adiba
04-19-2001, 12:39 PM
"Manchester" darvozasiga hal qiluvchi tu'pni kiritgan Bavariya komandasi hujumchisi Mehmet Scholl nomidan shoir Usmon Azimning deganlari ;-)
Qarsaklar yog'ildi mening sha'nimga.
Zarb!.. Zarb! Darvozabon tosh kabi qotdi.
Bir surur hayqirib kirdi tanimga,
Stadion u'zin falakka otdi.
Quvonchi kam dunyo, iqbolni ham ku'r,
Yashil maydon, koptok..Mana shu iqbol!!
Hamon karaxtlikda silkinadi tu'r,
Hamon darvozabon turibdi behol.
Himoyachi menga g'ijinib boqar-
Mag'lub g'azablarni ku'rmoqdan bezdim!
Du'stlarim tabriklab yelkamni qoqar-
Pele va Didining qu'llarin sezdim.
Raqib yecholmagay xayolida ham,
Mening aldashlarim kalavalarin.
Dahoning u'yini hamisha ulkan,
San'atdir dahoning g'alabalari..
Yam-yashil maydonda chiqar quyoshim,
Yam-yashil maydonda quyoshim botar.
Ishqibozlar, ana changallar boshin-
Biri shlyapasin burdalab otar.
Raqib naq ustimga kelar tu'p surib,
Chapga!..Yonginamdan u'tadi qushdak.
Haqorat seliday kelar bostirib,
Boshimga jaladay yog'ilar hushtak.
Futbol! Meni asra shu futbol haqqi!
Nahot xatolarga kunlarim bog'liq?!
Umrim-yuzga tushgan nogoh tarsaki,
Yam-yashil maydonda qolur daholik!
;-)
Qarsaklar yog'ildi mening sha'nimga.
Zarb!.. Zarb! Darvozabon tosh kabi qotdi.
Bir surur hayqirib kirdi tanimga,
Stadion u'zin falakka otdi.
Quvonchi kam dunyo, iqbolni ham ku'r,
Yashil maydon, koptok..Mana shu iqbol!!
Hamon karaxtlikda silkinadi tu'r,
Hamon darvozabon turibdi behol.
Himoyachi menga g'ijinib boqar-
Mag'lub g'azablarni ku'rmoqdan bezdim!
Du'stlarim tabriklab yelkamni qoqar-
Pele va Didining qu'llarin sezdim.
Raqib yecholmagay xayolida ham,
Mening aldashlarim kalavalarin.
Dahoning u'yini hamisha ulkan,
San'atdir dahoning g'alabalari..
Yam-yashil maydonda chiqar quyoshim,
Yam-yashil maydonda quyoshim botar.
Ishqibozlar, ana changallar boshin-
Biri shlyapasin burdalab otar.
Raqib naq ustimga kelar tu'p surib,
Chapga!..Yonginamdan u'tadi qushdak.
Haqorat seliday kelar bostirib,
Boshimga jaladay yog'ilar hushtak.
Futbol! Meni asra shu futbol haqqi!
Nahot xatolarga kunlarim bog'liq?!
Umrim-yuzga tushgan nogoh tarsaki,
Yam-yashil maydonda qolur daholik!
;-)