PDA

View Full Version : O'zbekistonda xalqaro haydovchilik guvohnomasi

lost
03-26-2008, 09:59 AM
O'rtoqlar, Toshkentda xalqaro "prava" berayatgamush degan gapni eshittim. qanchalik rost, qanchalik yolg'on?

Qancha muddatda va qaysi davlatlarga o'tarkan, olish procedurasi qanaqa, narxi, shapkasi qancha?

u bu kimda ishonarli info bo'lsa baham ko'ringlar : )

wow_kabob
03-26-2008, 10:02 AM
Eeeeee Toshda ham prava bormi

pulku prava nima qilasiz pravani

Royal
03-26-2008, 03:46 PM
O'rtoqlar, Toshkentda xalqaro "prava" berayatgamush degan gapni eshittim. qanchalik rost, qanchalik yolg'on?

Qancha muddatda va qaysi davlatlarga o'tarkan, olish procedurasi qanaqa, narxi, shapkasi qancha?

u bu kimda ishonarli info bo'lsa baham ko'ringlar : )

bu yengligamas, bogan, bor va boladiyam....

DAn/GAIga borip gaplashsa osa boladi....

Kamina
03-26-2008, 11:38 PM
ман бордим, айтишдики медосмотрдан ут, имтихон топшир яна сотилган мошинанг хакида бирдибало когозлар олиб кел дейишганди, ока унда хозирча керакмас дедим, ман энди сотган мошинамни эгасини кидириб ундан канакадир когозлар йигишим колувди, хизмат таклиф киламан деб уйлаган эдим, доим одамлар куршовида экан:) шуни учун хафсалам пир булиб кайтдим

ZoLoToY
03-27-2008, 04:42 AM
Agar shu gap haqiqat bolsa u holda chet elda ishlayotganlar guvohnoma olishadi. Lekin hali man buni guvohi bolmadim.. Balkim rostdir.. Hamma narsani kutsa boladi.

smirnoff
03-27-2008, 04:48 AM
oddiy prava olish uchun qancha harajat ketadi?

AKULA
03-27-2008, 05:28 AM
ман бордим, айтишдики медосмотрдан ут, имтихон топшир яна сотилган мошинанг хакида бирдибало когозлар олиб кел дейишганди
Qog'oz nimaligini tushunmabsiz unda :lol:
Qog'oz har xil bo'ladi, ko'k rangligisi eng yaxshisi, ba'zilar uni KAROM ham deyishadi.

Kamina
03-27-2008, 06:29 AM
одамлар куршовида эди дедимку, кейин келишга эса вакт колмади

Masud
03-27-2008, 10:05 AM
Shunaqa qilib oddiy prava olish nech pul bolyapti? Keyin US da uje prava bo'sa uni bir nima qilib bizda ishlatsa bo'ladimi KAROM bilan?

Kamina
03-27-2008, 10:58 AM
200 га тушса керак бизда хозир

Rise_n_Fall
03-29-2008, 11:36 PM
SAVOL: evropa yoki USda olingan prava bizada tan olinadimi?

B.TURKISTANI
03-31-2008, 04:32 AM
ман бордим, айтишдики медосмотрдан ут, имтихон топшир яна сотилган мошинанг хакида бирдибало когозлар олиб кел дейишганди, ока унда хозирча керакмас дедим, ман энди сотган мошинамни эгасини кидириб ундан канакадир когозлар йигишим колувди, хизмат таклиф киламан деб уйлаган эдим, доим одамлар куршовида экан:) шуни учун хафсалам пир булиб кайтдим
Bo'lmagan gap!
Men avgust oyida oldim. Haydovchilik guvohnomasi bilan birgalikda 195.000so'm pulni olib keling, suratni shu yerda o'zimiz olamiz deyishdi. Eliktronik qalamda aytilgan joyga qo'l qo'yasiz, shu. 3 kun mobaynida to'g'rilab berishadi. BMTga a'zo bo'lgan mamlakatlar hududida bemalol haydab yurasiz.
Ispan tili, Arab tili, Ingliz tili, Yapon tili, Rus tili, Xitoy tilida shartlarini ichida yozib qo'ygan. Profisional bo'lsangiz hammasiga ruxsat (enable) tamg'asini bosib chiqadi. Faqatgina "B" bo'lsa o'sha "B" degan joyiga ruxsat bosadi. Ikkita haydovchilik hujjati bo'ladi. Biri ko'k daftarchaga yopshitirlgan, biri mikro chip ko'rinishida. Huddi bank kartasiga o'hshash. Chet yurtlarda yo'l posbonlarida o'zini aparati bo'ladi. Siz o'sha olgan Halqaro haydovchilik guvohnomasini aparatiga solsa hamma sizning manbalaringiz qayerda turishingiz, qayerlik ekanligingiz va pasportingizni raqamlarini, O'zbekistonda olingan haydovchilik hujjatini barcha raqamlarini ko'rsatib beradi.
Hujjat 2 yilga beriladi. 5 yilga beriladiganlri ham bor. 5 yillikka 295.000 so'm edi. Men ikki yillikka oldim. Hozir ham haydab yuribmiz. Asosiysi O'zbekistonda olgan haqiqiy haydovchilik guvohnomasi bo'lishi shart. Shu....
Hech qanday Tibbiy ko'rik, shaxsiy avtoulovni sotilgan qog'ozlari haqida lom, mim demaydi. Haydovchilik hujjatini olgan bo'lsangiz bo'ldi. Pul bo'lsa changalda sho'rva.:cool:
Manzil: Glinka ko'chasidagi o'hsa qoplonlar maskanining o'ng biqinida.

B.TURKISTANI
03-31-2008, 04:46 AM
SAVOL: evropa yoki USda olingan prava bizada tan olinadimi?
Javob: Yo'q.
USAni yo'l harakati qoidasi boshqacha.
O'zbekistonda olingan haydvchilik hujjati Amerikada, Yaponiyada, Germaniyada o'tmaganidek, O'zbekistonda ham o'zga yurtlarni hujjati o'tmaydi. Modomiki Halqaro hujjatingiz bo'lsa. Amerikada olgan hujjat bo'lsa ham, Ozbek yoki rus tiliga tarjima qildirib, keyin DAN hodimlariga muxr qo'yilgan o'sha Amerikada olgan Haydovchilik hujjatini tarjima qog'ozni topshirasiz. Ular tekshirib chiqqach sizdan imtihon oladilar. O'nta savolni yettisiga tog'ri javob bersangiz hujjatni olasiz. Hujjatni sizga berishdan oldin Yo'l Noziri bilan avtoulovda sayohat qilib kelganingizdan keyin beradilar.

lost
03-31-2008, 04:52 AM
Javob: Yo'q.
USAni yo'l harakati qoidasi boshqacha.
O'zbekistonda olingan haydvchilik hujjati Amerikada, Yaponiyada, Germaniyada o'tmaganidek, O'zbekistonda ham o'zga yurtlarni hujjati o'tmaydi....

savolam shu haqidada o'zi.

xalqaro prava berishsa bir qancha davlatlarga o'tarmish.

Forumda DAN da (YPXmi hozir), xizmatchilari yo'qmi?
yo faqat hamma SNBdanmi :D

smilinguzbekgal
03-31-2008, 05:53 AM
<<<Bo'lmagan gap!
Men avgust oyida oldim. Haydovchilik guvohnomasi bilan birgalikda 195.000so'm pulni olib keling, suratni shu yerda o'zimiz olamiz deyishdi. Eliktronik qalamda aytilgan joyga qo'l qo'yasiz, shu. 3 kun mobaynida to'g'rilab berishadi. BMTga a'zo bo'lgan mamlakatlar hududida bemalol haydab yurasiz.
Ispan tili, Arab tili, Ingliz tili, Yapon tili, Rus tili, Xitoy tilida shartlarini ichida yozib qo'ygan. Profisional bo'lsangiz hammasiga ruxsat (enable) tamg'asini bosib chiqadi. Faqatgina "B" bo'lsa o'sha "B" degan joyiga ruxsat bosadi. Ikkita haydovchilik hujjati bo'ladi. Biri ko'k daftarchaga yopshitirlgan, biri mikro chip ko'rinishida. Huddi bank kartasiga o'hshash. Chet yurtlarda yo'l posbonlarida o'zini aparati bo'ladi. Siz o'sha olgan Halqaro haydovchilik guvohnomasini aparatiga solsa hamma sizning manbalaringiz qayerda turishingiz, qayerlik ekanligingiz va pasportingizni raqamlarini, O'zbekistonda olingan haydovchilik hujjatini barcha raqamlarini ko'rsatib beradi.
Hujjat 2 yilga beriladi. 5 yilga beriladiganlri ham bor. 5 yillikka 295.000 so'm edi. Men ikki yillikka oldim. Hozir ham haydab yuribmiz. Asosiysi O'zbekistonda olgan haqiqiy haydovchilik guvohnomasi bo'lishi shart. Shu....
Hech qanday Tibbiy ko'rik, shaxsiy avtoulovni sotilgan qog'ozlari haqida lom, mim demaydi. Haydovchilik hujjatini olgan bo'lsangiz bo'ldi. Pul bo'lsa changalda sho'rva.
Manzil: Glinka ko'chasidagi o'hsa qoplonlar maskanining o'ng biqinida>>>>

Hurmatli Faisal!

Assalomu alekum!

Sizga savolim bor edi.
Mani Ozbekistonda olingan B toifadagi haydovchilik govohnomam bor,shu bn borsa etganizdek 3 kun mobaynida kb berishadimi?man ozim agar Ozbekistondan tashkarida bolsam,boshka birov mani nomimdan borsayam kilib berishadimi? UAE da otadimi shu internationall driving license?>

Oldindan rahmat.

Rise_n_Fall
04-01-2008, 12:43 AM
UAE da otadimi shu internationall driving license?
mana shu savolizga man javob berib o'tsam.
O'zbekistonda olingan prava bilan (hoh international, hoh oddiy bo'lsin)
UAEda moshina hayday mumkin, faqatgina rent a car dan moshina ijaraga olib. Police sizga adashmasam 1 oylik ruhsat beradi.
Agar bu yerda empoyment visada bo'lsayiz unda driving licensega o'qishga to'g'ri keladi.

Compromise
04-01-2008, 01:18 AM
Javob: Yo'q.

USAni yo'l harakati qoidasi boshqacha.

O'zbekistonda olingan haydvchilik hujjati Amerikada, Yaponiyada, Germaniyada o'tmaganidek, O'zbekistonda ham o'zga yurtlarni hujjati o'tmaydi. Modomiki Halqaro hujjatingiz bo'lsa. Amerikada olgan hujjat bo'lsa ham, Ozbek yoki rus tiliga tarjima qildirib, keyin DAN hodimlariga muxr qo'yilgan o'sha Amerikada olgan Haydovchilik hujjatini tarjima qog'ozni topshirasiz. Ular tekshirib chiqqach sizdan imtihon oladilar. O'nta savolni yettisiga tog'ri javob bersangiz hujjatni olasiz. Hujjatni sizga berishdan oldin Yo'l Noziri bilan avtoulovda sayohat qilib kelganingizdan keyin beradilar.

Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodar

Meni javobim olish mumkin. Yani AQShda Prava olgan bo'lsangiz Uzbekistonda kelib shuni asosida prava olasiz. Faqatgina oz miqdorda tahminan $100 kerak edi. YAna imtihon o'tish lozimi yoki yo'qmi bunisi esimda yo'q. Buni bir birodarim shunday 2006 yilda AQShdan kelib olgan edi. Agarda bundan keyin qoidalar o'zgargan bo'lsa unda uzr.

Hurmat ila,
Compromise

sweden
04-08-2008, 06:24 AM
Salom! Mana bu saytga kirib ko'ringlar. Haydovchilik guvohnomangiz bulsa qayernikiga qaramay berishovradi. Faqat o'zingizni haydovshilik guvohnomangiz bilan birga olib yurishingiz kerag.
http://www.stream-idl.com/

:lol:

Royal
04-08-2008, 07:06 AM
Salom! Mana bu saytga kirib ko'ringlar. Haydovchilik guvohnomangiz bulsa qayernikiga qaramay berishovradi. Faqat o'zingizni haydovshilik guvohnomangiz bilan birga olib yurishingiz kerag.
http://www.stream-idl.com/

:lol:

bundan soqqa tolap boshogriq ortirish mumkin, bolla yahshimasakan..problema berarkan deyishvotuvdi....

Yulduz
04-09-2008, 11:40 AM
O'rtoqlar, Toshkentda xalqaro "prava" berayatgamush degan gapni eshittim. qanchalik rost, qanchalik yolg'on?

Qancha muddatda va qaysi davlatlarga o'tarkan, olish procedurasi qanaqa, narxi, shapkasi qancha?

u bu kimda ishonarli info bo'lsa baham ko'ringlar : )

Man UZB ni B toifali guvohnomasi bilan quyidagi sayt orqali International DL ni oldim, Lekin bu faqatgina tarjima xisoblanadi. ichida 8 tilda tarjima va dunyoning 187 international DL ni qabul qiluvchi mamlakatlari ro'yhati berilgan. Bu document + o'zingizni O'zb xaydovchilik guvohnomasi bilan bemalol xaydab yurushingiz mumkin.
http://www.iadc-club.com/

kitayoza
04-09-2008, 11:54 AM

Bir ikki marta Hitoyda o'zimizning eski prava bilan gaishnikka tushgandim.
Uyog'ini o'giradi, bu yog'ini keyin ohiri "bu nima:shock:" deb so'raydi.
"mana ko'rmayapsanmi PRAVA" dip ikkita uchta gap qisam "ha mayli boraver, faqat buningni tarjima qivol"m diydi halos.
lekin haliyam eski, tarjimasiz holatda ham quyonni rasmini chizib yuribmiz...:D