adiba
04-26-2001, 02:58 AM
Iqbol Mirzodan
Ishonma...
Aldadim...
Oyni childirmadek chalganim yolg'on,
Zufof kechasiga men seni chorlab.
Barmog'imdan sirqib, tomchigan qondan
Erib bitgani yu'q nayzador qorlar...
Eshigi zichlangan bu mening hujra,
Tushimga kirmading nurdek sirg'alib.
Ajdaho komiday zulumot ichra
Men g'arib.
Qizil sham yonar sarg'arib... :-(
Zumurrad tonglarim senga armug'on,
QUYOSHni puf-puflab tutib edimmi??
Uchqur xayollarim bu'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib..dedimmi??
U'ylasam, dilimni kuydirgan olov,
Kuylasam, tilimni qonatgan paykon,
Quchsam, quchog'imni chok etgan abru',
Mening imkonimga sig'magan imkon..dedimmi??
Oyni childirmadek chalganim yolg'on
Nikoh kechasiga u'zingni chorlab.
Yurak gup-gup urar. Bir hovuch talqon.
Endi hech kim buzmas tinchingni, zorlaaaaaab....
Ishonma....
Ishonma...
Aldadim...
Oyni childirmadek chalganim yolg'on,
Zufof kechasiga men seni chorlab.
Barmog'imdan sirqib, tomchigan qondan
Erib bitgani yu'q nayzador qorlar...
Eshigi zichlangan bu mening hujra,
Tushimga kirmading nurdek sirg'alib.
Ajdaho komiday zulumot ichra
Men g'arib.
Qizil sham yonar sarg'arib... :-(
Zumurrad tonglarim senga armug'on,
QUYOSHni puf-puflab tutib edimmi??
Uchqur xayollarim bu'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib..dedimmi??
U'ylasam, dilimni kuydirgan olov,
Kuylasam, tilimni qonatgan paykon,
Quchsam, quchog'imni chok etgan abru',
Mening imkonimga sig'magan imkon..dedimmi??
Oyni childirmadek chalganim yolg'on
Nikoh kechasiga u'zingni chorlab.
Yurak gup-gup urar. Bir hovuch talqon.
Endi hech kim buzmas tinchingni, zorlaaaaaab....
Ishonma....