PDA

View Full Version : Menga bergan va'dalari ...


kanzler
04-18-2001, 11:34 AM
Bir zamonlar kishilarni to'ylarini o'tkazib yuradigan, dostonlar aytadigan bir baxshi yigit bo'lgan ekan... Usha yigit tog'ni u tomoniga utib , bir odamni to'yini o'tkazib, o'z yurtiga qaytib kelayotsa, tog'ni bu tomonida cho'ldan kelayotgan bir karvonga ko'zi tushibdi... Va karvonboshini to'xtatib so'ray boshlabdi: "Bu tuyalarni ustida qizlar doira chalib, ashula aytishib, yigitlar ot o'ynatishib kelishyapti. Qayoqqa ketayapsizlar?", debdi.
Shunda karvonboshi yigitga javob qipti: "Biz falon qishloqdan falonchini qizini kelib qilib tog'ni bu tomoniga olib ketayapmiz", debdi.
Shu payt yigit bilibdiki, uzi ahdu paymon qilgan qizni o'sha karvonda kelin qilib olib ketishayotgan ekan. Yigit va karvonboshini savol-javobini eshitib, tuyani ustida yig'lab turgan qizga qarab, yigit shunday debdi:
"Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!"




Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab kelar,
Nortuyada meni yorim muzlab kelar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab kelar.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Karvon yo'li ketgunicha qizg'aldoqzor,
Yig'lamagin, yig'lagandan dunyo bezor.
O'ynab-o'ynab, kulib-kulib ketavergin,
G'amga o'zim xaridorman, o'zim bozor.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Qorli tog'dan naridadir o'zga diyor,
O'zga yurtda kelin bo'lib qolishing bor.
O'zga yurtda o'z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o'z yurtingga bo'l intizor.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Bilki, menga olam to'lar, alam to'lar,
Yoki shodlik, gohida ham nolam to'lar.
Bu dunyo kimning ko'nglin g'arib etdi,
Alam bilan kuylasam ham olam to'lar.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab borar,
Nortuyada meni yorim muzlab borar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar.


(c) by Asadbek

sanjar
04-18-2001, 11:48 AM
Iye, Asadbek, rasmdagi kelin tuyadan tushib qoptiyu! :D

SJ 8)

sanjar
04-18-2001, 11:48 AM
Mana endi kelinni tuyaga otqizib qo'ydik. :)

SJ 8)

kanzler
04-18-2001, 12:01 PM
Hah Mullo Sanjarbek,

LOL :-)



Lekin qushiq doddade, eshitib mazza qilyapman hozir...

Duma
04-18-2001, 12:19 PM
:D muzlab kelar emas, izlab kelar shekilli???

kanzler
04-18-2001, 04:14 PM
Dumajon, aziz do'stim, usha so'zni aniq yozish uchun 2-3 marta qayta-qayta eshitdim, siz ham eshitib ko'ring yana.

MUZLAB ekan usha so'z, :-D

tog'ride, cho'lni sovuq shamolida balki rostdan muzlab ketayotgan bo'lgandir...

Yana eshiting, keyin yana bir maza qilib kulasiz ;-)

varatar
04-18-2001, 08:55 PM
Sanjar, bu diman rasmdagi kelin emas, Chingizhon kevottimi? ustiga divan kreslo qoyvormabsande... :) ili bu kechalari chivin chaqmasligi uchun tutiladigan pashahonami? LLOL.

chico_kuchabolasi
04-19-2001, 04:05 AM
xexexexe prosto beshenno Sanjar.tak derjat bratva. xexexe qoyil.
kstati Asadbek okazivaetsya u nas vkusi sovpodayut inogda, ya toje boldeyu kogda slishu etu pesnyu.tochno neznayu no pomoemu poet sherali juraev.
A by the way Sanjar mne logo chtoli sdelayesh a ? tipo "ko'chabolasi".yihaaaaaaaaaaaaaa
regards

bolalar
04-19-2001, 04:38 AM
HOZIRGI BIZ YASHAYOTGAN ZAMONDA BIR AQLLI YIGIT BOR EKAN. U 3 YILGA BILIM OLISH UCHUN GERMANIYA DEGAN MAMLAKATGA KELIB UQIB UYNAB FOTBOOLLAR KORIB DEGREESINI OLIB VATANIGA QAYTIBDI. VATANIGA ISSIQ YOZ OYLARIDAN BIRIDA QAYTIB. QISHLOGIGA ETAY DEGANDA CHANQOGINI BOSISH UCHUN PIVO BARGA KIRIB BITTA "AMSTEL BEER" NI OLIB ICHIB TURSA KOTTA KOCHADA 3 TA MERSEDESDA YOSH YIGIT VA QIZLAR "MODERN TALKING" NI MUZIKQALARINI QUYISHIB SHOVQIN SURON QILIB BARGA TUSHISHIBDI. SHUNDA KUYOV BOLA KELIN BOLAGA "COCA-COLA" OLIB BERGANI MASHINA TUSHIBDI. SHUNDA HALIGI AQQLI YIGITIMIZ BILIBDIKU UZINI VADALASHGAN YORI OQ LIBOSDA UTIRGANINI. SHUNDA AQQLI YIGITIMIZ MERSDA UTIRGAN QIZGA QARAB BITTA SHUNDOQ "PICHIRLABDI"

PESHONANGA YOZGANIDAN QAYRILMA YOQ

JONIM CHIQAR PIVO ICHSAM ENDI AYRILMA YOR

DEB AMSTEL BEERNI ICHIB CHIQIB KETGAN EKAN.

TAKE IT EASY MATE
REGARDS.

kanzler
04-19-2001, 01:41 PM
Bolalar,
LOL :-)
Chanqog'ini bosish uchun pivo barga degin :-D

Regards

Doctor Pepper
04-19-2001, 02:39 PM
Coca Cola sux, Dr. Pepper rulez !!!!!!
qattanam ichdim ozi shu Dr. Pepperni, haliyam qornim orivotti, ikkinchi Dr. Pepper ichganim bosin.


JORDAN ROCKS ANYWHERE AND ANYTIME !
It does not matter whether in Pakhtakor Markaziy Stadion in the late April or in Jordan in the May!

a tak bizayam eshitilik karvon kordimni.

Akhee-Abdullah
04-22-2001, 11:05 AM
Asadbek=Tuychi LOL
Cheers, :) Ich Libdich Uzbekistan

tiny
04-22-2001, 12:17 PM
Merci, papa. -demabdimi barmenga qarab. :)

mwohahahha

tiny
04-22-2001, 12:17 PM
Merci, papa. -demabdimi barmenga qarab. :)

mwohahahha

durilka
04-22-2001, 03:57 PM
solekum ada demabdimi barmenga qarab, mwuhahahhaaaaaaaaaaaaaaaa

Samar
06-21-2007, 05:26 PM
Bir zamonlar kishilarni to'ylarini o'tkazib yuradigan, dostonlar aytadigan bir baxshi yigit bo'lgan ekan... Usha yigit tog'ni u tomoniga utib , bir odamni to'yini o'tkazib, o'z yurtiga qaytib kelayotsa, tog'ni bu tomonida cho'ldan kelayotgan bir karvonga ko'zi tushibdi... Va karvonboshini to'xtatib so'ray boshlabdi: "Bu tuyalarni ustida qizlar doira chalib, ashula aytishib, yigitlar ot o'ynatishib kelishyapti. Qayoqqa ketayapsizlar?", debdi.
Shunda karvonboshi yigitga javob qipti: "Biz falon qishloqdan falonchini qizini kelib qilib tog'ni bu tomoniga olib ketayapmiz", debdi.
Shu payt yigit bilibdiki, uzi ahdu paymon qilgan qizni o'sha karvonda kelin qilib olib ketishayotgan ekan. Yigit va karvonboshini savol-javobini eshitib, tuyani ustida yig'lab turgan qizga qarab, yigit shunday debdi:
"Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!"




Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab kelar,
Nortuyada meni yorim muzlab kelar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab kelar.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Karvon yo'li ketgunicha qizg'aldoqzor,
Yig'lamagin, yig'lagandan dunyo bezor.
O'ynab-o'ynab, kulib-kulib ketavergin,
G'amga o'zim xaridorman, o'zim bozor.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Qorli tog'dan naridadir o'zga diyor,
O'zga yurtda kelin bo'lib qolishing bor.
O'zga yurtda o'z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o'z yurtingga bo'l intizor.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Bilki, menga olam to'lar, alam to'lar,
Yoki shodlik, gohida ham nolam to'lar.
Bu dunyo kimning ko'nglin g'arib etdi,
Alam bilan kuylasam ham olam to'lar.

Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo'shiq aytsam qayrilma, yor!

Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab borar,
Nortuyada meni yorim muzlab borar.
Menga bergan va'dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar.


(c) by Asadbek

rossa zur ikan Rahmat ;)