PDA

View Full Version : Бисмиллоhсиз....

Kamina
03-21-2008, 10:27 AM
шубхали ёки бисмиллоxсиз суйилган жониворларни ейишда, пичок билан кесиб еяётганда бисмиллохир рахмонир рахийм деб еяверса булаверади дейдиганлар хам бор экан, бунга нима дейсизлар

rosefire
03-21-2008, 10:59 AM
шубхали ёки бебисмиллосиз суйилган жониворларни ейишда, пичок билан кесиб еяётганда бисмиллохир рахмонир рахийм деб еяверса булаверади дейдиганлар хам бор экан, бунга нима дейсизлар
be- va - siz bu qoshimchalarni bitta so'zda birdaniga ishlatib bo'lmaydi menimcha, positive meaning chiqarib qoyadi. bismillohsiz yoki bebismilloh (bunday shaklda kam ishlatilsada) bolsa togriroq bolsa kerak.
uzr shunchaki korib qolib aytib ote degandim:)

lost
03-21-2008, 11:35 AM
ochidan o'lib qolay deganida, boshqa ilojisi bo'lmaganda o'lib qolmaslik miqdorida yeyishi mumkin.

qolgan hammasi bahona, o'g'rilangan narsani bismilloh deb ishlatishga o'xshaydi.

Royal
03-21-2008, 11:46 AM
шубхали ёки бебисмиллосиз суйилган жониворларни ейишда, пичок билан кесиб еяётганда бисмиллохир рахмонир рахийм деб еяверса булаверади дейдиганлар хам бор экан, бунга нима дейсизлар

eshitganimiz:

Kitobielar soygan goshtdan "bismillahu rahmonu rahim" deya tanavul etsa boladi dip....

agarda atroflarida halol gosht dokoni topishni ilojisi bomagan taqdirda, yani supermarket goshtlaridan foydalansa bolishi togrisida....

kitayoza
03-21-2008, 07:41 PM
шубхали ёки бисмиллоxсиз суйилган жониворларни ейишда, пичок билан кесиб еяётганда бисмиллохир рахмонир рахийм деб еяверса булаверади дейдиганлар хам бор экан, бунга нима дейсизлар
bebismolloh so'yilgan jonivor go'shtini ming marta yeyishdan oldin "bismilloh" desangiz ham yeb bo'maydi.
Ammo o'ziz ko'rmagan va bilmagan halol jonivorlarning go'shtlarini bismilloh bilan yesa bo'laveradi.
Hatto ahli kitoblarning so'yganini bismilloh bilan yesa bo'laveardi. Faqat "vo imya Isusa" kabi noshariy so'zlar bilan so'ymasa.

uzbegoyim
03-21-2008, 09:43 PM
Ammo o'ziz ko'rmagan va bilmagan halol jonivorlarning go'shtlarini bismilloh bilan yesa bo'laveradi.
Hatto ahli kitoblarning so'yganini bismilloh bilan yesa bo'laveardi. Faqat "vo imya Isusa" kabi noshariy so'zlar bilan so'ymasa.
Imkon qadar bismillohsiz goshtlardan uzoqda yurish kerak. Bir misrlik opamga men USA, Avtralyadan opkelinadigan goshtlardan eyaveraman chunki ular ahli kitobku degandim. Ular bolsa Ular oz kitoblarini ozgaritirgandan keyin ularni qanday qilib ahli kitob deysan degandilar.
Qolaversa ular so`yvotganda nima deganini qaerdan bilas?

B.TURKISTANI
03-22-2008, 06:01 AM
bebismolloh so'yilgan jonivor go'shtini ming marta yeyishdan oldin "bismilloh" desangiz ham yeb bo'maydi.
Ammo o'ziz ko'rmagan va bilmagan halol jonivorlarning go'shtlarini bismilloh bilan yesa bo'laveradi.
Hatto ahli kitoblarning so'yganini bismilloh bilan yesa bo'laveardi. Faqat "vo imya Isusa" kabi noshariy so'zlar bilan so'ymasa.
Ukol qilib shok darajasiga olib kelib so'yilgani ham harom ekanligi haqida Turk jome masjidini imomidan eshitdim. Bu ham joiz emasmi?
Men, agarda o'lay deb turgan paytda pichoq tortib yuborsa halol deb o'qigan edim. Bu fatvoga qanday urg'u bersa bo'ladi, mullaaka?:D

Borz_man
03-22-2008, 06:59 AM
Halol lo'qma nihoyatda etiborlik narsa. KFC, Pizza Hat shirkatlarini mahsulotini Saudiyadaham,UAE da yemaslik yahshimikan degan fikrga keldik. Sababi tovuqning go'shida shubha bor.Shariatda shubhadan yiroq bo'lmoqligi lozim,aniq bebismillah siz so'yilgan narsadan umuman uzuqda yurish kerak.Hozirda dunyoni turli burchagida halol narsani topish qiyin emasdur? Har bir joyda Muslimlar bor,hoh Korea bo'lsin hoh Japan bo'sin,hoh bir boshqa yer.

P.S. USA da Muslimlar kasherniy ovqatlar bilan tanavvul qilishar ekan.
Bunga qarshiligim yo'q.Chunki dalil ila ilmiy yodashishlik hamisha foyda keltiradi.

B.TURKISTANI
03-22-2008, 07:05 AM
Imkon qadar bismillohsiz goshtlardan uzoqda yurish kerak. Bir misrlik opamga men USA, Avtralyadan opkelinadigan goshtlardan eyaveraman chunki ular ahli kitobku degandim. Ular bolsa Ular oz kitoblarini ozgaritirgandan keyin ularni qanday qilib ahli kitob deysan degandilar.
Qolaversa ular so`yvotganda nima deganini qaerdan bilas?

Avstaraliyada ham ko'p go'sht korhonalarida musulmon qassoblar bilan hamkorlik qilib Saudiyadan maxsus qassoblarni jalb qilgan holda so'yilayotgan halol hayvonlar bor! O'sha korhonalarni surishtirib topish mumikin. Tokyoda ham aksari cho'chqa sotiladigan do'konlarda Avstraliyani go'shtlari serob. Deyarli hammasiga arab harflarida HALAL degan yozuvlariga ko'zimiz tushadi. Arab tilida ham mahsulot haqida batafsil ma'lumotlarni yozishgan.

Royal
03-22-2008, 08:09 AM
шубхали ёки бисмиллоxсиз суйилган жониворларни ейишда, пичок билан кесиб еяётганда бисмиллохир рахмонир рахийм деб еяверса булаверади дейдиганлар хам бор экан, бунга нима дейсизлар

biror bir jonzot soyilvotganda hech qachon bismillohur rahmonu rahim dip soyilmiydi...

Ollohu Akbar deyiladi...

B.TURKISTANI
03-22-2008, 08:15 AM
biror bir jonzot soyilvotganda hech qachon bismillohur rahmonu rahim dip soyilmiydi...

Ollohu Akbar deyiladi...
Kechirasiz, Bismillah - Allohu Akbar deyiladi.
Zangi otam qo'llasin (misol qildim) Allohu Akbar desa ham harom!
Bismillahni aytish shart!

Kamina
03-22-2008, 12:25 PM
zangiotani nima aloqasi bor bu mavzuga, u xaqda boshqa erda bahs qilgan maqul.
Kurmagan bilmagan narsasini bismilloh deb esa bulishigi juda mubolagali gap, daje toshkentda xam gusht olsak surab olaiz, bismilloh bilan suyilganmi deb. Deyarli xamma toshkentda bismilloh bilan suyadi, shunda xam ishonchli qassoblardan olamiz. Chorsudan.

Amiri Turkiston
03-22-2008, 06:37 PM
hmmmm bosh qotti

bitta savol: anu janvar dengiz jonivorlari, masalan: osmenog, ulitkala, va shunga uhshagan boshqa dengiz jonivorlarini birov bismilloh deb ishlatishiga aqlim etmaydi....

endi savol shundaki: shu baliq bulmagan dengiz jonivorlarini tavakkal qilib eyvurish kerakmikan....?

gohida vibor umuman bulmaydi....ili usha ovqat ili bemaza tovuq gushti :-)

Alesser
03-22-2008, 07:34 PM

suv jonzotlari bundan mustasno, quyidagi hadith shu haqida:)

Abu Hurairah radi anlahu anhu narrated the prophet :saw: said "its water is pure and its dead creatures are permissable".
[Abu Daawood, Ibn Maajah, Tirmidhi, Nasaa'ee]

Kamina
03-23-2008, 12:04 AM
hmmmm bosh qotti

bitta savol: anu janvar dengiz jonivorlari, masalan: osmenog, ulitkala, va shunga uhshagan boshqa dengiz jonivorlarini birov bismilloh deb ishlatishiga aqlim etmaydi....

endi savol shundaki: shu baliq bulmagan dengiz jonivorlarini tavakkal qilib eyvurish kerakmikan....?

gohida vibor umuman bulmaydi....ili usha ovqat ili bemaza tovuq gushti :-)

raxmat sizga, dinimizga bulgan muhabbatingizdan. Tovuq masalasiga kelsak uni suyishlik shartlari bor, shu ishlarni tugri qilinsa shariatga muvofiq bulardi. Tovuqni buynini ushlasangiz atroflarida tomirlar bor, usha tomirlarni bir tarafga yani bir joyga yigib usha joydan boshlab, yani tomirlarni kesishdan boshlanadi.

B.TURKISTANI
03-24-2008, 05:07 AM

kim tovuq dedi taqsir?:D

Amiri Turkiston, baliqni o'ligi ham tirigi ham halol!
payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasllamni hadisrida dengizga chiqadigan sahobalarga shunday deb marhamata qilganlr. Cho'chqa baliq bundan mustasno.:)

Mehribonu
03-24-2008, 05:21 AM
Qisqichbaqa-chi? U ham quruqlikda, ham suvda yuradi-ku?

R.Azimov
03-24-2008, 05:38 AM
sizlarni bilmadimu, g'irt musulmonlarning HUMZA HALAL MEAT degan do'konidan go'sht olamiz. Tozaro'gi usha.

Lekin olingan go'shtni ham yaxshilab qarasangiz qon tomirlari liq to'la qon bo'ladi. Taqvodor emasmiz, qon tomirlarni bitta bitta olib tashlab qayta qayta yuvib, ishlataveramiz. Boshqa imkoniyat ham yo'q.

Ayniqsa "HALAL" chicken shop lardagi qovurilgan tovuq oyoqlarini umuman yeyolmayman. Qoni qotib qolgan bo'ladi ichida... :(

P.s: Bitta chicken shop HALAL deb yozib qoygan ekan. Ichiga kirib qovurilgan go'shtlardan birini ko'rsatib ana u nima desam pork deydi... PT... deb chiqib ketgandim. Pork pishgan yog'ga chicken pishirib HALAL deb sotadi. :(

RA

AbuMuslim
03-24-2008, 06:15 AM
Энди бу масала билан шуғуланнадиган махсус хизмат бор
http://www.halol.uz

Бисмиллоҳ айтиб сўйиш
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=39&Itemid=100

ЕЙИЛМАЙДИГАН ҲАЙВОНЛАР ҲАҚИДА
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=419&Itemid=100

ДЕНГИЗ ҲАЙВОНИ ВА ЎЛИМТИГИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=314&Itemid=100

ҲАЛОЛ ВА ҲАРОМ ХУСУСИДА ИСЛОМНИНГ ТАМАЛ АСОСЛАРИ
http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=441&Itemid=116

FREEMINDER
03-24-2008, 08:05 AM
мен ҳам баъзиларингиз сингори ўзга юртда худди шундай муаммога дуч кедим. бир қарашда оддий бир бозор, шарқ бозири, қозоқлар унда савдо қилмоқда. сўрадим - Ҳалолми? - деб. айтдилар - Ҳалол! - деб. буни ўзи кифоями менга ўша гўштни сотиб олишимга? Ҳолбуки гўшт сотаётган одамни кўрсангиз албатта шубхага борасиз.

B.TURKISTANI
03-24-2008, 08:52 AM

Halol deb so'ramangda, qaysi joyda chavaqlaysizlar deb so'rab ko'ringchi...
Gapni aylantisangiz o'zi ilinib qoladi...:D

Kamina
03-24-2008, 09:24 AM
мен ҳам баъзиларингиз сингори ўзга юртда худди шундай муаммога дуч кедим. бир қарашда оддий бир бозор, шарқ бозири, қозоқлар унда савдо қилмоқда. сўрадим - Ҳалолми? - деб. айтдилар - Ҳалол! - деб. буни ўзи кифоями менга ўша гўштни сотиб олишимга? Ҳолбуки гўшт сотаётган одамни кўрсангиз албатта шубхага борасиз.

turklarni donerini eb bumaydi deyishdi, chunki uni tayyorlash va tarqatish bitta joydan chiqarkan, ming xalol desa xam. Chunki bir namozxon kishini ugli doner kabob sotarkan, gushti qanaqa desam uni (yani donerlar maxsus tayor poli fabrikat qilib tarqatiladi), olib keladigan odam tarqatadigan odam xalol deydi, ammo men ishonmayman va emayman dedi. Butun Europaga tarqatilarkan doner gushtlari...

Borz_man
03-24-2008, 11:20 AM
Kechirasiz, Bismillah - Allohu Akbar deyiladi.
Zangi otam qo'llasin (misol qildim) Allohu Akbar desa ham harom!
Bismillahni aytish shart!

O'zizam kechirib qo'yin,qo'yni bo'gizlagan odam yo'qmi deman betta mandan boshqa?! :).. Bismi Allohu Akbar der edik,boshqa qassob birodorlardan ham faqat BismiAllohu Akbarni eshitganman...

Black
03-25-2008, 05:02 AM
O'zizam kechirib qo'yin,qo'yni bo'gizlagan odam yo'qmi deman betta mandan boshqa?! :).. Bismi Allohu Akbar der edik,boshqa qassob birodorlardan ham faqat BismiAllohu Akbarni eshitganman...Bizlar "Biror Jonliq so'yilganda "Bismilloh" aytib so'yiladi, "Bismillohir Rahmonir Rahiym" emas (sababini hamma bilsa kerak), "Allohu Akbar" aytish shart emas, agar Allohu Akbar aytilmagan bo'lsa ham halol bo'ladi, lekin "Bismillah" aytilishi shart" deb eshitganmiz va ko'rganmiz. Ya'ni, bu yerda "Bismillah" va "Allohu Akbar" lafzlar alohida alohida lafz sifatida keltiriladi. Bittasini aytish shartu, ikkinchisini esa aytish shart emas (lekin aytsa yahshi). Ya'ni, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, "Allohni nomi bilan" deb pichoq tortish SHART (halol bo'lishi uchun), orqasidan Allohga Takbir aytsa YAHSHI, LEKIN SHART EMAS deb o'rganganmiz.
Albatta, sizning gapingiz ham, mening gapim ham o'zimizcha to'g'ri. Shuning uchun birorta dalil keltirilsa masalaga oydinlik kiritilardi.

Huzuri
03-25-2008, 06:14 AM
qolgan hammasi bahona, o'g'rilangan narsani bismilloh deb ishlatishga o'xshaydi.

Kechirasiz shu erda tushunarli bo'lish uchun bir narsani ociqlab ketsak. O'g'irlangan narsa tabiyati halol bo'lsa uni bismilloh bilan eyiladi. Haromlar ikkiga bo'linadi.
1-Haromli aynihi. Haromli aynihi deganimiz bu ochiqcha o'zi harom bo'lganlar masalan cho'chqa, mast qiladigan ichimliklar, hanafiyga ko'ra baliq shaklida bo'lmagan suv jonivorlari, qisqichbaqa, harom o'lgan va bismillohsiz so'yilgan mol, ov hayvonlariga bismillohsiz o'q otib o'ldirilsa yoki ov itini bismillohsiz solsa yohud ov iti, burgut tutgan o'ljasini tishi bilan parchalagan bo'lsa. Bularni o'g'irlab olmasayiz ham bismiloh bilan eyish harom deb bildirilgan. Hatto kufr ham bo'ladi, sababi Allohu taolo harom qilgan narsani, Alloh halol qilganday uning nomi bilan boshlagani uchun.
2-haromli g'ayrihi. Bular o'zi halol faqat taqiqlangan yo'ldan kelgani uchun harom. Buning pulini to'lasa yoki halollashsa halol bo'ladi. Masalan butun o'girlangan tabiyati halol bo'lgan hayvonlar, mevalar, ovqat va kiyim, pul va boshqaning harqanday mulki, bular bismiloh bilan eyiladi albatta.

B.TURKISTANI
03-25-2008, 06:22 AM
Og'rilangani ma'lum bo'lsa, bilsada bilib turib halol puliga sotib olsada u ham halolmi, hazrat?:)

Nafees
03-25-2008, 06:58 AM
zangiotani nima aloqasi bor bu mavzuga, u xaqda boshqa erda bahs qilgan maqul.
Kurmagan bilmagan narsasini bismilloh deb esa bulishigi juda mubolagali gap, daje toshkentda xam gusht olsak surab olaiz, bismilloh bilan suyilganmi deb. Deyarli xamma toshkentda bismilloh bilan suyadi, shunda xam ishonchli qassoblardan olamiz. Chorsudan.

Chorsudan go'sht osa bo'larkanmi:shock:

etdagi kushxonalarga o'z ajali bilan o'lgan, yoki biron kasallik bilan harom o'lgan mollar keladi deb eshitganman!

shu yerdan hech yahshi go'sht ololmaganmiz. Katta bozor bo'lgani uchunmi, sifatga uncha e'tibor berishmidi manimcha.

Royal
03-25-2008, 07:23 AM
Og'rilangani ma'lum bo'lsa, bilsada bilib turib halol puliga sotib olsada u ham halolmi, hazrat?:)

bilmadan qolsa halol,
halolmasligini bilsa unda harom !

Kamina
03-25-2008, 08:00 AM
Chorsudan go'sht osa bo'larkanmi:shock:

etdagi kushxonalarga o'z ajali bilan o'lgan, yoki biron kasallik bilan harom o'lgan mollar keladi deb eshitganman!

shu yerdan hech yahshi go'sht ololmaganmiz. Katta bozor bo'lgani uchunmi, sifatga uncha e'tibor berishmidi manimcha.
Алгоритмда ишончли биродарлар гушт сотишади, суяги хам кам булади.

Huzuri
03-25-2008, 08:21 AM
Og'rilangani ma'lum bo'lsa, bilsada bilib turib halol puliga sotib olsada u ham halolmi, hazrat?:)

Astag'firulloh, hazrat deb islom olimlariga hurmat bilan qo'shib aytiladi, biz esa ko'rib turganingiz kabi oddiy ryadavoy, ahlisunnat bo'lgan bir musulmonmiz.
Imom A'zam hazratlariga birisi kelib aytadi: (menga bir foydali bo'lgan bir ilm tavsiya qilsangiz.) deydi. Imomi A'zam hazratlari: (bey va shirani o'rgan, yani olish sotish ilmini) aytadilar. Yana bir necha kundan keyin shu ahvolda so'raydi. Yana olish berish ilmini aytadilar. bu ahvol 3 marta qaytalangach. Imomi A'zam hazratlari: (bir musulmon bay ve shira ilmini o'rganmasa haromga tushadi, egani- kiyganiga ham harom aralasadi)deb aytganlar. demakki olish-berish ilmini o'rganish shart. bir kishining kiyimida bir ipi yoki tugmasi haromdan kelsa namozlari qabul bo'lmaydi deyilgan.
savolingizni yahshi tushunmadim, bismillohgami yoki halolgami tegisli?

Musofirbek
03-25-2008, 08:32 AM
Kechirasiz shu erda tushunarli bo'lish uchun bir narsani ociqlab ketsak. O'g'irlangan narsa tabiyati halol bo'lsa uni bismilloh bilan eyiladi. Haromlar ikkiga bo'linadi.
1-Haromli aynihi. Haromli aynihi deganimiz bu ochiqcha o'zi harom bo'lganlar masalan cho'chqa, mast qiladigan ichimliklar, hanafiyga ko'ra baliq shaklida bo'lmagan suv jonivorlari, qisqichbaqa, harom o'lgan va bismillohsiz so'yilgan mol, ov hayvonlariga bismillohsiz o'q otib o'ldirilsa yoki ov itini bismillohsiz solsa yohud ov iti, burgut tutgan o'ljasini tishi bilan parchalagan bo'lsa. Bularni o'g'irlab olmasayiz ham bismiloh bilan eyish harom deb bildirilgan. Hatto kufr ham bo'ladi, sababi Allohu taolo harom qilgan narsani, Alloh halol qilganday uning nomi bilan boshlagani uchun.
2-haromli g'ayrihi. Bular o'zi halol faqat taqiqlangan yo'ldan kelgani uchun harom. Buning pulini to'lasa yoki halollashsa halol bo'ladi. Masalan butun o'girlangan tabiyati halol bo'lgan hayvonlar, mevalar, ovqat va kiyim, pul va boshqaning harqanday mulki, bular bismiloh bilan eyiladi albatta.

Manda ham mashutta savol bor i , Masalan: Bir kishii harom,dan ( aroq, ug'rlik, qimor...hokazo) lardan pul topadii , mana shunday odamni uyiga mehmon bo'lib borib qolsak de, uning dasturhonidagi narsalardan Bismilloh ni aytip yeyaversa boladimi >? ( yani, targ'b uchun yemaslik haqida emas , "Shar'an" ushatdagi taomlar mehmonga halolmi yoki harommi ? )

Huzuri
03-26-2008, 05:38 AM
Og'rilangani ma'lum bo'lsa, bilsada bilib turib halol puliga sotib olsada u ham halolmi, hazrat?:)

"Hadiqa"da qo'l ofatlarining so'ngida (Tortib olingan mol, o'girlangan mol yoki xiyonatga o'xshash harom yo'ldan qo'lga kirganligi aniq bo'lgan bir molni-sovg'a, sadaqa, mab'iy, saman va ish haqi hisobiga olish, kira bilan qo'llanish halol bo'lmaydi. Faqat vorisning mol sohiblarini bilmagan taqtirda, meros qolgan bundaylarni qo'llanish halol bo'ladi. Molning bunday haromligi yaxshi bilinmasa, harkimning olishi joiz bo'ladi.) deyilgan.

Huzuri
03-26-2008, 06:20 AM
Manda ham mashutta savol bor i , Masalan: Bir kishii harom,dan ( aroq, ug'rlik, qimor...hokazo) lardan pul topadii , mana shunday odamni uyiga mehmon bo'lib borib qolsak de, uning dasturhonidagi narsalardan Bismilloh ni aytip yeyaversa boladimi >? ( yani, targ'b uchun yemaslik haqida emas , "Shar'an" ushatdagi taomlar mehmonga halolmi yoki harommi ? )

Imomi Rabboniy "rahmatullohi alayhi", ikkiyuzaltmishbeshinchi maktubida: (Musulmonlarning haqlariga rioya qilish kerak. Hadisi sharifda:"Musulmonning musulmonga besh haqqi bordir: Salomiga alik olish, xastasini yo'qlash, janozasida bo'lish, mehmonga chaqirgan davatiga borish va aksirib alhamdulillah deganida, yarhamukalloh deb javob qaytarish" deb marhamat qilingan. Faqat chaqirilgan yerga borish uchun shartlar mavjud. "Ihyo" kitobida shular bildirildi,(Taom shubhali bo'lsa, dasturhonda ipak, oltin-kumush bo'lsa, pastda yoki devorlarda jonli rasmlar bo'lsa, cholg'u asboblar va muzika, o'yin o'ynayotgan kabi haromlar bo'lgan erga borilmaydi. Zolimning, bid'at sohibining, fosiqning, yomon odamlarning va Alloh roziligi emas balki maqtanish uchun ko'p pul harajat qilganning chaqirganiga borilmaydi.(lekin fitna chiqarmasdan bir narsani yaxshi so'zlar bilan bahona qilib bormaydi.) "Shir'atul islom" kitobida esa, (Riyo, ho'jako'rsin uchun qilingan davatga borilmaydi). "Muhit" va "Matolibul mu'minin" kitobida, (O'yin o'nalayotgan, muzika chalingan, musulmonlar orasida nifoq soluvchi va ichki ichilgan erlarga chaqirilsa ham borilmaydi). Bunday monelar bo'lmagan erlarga borish lozim bo'ladi, faqat bu zamonda bunday erlar oz topiladi.)
davomi bor.

Huzuri
03-26-2008, 07:56 AM
davomi
Qarab turgan boquvchisi bor bemorni ziyorat qilish sunnat, hech kimi yok hastani esa yo'qlash vojibdirligi "Mishqot" hoshiyasida yozilgan. Musulmonning janoza namozida bo'lish, hamda eng ozida birnecha qadam tashish kerak bo'ladi.) maktubot shu yerda bitadi, endi Ibni Obidin: (Hazar va Iboha) qismida shuni bildirmoqda, (Chaqirilgan joyga, harom bo'lgan narsalar bir honada bo'lsa boriladi, dasturhonda bo'lsa borilmaydi, bilmasdan borib qolgan bo'lsa, qalbi bilan harom bo'lgani uchun yoqtirmasdan o'tiradi yohud bir bahona bilan u yerdan qaytib ketadi. Chunki harom ishlamaslik uchun, sunnat tark qilinadi. Giybat so'zlanadigan yoki eshitadigan joylarga borish, cholg'u va o'yindan ham og'ir gunoh bo'ladi. o'zi so'zi o'tadigan yoki maqom-lavozim sohibi bo'lsa dasturhonda gunohga mone bo'lish kerak yoki qaytish kerak.)
"Hadiqa" va "Bariqa" ning ohirida, (Dutor, rubob va shunga o'xshash har qanday bir cholg'u asbobini uyida, do'konida, ish erida bo'lishi, o'zi qo'llanmasa ham sotish, sovg'a qilish, kiraga berish gunohdir.) Muboh bilan gunoh aralash bo'lsa va radio, televizo'r, filmda yohud bular ko'radigan, eshitadigan, harom narsalar bo'lsa, gunohga kirmaslik uchun mubohni hatto savobni tark etish lozim bo'ladi. Mu'minning mehmonga chaqirganiga borish sunnat bo'lgani holda, harom bo'lgan joylarga bormaslik kerak, harom va makruhlardan tiyilish uchun sunnatni tark qilish kerak bo'ladi.

Musofirbek
03-26-2008, 09:00 PM

Assalamu alaykum, Huzuri

birodar man savolimni tushuntirolmadim shakil, uzir ...

yana ham tushunarliro bo'lishi uchun, sal boshqacharoo savol , maylimi?

Masalan : Yana usha yuqoridagi haromdan tirikchilik qiladigan odam, mani uyimga mehmonga oylaviy bo'lib kelishdi va ozligi bilan setkada 10 ta :) yopgan non ko'tarip klishdi , (Savol shuki ) usha non bizlar(mezbon) ga halolmi yoki harommi ?
agar harom bo'lsa , non o'zii (asli) halol (pok) narsa.
Agar , uu (non ) halol bo'lsa, uni uyizga ko'tarib kegan odam, ko'chadan harom yol bilan topgan puliga, sotvolib olib kelgan ..

Mrs.D
03-26-2008, 09:07 PM
Salom! Unda chet eldagilar nima qilsin. Men New Jersey shatida yashayman. Bu yerda gushtni faqat supermarketdan olish mumkin. U yerda esa qanaqa qassoblar kim Biladi? Unda man qayerdan olib yeyishim kerak.??

Inspiredmind
03-26-2008, 10:54 PM
Salom! Unda chet eldagilar nima qilsin. Men New Jersey shatida yashayman. Bu yerda gushtni faqat supermarketdan olish mumkin. U yerda esa qanaqa qassoblar kim Biladi? Unda man qayerdan olib yeyishim kerak.??
usa , uk larda islamic storeslar bor, va albatta o'sha erlardan topasiz, tem bolee NJda musulmonlar ko'p bolish kerak.

Kamina
03-26-2008, 11:33 PM
Assalamu alaykum, Huzuri

birodar man savolimni tushuntirolmadim shakil, uzir ...

yana ham tushunarliro bo'lishi uchun, sal boshqacharoo savol , maylimi?

Masalan : Yana usha yuqoridagi haromdan tirikchilik qiladigan odam, mani uyimga mehmonga oylaviy bo'lib kelishdi va ozligi bilan setkada 10 ta :) yopgan non ko'tarip klishdi , (Savol shuki ) usha non bizlar(mezbon) ga halolmi yoki harommi ?
agar harom bo'lsa , non o'zii (asli) halol (pok) narsa.
Agar , uu (non ) halol bo'lsa, uni uyizga ko'tarib kegan odam, ko'chadan harom yol bilan topgan puliga, sotvolib olib kelgan ..
айнан сизга харомдан сотиб олиб келганлигини билмаганингиздан кейин уша нонни кабул килаверасиз. Вахоланки, Пайгамбаримиз САВ агар адашмасам гайридинни уйида хам мехмон булганлар, чунки ахли китоблардан булганлари учун. Хато булса тугирлаб юборарсизлар

Huzuri
03-27-2008, 02:29 AM
Salom! Unda chet eldagilar nima qilsin. Men New Jersey shatida yashayman. Bu yerda gushtni faqat supermarketdan olish mumkin. U yerda esa qanaqa qassoblar kim Biladi? Unda man qayerdan olib yeyishim kerak.??

жавоблврийзни бошқатдан яниги тема очиб батафсилроқ қилиб ёзаман
тема: ҲАЛОЛ, ҲАРОМ ВА ШУБҲАЛИЛАР.