Kamina
03-23-2008, 01:37 PM
Uzini musulmon deb bilgan har bir kishi quyidagiga ega bo'lishi shart. Kimki bu asoslarni o'zida mujassam qilsa, bilingki, uning iymoni but, e'tiqodi mustahkamdir.
Birinchi, Tavhid usuli. Alloh taoloni yagona bilish va bu e'tiqodda mustahkam turish.
Ikkinchi, Adl usuli. Dunyoviy ishlarda va shariat ahkomlarida doimo to'g'ri yo'lda turmoq, doimo rost so'zlamoq.
Uchinchi, Imomat usuli. Din va dunyo ishlari bir kelib qolganda avval diniy ishlarni bajarmoq.
To'rtinchi, Nubuvvat usuli. Payg'ambarimiz Muhammad mustafo (s.a.v.) va ul zotdan avval o'tgan barcha anbiyo va payg'ambarlarga iqror bo'lmoq.
Beshinchi, Amru ma'ruf usuli. Alloh taolo Muhammad (s.a.v.) ummatiga amr etgan (farzu sunnat qilgan) narsalarga amal qilmoq.
Oltinchi, Nahyi munkar usuli. Alloh taolo man qilgan ishlardan saqlanish.
Yettinchi, Tavallo usuli. Allohning do'stlarini do'st tutmoq. Payg'ambarlar, sahobalar, Haq yo'ldagi e'tiqodi sof, iymoni mukammal bo'lgan barcha ulamolar, namoz va ro'zasini qazo qilmovchi, Uning amriga itoat etuvchi kishilar Allohning do'stlaridir.
Sakkizinchi, Tabarro usuli. Alloh taoloning dushmanlarini dushman tutmoq.
www.fikr.uz