adiba
04-25-2001, 02:53 AM
Usmon Azimdan
Ishqning osmonida oyga qu'shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog'imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
-Joningiz qayda?
Ug'irlaysan ja'mi kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar- senga sir aytar.
Izlaysan Qu'ng'irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
-Joningiz qayda?
-Shumi?-Qilichimni ku'lga tashlaysan,
-Balki bu?-Qu'lingni ch'uzasan yoyga.
Su'ngra yig'lab-yig'lab su'roq boshlaysan:
-Bir marta aytingchi,
Joningiz qayda?
U'zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qorasan loyga.
Bolang u'lgan kabi fig'on tortasan:
-Hamon tirikmisiz-
Joningiz qayda?
Og'ular qu'shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyular mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
-Nega u'lmayapsiz?
-Joningiz qayda?
Jonim SENDA deyman-aylanmas tilim,
Jonim SENSAN deyman-yuragim tu'nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bu'lar?.???...
Ishqning osmonida oyga qu'shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog'imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
-Joningiz qayda?
Ug'irlaysan ja'mi kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar- senga sir aytar.
Izlaysan Qu'ng'irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
-Joningiz qayda?
-Shumi?-Qilichimni ku'lga tashlaysan,
-Balki bu?-Qu'lingni ch'uzasan yoyga.
Su'ngra yig'lab-yig'lab su'roq boshlaysan:
-Bir marta aytingchi,
Joningiz qayda?
U'zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qorasan loyga.
Bolang u'lgan kabi fig'on tortasan:
-Hamon tirikmisiz-
Joningiz qayda?
Og'ular qu'shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyular mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
-Nega u'lmayapsiz?
-Joningiz qayda?
Jonim SENDA deyman-aylanmas tilim,
Jonim SENSAN deyman-yuragim tu'nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bu'lar?.???...