PDA

View Full Version : Made in China


kitayoza
04-10-2008, 05:05 AM
Bundan yarim yilcha muqaddam blog degan narsani umuman tushunmasdim. "Nimaga odamla bir narsalarni yozaveradi, kimga kereyi bor" deb o'ylardim. Okazivaetsya kerey ekan. Ja boshqalar uchun bo'masa ham insonni o'zi uchun kereyli narsa ekan.
Odam qalbida yotgan, uyoq bu yoqda shu qalb sirlarini aytaolmagan dardini bemalol shaxsiy blogi orqali to'kib-to'kib osa bo'larkan.
Hullas manam shunga jazm qildim.
Nimaga "made in China?!:shock:" Hayron bo'meyla. Tufta gaplar bo'miydi bu yerda. Prosto shu hitoyga kevoganimda kallaga kelaveradide har qanday fikru hayolla. Shungayam made in China bo'laqoldi blogimiz...:D

Elegance
04-10-2008, 05:09 AM
Xullas, Kitayoza, bloglar moro bo'sin... :D

Musofirbek
04-10-2008, 05:31 AM
Made in China deganizdan betta ham alish verish boshladizmi deppan:)

Masanori
04-10-2008, 05:36 AM
sifatga etibor bering...

kitayoza
04-10-2008, 05:38 AM
Hajga borib kelib, haj haqida kitob yozishga kirishdim. Vatandoshlarga aytadigan, eslatma qiladigan narsalar juda ko'p ekan. O'z boshimda kechirganim uchun bu ishga bel bog'ladim.
Juda ko'pchilik qarshilik qilishdi tipa "sangamas" deb. Yoki bitta 50 boshiga o'xshab "hojaka ovora bo'men. Har bitta hoji, hajga borib kegandan keyin kitob yozishga tushib qoladi" deb shashtimdan qaytarmoqchi bo'ldi.
Lekin bunaqa gaplarga parvo qilish yo'! Allahdan imdod izlab ishni boshladim.

Aslida birinchi qadamni Arofat tog'ida, duolar ijobat bo'ladigan mahalda qigan edim. Hojakalar bilan ancha muncha mashaqqat tortganimizdan keyin, hamma bilan bamaslahat kitob yozishga niyat qildim. Hojakalardan duolar oldim Arofatda.
Allahdan umid qilamanki bizaga nasib qiladi bu ishni...:D
Keyin ja qo'mita o'tkazmasa ham, mana shu forumda mavzu ochib kitobimni nashr qilaveraman. Kimgadur poydasi tegib qolar. Maqsad Allahning rizoligiku....:D

Borz_man
04-10-2008, 01:45 PM
Kitob va blog hayrlik bo'lsin.

Prince
04-10-2008, 07:57 PM
Yozimi!? Yozmimi.. yozimi yozmimi? deb otirib ohiri Hojakani Blogini korib bitta tirjayib qoydimde.... yozishga jazm qildim :D

Hullas Hojaka MORO bosin! Bloglariz!!! Sizde 32ga chiqqan CHOL blog ochsa galati bolarkanu.. a nima xam derdik anu xalqimizda maqol boru "Qarib quyilmagan" chol siz bosez kere ... :lol:

Undan keyin man betta biza xaqimizda qoralab otib ketibsiz :
Anu kuni bir user bilan yahooda yaplashyotgan edim.
"kitob yozmoqchiman" desam, "Siz...kitob.... yozmoqchi...Agar siz kitob yosseyz unda man kosmosga uchamanmush..."

Osha user biza bo'lamiz.... qani mayli siz yozing , biz kitobni uqib MUTOLA qilamiz

kitayoza
04-11-2008, 10:37 AM
Uzr birodarla. Silani zametka va tabrigiylaga javob qaytarmayapman. Mavzuni buzmayin deyapmande. A tak hammeylaga rahmat.

Boshlab qo'ygan kitobning kirish qismini sizlarning diqqatiylaga havola qilaman.
Hatolari ko'p. Bu chyornavoy holatidadir. Hali tahrir va tuzatishlar qilinadi.


Bismillahir rohmanir rohim.
Allahu Taologa hamdu sanolar, Rasuli, olamlarga rahmat bo'lib kelgan zot Muhammad sav. ga durudi salavotlar bo'lsin.


Hz.Umar ra. dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sav. shunday deb marhamat qildilar:
"Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qilguvchidir. Kimning hijrati Alloh va uning Rasuli uchun bo'lsa, bas, u Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki hotinga uylanish uchun bo'lsa, uning hijrati o'sha narsasiga bo'libdi"

Niyatni to'g'ri qilgan holda ushbu risolamizni boshlaymiz.

Alhamdulillah 2007 yil yaratganning inoyati bilan Allahning uyi, baytullohni , Uning elchisi bo'lmish Muhammad sav. ning ravzai mutahharalarini ziyorat qilish, Allahning dini bo'lmish Islomning 5-rukni - Haj amalini bajarishni Allah kaminaga nasib qildi.
Haj dasturiga yozilib, navbatimiz kelib qolganidan juda sevindim. Minglab insonlar qatori menga va volidamga shunday muqaddas va muborak yerlarni ziyorat qilish baxti nasib qilganidan juda hursand edik.

Oldinlari Hajning juda mas'uliyatli ibodatligini anglab, unga puxta tayyorgarlik kerakligini tahmin qilib boz ustiga halq orasida Hajga borib kelgan inson xato qilishi mukim emas, uning gunohi 2 baravar ortishi haqida turli gaplarni eshitganim uchun Hajga qariganda borish kere degan hayol menda g'olib edi. Ammo keyinchalik bu haqda fikrim o’zgardi. Modomiki yo'lga yetarlik mablag’ga ega bo'dimmi, endi menga Haj qilish farz bo'ldi degan fikr menda g’olib keldi. Bunga men o’qigan bir hadis sabab bo’ldi.

Rasululloh sav. marhamat qilladilarki:
"Kim yo'lga yetgulik ozuqa va Baytullohga borib keladigan mablag'i bo'la turib, haj qilmasa, uni yahudiy yoki nasoro bo'lib o'lishidan farqi yo'q. Bu Allahning O'z kitobida "Odamlardan yo'lini topganlarga Allah uchun baytini haj qilmoq burchdir" degani uchundur."
Shu hadisni o'qiganimdan keyin qolgan har hil gap-so'zlarni chetga surib, Alloh uchun Allohning uyini ziyorat-haj qilishga otlandim.

Haj haqiqatdan ham juda muhim ibodat. Alloh har kimga ham bu ibodatni nasib qilmaydi. Nasib qilganlarga ham yana takror ado etish nasib qiladimi, yo’qmi buni Alloh biladi. shunga o’xshash mulohazalar bilan bu ibodatni ahkom arkoniga to'liq va chiroyli rioya qilish uchun safardan oldin u bu kitoblarni o'qidim. Ammo u yerlarga borib, butun voqiyalarni o'z ko'zim bilan ko'rganimdan keyin, Haj ibodatiga bag’ishlangan maxsus bir risola yozish ishtiyoq’i qalbimga o’rnashdi. Mavlaviy Hindistoniy domlaning hayotlari haqidagi kitobda o’qishimcha domullo Hajga borish asnosida bir ustozidan maslahat so'raganlarida u kishi bir risola taqdim etgan ekanlar. Keyinchalik safarda bu risola domullo va butun kemadagi hojilarga asqotgani ekan.
"Бизни келғондин сўнг параход сафарға тайёр бўлди. Билет олиб Маккага жўнадик. Ман домлалар била видоълашган вақтимда мадрасанинг бош мударрислари Мавлоно Ахмад Али менга бир рисола хадия қилғон эдилар. Рисоланинг номи «Раҳбарул Ҳаж», ўзлари тасниф қилғон эканлар. Менга тавсия қилиб буюрдиларки:-«Бу рисоланинг ичида ҳар бир нарса ёзилғон, шунга амал қилинг». Бомбей шаҳрига келганда бу рисолани олиб қарадим. Рисолада ёзибдурларки: -«Бомбей шаҳридан параходға тушар олдидан ҳожиларға лизим шуки, олти метр узунликда бир арқон олсинлар, бир пақир олсинлар, кейин лимондан қилинғон консервадан неча миқдорда олсинлар. яна қора чойға одатланғон одамлар қора чой олсинлар, чунки Арабистонда топилмайди». Ман бунга амал қилиб, бу нарсаларни магазиндан сотиб олдим. Рисолани олиб қарадим. Ёзибдурки, иложи борича Параходда юқоридан жой олинг, чунки, параходни пастдаги уйларидаодам кўп бесарамжон бўлади. Шундоғ ҳодисаларда лимонни кесиб, оғзиға солиб, сўриб туриш керак.

Ман рабочикларнинг бригада бошлиғини топиб яхши жойда жой топиб беришини илтимос қилдим. Дадамга яхши жой олиб бериб, роҳат билан ётқузуб қўйдум. ҳақиқатда ҳам патсдан жой олган кишилар кўб қийналдилар. Ман лимон сўриш орқасида бошим ҳам айнағони йўқ. Дадам ҳам яхши холдалар. Одамлар мендан илтимос қилар эдиларки, лимондан бир парча кесиб берсангиз... Боши айланғон одамлар шу лимондан олиб, бош оғриқдан қутулдилар… Параходда одатан ширин сувни ичмоқ учун очуруд билан берадилар. Таҳорат қилишға сув йўқ менинг арқоним билан пақирим намоз ўқувчиларга катта фойда берди. Пастдан шўр сувни тортиб олиб, таҳорат қилиб, намоз ўқушар эрдилар."

Bu voqiyani o'qib men ham shunday bir risola yozishni dilimga tugdim. Zora bizning Hajda ko'rgan hodisalar yoki "hoji birodarimga tavsiyalar" ozgina bo'lsa ham Haj qilishda, bu ulug' va mashaqqatli ibodatni to'liq va mikammal ado etishda foydali bo’lsa albatta hursand bo'laк edik.
Aslida Haj asnosida ham shu risola haqida ko'p o'ylab, hayolimda har bir satrini fikrlab chiqqanim uchun, guruhimizdagi hoji akalarga ham: "Hoji akalar,Arofatdamiz. Arofotda duo maqbul. Allah hayringizni bersin, mana shu yozmoqchi bo'lgan risola uchun ham duo qilinglar" deb iltimoslar qildim. Mana alhamdulillah Allohning inoyati, hoji akalarimizning duolari sharofatidan ushbu risola dunyo nurini ko'rmoqda.
Buning uchun Allohga beadad hamdu sanolar, Rasuliga durudu salovatlar aytamiz.

Alhamdulillahir robbil a'lamin, vassolatu vassalamu a'la rasulina Muhammadin.

Flamingo
04-11-2008, 10:53 AM
kitayoza, yaxshi qilibsiz o'zizni blogizni ochib, endi har bir threadda "offtop" "ekib" yurmasdan, shu yerga olib kelarkansizda;).

Yana bir kichik iltimos bor edi, chiroyli gaplar qilyapsiz, faqat "tufta" so'zini ishlatmang , iltimos, judayam xunik eshitilarkan.:roll3d:

Vector
04-11-2008, 11:43 AM
ozimmi 2 tiyinimni tashab keti devotudim....
bloglariz morobo bosin, endi offtopla hammasi shotgeykande :D

MUHLIS
04-11-2008, 11:45 AM
kitayoza, yaxshi qilibsiz o'zizni blogizni ochib, endi har bir threadda "offtop" "ekib" yurmasdan, shu yerga olib kelarkansizda;)
Foydasi bo'lyaptimikan? :lol:

MUHLIS
04-11-2008, 11:47 AM
bo'pti ey....so'pi domlaga mazza....sovda yuryapti.....pul kelyapti......bemalol 24/7 o'tiraveradilar....biz bechoralar esa ishlamasak bo'lmadyi....
omad hammaga.

Flamingo
04-11-2008, 11:50 AM
bo'pti ey....so'pi domlaga mazza....sovda yuryapti.....pul kelyapti......bemalol 24/7 o'tiraveradilar....biz bechoralar esa ishlamasak bo'lmadyi....
omad hammaga.

Hay hay, so'pi domlani sirlarini sekin ochib qoymang, bitta yarimtasi savdolarini urib qo'ysa naq baloga qolib ketasiz:-D

kitayoza
04-11-2008, 11:52 AM
Chummadim. Ataylab blogimni buzyapsilami...:twisted:

Qizaloq
04-18-2008, 09:10 PM
Alovudiin sehrli sham chirog`ini bir kun ishqalabdi
Ikkinchi kun ishqalabdi
Va nihoyat uchinchi kun ishqalasa "Made in China" degan yozuv chiqibdi :lool::lool::lool:

Bloglar moro bo`lsin Hojiaka :P

CHOYHONACHI
04-18-2008, 09:18 PM
u-bu yerni search qiluvdim mana shu chiqti:

www.madeinchina.com

;)

Kalon Bek
04-18-2008, 09:52 PM
Mani bratanimam blog ochiptide ohiri:)

Assalom aleykum Hoajaka!

Boshlagan kitobizga ham o'zinggizni ishlaringgizga ham faqat omadlar.

Olloh rozi bo'lsin

Bahoroy
04-18-2008, 09:56 PM
Kitayoza

100% spun polyester
size 1-45
machine or hand washable
in cold and hot water
use mild soap
do not twist
do not bleach

MADE IN CHINA.:P:P:P

Amiri Turkiston
04-19-2008, 07:55 AM
hojiaka bitta soqqali ish boridi: hullas manga:


KRAFT 320 kerak

Ob'em: Oyiga 100 tonnadan.

Toshkentning lyuboy temir yuligacha hisoblangan narhini bilib bersangiz - sizdan vashshe minnatdor bulib dolyani ham chiqarib berardim lekin :-)

Narhi iloji bulsa: sumda bulsin...perechesleniya bulsa vashshe shikarno bulardi.
agar iloji bulmasa usha palakat ota boboimiz ishlatgan kukatta buvursin!

ikbaljohn
05-09-2008, 11:38 PM
:lol:
http://i039.radikal.ru/0805/de/13346b14c24d.jpg (http://www.radikal.ru)

Kalon Bek
05-09-2008, 11:47 PM
Assalom Aleykum Hojaka!

Yahshimisiz? IShlar bilan charchamasdan?

Bu blogizni ochkanizdan keyin tez-tez yozib turing aka odamni sog'intirmasdan. Yangi kitobdan yangi boblarni ham kutyapmiz.

Yaqinda bir kishi Hitoyga boradi esli chto siz bilan bog'lanamiz.
Uchrashganda ko'rishguncha:D

Hurmat bilan,
Kalon Bek

kitayoza
05-10-2008, 07:59 AM
Assalom Aleykum Hojaka!

Yahshimisiz? IShlar bilan charchamasdan?

Bu blogizni ochkanizdan keyin tez-tez yozib turing aka odamni sog'intirmasdan. Yangi kitobdan yangi boblarni ham kutyapmiz.

Yaqinda bir kishi Hitoyga boradi esli chto siz bilan bog'lanamiz.
Uchrashganda ko'rishguncha:D

Hurmat bilan,
Kalon Bek

va alaykum assalam.
Alh biza tinchmiza, faqat ohirgi kunlarda ja yugur yugur ko'payib qogan. ins Hitoyga borvoliy, keyin bu mavzuni kuchaytiramiz. A tak yaxshi yaxshi idealar bor.:D
Tanishiz iloji bo'lsa iyun oyida kelsalar yaxshi bo'lardi. Iyungacha Toshkentda qiladigan ishlar jiq...:D

gafur227
05-10-2008, 08:00 AM
I prefer made in Indonesia it is a lot better

Musofirbek
05-14-2008, 10:26 AM
Bir kun Alovuddin o'zini sehirlik chirog'ni ishqalapti, hechnarsa bo'lmasmish, ertasiga yana chirog'ni ishqalapti yana hechnarsa bo'lmasmish, 3-kuni ishqalasa chiroqda yozu paydo bo'libti bundoo yozuni o'qisa Made in China dep yozilgan ekan ..
:D desamdee aa ?
Kitoyozaka, buyam uje haqiyqatga yaqin bopqovotti shakil a ? :)

AKULA
05-14-2008, 04:54 PM
MADE IN CHINA ikki xil sifatda bo'ldi, to'rimi Xitoyoza amaqi?

Made in China for developed countries and
Made in China for developing countries.

Siz HIGH QUALIT STANDART blogizzi Uzb. uchun ochibsiz, demak tez orada Uzb.miz ham DEVELOPED COUNTRIES darajasiga etadi, nasib.

Omad sizga.