PDA

View Full Version : XAYRLASHMOQ KERAK SEN BILAN...


adiba
04-25-2001, 03:00 AM
Usmon Azimdan




Xayrlashmoq kerak sen bilan,
Ku'ngillarni uzmoqlik kerak,
Kechmoq kerak g'arib umiddan,
Dunyomizni buzmoqlik kerak..

Boshqalarga bermoqlik kerak
Kuzgi oqshom charchoqlarini,
Endi mayus termoqlik kerak
Sevgimizning aldoqlarini..

Bizga du'zax va'dalar etib,
Tepamizdan jim boqar xudo,
Seni saqlay, sevgidan ketib,
Ishqda qolib sen bu'lma ado.

Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labingdagi charchoq kalomlar:
-Men du'zaxdan qurqmayman jonim,
Du'zaxdaman allaqachonlar...

adiba
04-25-2001, 03:08 AM
xxxxxxxx shu muallifdan yanaxxxxxxxxxxx






Senga kelish nima???
Ketishday oson.
Senga yu'qotishlar -topishday bir gap.
Sen dunyoni ku'rmay yashaysan mudom,
Yashaysan daraxtday his qilib, ilg'ab.

Qalbingda fojelar zumda u'chadi,
Yangi g'ussalarni quchasan shodon.
Bebaxtliging baxtday sendan kechadi-
Al'omon,
U'zingdan, jonim, al'omon!!

Seni tu'fonlarning u'zi asrasin,
Sendan yiroq qochsin qismat dudlari.
Yu'lingga ayamay qutlar tashlasin,
Qu'li ochiq kelsin umring hutlarin..

Senga ketish nima?? ???
Xayr-xu'sh..Tamom..
Men ham omon qolay-
Bir najot bergin.
Nima u boshimga otganing??
Osmon...
Tu'xta, olib ketma poyimdan yerni..

kanzler
04-25-2001, 03:16 AM
Ehhh, Adiba,
odamni utmishini yodga solib turishni yaxshi kurasizda shunaqa she'rlar bilan...

Kuzni yumib sayr qildim yosh umrimning moziy lahzalariga...
Bu she'r ko'p jihatidan menga mos tusharkan, ajoyib satrlar...

Xayrlashmoq kerak sen bilan,
Kungillarni uzmoqlik kerak...
.............................
Men duzaxdan qurqmayman aslo,
Duzaxdaman allaqachonlar...

guzal satrlar...

Shuni uchun ham Usmon Azim she'riyatini yaxshi kuramanda!

mylediss
04-25-2001, 09:59 AM
Adiba!Ich bin stolz auf dich!:-)

kanzler
04-25-2001, 02:31 PM
Und ich bin stolz auf Euch beiden! :-)

monsi
04-26-2001, 01:35 AM
zer haqiqattan ham ajoib bulgan ,

Baroyad baxt mexoham, ki hushbaxti zamon boshi,
Baroyad taxt mexoham, ki shohi oshiqon boshi

monsi
04-26-2001, 01:35 AM
sher' haqiqattan ham ajoib bulgan ,

Baroyad baxt mexoham, ki hushbaxti zamon boshi,
Baroyad taxt mexoham, ki shohi oshiqon boshi

OPTIMIST'
04-26-2001, 01:52 AM
<ADIBA>

mana buni oking
**********************************
Qalbingda fojelar zumda u'chadi,
Yangi g'ussalarni quchasan shodon.
Bebaxtliging baxtday sendan kechadi-
Al'omon,
U'zingdan, jonim, al'omon
**********************************

va tushuntiring, "al'omon degani kanday manoda, man rosa oylandim, lekin togri manosini topolmadim shekilli :(

OPTIMIST ;p

adiba
04-26-2001, 02:33 AM
Balki arabshunos du'stlar su'zning lug'aviy jihatlarini keyin tushuntirib berishar..Lekin bu erda shoir ushbu satrni "Sendan ehtiyot bu'lgulik, jonim..." deb ishlatmoqda..

FREEMAN
04-27-2001, 06:17 AM
hmmm,
duzahdaman allaqacon? duzahni uyin qismaslik kerak, bu sher dini cihaddan tahlikali bup qolipti,umuman hec bir inson boshqa insonni dep ayniqsa qarshi jinsiyatni dep duzah-yani jahannam-haqida bunaqa gapirmasligi kerak. lekin biza bunu darrow bunqa tuhsunmasdan boshqaca tuhsunishga harakat qilamiz,yani shoir kup qiynalip ketganini aytayapti dep qoyoqolamiz, adabiyot bilan tuslagan holos, husnizon qilishga bizani majbur etdi shoir, tavsiya qimagan bulardim bunaqa gaplarni ishlatishga...
rahmat etiborlaringiz ucun....-

kanzler
04-27-2001, 06:37 AM
Freeman,
agar she'rni yana 2-3 marta o'qib, yaxshilab mulohaza qilib kursangiz, she'rning asl mohiyatiga va nega bunaqa suzlar ishlatilganinga tushunarsiz deb o'ylayman :-)


Bu she'r juda guzal yozilgan, zamonaviy uzbek she'riyatida tosh bosadigan she'rlardan biridir!

Regards!


-Men do'zaxdan qo'rqmayman aslo,
Do'zaxdaman allaqachonlar...

sanjar
04-27-2001, 10:32 AM
She'r manga juda yoqdi.

Adiba, iltimos, yana bo'lsa LBga jo'nating.

Mangayam o'sha "do'zax" misrasi juda yoqdi.

SJ 8)

FREEMAN
04-29-2001, 06:06 PM
uynama!!
duzah baribir duzah! gap qaytarama!!