PDA

View Full Version : HAYOL----(poem by ATOMIC)


FREEMAN
04-24-2001, 02:36 AM
Hayol

Eshiklarni yopgil, tort pardalarni
Yumib olgin horg’in ko’zlaringni ham,
Ana endi do’stim ko’p narsalarni
Hayol sursang bo’lar erkin, hotirjam.

Hoxlaguncha kuyla go’zallik haqda
Unutma olamning charog’onligin,
Ezgulikla to’lgan zamonni maqta
Yodga ol hayotning farovonligin.

Yo’lingga hech kimsa bo’lmagay to’g’on
Orzularing uchun qilmaslar so’roq,
To’yuncha hayol sur, sevin, kul, quvon
Derazadan pastga boqmagil biroq.

juda zor cikkan,bunu analizini qilish kerak,shoir hayol qilishdan cucigan insonga hitop qilmoqda,hayol dunyosi bilan haqiqi dunyo orasidagi farqni ociq urtaga quyayapti.hayol surish ucun albatta insonlardan kocip,bir tanho joyga borip,bu ham yetmagandek hamma yoqni yopib keyingina hayol surish kerak demoqda shoir,1.kupletta pessimism hokim busa,2.kupletta optimism hokim,birdan sakrash qigan,1 va 2.kupletla orasida boshqa kupletla bor dek kelayapti manga, shoir buni yozmagan yoki yozolmagan ,cucigan dep ham uylashimiz mumkin.bu yerdan shu kelip cikadi,shoir batamom uzini dunyosini sherga tukkan.boshqanikinimas.
3.kupletta yana 1.kupletta kurilgan pessimism kelayapti. 2.kuplet bulani orasiga qanaqa tuhsip qogan tushunmadim.manimca 2.kuplet umuman kerakmaydi.
kundalik hayottan bezip ketgan, uzini icki dunyosini tanimaydigan insonga qarap yozilgan shekilli ;
Derazadan pastga boqmagil biroq.
oldin derazani pardasini tortip quydi,keyin kuzlarini yumdi, hayolni surishni urtasida derazadan pastga qanaqa qilip qarar ekan.demak kimdir yoki kimlardir hayollarini bulishadi,bu deraza tashqarisidagi hodisalardir.lekin shoir qarama deyapti,hush qarasa ci?nima buladi?yana usha hayotni kurip hamma hayollari cippakka cikadi,demak hayotni manfi tomonlarini kuradi shoir hitop qilgan inson,yani bizani kahramonimiz. lekin 2 .kupletta hayot va zamonni maqtayapti ku shoir??? nimaga eng ohirida yana usha pessimizmga qaytayapti?
yo 2.kupletni tagida bir narsala bomi? yani manosi boshqaca mi?teskarisidan isbotlash degan narsa bor ku,balkim biza kurolmayapmiz?bunu shoirni uzidan surash kerak albatta.hullas sila qanqa uylisila ? shoirni uzici? kutamiz...

figaro
04-28-2001, 04:46 PM
hmm, manimcha atomic 2-tortlikni optimistik ruhda yozmagan. balki u qolgan ikki tortlikdan ham pessimistroq va serpiching. aytilmoqchi bo'lgan narsa gozal va farovon hayot yoq narsa, sen ular haqda faqatgina oylashing mumkin, lekin korolmaysan demoqchi bo'lgan. faqatgina hoyol qur va xohlaguningcha bahtli korsat ozingni, lekin haqiqat bitta...

FREEMAN
04-30-2001, 07:29 AM
hmmm, gap yuq, atomicni uzi qani? uzidan eshitiylik ci...