PDA

View Full Version : Navro`znoma yoki uzoq kutilgan safar taasurotlari

Masanori
04-11-2008, 12:50 AM
Allohning cheksiz marhamati ila, zamin va samo, undagi barcha mavjudotlar, inson, uning tana va vujudi yangilanish, o`zgarish pallasi - o`zimga eng qadrdon, qalb va tafakkurimga taskin beruvchi fasl bo`lmish bahor ayyomida o`z yurtimga safar qilish nasib qildi.

Uzoq kutdim, cheksizlikka qiyos qilsa arzigulik bir muhlat kutdim bu safarni. Parvardigorning inoyatini qarangki, Vatanga safarimni uch yarim yil menga ravo ko`rmadi.
Ha! Aynan inoyati!
Orada o`tgan uch yarim yil jismonan meni Vatandan yiroqda tutgan bo`lsada, har bir daqiqa har bir soniya qalbim, ong va tafakkurimni yurtimga yaqinlashtirib bordi.

Robbimning mo`jizasini ko`ring-ki, elimdan uzoqda bo`lgan bir mahalda, Vatan, ona yurt, ota tuproq mohiyatini vujudimga jo qildi. Olislarda musofir maqomida yurgan kezlarim, O`zbekiston O`zbekistonim bo`ldi!
Vatan Vatanim bo`ldi.
Yurtimga oshiqlik ham muhabbatni nasib qildi Alloh!

Ushbu noma orqali safar davomida oz bo`lsada orttirgan tajriba va taassurotlarimni bayon qilgim keldi.

Bilasizmi Vatanni?

Toshkent! Kech soat 18:30...
Samolyot kelib qo`ndi. Uch yarim yil deganda mana yana O`zbekiston zaminiga qadam qo`ydim.
...
Hayajon yo`q! O`zbek chehralar...ularni ko`rib, juda quvonsam kerak deb o`ylagan edim, ammo kayfiyatimda hech qanday o`zgarish bo`lmadi.
Vatanni his qildimmi? Yo`q!
Hursandchilik ham yo`q, yurak ham me`yorida urib turibdi. Qani Vatan?!

Chegara nazoratidan o`tib, kutish zali tomon yo`l oldim. Yuragimda zarracha to`lqinning yo`qligi o`zimga bir oz g`alati tuyuldi. Qahrim qattiq bo`lib qoldimikin-a! Fikrlarimni jamlab, qalbimda hayajon uyg`otishga harakat qildim. Toshkentdasan! Kelding Vatanga!
Qani u Vatan!?
Vatanni his qildimmi? Yo`q!

"Keldingizmi, aka?!".
Nahotki bo`y basti ancha kelishib qolgan mana bu yigitcha ukam!? Sodda tabassuming o`zgarmabdi, ukam...!
Hursand bo`ldim.
Vatan!?

Yuklar ortilgan aravani olib chiqishni ukamga topshirdimda, kutib turgan yaqinlarim va do`stlarim bilan quchoqlashib ko`rishishni boshladim.
Hursandmanmi yoki yo`q, bila olmadim. Qandaydir rasmiyatchilik, qilinishi lozim bo`lgan odat kabi tuyuldi bu ko`rishuv.
Qalbim qattiq bo`lib qolibdi chog`i...

"Adang bilan ko`rish, o`rtoq!"...

Quchoqlaridan ancha vaqt chiqarmadilar! Bag`irlariga qattiq bosdilar!
"Keldingmi?!"
"Keldim!"
Meni qanchalar sog`inganingizni quchog`ingizdan bildim...Juda sog`inibsiz!
Otamsiz! Bag`ringiz menga Vatan!

Toshkent ko`chalari...
Barcha birgalikda uyimizga yo`l oldik.
Shahrga chuqur mehr va hayajon, cheksiz sog`inch ko`zlari bilan nazar solishga harakat qildim. Bo`lmadi...
Vatan qayda?!

Qo`limdagi kamerani ukamga berib, videoga tushirishni unga topshirdimda, uyim hovlisiga kirib bordim. Harorat his qildim...qalbim qandaydir taskin topganday...behavotir!
Yurakka juda qadrdon...juda yaqin.
Vatan?!

Kiraverishda ikki jiyanim yaponiyalik tog`asini, hali biror marta uchratmagan tog`asini kutib turardi. Ikkisi ham darrov aloqa qilishga uyaldi. Sal keyinroq kattasi ukasini chetga olib, "Saldol, kotta tog`a keldila" deganini eshitib qoldim
Hali biror marta tog`a degan so`zni o`zimga nisbatan eshitmagandim...ilk ko`rgan jiyanlarim sizlarni rosa sog`inibman.
Tog`a degan so`zlaringiz menga Vatan.
....

Telefonda "Onaning o`yi bolada, bolaning o`yi dalada" deb ko`p aytardilar, bir ikki ko`z yosh qilib...
Bu safar ham ismimni aytdilar-u, qolgan sog`inchlari ko`z yosh bo`lib tushdi...
Mehribonim!
Mehringiz, bolangiz deb bezovta yuragingiz, sevinch, sog`inch, sevgi jam bo`lgan ko`z yoshlaringiz menga VATAN!

Singlim o`z navbatini poylab turar edi...Akasi bilan hamisha g`urur qilgan singlim! Mehribonim!
Sen pishirgan shirin ovqatlarning qadri rosa o`tdi.
Qo`lingdan ichilgan pir piyola choy menga Vatan!
...

Dasturhon ustida duo qilindi!
Nihoyat Vatanni his qildim!
Vatanga qaytdim!

Inshaalloh, sizlarda qiziqish bo`lsa, Navro`znomaning davomi ham bor.

Masanori
04-13-2008, 05:19 AM
Go`zal tabassum

Safarim bayramlarga to`la bo`ldi. Ayol va qizlarimizning bayrami - 8 mart esa, O`zbekistonga kelishim bilan odamlarni tomosha qilish uchun ajoyib bahona bo`ldi.

Ertalab nonushta qilib, shahar aylangani, sog`inganim - o`zbek chehralarga nazar solgani uydan chiqib ketdim.

Bahor! Qizlarimiz go`zal!

Darvoqe, go`zallik haqida gap ketganda, halqimiz go`zalligining bir muhim hususiyatini aytib o`tishim lozim... sal keyinroq aytaman.

Umuman olganda, safarimning har bir jabhasi taqqoslash bilan o`tdi. Sizga ma`lum sabablarga ko`ra, ko`proq O`zbekiston va Yaponiyani taqqoslashga harakat qildim. Millatdoshlarim ham mendan ko`proq ana shunday taqqoslashni kutdilar.

Halqimiz go`zalligi haqida....

"Ho`sh, yaponkalar chiroyli ekanmi?".

Yana o`sha taqqoslash...Kim chiroyli? Yoki qay biri go`zalroq?! Bu savollarga javob topish o`zim uchun ham juda qiziq bo`ldi.
Safarimning o`rtalariga kelib, ilgari tahsil olgan institutimda bir necha ma`ruzalar qildim. Ana shu ma`rularning birinchisida go`zallik va chiroy borasidagi savollarimga javob topdim.

"Bugun rus tilida tahsil oluvchilar guruhiga kirib, ma`ruza qilib ber"

Juda qiziq bo`ldi. Darsni ham qiziqroq uslubda, ochiq va erkin tarzda, do`stona kayfiyatda o`tishga harakat qildim. Juda ko`p savollar bo`ldi...Va yana o`sha savol:

"Yaponkalar chiroyli ekanmi, aka?"

Oltmishga yaqin talabadan tashkil topgan guruhga nazar tashladim. Shulardan yigirmatachasi qizlar edi...o`zbek, rus, ozarbayjon, tojik, afg`on, tatar...Toshkent, Samarqand, Buhoro, Horazm, Vodiy...umuman O`zbekistonnnig har bir burchagidan.

"Yaponkalar juda chiroyli! Faqat ularning go`zalligi bir hil! Bizlarning qizlarimiz ham juda chiroyli. Go`zalligi esa turlicha!".

Qiziq...so`zlamoqchi bo`lgan taassurotlarim qolib, gapni burib yuboribman. Uzr...

Hullas, 8 mart kuni shahar aylangani otlandim. Yuzimda tabassum.
Tabassum faqat mendami?!

Sizlarning orangizda yurishni qanchalar sog`indim! Hursandman.
Faqat menmi hursand?!

Yurakda ishtiyoq, hayajon! Bayram qilib ko`chada yurgan vatandoshlarimning barchasini quchgim kelar...
Ularchi?!

Iliq tabassum ko`rmadim...istara, fayz ko`rmadim chehralarda...
Ko`rganim...manman, hudbin, burni osmonga yetay degan chehralar. Ko`rganim madaniyat deb atalmas aslo!

Samimiyat ko`rmadim...tabassum topmadim.

Barcha bir biridan masofada...bir-biriga adovatda. Go`yo dushmanlar egallagandek atrofni.

Juda go`zal millatmiz!

Chehralarimizga tabassum qo`shilsa-chi?!

Logoscience
04-13-2008, 05:22 AM
Juda chiroyli yozarkansiz. Qoyil. Muhimi qolipi yo'q, erkinlik ancha sezilib turadi. Davomini kutamiz.

kitayoza
04-13-2008, 05:33 AM
Masabey chota kimdurni sevib qoganga o'xshiydi. Ilhom ustiga ilhom kepketvotti.:D
Bir she'r yozishni mashq qilib ko'rin, hozir ayni zamoni. Bir tarafdan hissiyotla, bir tarafdan bahor. Ja uyqash bo'ladide shu ikkisi.:D

Masanori
04-13-2008, 05:51 AM

Kitayoza, forumda nisbatan qisqa muddat bulganingiz bilinib turadi...

ilgari ancha shoir bulganmiz..."Musofirnoma (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=34461)" ni varaqlab kursangiz...

Aytgancha, sevgi haqida alohida taassurotlar bor ;)

kitayoza
04-13-2008, 05:55 AM

"Japon japon. Qeyden alam sanga Japoni:lol:"
Demak umidimizni uzsek ham bo'larkande sizdan a? (O'zimni etmayapman, bittasini nomidan gapiryapman:D)

Qani sevgi haqidagisini ham shu yerga qo'yvoringchi. Biliylu japonkala qanaqaligini.
Kulishini, yurishini tushintirib berdiz. Endi uyog'ini tushuntirin.:D

Rise_n_Fall
04-13-2008, 06:14 AM
ancha chiroyli yozipsiz, voqealarni realni tasvirlabsiz, qoyil.:)

Ilohim bizga ham mana shunday yaxshi kunlarda vatanga borish nasib qilsin. Omiyn.

Rise_n_Fall
04-13-2008, 06:19 AM
davomini yozasizmi?

VatanparvaR
04-13-2008, 06:25 AM
Qani endi chin dildan ayting. O'zbekistonga borib o'sha manman, hudbin, burni osmonga yetay degan chehralar, madaniyatsiz odamlar uchun ishlashga ichingizda ozgina bo'lsayam hohish deymizmi, ishtiyoq deymizmi qoldimi, bormi? :)

Savolda hech qanaqa piching yo'q. Chunki bazida odam qarab turib boreyy deb ketishi mumkinku, foydasi yo'qligi shunday sezilib tursa. Shuni so'rayapman. :)

Masanori
04-13-2008, 06:30 AM
davomini yozasizmi?

Hudo hohlasa

Qani endi chin dildan ayting. O'zbekistonga borib o'sha manman, hudbin, burni osmonga yetay degan chehralar, madaniyatsiz odamlar uchun ishlashga ichingizda ozgina bo'lsayam hohish deymizmi, ishtiyoq deymizmi qoldimi, bormi? :)

Savolda hech qanaqa piching yo'q. Chunki bazida odam qarab turib boreyy deb ketishi mumkinku, foydasi yo'qligi shunday sezilib tursa. Shuni so'rayapman. :)

Savolingiz urinli...

hulosalarni barcha kurganlarimni yozib bulganimdan keyin chiqarib kurishga harakat qilaman

Amiri Turkiston
04-13-2008, 06:48 AM
qoyil eee :-)

qoshicha qilib bitta o'zimni kichkina hikoyachamni aytmochian.... (boshqa mavzu ohishga arzimaydigan hikoya, shuning uchun shu Masa ning mavzularidan unumli foydalanishni ma'qul topdim :-))

Yaponiyadan vatanga qaytishga 1 hafta qoldi...voy dod hozi oshqozonim yig'lab yuboradi...jonga tegdi bunaqa bemaza ovqatlar...jonga tegdi McDonalds

nima qilay kutaman:

usha kun keldi....mana Narita aeroporti har doimgiday odamga tula...hamma narsa yahshi tashkillashtirilgan

sverh limitning 1 kg siga $25 ni eshitib yuragim orqaga tortti...yahshiyam tanishlarim bor :-)

hullas Toshkentnin aeroportiga yaqinlashdik....voy sharmanda....a bu buzuq samol manimcha 1 yildan beri hamma chet elliklarni UJASga soladi...mani o'zbeklarni ostonasi...mana aeroport buzilgan yarim qanoti yuq samoletdan boshlanvotti....palakat...sharmanda qildi yaponlarni oldida...

ichkariga kirdik....sezib turibman...pogranichniy kontrol mani qulogimga tepishga harakat qiladi...chunki ...(sabablari bor) ..ne kuz bilan qarangki...shuncha odamni orasidan mani imenno pogranichniy kontrolda tohtatishdi...va muammolar boshlandi...

- siz yaponiyaga qachon ketgansiz?
- qulizda bilet turibdiku oka kurinmayabdimi?!
- shuttan uchganmisiz?
- yana qattan uchsa bularkan? suraganni aybi yuq!!!!!!
- savolimga javob bering!
- savolizni yahshilab uylab bering!!!
- qani chetga utingchi....
- hup./..

- sizni passportizga chiqib ketganingiz haqida pechat yuq!
- hush - man nima qili!
- siz O'zb.ni noqonuniy tarzda chiqib ketgansiz!
- oka u bu joyda uqiganmisiz! hujjatlariz uziznikimi? yo birovni urniga ishlavossmi! man hazillashmayabman! hullas bratan boshlqizni chaqiring! man hech narsani tushunmaydiganlar bilan gaplashmayaman...buling mani vahtim yuq!
- ee nima devossan!
- man shutta chiqqanman...hammasini qonuniy qilganman...agar qanaqadur narusheniya bulsa - bu faqatgina sanlani ayblaring bilan bulgan...chunki agar mani hech kim registraciyadan otkazmasdan chiqarib yuborgan bulsalarin - unda sanlani nima kerelaring bor?!!!shuncha bulib utiribsanlayu ...man bulsa 10 kg tratil va gera bilan samoletga chiqib ketsam bularkande...

vashshe bunaqa hodiml;arni qamash kere....

- boshliq keldi... qarab manga....hodimlariga u bu narsa dedi...va mani dok.larimni tez tug'rilay boshlashdi

- Ok man kettim

----

mani orqamda bir dunyo Yapon turistlari turishuvdi
passportlarni bitta berishni boshlashganda...usha hodim qarab...qani endi uzlaring kallalaringni ishlatib $1 dan bersalaring deb sherigiga qarab gapirdi ....hm....

man bu hazilni tushunmadim....yapon GId ham tushunmadi - va nima deb suradi?
yo yo uzi shunday deb quydi haligi hodim...

hullas mana yana bardak boshlandi dedim ichimda....

naqadar vatan odamnini uyaltirmasa!

---

10 minut itib yana qaytishga tug'ri keldi...hayajondan bitta setka shokolad esdan chiqibdi :-)

ne kuz bilan qarayki....4 ta Yapon turist ayollari mani poylab hech qayooqa ketmay setkamni poylab turishgan ekan...chunki butta aeroport hodimlari setkani olib quyishmoqchi bulishganekan

- ee sanlaga yana bir boir ARIGATO ...qoyil Yaponlarga!

biz hali beri Yaponiyaga tenglasholmas ekanmiz!!! porahor tekinhorlar! dedim ichimda

mana yana boshlandi...o'zbekchilik...

Masanori
04-13-2008, 07:11 AM
Chet elda o`qimayman

Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q deydilar...

O`zbekiston teleko`rsatuvlarini yoqtirasizmi? Aksariyat javob yo`q bo`lsa kerak. Men ham yoqtirmasdim.

Eeeh qani imkoniyat bo`lsayu, O`zbekiston, uning tabiati, shaharlari, odamlari, madaniyati va san`ati, me`morchiligi, tarihi haqida Televidenie orqali beriladigan barcha ko`rsatuvlarni ko`z uzmay ko`rib o`tirsam.

Juda qiziq!

Ilgari ko`p narsalarga e`tiborsiz bo`lgan ekanman.

"Aka, ORTdan qiziq shou boshlandi..."

Ko`rgan bo`lsangiz kerak, Navro`zga bag`ishlab Yoshlar telekanalida bundan bir necha yil oldin musiqali film tayyorlangan edi. Shuni yana olib berishdi. Naqadar go`zal taronalar...milliy liboslarning naqshlari-chi...beqiyos tarovat!

"Aka, koreyscha serialga olaylik, yaponlar haqida ham gapirishadi..."

Mirzacho`l haqidagi hujjatli film...ancha eski. Ko`rganmisiz? O`zbekiston tabiati haqida gapirib ber deb ko`p so`rashadi.

To`rt faslning bor ajoyibotlari jam bo`lgan yurt - O`zbekistonim. Toshkent atrofidagi Oq soch tog`larning cho`qqisiga chiqib, o`ngga boq! Pastlikda vodiyning bog`lari, Chapga nazar sol...poyonsiz dalalar. Ortga qara! bepoyon sahro! Atrofing-chi...lolazor!

Yaponlar sayohatni yoqtiradi.
"Bu yil qayerga borasan?"

"Arab Amirliklariga! Sahroni ko`rmoqchiman. Keyingi yil imkon bo`lsa, Rossiya taraflarga o`tmoqchiman...haqiqiy qish bo`ladi deydilar-ku!"

Hursand bo`lib ketdim! Safaring behatar bo`lsin, samuray do`stim. Men esa O`zbekistonga ketyapman!

"Aka, hech bo`lmasa mana shu eski tuski maqomni eshitmang!"

Hofizga tasanno! Ozarbayjonning mashxur mutafakkiri - Fuzuliyning "Qurbon o`lam yor" g`azali...Taskin beruvchi musiqa, dard to`la purma`no so`zlar...
Tafakkurni dam oldiring!

Yaponiyada yurganimda Hip Hop ancha yoqib qolgan edi. Hech kim bilmasin!

"Aka, man endi chet elga borish niyatimdan qaytdim...bo`lmasam sizga o`hshab qolaman."

O`zini gapiga rosa kuldi ukaginam!
Chet elga bor!
O`z yurtingni qadrlashni o`rganasan!

Gareeb
04-13-2008, 07:15 AM
qoyil eee :-)

qoshicha qilib bitta o'zimni kichkina hikoyachamni aytmochian.... (boshqa mavzu ohishga arzimaydigan hikoya, shuning uchun shu Masa ning mavzularidan unumli foydalanishni ma'qul topdim :-))

Yaponiyadan vatanga qaytishga 1 hafta qoldi...voy dod hozi oshqozonim yig'lab yuboradi...jonga tegdi bunaqa bemaza ovqatlar...jonga tegdi McDonalds

nima qilay kutaman:

usha kun keldi....mana Narita aeroporti har doimgiday odamga tula...hamma narsa yahshi tashkillashtirilgan

sverh limitning 1 kg siga $25 ni eshitib yuragim orqaga tortti...yahshiyam tanishlarim bor :-)

hullas Toshkentnin aeroportiga yaqinlashdik....voy sharmanda....a bu buzuq samol manimcha 1 yildan beri hamma chet elliklarni UJASga soladi...mani o'zbeklarni ostonasi...mana aeroport buzilgan yarim qanoti yuq samoletdan boshlanvotti....palakat...sharmanda qildi yaponlarni oldida...

ichkariga kirdik....sezib turibman...pogranichniy kontrol mani qulogimga tepishga harakat qiladi...chunki ...(sabablari bor) ..ne kuz bilan qarangki...shuncha odamni orasidan mani imenno pogranichniy kontrolda tohtatishdi...va muammolar boshlandi...

- siz yaponiyaga qachon ketgansiz?
- qulizda bilet turibdiku oka kurinmayabdimi?!
- shuttan uchganmisiz?
- yana qattan uchsa bularkan? suraganni aybi yuq!!!!!!
- savolimga javob bering!
- savolizni yahshilab uylab bering!!!
- qani chetga utingchi....
- hup./..

- sizni passportizga chiqib ketganingiz haqida pechat yuq!
- hush - man nima qili!
- siz O'zb.ni noqonuniy tarzda chiqib ketgansiz!
- oka u bu joyda uqiganmisiz! hujjatlariz uziznikimi? yo birovni urniga ishlavossmi! man hazillashmayabman! hullas bratan boshlqizni chaqiring! man hech narsani tushunmaydiganlar bilan gaplashmayaman...buling mani vahtim yuq!
- ee nima devossan!
- man shutta chiqqanman...hammasini qonuniy qilganman...agar qanaqadur narusheniya bulsa - bu faqatgina sanlani ayblaring bilan bulgan...chunki agar mani hech kim registraciyadan otkazmasdan chiqarib yuborgan bulsalarin - unda sanlani nima kerelaring bor?!!!shuncha bulib utiribsanlayu ...man bulsa 10 kg tratil va gera bilan samoletga chiqib ketsam bularkande...

vashshe bunaqa hodiml;arni qamash kere....

- boshliq keldi... qarab manga....hodimlariga u bu narsa dedi...va mani dok.larimni tez tug'rilay boshlashdi

- Ok man kettim

----

mani orqamda bir dunyo Yapon turistlari turishuvdi
passportlarni bitta berishni boshlashganda...usha hodim qarab...qani endi uzlaring kallalaringni ishlatib $1 dan bersalaring deb sherigiga qarab gapirdi ....hm....

man bu hazilni tushunmadim....yapon GId ham tushunmadi - va nima deb suradi?
yo yo uzi shunday deb quydi haligi hodim...

hullas mana yana bardak boshlandi dedim ichimda....

naqadar vatan odamnini uyaltirmasa!

---

10 minut itib yana qaytishga tug'ri keldi...hayajondan bitta setka shokolad esdan chiqibdi :-)

ne kuz bilan qarayki....4 ta Yapon turist ayollari mani poylab hech qayooqa ketmay setkamni poylab turishgan ekan...chunki butta aeroport hodimlari setkani olib quyishmoqchi bulishganekan

- ee sanlaga yana bir boir ARIGATO ...qoyil Yaponlarga!

biz hali beri Yaponiyaga tenglasholmas ekanmiz!!! porahor tekinhorlar! dedim ichimda

mana yana boshlandi...o'zbekchilik...

Eehh sizga shunday muomala qilishgan bo'lsa boshqalarga qanday ekan-a?

Пушкарева
04-13-2008, 08:34 AM
Mana shu reportajga yana rasmla qoshilganida, undanam yahshiroq bolardi.

Masanori
04-13-2008, 08:56 AM
Mana shu reportajga yana rasmla qoshilganida, undanam yahshiroq bolardi.

rasmlarni upload qilay desam, uje bumayapti. Eskilarini uchirgim kemayapti.

Hozircha Gallery dagilarini tomosha qilib tura qoling :)

kitayoza
04-13-2008, 09:46 AM
Mana shu reportajga yana rasmla qoshilganida, undanam yahshiroq bolardi.

Agar rasmlarini bu yerda qo'yiladigan bo'linsa, siz bilan munozarani shu yerdan davom ettirarkanmizde a Budkahon?!:D
Qo'ying, endi bu yerga ham Masavoy rasmini qo'ymasin. Yaqinda Galleryda yangi bo'lim ochishga to'g'ri kepqoladi "Masa i ego fotografii" degan.:D

kitayoza
04-13-2008, 10:02 AM
kitayoza, fikrlarizda bir oz noaniqlik bor...gallery da ham bir ikki gap qilgan ekansiz...:shock:

yuqorida ham aytgan edim, forumda nisbatan yangisiz deb. Gap shundaki, Nezabudka mani sal yoqtirmidi! :rolleyes: Bir ikki marta PM da "tashashganimiz":D
A man tashashganizni bilgan holda ataylab jig'lariga tegyapmande.:D

Gareeb
04-13-2008, 11:01 AM
kitayoza, xuddi o'zingiz uylanmoqchidek betoqat bo'lib jahl qilasiz . Ha endi qizbola bo'lgandan keyin noz qiladida, o'zingizni bosing. Bunaqada sovchilikka yaramaysiz :D

Masanori
04-13-2008, 11:25 AM
odamla! iltimos qildimku!

Prince
04-15-2008, 08:57 AM
Masanori

Sizni R.Azimov'ga yozgan comment'izni uqib sizi Blogiz'ga kelib 2-3 ogiz gaplarimni yozib siz bilan o'rtoqlashmoqchi edim.

Mana siz yaqinda Vatanda bolib qaytdingiz...., kop yoshlar bilan uchrashdingiz buni bilib hursand bo'ldim. Sababi, ozim uqigan maktabimdagi bollar bilan xar yili uchrashib turaman, oldinlari bitirib ketgan bollar bilan xam uchrashib turaman. Sababi, ularga kop narsalar qiziq, savollari kop va qoldan kegancha javob beraman.

Lekin sizga bir savolim bor edi: Masalan, kop aqlli qizlarni korganman, Uqishimda xam litseimda xam. Ular juda aqllik , juda sodda va juda beg'ubor. Ammo lekin nima uchun osha sodda va beg'ubor va ilmga tirishqoq qizlarimiz. Chet elga keladiyu, 2-3 yildan keyin ozgarishni boshlaydi. Undagi samimiyat yoqolib, orniga xar hil boshqa "yomon" illatlar korina boshlanadi!? Balki chindan chet elga kelib: aqlliroq bolib borishlari uchun xam samiyatliklari yoqolib hayotga real qarashar!? Shunga fikrizni bilmoqchi edim sizni ko'rib kuzatganlariz xaqida , keyin man xam o'zim korganim bilan ortoqlashardim!

p.s man chet elga kelganlar yomon boladi divotganim yoq ortoq PROVOKATORlar, man shunchaki kuzatgan fikrimni bildirib otvoman! yomon/yaxshi deb etmadim!

Prince
04-15-2008, 09:09 AM
Xar doim mashu rasmni misol qilib keltirgim keladi. Gapirsez , uyaladi yerga qaraydi. kozizga tik qaramaydiyu, lekin matematikadan savol berasizmi, english tilidanmi xamma savollarizga javob bera oladi. Chinakam aqllik Uzbek Ayoli!

http://img517.imageshack.us/img517/4413/53642472319fb7aaba4bnh6.jpg

O'zbek qizlari

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.

Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..

Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.

Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga![

wow_kabob
04-15-2008, 09:13 AM
Prince dustim haliyam sevarkansiz uni :(

yarashin yoki uni kalizdan chiqarin man utkanman bu kuchadan foydasi yoq dep uyliman