yosh, yuizlarim ho'l bo'lib ketgani boisidan, olisda yurgan mushtipar onamni yana qattiq e'zozlashni qadr-qiymatlarini yanda hurmat qilishni o'rganib olganim uchun, g'animat bilib olganim uchun ham, sizlarga ham bir ko'rishni ravo ayladim. Tilni tushunmasangiz ham ohirgacha diqqat bilan tamosha qilgan inson voqea, syujet nima haqida ekanligini anglab olish qiyin emas deb o'ylayman.


25-mart, Tokyo vaqti bilan 19:00, Toshkent vaqti bilan esa 15:00da namosih qilish rejamizda turibdi. E'tiroz va takliflarni birgalikda hal qilamiz degan umiddaman.

Amiri Turkiston
03-21-2008, 07:12 AM
lekin tanish bilish yaponkala rosa mahtavotti
yahshi kino deb :-)

hudo hohlasa Toshkentga borganda ko'rish nasib qilib qolar degan umitdaman

kizuna
03-22-2008, 07:08 AM
Albatta, yaponlar bo'lsin, yapon honimlari bo'lsin bu filmni ko'z yoshlari bilan kutib olishgan edi. Har-holda milliyligini yo'qotib borayotgan halq uchun bunday filmlarni ko'pdan ko'p syujetlarda namosih qilish shart!

25 mart kunidan e'tiboran filmni 1-qismi qo'yilishi rejalashtirilmoqda. Albatta tamosha qiling! Qalbingizdan joy oladi deb o'ylayman!

オカンとボク、時々オトン!
Mom and Me, sometimes Dad

YouTube - Okasan

kizuna
03-24-2008, 07:13 AM
Ertaga, 25-mart Toshkent vaqti bilan soat 15:00da rejadagi film taqdim etajak.
Tamosha qiling! Tokyo Tower yohud onam va men ba'zida otam!

Qalbingizdan joy olishiga ishonamiz!

YouTube - 25-mart kunidan e'tiboran

B.TURKISTANI
03-24-2008, 09:54 AM
Hech tinib tinchimayopsizda mullaka..
Ko'pchilik bizga o'hshab ohirgacha muntazam ravishda ko'rarmikin?! Ana Dil honim ham ohir oqibat ko'ribdilar. Taklif qilganimda qo'l siltab "eee" deganday qilayotgan edilar. Ohiri yig'labdilarku a?:)

Amiri Turkiston
03-25-2008, 08:46 AM
manam tezroq bu yaponistondan kevosam buldi
usha tokyo tower tugur lyuboy towerni ko:rishga tayyorman

jonga tegdi bulani guruchi....