PDA

View Full Version : Toshkentda "Yomg'ir duosi"

wyxpat
04-03-2008, 10:42 AM
Toshkentdagilar, imkoniyatni qo'ldan boy bermang :)

Hammaga ma'lumki bu yil yurtimizda qish juda sovuq va yog'ingarchilik bo'ldi. Erta boshlangan qish shiddatli sovuq bilan boshlangan bo'lsada bahorning birinchi oyiga kelar-kelmas sovuqlar orqaga chekinib, o'rniga issiq havolar keldi.
Issiq havo ham huddi sovuq havoga oxshab shiddat bilan kelib, hali ham tafti kamaymayapti.

Hozirda havo huddi yoz oylaridak issiq va yog'ingarchiliksiz davom etmoqda. Bu holatga diqqat qilgan ko'pchilik "Qishdan so'ng yoz keldi, o'rtada bahor qolib ketdi" deyishmoqda. Haqiqatda ham shundaydir.

Mana 1-1,5 oydan beri yurtmizda qariyb yomg'ir yoqqani yo'q. Havo sal bulutlanib, ozgina yog'ingarchilik bo'lganini inobatga olmasak yomg'ir umuman yog'mayapti. Bundan yurtimiz dehqon va chorvadorlari sharoiti og'irlashmoda. Bahor mavsumida o't-o'lan ko'p bo'ladigan paytda, hamma nabobatlar qovjirab, o't-o'lanlar yoqolib ketyapti. Xalqimiz Allohning bu sinovi oldida qiynalib qolishyapti.

Shuning uchun butun Respublika bo'ylab yomg'ir duosi qilish extiyoji tug'ilmoqda. Hamma yurtdoshlarimizni yomg'ir duosi uchun to'planib, Allohga tavba qilib, yolvorib duo qilishga chaqiramiz. Namozli, niyozli, ahli riyozat, taqvodor-olimlarni - barcha musulmonlarni 6 Aprel yakshanba kuni soat 09.30 da Toshkent shahrimizning tepali joyi bo'lmish Yunusobodning "Uch qahramon" postiga yetmasdan benzin quyish shaxobchasi (бензозаправка) yonida to'planishga chorlaymiz. O'sha yerga yaqinroq yalanlik, dala joyda hammammiz yig'ilishib biiznilloh yomg'ir duoasini qilamiz.

Ushbu savobli hamda yurtmiz uchun juda zarur bo'lgan tadbirga qo'shilishga va sunnati Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) bo'lgan yomg'ir duosini qilishga hamma yurtdoshlarni chaqiramiz.

UzIslam.Com tashabbuskor guruhi.

FARA!!
04-03-2008, 11:28 AM
Toshkentdagilar, imkoniyatni qo'ldan boy bermang :)

Shundogam Juma kunidan boshlab Dushanbagacha Uzbekistonda yomgir yogishi kutilvati Yahooga kirib korishingiz mumkin bomasam Pragnoztikani eshitib koring ;)

Kamina
04-03-2008, 11:47 AM
Namozli, niyozli, ahli riyozat, taqvodor-olimlarni - barcha musulmonlarni 6 Aprel yakshanba kuni soat 09.30 da Toshkent shahrimizning tepali joyi bo'lmish Yunusobodning "Uch qahramon" postiga yetmasdan benzin quyish shaxobchasi (бензозаправка) yonida to'planishga chorlaymiz. O'sha yerga yaqinroq yalanlik, dala joyda hammammiz yig'ilishib biiznilloh yomg'ir duoasini qilamiz.
яхши фикру, аммо бошкача уйлаб колиб одамлар рухсат хам бермасликлари мумкин ВаллахиАълам

Compromise
04-03-2008, 12:26 PM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodarlar
Master taklif v boshlagan ishingiz juda ham yaxshi
Faqat savol bor bu Yomgir so'rab duo qilinganda alohida alohida namoz o'qilmasmidi?
Yomg'ir duosi qanday bo'ladi va qanday amalag oshirladi?

6-7 aprel kunlari Yomgir kutilayaptiku o'zi Yandex.ru da k'ordim
http://weather.yandex.ru/detailed.xml?city=38457

Massalamah

Abdug'ofur
04-03-2008, 11:13 PM
6-7 aprel kunlari Yomgir kutilayaptiku o'zi Yandex.ru da k'ordim
http://weather.yandex.ru/detailed.xml?city=38457

Massalamah

Yomg'irni yog'diruvchi Allohdir. 6–7-aprel kunlari yomg'ir kutilayotgan bo'lsa, bu mana shu duoning sharofatidan bo'ladi, inshaallah.

uzbegoyim
04-04-2008, 12:17 AM
Alloh yurtimizga zarur yomg`irdan bebahra qoymasin. Yomg`irga qoshib baraka va fayz ham yog`dirsin! Omin!

Abu-Bakr
04-04-2008, 07:04 AM
Shu yil umrada Shokirbek aka bilan birinchi uchrashganimizda, istig'for aytish to'grisida suhbat qilib bergan edilar.

Qur'onda Nuh o'z qavmiga aytadi:

فَقُلۡتُ ٱسۡتَغۡفِرُواْ رَبَّكُمۡ إِنَّهُ ۥ كَانَ غَفَّارً۬ا (١٠) يُرۡسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيۡكُم مِّدۡرَارً۬ا (١١) وَيُمۡدِدۡكُم بِأَمۡوَٲلٍ۬ وَبَنِينَ وَيَجۡعَل لَّكُمۡ جَنَّـٰتٍ۬ وَيَجۡعَل لَّكُمۡ أَنۡہَـٰرً۬ا (١٢) مَّا لَكُمۡ لَا تَرۡجُونَ لِلَّهِ وَقَارً۬ا (١٣) وَقَدۡ خَلَقَكُمۡ أَطۡوَارًا (١٤)

10. Мен дедимки: «Парвардигорингиз (Аллоҳ)дан мағфират сўранглар, албатта У ўта мағфиратли бўлган зотдир. 11. (Шунда) У зот устларингизга осмондан ёмғир қуйдирур. 12. Ва сизларга мол-дунё, бола-чақа билан мадад берур ҳамда сизларга боғу бўстонлар (ато) қилур ва сизларга оқар дарёлар (ато) қилур. 13. Нега сизлар Аллоҳни улуғлашни (яъни Унга ибодат қилишни) ўйламайсизлар?! 14. Ҳолбуки У зот сизларни босқичма-босқич яратди-ку! [Nuh surasi]

Nuh a.s. davrlarida insonlarning ma'siyatlari tufayli qurg'oqchilik, farzandsizlik ularning ustiga kelgan edi.

Hasan Basriyni huzurlariga farzandsizlik, qurg'oqchilik tufayli Allohga duo qilishlarini so'rab kelganlarida Allohga istig'for aytishni nasihat qilgan ekanlar.

Ali R.A. aytdilarki, bu dunyoda insonlarga ikkita rahmat yubordi. Birinchisi bu - Rasululloh :saws:, ular ummat orasida hayot ekanliklari tufayli Alloh ularga balo yubormadi. Rasululloh :saws: vafot etib ketdilar. Ikkinchi rahmat esa - bu Allohga istig'for aytish. Bandalar Allohga istig'for aytar ekanlar Alloh ular ustiga azob yubormaydi.

ikbaljohn
04-04-2008, 07:09 AM
ёмгир ёгворай-ёгворай деб турибди

Masanori
04-04-2008, 07:31 AM
bunaqa inqilobiy tehnologiyalar uzb.da ish beradimi yuqmi, tekshirib kurmoqchi bulishibdida...

kitayoza
04-04-2008, 09:04 AM
ёмгир ёгворай-ёгворай деб турибди

Ana yog'aman, mana yog'aman deydiyu, hich yog'mayaptide...:D
Uje Toshkent tepasidan qora bulutlar ham tarqab ketyapti. "Yog'aman" deb hursand qivotuvdi...:D
1 oydan beri Toshkentdaman. Kuni kecha sezib qoldim. Haqiqatdan 1 oy ichida umuman yomg'ir yog'magani yo'q. Biza toshkentlilaga bu yomg'irsiz kunlar ijobiy deb qaralsa ham, viloyatdagilar, hususan bug'doy ekib hosil kutayotganlar uchun juda yomon holatdir. Allah saqlasin. Allah barakasini bersin.

Lekin yakshanbagacha yomg'ir quyvorsa ham biza o'z niyatimizga ko'ra savob oldik. Allah niyatlarga ko'ra savob beradi. Bunga imonimiz komil. Allah to'la to'kis savob berguvchidir.:D

Lekin yakshanba kunigacha yog'masa yakshanba kuni birgalikda chiqamiz yomg'ir duosiga, keliyla...
duo maydoni hali aniqlashtirilmagani uchun extiyotdan 411-21-10 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib, aniq manzilni bilib oliyla.
Biza o'zimizcha hadislardan kelgan ma'noga ko'ra, shaxar chekkasi, keng dala va tepalik bo'sin deb bilganimiz uchun Yubusobod tarafga strelka berib qo'ygan edik. Chunki Yunusodob shaxrimizning eng yuqori qismi hisoblanadi.
A tak uning farqi yo ekan.
Hazrati imom masjidining imomi Karimulloh domlaning aytishiga ko'ra, shaxar ichi bo'lsa ham, balandlik bo'masa ham, sal kengro yerda to'planib, istig'for aytib duo qilish kerey ekan.

SHuning uchun adresni shanba kuni belgilaymiz, agar yomg'ir quyvormasa...:D

uzbegoyim
04-04-2008, 09:44 PM

Yomg`ir yog`dimi? Yog`sinde ishqilib. Yog`masa yomg`ir duosi qilmoqchi bogan paytini aytsangiz biz forumdagilar ham osha payti duoda bolishga harakat qilamiz har holda duosi qabul boladiganlarni biri yani Musofirlar toifasiga kiramiz kopchiligimiz.

kitayoza
04-04-2008, 10:38 PM

Kecha kechasi yomg'ir yog'ganday bo'lgan edi. Shitir-shitir degan ovozlar eshitilgan edi. Hozir qarasam hamma yo qup quru.:(
Agar bugungi shanba kuni ham yomg'ir barakali yog'masa, unda Toshkent vaqti bilan 10.00 da yomg'ir duosini boshlaymiz.
Siz azizlar ham o'z douiylar bilan biz bilan hamduo bo'lishiylani so'raymiz.:D

uzbegoyim
04-04-2008, 10:57 PM

Yani bugun soat 10:00 dami?

uzbegoyim
04-04-2008, 11:00 PM
Manimcha bugun bomasa kerak. Chunki bugungi shanba ham ayog`masa degansiz demak bugungi shanbada yomg`ir kutilib ertaga 10 da chiqiladi shundaymi? Iltimos aniq kunini imkon qadar yozing!

kitayoza
04-04-2008, 11:20 PM
Manimcha bugun bomasa kerak. Chunki bugungi shanba ham ayog`masa degansiz demak bugungi shanbada yomg`ir kutilib ertaga 10 da chiqiladi shundaymi? Iltimos aniq kunini imkon qadar yozing!

aha bugun shanba. ertaga yakshanba.
Ahli riyozat akalar bilan bugun maslahatlashib, ertaga bir joyda to'planamiz.
A tak butun viloyatlarga payshanba kuni tel qilib habar jo'natganmiz, "yakshanbau kuni soat 10.00 da yoppasiga hammamiz duo qilamiz" deb.
Qani bugun ham sharrillatib quyib bermasa, unda duo qilishga to'planamiz.:D
Biza bilan birga chiqmoqchi bo'ganla, yuqoridagi nomerga tel qivoriyla...
Manzilni o'zgartirishimiz mumkin.:D

Abdug'ofur
04-04-2008, 11:28 PM
Manimcha bugun bomasa kerak. Chunki bugungi shanba ham ayog`masa degansiz demak bugungi shanbada yomg`ir kutilib ertaga 10 da chiqiladi shundaymi? Iltimos aniq kunini imkon qadar yozing!

Ha, yakshanba kuni O'zbekiston vaqti bilan ertalab soat 10.00 da chiqishmoqchi.

uzbegoyim
04-06-2008, 09:20 PM
Kecha ertalabdan kun shunaqa isidiki... Yangi masjidni ochilish marosimi boldi :)
Misrlik opamga uz.dagi ahvolni aytgandim. Erinmasdan yomgir duosini topib oqidilar va menga ham yozvol dedilar.
1. Nuh surasining 10-12 oyati.
2. Alhamdulillahi robbil a`lamin ar-rohmanir rohim, maliki yauvmiddin. La ilaha ilalloh yaf`alu ma yurid allohumma anta allo, la ilaha illa anta antal g`aniy va nahnul fuqaro anzil alaynal g`oyz vaj`al ma anzaltalana quvvatan va balag`an ilahiyn.
3.Allohumma asqina g`oyson mug`iyson, mari`an, nafi`an g`oyro dor `ajilan g`oyri ajilin.
4.Allohumma aski ibadak va bahamak vanshur rohmatak va xiy baladaka almayid.
5. Allohumma ag`isna (3 marta takrorlash kerak)

Keyin esa aylanishga chiqdik. Issiqdan erib ketay deyotgan edik, birdan shamol turib osmonni qora bulut qopladi. KEchasi bilan shunaqangi yomg`ir yog`ib chiqdiki... Unga "ie duoimiz uzbekistonga etib bormasdan koreada qopketdimi" deya kuldilar. Y`oga Uzbekistondan ortgani kegan degan umiddaman dedim. "InshaAlloh! InshaAlloh!"
Yana forumga keldim, hech kim hech narsa yozmabdi. NIma yomg`ir yog`madimi?

Qizaloq
04-06-2008, 11:00 PM
Alhamdulillah mana Siz aziz userlarimizning duolari mustajob bo`lib shahrimizga Ollohning nazari tushib quvnoq yomg`ir yog`moqda :P

Yomg`ir kecha soat 11-00 pm larda boshlandi, havo harorati ham ancha pasaygan. Dehqonlarimiz quvonadigan bo`lishdi mashallah.

Hozirgina olgan suratim, yuqoridan olingan bo`lsada , yerning namligidan ,yomg`ir yoqqanligini ko`rishingiz mumkin. Ha ya darahtlar yam-yashil tusga kirgani ko`ngilga o`zgacha zavq bag`ishlaydi.:P

http://img401.imageshack.us/img401/128/pict0151pz1.jpg

http://img401.imageshack.us/img401/5139/pict0153tj5.jpg

Qizaloq
04-06-2008, 11:05 PM
Hali yomg`ir tingani yo`q :P.
7 aprel soat 9-05 a.m
Dushanba .
http://img526.imageshack.us/img526/6847/pict0152pm5.jpg

uzbegoyim
04-07-2008, 12:49 AM
Hali yomg`ir tingani yo`q :P.
7 aprel soat 9-05 a.m
Dushanba .

XUDOGA SHUKUR!:D

Black
04-07-2008, 01:03 AM
Yomg'ir ajoyib bo'ldi (bo'layapti).

Allohim O'zingga shukur rahmat yomg'irlaringni yog'dirganing uchun.

Amiri Turkiston
04-07-2008, 04:29 AM
yomg'ir yog'aloq eski chaqaloq
yashasin dala....taram param pam....

dala qo'ynidayo shallola :-)

Kamina
04-07-2008, 04:35 AM
хар нарсани ози ширин

uzbegoyim
04-07-2008, 04:41 AM
yomg'ir yog'aloq eski chaqaloq
yashasin dala....taram param pam....

dala qo'ynidayo shallola :-)

Ashula aytishni ham boplapsizu:D

Ashulani mana bunaqa etish kerak.
Yomg`ir yog`oloq yam-yashil o`tloq,
Endi ekinlar chiqarar quloq.
Yashnasin dala,
ochilsin lola,
tog`lar qoynida sha-lo-laaaaaa!!!!!:D
Qolizda zont bilan oynab etseyz yanada chiroyli chiqadi :)))

blogger
04-07-2008, 05:46 AM
Siz azizlarning duosi bilan bugun Olma otada ham mazza qilib yomg'ir yog'ayabdi:D

Tuproqni o'payotgan yomg'irdan shunday bir ajib hid chiqayabdiki, hidlab to'ymaydi odam :D Rosa sog'ingan edim ushbu tarovatni!

Ko'chalarda odamlarni o'zim kabi ushbu muattar hiddan to'yib to'yib nafas olish uchun bir joyda to'xtab turganini ko'rdim.:)

O'ynoqi shamol ushbu muattarni qaysi xona ochiq bo'lsa o'sha joyga tashishdan charchamayabdi. Hozir ham mazza qilib Allohning mo'jizasi va nema'tidan bahra olib ko'nglim yayrab o'tiribdi.

Bahorni sevaman!!!!!!!:D:D

FREEMINDER
04-07-2008, 08:40 AM

Oma tasdiqleman shu kishimdi gaplarini.. :D Olmatada yomg'ir..

"Allohumma soyyiban nafia'n"

blogger
04-17-2008, 09:00 AM
Bugun Olma otada qor yog'vordi.

deyarli 6 soat yoqqan qor hali ham erib ketgani yo'q :cry::cry::cry:

Shu bulutlar Toshkent tarafga qarab ketdi............ borib qolishi mumkin

kitayoza
04-17-2008, 09:41 AM
Bugun Olma otada qor yog'vordi.

deyarli 6 soat yoqqan qor hali ham erib ketgani yo'q :cry::cry::cry:

Shu bulutlar Toshkent tarafga qarab ketdi............ borib qolishi mumkinSiz etgan bulutla Urumchigacha yetib keldi shekil, havo aynib, sovu shamol esyapti.
A tak 2 soat oldin Toshkent bilan gaplashgandim. Uydagilar ham havo sovuganini, qor hidi kelayotganini aytishdi.
Mana silaga yo'qolib qolgan bahor...:rolleyes:

kitayoza
04-17-2008, 10:01 AM
Uzr ishlar bilan bo'lib "yomg'ir duosi"ning yakuniy hulosasini aytmapman.
Hullas yakshanba kuni roppa rosa 10.00 da Roxat DAN postidan Angrenga qarab keturishda, betonkaning chetiga chiqib, keng dalada 30 dan ziyod namozhon birodarlarimiz bilan yomg'ir duosini qildik.
Oldin 2 rakaat namoz oqidik, keyin hamma bilan birgalikda duo, keyin ayri ayri duo, keyin hatmi hojagon, undan keyin yakuniy duo qildik.
11 larga yaqin, orqamizga qaytdik.

Hamma, hamma ishtirok etgan va g'oyibdan duoda biz bilan birga bo'lgan birodarlarizdan Allah rozi bo'lsin.:D

Amiri Turkiston
04-17-2008, 01:24 PM
a bu janvar...yahshigina savuqku Tosh.da

DUO ni ham moshniysidan qivoribsilami deyman....mana manimcha ertaga QOR ham yog'ib yuborishi mumkin....

bugun MTS abonentlariga CHP degan SMS yuboribdi...ya'ni tayyor bulila ertaga ob havo sovuqlashib 0 gacha tushadi deb

ha mayli...bu yogi yoz zato

DUO da bulgan dustlar uchun rahmat....

Black
04-18-2008, 12:19 AM
Bugun Juma (18 aprel) havo ajoyib. Peshinglarga qarab ancha qizib ketsa kerak havo, Inshalloh. Lekin kecha ancha sovuq bo'lgandi.

kitayoza
04-21-2008, 07:51 PM
a bu janvar...yahshigina savuqku Tosh.da

DUO ni ham moshniysidan qivoribsilami deyman....mana manimcha ertaga QOR ham yog'ib yuborishi mumkin....

bugun MTS abonentlariga CHP degan SMS yuboribdi...ya'ni tayyor bulila ertaga ob havo sovuqlashib 0 gacha tushadi deb

ha mayli...bu yogi yoz zato

DUO da bulgan dustlar uchun rahmat....

Allahdan so'ragandik, O'zi beryapti. Allahning har bir ne'matiga shukrlar bo'lsin.
Bahorda qancha yog'ingarchilik bo'lsa, hammamizga shunchali yaxshi.:D

KeSha
07-21-2008, 01:53 AM
Uzr ishlar bilan bo'lib "yomg'ir duosi"ning yakuniy hulosasini aytmapman.
Hullas yakshanba kuni roppa rosa 10.00 da Roxat DAN postidan Angrenga qarab keturishda, betonkaning chetiga chiqib, keng dalada 30 dan ziyod namozhon birodarlarimiz bilan yomg'ir duosini qildik.
Oldin 2 rakaat namoz oqidik, keyin hamma bilan birgalikda duo, keyin ayri ayri duo, keyin hatmi hojagon, undan keyin yakuniy duo qildik.
11 larga yaqin, orqamizga qaytdik.

Hamma, hamma ishtirok etgan va g'oyibdan duoda biz bilan birga bo'lgan birodarlarizdan Allah rozi bo'lsin.:D

Shunaqa qilib, emg'ir eg'dimi?